NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
14
11. Yozuvchining Alisher Navoiyga bag‘ishlangan asarlarining ichida qaysi asar alohida o‘rin
tutadi? –
“Zulmat ichra nur” qissasi.
12. Mirkarim Osim “Zulmat ichra nur” asarini qachon yozgan? –
XX asrning 60-yillarida,
Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida.
“Zulmat ichra nur” (tarixiy qissa)
1. “Zulmat ichra nur” qissasida Alisherning tog‘alarining ismlari kim edi? –
Mirsaid Kobuliy,
Muhammad Ali G‘aribiy.
2. Alisher Navoiyning qaysi tog‘asi kamgap, jiddiy va sipo odam edi? –
Mirsaid Kobuliy.
3. Alisher Navoiyning qaysi tog‘asi xushchaqchaq va gapdon bo‘lib,
tor va tanburni yaxshi
chalar edi?
Muhammad Ali G‘aribiy.
4. “Ilk” so‘zining ma’nosi nima? –
Qo‘l.
5. “Muguz” so‘zining ma’nosi nima? –
Hayvon shoxi.
6. “Biz go‘yoki beparvo oshiqlar-u yirtiq chopon, o‘t nafas,
Jahon g‘ami sening g‘amingga arzimas”.
Alisher Navoiy tilidan aytilgan ushbu bayt kimniki edi? –
Shoir Qosim Anvar.
7. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida Alisher Navoiyning ukasining ismi kim deb
berilgan? –
Darvishali.
8. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur”
qissasida keltirilishicha,
Husayn Boyqaroning
otasining ismi kim? –
Mansur binni Boyqaro.
Do'stlaringiz bilan baham: