Namangan davlat universiteti sharipjonov muhiddin shokirjon o’G’lining «oliy pedagogik ta’limda tasviriy san’at darslarini tashkil etishning ilmiy nazariy va metodik asoslari» mavzusidagi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/42
Sana09.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1466498
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
Bog'liq
oliy pedagogik talimda tasviriy sanat darslarini tashkil etishning ilmiy nazariy va metodik asoslari

etishning modeli 
Tasviriy san’atdan malakali pedagog kadrlar tayyorlash tizimida amaliy mashqlar 
bajarish ko’nikmalarini shakllantirishning ahamiyati muhimdir. Bu ijodiy ta’lim 
mazmuni va tuzilmasini modernizatsiya qilish masalasi bilan bog’liq bo’lib, 
zamonaviy o’quv jarayonida zarur bo’lgan ijodiy tafakkur, fazoviy tasavvur va 
kompg’yuter savodxonligini shakllantirishni talab etadi.
Oliy ta’lim jarayonida amaliy ishlar ishlar samaradorligini oshirishning 
ahamiyati va dolzarbligi shundaki, tasviriy san’at va muxandislik grafikasi yo’nalishi 
bakalavrlarini kasbiy layoqatlilik sifatini beruvchi asosiy kurslardan biri 
“Qalamtasvir”dan auditoriyada bajariladigan amaliy mashqlarni faollashtirishning 
yangi yo’llarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. 
Tadqiqotimizning maqsadi rassom-o’qituvchini tayyorgarligi tizimida 
talabalarning fazoviy tasavvuri va ijodiy tafakkurini rivojlantirish, tashabbuskor, 
ijodkor mutaxassis, badiiy ijodkorlik bo’yicha mahlumotlarni mustaqil ola biladigan 
va foydalanish qobiliyatli rassom-pedagog kadrlar tayyorlashda amaliy ishlar 
bajarishning samaradorligini oshirish yo’llari, vosita va metodlarini ishlab chiqishdir. 
Bo’lajak rassom-o’qituvchilarning ijodiy tayyorgarligini takomillashtirish, xususan, 
ularda mustaqil ijodiy tafakkur, fazoviy tasavvur va badiiy-estetik tafakkurni 
shakllantirishning pedagogik shartlaridan biri – “Qalamtasvir” kursi bo’yicha 
auditoriyada amaliy ishlar mazmuni, uni tashkil etish va boshqarish texnologiyasini 
ishlab chiqishdir. 
Oliy o’quv yurtida bo’lajak rassom-o’qituvchilarni tasvirlash va ijodiy 
kompozitsiya tuzishga o’rgatish – zamonaviy oliy maktabning asosiy vazifasidir. Bu 
badiiy asarlarni idrok etish va kompozitsiya bajarish maqsadga muvofiq, ijodiy va 
mahsuliyatli bo’lishi zarur, albatta. SHu bilan birga, tahkidlash joizki pedagogik 


57 
adabiyotlarda oliy maktab talabalarining o’qishi faqat o’qitish bilangina emas, balki 
ularning ijodiy ta’lim olishi bilan ham tavsiflanadi. 
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqqan holda talabalarni ijodiy ta’lim 
olishga o’rgatish - mustaqil tasviriy faoliyat ko’nikmalarini shakllantirish obhektiv 
zarurligi o’quv faoliyati holati bilan ta’lim oluvchilarning mazmun, metod va 
natijalarga ko’ra xilma - xil amaliy ishlarini yuritishning ichki imkoniyatlari 
o’rtasidagi nomuvofiqlik ko’zga tashlanadi. U talabalarning amaliy jihatdan ta’lim 
olish faoliyati xususiyatlari, uning mohiyati, tashkil qilish printsiplari, mazmuni va 
metodlarini qarab chiqishga mavjud yondoshuvlarning xar xilligi bilan tavsiflanadi. 
Keyingi yillarda olib borilgan va to’plangan tahlil qilingan mahlumotlar 
muayyan xulosalar chiqarish imkonini berdi: 
Talabalar tomonidan: 
- Amaliy ishlashga alohida qiziquvchanlik (motiv)ni namoyon qilmayaptilar; 
- o’zlariga berilayotgan tayyor bilimlarni, o’quv axborotlarini ancha 
sustkashlik bilan qabul qilmoqdalar; 
- o’quv mashg’ulotlarida amaliy mashg’ulot faoliyatida ko’nikma va 
malakalarini sayoz egallayaptilar; 
- darslik materiallari va o’qituvchi so’zlari asosidagi yozuvlar (tushuntirish, 
hikoya, mahruza)ni ko’r-ko’rona o’rganadi; 
- qo’shimcha bilim manbalari (doimiy ijodiy o’quv kurslarining zarurligi va 
bilimlarning alohida o’rin olishiga ishontiruvchi didaktik va badiiy adabiyotlar, 
kishilar bilan maqsadga muvofiq muloqot va boshqalar)dan foydalana olmayaptilar; 
- o’zlashtirgan bilimlar ko’pincha reproduktiv xarakter kasb etmoqda; 
- o’quv faoliyati motivlari ishonchsiz, sust ifodalanmoqda. 
O’qituvchilar tomonidan: 
- talabalarda amaliy ta’lim olishga ongli munosabat va faol o’quv faoliyatga 
intilishni shakllantirishda o’z o’quv predmeti, uni o’qitish metodikasining 
imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanmayaptilar; 
- ko’rgazmalilik tamoyiliga rioya qilmaydilar, o’quv dasturida ko’zda 
tutilgan tayyor bilimlar asosida o’qitishning og’zaki metodlarini afzal ko’radilar; 


58 
- talabalarning bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish, bilimlarini 
kengaytirish, mahnaviy dunyosini boyitish, shaxsning yuksak axloqiy sifatlarini 
tarbiyalashga imkon beruvchi amaliy ishlar imkoniyatlaridan kam foydalanadilar
- o’quv faoliyatini tashkil qilishda yetarli ko’nikma va malakalariga ega 
emas; 
- talabalarning ijodiy faoliyatiga pedagogik rahbarlikni onda-sonda amalga 
oshiradilar, bunda asosan topshiriqlar berish, uning bajarilishini tekshirish va 
baholash bilan cheklaniladi. 
Tadqiqotning kuzatuv va izlanishlari asosida to’plangan materiallari shuni 
ko’rsatadiki, talabalar fan asoslaridan yangi bilimlarni izlash, topish, shu asosda o’z 
bilim sifatlarini oshirishga yo’naltirilgan faol ijodiy faoliyatini olib borishlari 
mumkin. Buning isboti quyidagi asoslardan iborat: 
ruhiy xarakterdagi asoslar: qiziqish va moyillik, ruhiy jarayonlarning holati, 
hissiyotning faolligi va yo’nalishi; 
- ijtimoiy xarakterdagi asoslar: yangi huquqiy davlatning barpo bo’lishi, 
jamiyatning demokratlashuvi, mintaqaning o’ziga xos xususiyatlari, moddiy texnik 
bazasining rivojlanishi, milliy o’zlikni anglash va madaniyatning yuksalishi. 
Bu asoslar talabalarning faol, ijodiy o’quv faoliyatga ichki(potentsial) 
tayyorligini ko’rsatadi. Biroq bu ichki imkoniyatlardan muvaffaqiyatli foydalanishi 
uchun alohida omillar zarur. 
Bu omillar 4 guruhga bo’linadi: 
1. Ilmiy asoslangan tavsiyalar, olimlar tomonidan taklif qilingan maxsus 
didaktik tadqiqotlar materiallari bilan shartlangan omillar. 
2. O’qituvchi faoliyati bilan yaratilgan omillar. 
3. Talabalarning ota-onalari tomonidan yaratilgan omillar. 
4. Talabalarning individual xususiyatidan kelib chiqadigan omillar. 
Biz mazkur tadqiqotimiz jarayonida talabalarning amaliy vazifalarni bajara 
olish olish faoliyatining kontseptual modelini ishlab chiqdik (2.2-rasm). 


59 
2.2-rasm.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling