Nuraddin raxmanov adabiyot 5-sinf (savol-javob)


 Momo yurti, bobo yurti Chambilbel bo‘lgan ijodkor qaysi? – Mirtemir


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/48
Sana22.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1378587
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
Bog'liq
5-sinf Adabiyot

1. Momo yurti, bobo yurti Chambilbel bo‘lgan ijodkor qaysi? – Mirtemir. 
2. Mirtemir Tursunov qachon va qayerda tug‘ilgan? – 1910-yilda, Qoratog‘ etaklarida – 
Turkiston shahrining Iqon qishlog‘ida. 
3. Mirtemirning birinchi she’rining nomi qaysi? – “Tanburim ovozi”, 1926-yilda, 16 yoshida. 
4. Mirtemirning ilk she’riy to‘plamining nomi? – “Shu’lalar qo‘ynida”, 1928-yilda. 
5. Shoirning yana qaysi to‘plamlarini bilasiz? – “Zafar”, “Qaynashlar”, “Tong” to‘plamlari. 
6. Mirtemir qachon juda ko‘p vaqtini tarjimalarga bag‘ishlagan? – 30-yillarda. 
7. U kimlarning asarlarini tarjima qilgan? – A. S. Pushkin, M. Y. Lermontov, N. A. Nekrasov, 
T. G. Shevchenko asarlarini, antik dunyo shoiri Homer, Sh. Rustaveli, H. Hayne, R. Tagor, 
Maxtumquli, Berdaq, Nozim Hikmat asarlarini. 
8. Qaysi dostonlarni tarjima qilgan? – Qirg‘iz xalq eposi “Manas” va qoraqalpoq xalq dostoni 
“Qirqqiz” dostonlarini. 
9. Biron kun ham she’r yozishni tark qilmagan ijodkor qaysi? – Mirtemir. 
10. Qaysi shoirning ko‘nglidan kechgan barcha tuyg‘ulari she’rga ko‘chgan? – Mirtemir. 
11. Mirtemir ijodidagi bosh mavzu nima? – Yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga 
sadoqat, o‘z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash. 
12. Shoir umrining oxirida qanday to‘plam tayyorlagan? – “Yodgorlik” she’riy to‘plami. 
13. Mirtemir qachon vafot etgan? – 1978-yil 24-yanvarda. 
14. Mirtemirning necha jildlik “Asarlar”i nashr etilgan? – 4 jildlik. 
15. Mustaqillik yillarida Mirtemirning ijodi qadrlanib, qaysi orden bilan mukofotlangan? – 
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni.  
 
Mirtemir she’rlari
1. Shoir “Bulut” she’rida qaysi bulutni: “Yaxshi ko‘klam elchisi” – deb ataydi? – Pag‘a bulutni. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling