2. Gans qay holda “botir”ga aylanadi? – 7 ta pashshani o‘ldirgan holda.
3. Gans bu botirligini nimaga yozib qo‘yadi? – Kamariga.
4. Qanday so‘zlar bilan? - «Chiqqanda jahlim yomon, yettisin etgum gumdon!».
5. Gans kimlarni aqli bilan yengadi? – Bahaybat odamni va qirolni.
6. Qirol Gansga nimalarni gumdon qilishni buyuradi? – Qaroqchilar va yakkashox jonivorni.
7. Bu ertakdan qanday xulosa olinadi? – Agar inson bolasi to‘g‘riso‘z, halol, mard, topqir va
tirishqoq bo‘lsa, unga hech qanday yovuz kuch bas kelolmaydi.
BOLALIKNING BEG‘UBOR OLAMI
Mirkarim Osim hayoti va ijodi
1. Taniqli yozuvchi Mirkarim Osim qachon va qayerda tug‘ilgan? – 1907-yilda Toshkentda
ziyoli oilada.
2. Mirkarim Osimning dastlabki qissasi qaysi? –“Yangi ariq”, 1925-yilda yaratilgan.
3. Mirkarim Osimning sho‘rolar e’lon qilinishiga yo‘l qo‘ymagan qissasi qaysi? - “Yangi ariq”
qissasi.
4. Mirkarim Osimning tarixga oid dastlabki qissasi qaysi? – “Astrobod” qissasi.
5. “Astrobod” qissasi kimga bag‘ishlangan? – Ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy hayotiga
bag‘ishlangan.
6. Mirkarim Osimning Alisher Navoiyning hayoti va ijodini aks ettiruvchi qissa va hikoyalari
qaysilar? – “Alisher Navoiy va Darvishali”, “Badarg‘a”, “Navoiyning xislatlari”, “Ulug‘bek
va Navoiy”.
7. Mirkarim Osimning tarixiy mavzudagi asarlari qaysi? – “To‘maris”, “Shiroq”, “Iskandar
va Spitamen”, “Aljabrning tug‘ilishi”, “Ibn Sino qissasi”, “Jayhun ustida bulutlar”,
“O‘tror”, “Temur Malik”, “Mahmud Tarobiy”, “Karvon yo‘llarida”, “Singan setor”,
“Mohlaroyim va xonposhsha”.
8. Mirkarim Osimning kimlarning asarlarini ona tilimizga tarjima qilgan? – Rus yozuvchisi
Do'stlaringiz bilan baham: |