9. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida keltirilishicha, Husayn Boyqaroning bir kun
taxtga chiqishini kim orzu qilar edi? – Otasi Mansur binni Boyqaro.
10. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida keltirilishicha, Husayn Boyqaro Alisher
Navoiydan necha yosh katta edi? – 2 yoshga katta edi.
11. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida keltirilishicha, Temurning o‘g‘li
Shohruxning o‘limini kim hikoya qilib beradi? – Mirsaid Kobuliy.
12. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida keltirilishicha, Alisher Navoiy Yazd
cho‘lidagi Taft qishlog‘ida kim bilan ko‘rishadi? – “Zafarnoma” asarining muallifi
Sharafiddin Ali Yazdiy bilan.
13. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida keltirilishicha, Alisher cho‘lda adashib
qolganda yo‘lni qanday topadi? – Alisher otasidan Iroq viloyati kunbotish tomonda, Hirot –
kunchiqishda, degan gapni eshitgan edi.
14. “Karvon yo‘llarida” asari muallifi kim? – Mirkarim Osim.
Oybek hayoti va ijodi
1. Oybekning to‘liq ismi-sharifi kim? – Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek.
2. Oybek qachon va qayerda tug‘ilgan? – 1905-yil 10-yanvar kuni Toshkent shahrining
bo‘zchi oilasida.
3. Oybek ijodini nimada boshlagan? – She’rlar yozish bilan.
4. Oybekning dastlabki to‘plamining nomi nima? – “Tuyg‘ular” to‘plami, 1926-yilda chop
qilingan.
5. Oybekning she’riy dostonlari qaysilar? – “Dilbar – davr qizi”, “O‘ch”, “Baxtigul va
Sog‘indiq”.
6. Oybekning romanlari qaysilar? – “Qutlug‘ qon”, “Navoiy”, “Quyosh qoraymas”
romanlari.
7. Oybekning hikoyalari qaysilar? – “Fanorchi ota”, “Musicha”, “Singan umid”,
“Tillatopar”, “Gulnor opa” hikoyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |