Navoiy innovatsiyalar instituti


 IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI FANINING


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana16.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1272679
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NII-2022-1

1.4. IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI FANINING 
PREDMETI VA O‘RGANISH USULLARI 
 
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanning predmeti – bu shakllanish, 
rivojlanish jarayoni, iqtisodiyot, fan, texnika va ijtimoiy sohada 
insoniyat rivojlanishining turli bosqichlarda iqtisodiy qarashlarning kurashi 
va almashinuvidir. 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixiy rivojlanish jarayoniga muvofiq tarzda 
o‘rganiladi. Shu bilan birga, bir narsani qayd qilib o‘tish kerakki, iqtisodiy 
ta’limotlar tarixi zamonaviylikka yo‘naltirilgan. Bu ko‘rib chiqilayotgan 
muammolarning hozirgi kundagi dolzarbligi bilan ifodalanadi. O‘tgan davr 
iqtisodiy ta’limotlari tahlili ehtiyojlarni to‘la qondira olmaydi, qolaversa, 
bunday tahlillar faqat tarixiy jarayonlarni o‘rganish uchun amalga 
oshirilmaydi. Albatta, bugungi kunning dolzarb muammolarini to‘la hal 
etishda o‘tgan davr iqtisodchilaridan tayyor javob topish qiyin, ammo 
o‘tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirda va kelajak to‘g‘risida 
to‘g‘ri xulosa chiqarish va yangi g‘oyalarni yaratish uchun imkon beradi. 
Zero, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir. Tarixiy o‘tmishni bilish 
hozirgi davr ibtidosini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. 
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanini o‘rgangach, iqtisodchi 
mutaxassislar, eng avvalo, jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyot 
rivojlanishining obyektiv qonunlarining mohiyatini ochib berish, muqobil 
xo‘jalik qarorlarini asoslab berish va keyinchalik ularni amalga oshirishda 
ijobiy yondashish uchun zarur bo‘lgan o‘zlarining tadqiqot mahoratlarini 
oshiradilar. 
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining o‘rganish predmeti – iqtisodiy 
jarayonlarga bo‘lgan iqtisodiy qarashlar evolyutsiyasi, iqtisodiy g‘oya va 
nazariyalarning shakllanish, rivojlanish qonuniyatlari va ularning 
almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi. Iqtisodiy ta’limotlarning 
vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili yozuv ixtiro qilingan quldorlik 
davridan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy jarayonlarini, 
barcha tarixiy davrlarni o‘z ichiga oladi. 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani bir qator maqsadlarga tayanadi: 
− iqtisodiy nazariyasining qonuniyatlari va xususiyatlarini anglash; 
− shu fan yuzasidan bilimlarni kengaytirish; 
− turli davrlarda yashab ijod etgan iqtisodchilar va ularni qarashlari 
bilan tanishish; 


13 
− jahon va milliy iqtisodiyotning rivojlanishi asosida yuzaga kelgan 
qonuniyatlar bo‘yicha bilimlarning amalda qo‘llanish jarayonini o‘rganish; 
− iqtisodiy madaniyatni oshirish. 
Hozirgi paytda dunyodagi ilg‘or g‘oyalarni o‘rganish davomida hur 
fikrlilikka (plyuralizmga) keng o‘rin berish, har qanday fikrni atroflicha 
tahlil etish kerakligi aniq bo‘lib qoldi. Shu sababli fanni tadqiq etish 
usullariga turli tomondan yondashamiz. 
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining uslublari turli adabiyotlarda 
turlicha yondashilgan holda ko‘rsatib berilmoqda. Rossiya olimlari 
tomonidan yaratilgan darsliklarda u ikki usulda ko‘rsatiladi
6
. Bular: 
1. Tarixiy tahlil uslubi. Iqtisodiy konsepsiyalarning shakllanish va 
rivojlanish jarayonini anglash asosida, ularning kelib chiqishini tahlil 
qilishdir. Konsepsiyani tahlili asosida uning qaysi davrda vujudga 
kelganini anglash uni chuqurroq tushunishga yordam beradi. 
2. Turli nisbatlar uslubi. Iqtisodiyot nazariyasini o‘rganishda 
iqtisodiy kategoriyalar nisbatini va o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. 
Iqtisodiy konsepsiyani o‘rganish iqtisodiy fanlarning ichki xossalarini 
aniqlash, ularni o‘zaro bog‘liqligi va nisbatlarini ko‘rib chiqishni 
zaruriyatini tug‘diradi. Ana shunda tarixiy rivojlanishni o‘rganish qo‘l 
keladi. 
G.M. Gukasyan va G. Ninseva
7
quyidagi usullar “Iqtisodiy ta’limotlar 
tarixi” fanini kengroq ochib berishga xizmat qiladi deb hisoblagan, ya’ni: 
– kumulyativ usul (unga ko‘ra keyinchalik vujudga kelgan iqtisodiy 
qonuniyatlar ilgari yaratilgan g‘oyalarning tekislanishi oqibatida vujudga 
kelgan deb hisoblanadi); 
– evolyutsion usul (tarixiy hodisa va jarayonlarga tayanilgan holatda 
o‘rganishga asoslanadi); 
– tajriba, induksiya va deduksiya usullarining birga qo‘llanilishi. 
6
История экономической мысли. Под ред. В.В.Круглова, Е.В.Балахоновой. – СПб.: Питер, 2008. 
С.15-16. 
7
Гукасьян Г.М., Нинцева Г.В. История экономической мысли.– СПб.:Питер, 2008. 6-7 стр. 


14 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling