bilingizkim, ish emas dushmanlig‘, Yor o‘lung bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish” misralari.
10. Bu misralar yozilganiga qancha vaqt bo‘ldi? – 500 yildan ortiq vaqt o‘tdi?
11. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari muallifi kim? – O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov.
12. “Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib
keladi”. Ushbu fikrlar muallifi kim? – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
Islom Karimov.
13. “Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib
keladi”. Ushbu fikrlar qaysi asarda uchraydi? – “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”
asarida.
14. Turli insonlar taqdiri qanday asarlarda hikoya qilinadi? – Badiiy asarlarda.
15. Adabiy asarlar necha turli bo‘ladi? – 3 turli: 1) she’riyat; 2) nasr; 3) dramaturgiya.
16. Adabiyotning “She’riyat” degan turiga qaysilar kiradi? – Katta-kichik she’rlar, she’riy
masallar, ballada va she’riy dostonlar.
17. Adabiyotning “She’riyat” degan turi kimlar tomonidan yaratiladi? – Shoirlar tomonidan.
18. Adabiyotning “Nasr” degan turiga qaysilar kiradi? – Ertaklar, hikoyalar, ocherklar, qissa
va romanlar.
19. Adabiyotning “Nasr” degan turi kimlar tomonidan yaratiladi? – Nosirlar, ya’ni yozuvchilar
tomonidan.
20. Nasriy asarlar qanday yo‘l bilan yoziladi? – Hikoya usulida.
21. Adabiyotning “Dramaturgiya” degan turiga qaysilar kiradi? – Intermediya, yirik drama,
komediya, tragediya singari sahna asarlari.
22. Dramatik asarlar qanday yo‘l bilan yozilishi mumkin? – Ham she’riy, ham nasriy yo‘l
bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |