1. Momo yurti, bobo yurti Chambilbel bo‘lgan ijodkor qaysi? – Mirtemir.
2. Mirtemir Tursunov qachon va qayerda tug‘ilgan? – 1910-yilda, Qoratog‘ etaklarida –
Turkiston shahrining Iqon qishlog‘ida.
3. Mirtemirning birinchi she’rining nomi qaysi? – “Tanburim ovozi”, 1926-yilda, 16 yoshida.
4. Mirtemirning ilk she’riy to‘plamining nomi? – “Shu’lalar qo‘ynida”, 1928-yilda.
5. Shoirning yana qaysi to‘plamlarini bilasiz? – “Zafar”, “Qaynashlar”, “Tong” to‘plamlari.
6. Mirtemir qachon juda ko‘p vaqtini tarjimalarga bag‘ishlagan? – 30-yillarda.
7. U kimlarning asarlarini tarjima qilgan? – A. S. Pushkin, M. Y. Lermontov, N. A. Nekrasov,
T. G. Shevchenko asarlarini, antik dunyo shoiri Homer, Sh. Rustaveli, H. Hayne, R. Tagor,
Maxtumquli, Berdaq, Nozim Hikmat asarlarini.
8. Qaysi dostonlarni tarjima qilgan? – Qirg‘iz xalq eposi “Manas” va qoraqalpoq xalq dostoni
“Qirqqiz” dostonlarini.
9. Biron kun ham she’r yozishni tark qilmagan ijodkor qaysi? – Mirtemir.
10. Qaysi shoirning ko‘nglidan kechgan barcha tuyg‘ulari she’rga ko‘chgan? – Mirtemir.
11. Mirtemir ijodidagi bosh mavzu nima? – Yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga
sadoqat, o‘z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash.
12. Shoir umrining oxirida qanday to‘plam tayyorlagan? – “Yodgorlik” she’riy to‘plami.
13. Mirtemir qachon vafot etgan? – 1978-yil 24-yanvarda.
14. Mirtemirning necha jildlik “Asarlar”i nashr etilgan? – 4 jildlik.
15. Mustaqillik yillarida Mirtemirning ijodi qadrlanib, qaysi orden bilan mukofotlangan? –
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni.
Mirtemir she’rlari
1. Shoir “Bulut” she’rida qaysi bulutni: “Yaxshi ko‘klam elchisi” – deb ataydi? – Pag‘a bulutni.
Do'stlaringiz bilan baham: |