Nilelirlash Nivelirlash Turlari Reja


Download 106 Kb.
bet4/5
Sana24.12.2022
Hajmi106 Kb.
#1062133
1   2   3   4   5
Bog'liq
Rerferat

O‘rtadan nivelirlash.
O‘rtadan nivelirlashda nivelirlanayotgan nuqtalarga tik qilib reykalar o‘rnatiladi, reykalar oralig‘iga esa nivelir o‘rnatiladi. Nivelir ish holatiga keltiriladi, qarash trubasi oldin keyingi reykaga vizirlanib, reykadan a sanoq olinadi, so‘ngra oldingi reykaga qaratiladi va v sanoq olinadi. SHunda V nuktani A nuktaga nisbatan balandligi quyidagicha hisoblab chiqariladi:
HAB = a - b
O‘rtadan nivelirlashda nisbiy balandlik keyingi reykadan olingan sanoq bilan oldingi reykadan olingan sanoq ayirmasiga teng bo‘ladi.

SHakl 5.2
O‘rtadan turib nivelirlashda ikkinchi nuktaning absolyut balandligini nisbiy balandlik bo‘yicha hisoblashda
Hi = HA + i
Asbob gorizonti bo‘yicha hisoblashda esa

HB = Hi -b bo‘ladi.


Asbob gorizonti esa
Hi = HA + a bo‘ladi.
Geometrik nivelirlashda asosan o‘rtadan nivelirlash qo‘llaniladi. O‘rtadan nivelirlash mumkin bo‘lmagandagina oldinga nivelirlash metodi ishlatiladi. Oldinga nivelirlashning kamchiligi shundan iboratki, nishab joyning nisbiy balandligi nivelir balandligi bilan reykadan olingan sanoq ayirmasiga teng bo‘lganligidan bunda faqat asbob balandligiga teng bo‘lgan nisbiy balandliknigina o‘lchash mumkin. Bundan tashqari, oldinga nivelirlashda har bir stansiyada asbob balandligini aniq o‘lchash zarur bo‘lganligidan ish ancha qiyinlashadi va mexnat ko‘p sarf bo‘ladi.
O‘rtadan nivelirlashning afzalliklari quyidagilardan iborat:
a) har bir stansiyada reyka balandligiga teng bo‘lgan nisbiy balandlikni, ya’ni oldinga nivelirlashdagiga nisbatan kattaroq nisbiy balandlikni o‘lchash mumkin;
b) har bir stansiyada nivelir balandligini o‘lchashning hojati yo‘q;
v) nivelirning qarash trubasi nivelir bilan reyka orasidagi masofani kattalashtirib ko‘rsatganligidan oldindan nivelirlashdagiga qaraganda ikki barobar uzunroq masofani nivelirlash mumkin.
g) asbob ikki nuqta o‘rtasiga o‘rnatilganligidan er egriligining va atmosfera refraksiyasining ta’siri juda kamayadi;
d) asbob nivelirlanayotgan ikki nuqtaning qoq o‘rtasiga o‘rnatilganda asbob vizir o‘qining gorizontal emasligi natijasida ro‘y beradigan xatoning ta’siri bo‘lmaydi. Bu o‘rtadan nivelirlashning asosiy afzalligi bo‘lib hisoblanadi.
O‘lchov asboblarining ishidagi xatoni butunlay yo‘qotib bo‘lmagani singari, qanchalik sinchiklab tekshirilmasin, nivelirning vizir o‘qini ham mutlaqo gorizontal holatga keltirib bo‘lmaydi. SHu tufayli oldinga nivelirlashda reykadan v sanoq emas, sal noto‘g‘riroq sanok b’qbQD olinishi mumkin.

Shakl 39
Bu xato nisbiy balandlikni aniqlash natijasiga ta’sir qiladi. Oldinga nivelirlashda xato D ni yo‘qotib bo‘lmaydi.
O‘rtadan nivelirlashda o‘lchash natijasiga bu xato deyarli ta’sir etmaydi. Masalan, qarash trubasi orqadagi reykaga vizirlanib sanoq olinganda ro‘y bergan xato tufayli a sanoq o‘rniga a’ = a + D sanoq, oldindagi reykaga qarab sanoq olinganda esa v o‘rniga b’ =b + D sanoq olinadi.
SHu sanoqlardan nisbiy balandlik hisoblab chiqariladi.
h = a’ - b’
a’ va b’ lar o‘rniga ularning qiymati qo‘yilsa
h =(a + D) - (b + D)
h = a + D - b - D, yoki
h = a - b bo‘ladi.

Shakl 40
SHunday qilib, o‘rtadan nivelirlashda asbobning vizir o‘qi aniq gorizontal bo‘lmaganligi sababli reykalardan sanoqlar olingandagi xato bir-biriga teng bo‘ladi, ya’ni har ikkala reykadan olingan sanoqlar bir xil miqdorga o‘zgaradi. Natijada ikki nuqta orasidagi nisbiy balandlik to‘g‘ri aniklanadi.




  1. Download 106 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling