Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Download 468 Kb.
bet15/21
Sana29.09.2023
Hajmi468 Kb.
#1689941
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SUD PSIXOLOGIK EKSPERTIZASINI O’TQAZISH

Bir nuqtaga qaramaydigan nigoh – vaziyatni ko’z oldida gavdalantirish (vizuallashtirish)dir.
Yumuq ko’zlar – ta’m va hidni ilg’ashga bo’lgan urinishni anglatadi. Garchi odamlar muayyan ta’m yoki hidni eslab qolish maqsadida ko’pincha ko’zlarini yumsalar ham, qovoqlari ostida ko’z soqqalarining harakati kuzatiladi. Bu harakat yuqorida tasvirlangan holatlarning biriga mos kelib, ko’zlar ochiq holatdagidek talqin etilishi mumkin.
Xodim shaxsning ko’zlariga qarab uning ichki kechinmalarini aniqlashi mumkin. Ayni vaqtda inson so’zlashayotganida suhbatdoshining ko’ziga qarashi yoki qaramasligi muhim emas, balki qachon qarab, qachon nigohini olib qochgani muhim.
Shaxslarning nigohlarini o’rganish texnikasiga kelsak, muhim bir qoidani nazarda tutish zarur, ya’ni shaxslarda namoyo n bo’ladigan xatti-harakatlarni bilish yetarli emas, ular bilan ishlay olishni o’rganish kerak.
Inson nigohini deyarli mashq qildirib bo’lmaydi, shu bois u shaxsning hissiy-ruhiy holatini aniq aks ettiradi. Odam so’zlayotganda ko’p holatlar (xafagarchilik, iztirob, g’azab yoki shodlik)ni yashirishi mumkin, ammo qarashlarida buni yashirish uchun juda katta irodaga ega yoxud maxsus tayyo rgarlikdan o’tgan bo’lishi kerak.
Umuman olganda, suhbatdoshining yuziga qarab yolg’onni aniqlash uchun ko’pincha quyidagi jihatlarga e’tibor qaratiladi:
Nigohlar to’qnashuvining davomiyligi. Ma’lumki, me’yordagi munosabatlarda, ya’ni odamlar bir-birlariga rost gapirayotganlarida, odatda muloqot vaqtining 2/3 qismi davomida ko’zlar to’qnashib turadi. Agar inson samimiy bo’lmasa yoki nimanidir yashirayotgan bo’lsa, uning ko’zlari suhbatdoshiniki bilan muloqot davrining 1/3 qismidan kam vaqtda to’qnashadi. Ta’kidlash muhimki, o’ziga ishonmaydigan odamlar ko’zga tik qarashdan qochadilar.

Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling