Nuraddin raxmanov adabiyot 5-sinf (savol-javob)


ikki – besh”, “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari” qissalari


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/48
Sana22.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1378587
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48
Bog'liq
5-sinf Adabiyot

ikki – besh”, “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari” qissalari. 
10. O‘tkir Hoshimovning respublikamiz va xorijda sevib o‘qilayotgan hikmatlar to‘plami qaysi? 
– “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” 
11. Ijodkorning mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirilgan dramalari qaysi? – “Qatag‘on”, 
“Inson sadoqati”, “To‘ylar muborak” dramalari. 
12. O‘tkir Hoshimov qachon vafot etgan? – Uzoq davo etgan xastalikdan so‘ng 2013-yilning 
24-may kuni Toshkent shahrida. 
13. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi kim to‘g‘risida hikoya qiladi? – Eng 
e’zozli zot – ONA to‘g‘risida. 
14. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasiga kiruvchi mustaqil sujetli hikoyalari 
qaysi? – “Gilam paypoq”, “Oq-oydin kechalar”, “Tush”, “Alla”, “Oltin baldoq”, “O‘ris 
bolaning oyisi”, “Iltijo” hikoyalari. 
15. “…dostondek o‘qiladi. Uni o‘qib, o‘z onalarimizni eslab ketamiz”. O‘tkir Hoshimovning 
“Dunyoning ishlari” qissasi haqidagi ushbu fikr muallifi kim? – O‘zbekiston Qahramoni Said 
Ahmad. 
16. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasida tabib Hoji buvi obrazi qaysi hikoyada 
uchraydi? – “Gilam paypoq” hikoyasida. 
17. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasining qaysi hikoyasida insonning ona 
oldidagi farzandlik burchi hech qachon to‘lab bo‘lmas qarz ekanligi ta’sirchan hikoya qilinadi? – 
“Iltijo” hikoyasida. 
18. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Qarz” hikoyasida qo‘shnilarga 
sovg‘a-salom ulashuvchi qahramon kim edi? – Hakima aya. 
 
“Dunyoning ishlari” (qissa)
 
1. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Alla” hikoyasida bosh qahramon 
go‘rkovning uyi yonida nimalarga guvoh bo‘ladi? – Tilovat sadosiga va ona allasiga. 
2. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Alla” hikoyasida bosh qahramon katta 
bo‘lganidan so‘ng allani qayerlarda eshitadi? – Qirg‘iz o‘tovida qirg‘iz ayol tilidan va Sibirda 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling