NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
15
“Fanorchi ota”, “Bolaning ko‘ngli poshsho” hikoyalari
1. “Fanorchi ota” hikoyasida fanor qayerga ilingan edi? –
Tursunqul akaning churuk
darvozasi tepasiga.
2. “Fanorchi ota” hikoyasida eng qo‘rqmaydigani, eng battoli kim edi? –
Qosim cho‘loq.
3. “Fanorchi ota” hikoyasida “Kim endi sindirsa, shuni tutib beramiz otamga” – deydigan obraz
qaysi? –
Ahmad.
4. Oybekning ijodiy merosi necha jildni tashkil qiladi? –
20 jildni.
5. Oybekning “Navoiy” romani qachon yozilgan? –
1944-yilda.
6. Oybekning qaysi romanida Alisher Navoiyning ziddiyatlarga to‘la hayoti tasvirlangan? –
“Navoiy” romanida.
7. Oybekning qaysi qissasida Alisher Navoiyning yoshlik pallalaridan hikoya qiladi? –
“Alisherning bolaligi” qissasida.
8. “Bolaning ko‘ngli poshsho” hikoyasi Oybekning qaysi qissasidan olingan? –
“Bolalik”
qissasidan.
9. “Tanda” so‘zining ma’nosi nima? –
Mato to‘qish uchun uzunasiga tortilgan ip, o‘rish.
10. Oybekning “Bolalik” qissasidan olingan “Bolaning ko‘ngli poshsho” hikoyasida aytilishicha,
yosh Musoning qachon handalak yegisi kelib qoladi? –
O‘rtog‘i A’zamning handalak yeganini
ko‘rib.
11. “Shashpar” so‘zining ma’nosi nima? –
Uchiga yumaloq, g‘adir-budir temir o‘rnatilgan
uzun dastali gurzi, cho‘qmor.
12. Oybekning “Bolalik” qissasidan olingan “Bolaning ko‘ngli poshsho”
hikoyasida kimning
do‘koni hamisha quruq ko‘rinar edi? –
Musa baqqolning.
13. Oybekning “Bolalik” qissasidan olingan “Bolaning ko‘ngli poshsho”
hikoyasida Musa
baqqol nima sotar edi? –
Sabzi, piyoz, un, kerosin.
Do'stlaringiz bilan baham: