Navoiy innovatsiyalar instituti
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NII-2022-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- AMALIY MASHG’ULOTLAR REJASI….………………... MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI………………… GLOSSARY……………………………………………………..
- O’QUV MATERIALLARI 1-MAVZU. “IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI” FANIGA KIRISH. (1 SOAT) 1.1. G‘OYALAR KUCHI VA FIKRLAR TARIXINI O‘QITISH
Kаfеdrа mudiri:
_____________________ O’quv-uslubiy majmua _____________ fakultetining o’quv-uslubiy kengashida ko’rib chiqildi (2022 yil ___ __________dagi №1-sonli bayonnoma) va institutning Kengashiga tasdiqlashga topshirildi. Fakultet kengashi raisi: __________ ____________________ O’quv-uslubiy majmua Navoiy davlat pedagogika institutining o’quv-uslubiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2022 yil ___ _____________dagi ___- sonli _____bandli bayonnoma). Kelishildi: O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i ______________ _________________________ 3 MUNDARIJA O’QUV MATERIALLAR………………………………………. MA’RUZALAR MATNI…………….......……………………... AMALIY MASHG’ULOTLAR REJASI….………………... MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI………………… GLOSSARY…………………………………………………….. ILOVALAR…………………………………………………….. O’QUV DASTUR (SILLABUS) TARQATMA MANERIALLAR TESTLAR 4 Tomas Robert Maltus O’QUV MATERIALLARI 1-MAVZU. “IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI” FANIGA KIRISH. (1 SOAT) 1.1. G‘OYALAR KUCHI VA FIKRLAR TARIXINI O‘QITISH Мamlakatimizda olib borilayotgan keng islohotlar negizini to‘g‘ri talqin qilish, ular asosida qarorlar amalga oshirish yoki xulosalar berish uchun insoniyat iqtisodiy tafakkurini chuqur o‘rganishni talab qiladi. Bu, eng avvalo, iqtisodiy qonun va kategoriyalarni yuzaga keltirgan tarixiy ildizni, ya’ni iqtisodiyot fani tarixiga nazar tashlashni taqozo etadi. Demak, har qanday g‘oya va qarashlarni keltirib chiqargan tarixni o‘rganish, avvalo hozirgi kun va kelajak uchun ahamiyatlidir. Taniqli yozuvchi va adibimiz Abdulla Qodiriy aytganidek: «Moziyga qarab ish tutish xayrlidir» 2 . Shu sababli iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganish katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Fransuz yozuvchisi, iqtisodchi olim Antuan de Monkretenning “Siyosiy iqtisod haqida” (1615-yil) nomli mashhur risolasi tufayli jahon iqtisodiyoti 2015-yilda jahon iqtisodiy fanining 400 yilligini nishonladi. 1615-yili merkantelist oqim vakili Monkreten, o‘zi bilmagan holatda kelajakda insonlarning rizqi, boyligi va rivojini belgilab bergan siyosiy iqtisodiyot faniga asos soldi. To‘g‘ri “siyosiy iqtisodiy fikrlar” atamasi uning risolasi paydo bo‘lganga qadar ham mavjud bo‘lgan, lekin davlatning siyosiy-iqtisodiy xatti-harakati, bozor munosabatlaridagi hukmron g‘oyalari fan sifatida yuzaga chiqmagan edi. Tarix – bu o‘rinda iqtisodiy ilm-fanning ajralmas qismi, davlati, jamiyati, shaxslarni hayot farovonligini ta’minlash sohasi. Albatta, 400 yil mobaynida iqtisodiyot fani tubdan o‘zgardi. U o‘z yo‘lini siyosiy iqtisoddan to hozirgi zamonaviy mikro, makro, mezo va megoiqtisodiyotgacha bosib o‘tdi, bu yo‘lda davlatning ichki va tashqi iqtisodiy xatti-harakatni ko‘plab inqilobiy o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamrab oldi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani esa iqtisodiyot nazariyasiga qaraganda atigi uch yuz yilni bosib o‘tdi. Iqtisodiy ta’limotlar bo‘yicha birinchi ishlar XIX asr ikkinchi yarmida ingliz iqtisodchisi 2 Razzoqov A., Toshmatov Sh., O ‘ rmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. –T.: “Iqtisod va moliya”, 2007. 19-b. 5 Tomas Robert Maltusning (1766–1834) “Siyosiy iqtisod qonuniyatlari”(1827.) va fransuz iqtisodchisi Jerom Adolf Blank (1798– 1854)ning “Yevropaning siyosiy iqtisod tarixi” (1839.) asarlarida aks etgan. Shu davrda iqtisodiy ta’limotlarni tarixiy nuqtayi nazardan birinchi marta tahlil qilishga urinilgan. Fanning faol rivoji esa XIX asr oxiri va XX asr boshlariga to‘g‘ri kelib, unda turli xo‘jalik yuritish faoliyati va nazariy tajribalar bir qator olimlar tomonidan izohlanadi. Ular ichida nemis olimi Vilgelm Rosher (1817–1894), AQSHdan Richard Eli (1858– 1943), Sharl Jid (1847–1932) va fransiyalik Sharl Rist (1874–1955)dir. Ularning ishlarida iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanning predmeti, uning vazifalari, ilmiy davrlash tamoyillari, g‘oyalari shakllanishi bo‘yicha fikrlar berib o‘tilgan 3 . Demak, iqtisodiyotga oid fikr, g‘oya, qarash, nazariya va ta’limotlar atigi uch asrlik tarixga ega. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g‘oya, qarash, nazariya, qonun, ta’limot, konsepsiyalar, insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi tarixiy rivojlanish qonuniyatlari asosida taqiq etiladi. Bugun har qanday bilim o‘z tarixiy xarakterga egaligi bilan ajralib turadi. Insoniyat doimo izlanishda bo‘lib, o‘z iqtisodiy qarashlarini sekin- asta g‘oyalarga, qonuniyatlarga aylantirgan. Ibtidoiy jamoada inson ovchilik, dehqonchilik bilan shug‘ullangan bo‘lsa, quldorlik davrida mulkka egalik, feodal davrida yerga egalik, kapitalistik davrda kapital egasi sifatida turli mulkchilikni tashkil qilish bilan bog‘liq g‘oyalar va nihoyat sotsializm va demokratik jamiyatda eng haqiqiy iqtisodiy g‘oyalar davlatni boshqargan. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanini o‘rganishda biz bir qator ibora va tushunchalarni ishlatamiz. Ularning ta’rifini berib o‘tamiz. Iqtisodiy qarashlar tizimi – bu inson real xo‘jalik yuritish jarayonida yuzaga keladigan o‘zaro bog‘liq iqtisodiy fikrlar tizimi bo‘lib, u iqtisodiy holatlarni ta’riflash orqali yuzaga keladi. Iqtisodiy qarashlar qonunlar, tamoyillar, model va formulalar birlashmasidan iborat. Ular amaliy tajribalar asosida nazariyalarga aylantirilgan. Nazariya – bu iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ularning real omillari evaziga ilmiy asoslangan holati. Ba’zi hollarda nazariya konsepsiyaga aylanishi mumkin. Konsepsiya – qarashlar, fikr yuritish, dunyoni anglash usuli. 3 История экономической мысли/ Под ред.В.В.Круглова, Е.В.Балахоновой. – СПб.: Питер, 2008. С.12-13. 6 Sovet dаvridagi iqtisodiy g ‘ oyalar Marksizmning sotsalistik demokratik yo ‘ nalish Yangi tarixiy maktab Markscha iqtisodiy talimot Marksizmning Bolshevik yo ‘ nalishi Insitutsionalizm Doktorinna – bu oldindan ishlab chiqilgan tamoyillar asosida, qattiq asosga ega bo‘lgan konsepsiyadir. Iqtisodiy fikrlash – olinadigan natijani taqqoslash ma’lum bir qolipga solish asosida yuzaga kelgan ratsional ong faoliyati. Oqim – bu iqtisodchi olimlarning hodisa va jarayonlarning birlamchi va ikkilamchi ko‘rinishida isbotlagan o‘zaro bog‘liq iqtisodiy qarashlar yig‘indisi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling