Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1.2 Mb.
bet106/135
Sana30.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1409730
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   135
Bog'liq
БЖТ 22-23 умк (2)

Haftalik reja. Yillik reja – grafik asosida quyidagi shaklda haftalik reja tuzib chiqiladi.



Ish shakllari, faoliyat turlari



Hafta kunlari

Dushanba

Seshanba

va hokazo

Ish mazmuni va vaqti (min)




Birinchi grafaga jismoniy tarbiya bo‘yicha har kungi ertadan kechgacha bog‘chada va uyda bajariladigan ishning barcha shakllari yoziladi.


Ertalab (nonushtagacha) maktabgacha tarbiya muassasasida barcha bolalar harakatli o‘yinlar, yakka mashg‘ulotlar o‘tkazish, bolalarning mustaqil harakat faoliyati rejalashtiriladi. Haftaning har bir kuniga harakatli o‘yinlar, mashqlarning nomlari, qavs ichida mashg‘ulotlarga jalb qilinadigan bolalarning ismlari, mustaqil harakat faoliyati jarayonida ular foydalanadigan jismoniy tarbiya jihozlarining nomlari yoziladi. So‘ngra rejada shu haftaga belgilangan ertalabki gimnastika kompleksining nomeri aks ettiriladi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishning asosiy qismida xal qilinadigan vazifalar ko‘rsatiladi, bunda mashqlar, harakatli o‘yinlar va ular orqali amalga oshiriladigan mashqlar sanab o‘tiladi. Masalan: joyda turib (siltanish) uzunlikka sakrashni mashq qilish; uzoqqa o‘ng va chap qo‘l bilan otishni mustahkamlash; «Lenta bilan tutish» o‘yinida chaqqonlikni oshirish.
Boshqa bolalarda jismoniy daqiqalar o‘tkaziladi. Rejada har-xil mashg‘ulotlar uchun shu haftaga mo‘ljallab tuzilgan majmualarning nomerlarini yozib qo‘yish kerak.
Faol dam olish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlar, harakatli o‘yinlar reja-konspektining nomerini ko‘rsatish zarur.
Kunduzgi sayrda harakatli o‘yinlarning nomlarini, kichik gruhlar bo‘yicha jismoniy mashq mashg‘ulotlarini, shuningdek mustaqil harakat faoliyati uchun jismoniy tarbiya jihozlarining ro‘yxatini ham ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi.
Tushki uyqudan keyin chiniqtiruvchi muolajalar tashkil etiladi: harakat chog‘ida havo vannasi, oyoqdan suv quyish, dushga tushish amalga oshiriladi. Rejada havo, suv haroratini, ularning davomiyligini va uning reja-konapekt nomerini ko‘rsatish kerak.
Kechki-tushki ovqatdan keyin harakatli o‘yinlar yakka, mustaqil mashg‘ulotlar, bo‘sh vaqtni jismoniy tarbiya mashqlari bilan o‘tkazish mo‘ljallanishi mumkin.
Tarbiyachi jismoniy tarbiya bo‘yicha ishlarni bir haftaga muayyan izchillikda rejalashtiradi. Avvalo u jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining vazifalari va mazmunini, shuningdek sayrlarda o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlarning vazifalari va nomlarini yozadi.
Jismoniy tarbiya bo‘yicha ishni faoliyatning boshqa turlari bilan birgalikda amalga oshirish lozim. Masalan: jismoniy mashqlar texnikasini bilish bolalarga ularni rasmlarda to‘g‘ri aks ettirishlarida yordam beradi.
Rejada harakatlarni egallab olishga ulgurmagan bolalar kichik gruhlarida mashq bajarish texnikasi elementlarining sifati aniqlanadi: dastlabki holat, tebranish, depsinish, uchish, erga qo‘nish va muvozanatni saqlash.
Yugurib kelib uzunlikka sakrashni tekshirganda yugurishning bajarilish sifatini aniqlashga to‘g‘ri keladi.
Yugurib kelib balandlikka sakrashni tekshirganda yugurish, depsinish, uchish, erga qo‘nish va muvozanat saqlashni bajarish sifatlari aniqlanadi.
Uzoqqa uloqtirishni tekshirishda miqdor ko‘rsatkichlari masofa, shuningdek dastlabki holatni, nishonga olishni, tebranishni, uloqtirishni va yo‘nalishni saqlashni bajarish sifati yozib boriladi.
Nishonga o‘ng va chap qo‘l bilan uloqtirishning o‘sish darajasini xisobga olish uchun uloqtirilganda borib tushgan masofa belgilanadi, nishonga necha marta tekkan soni yozib boriladi.
Bolalarning bir-birlariga to‘p otishlarini tekshirish uchun ular to‘pni 2 martadan otishadi. Shunday qilib, bir vaqtning o‘zida ikkita bolaning to‘p otish malakalari tekshiriladi.
To‘pni balandga otish va ushlab olishni hisobga olish uchun bolaga uni 1-2 m balandlik (osib qo‘yilgan o‘yinchoqqacha) ka otish taklif qilinadi
Mashq kichik gruhlarda 5 marta, katta gruhlarda 10 marta takrorlanadi. Bunda taxminiy balandlik to‘pni ushlay oldimi, yo‘qmi, d.h., to‘pni ko‘z bilan kuzatib borishi, yo‘nalishga rioya qilish, muvozanatni saqlash qayd qilib boriladi.
Narvon (ilk yoshdagi bolalar uchun) da va gimnastik devorcha (3 dan 7 yoshgacha bolalar uchun) da chirmashib chiqish tekshirib ko‘riladi snaryadning balandligi, sekundiga chiqish tekshirib ko‘riladi.
Harakat malakalari va jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasiga doir hisobga olish ma’lumotlari dasturiy standartlar bilan taqqoslanadi. Ko‘rsatkichlarning tahlili mashg‘ulotlarga tayyorlanish hamda kelgusida jismoniy tarbiyaga doir ishlar rejalashtirilayotganda ularni hisobga olishga yordam beradi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling