63
4. Ish o’rni va barcha zaruriy o’quv vositalarini tayyorlash (san’at
atributlari,
jonli postanovkalar va h.k.).
5. Vazifalarni hal qilishga yo’naltirilgan faol harakatni boshqarish.
6. O’z - o’zini nazorat qilish va baholashni amalga oshirish.
7. Olingan bilimlarni o’zlashtirish, xulosalarni mustaqil ifodalash.
Talabalar ta’lim olish faoliyatining asosiy mezonlari o’quv motivlari (dalillar,
ichki xohish) hisoblanadi va u talabalarni faol faoliyatga yo’llaydi.
Talabalarning amaliy ishlash jarayonida ta’lim olish faoliyatiga pedagogik
rahbarlik, boshqarishni tashkil qilish texnologiyasi:
- pedagogik rahbarlik talabalar ta’lim olish faoliyatini
takomillashtirish sharti
hisoblanadi. Pedagogik rahbarlik samaradorligi bir qator omillar, eng avvalo,
o’qituvchi shaxsi, uning obro’siga bog’liq.
Pedagogik rahbarlik metodikasi o’qituvchiga qo’yiladigan quyidagi talablar
orqali aniqlanadi:
- talabalarning individual xususiyatlari darajasini bilish;
- har bir talabaning shaxsiy qobiliyatini loyihalash ko’nikmasi;
- talabalarning rivojlanish darajalarini bilish va b.
Yuqoridagi fikrlardan xulosa
qilib shularni aytish mumkinki, bo’lajak tasviriy
san’at o’qituvchilarini kasbiy tayyorlash murakkab jarayon bo’lib, talabalarga taviriy
san’at fanlarini o’tishda amaliy mashg’ulotlarni to’g’ri tashkil etish va ta’lim berishda
tizimli yondoshish o’z samarasini beradi.
Tadqiqotda ishlab chiqilgan bo’lajak tasviriy san’at o’qituvchilarilarning
amaliy ishlarini tashkil etishda ularning ta’lim olish faoliyatini tashkil
qilish va
boshqarish texnologiyasi muhim o’rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: