Nuraddin raxmanov adabiyot 5-sinf (savol-javob)


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/48
Sana22.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1378587
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
Bog'liq
5-sinf Adabiyot

faylasuf Ksanfga. 
14. O‘sha paytlarda qul baribir qul ekanligiga qaysi voqea isbot bo‘la oladi? – Ezop xo‘jayinini 
qiyin vaziyatdan qutqarganini hisobga olmay, uni kaltaklashga buyuradi. 
Ezop masallari va ularning ibratlari haqida
1. Ezop yangi do‘stlarni eskilardan afzal tutuvchilar uchun qaysi masalni yozgan? – “Yovvoyi 
echkilar bilan cho‘pon” masalini. 
2. “Mahbub ul-qulub” asari muallifi kim? – Alisher Navoiy. 
3. “Mahbub ul-qulub” so‘zining ma’nosi nima? – “Ko‘ngillarning sevgani”. 
4. Do‘stga sadoqat, vafodorlik haqida “Mahbub ul-qulub” asarida nima deyilgan? – “Do‘st 
uldirki, o‘ziga ravo ko‘rmagan narsani do‘stiga ham ravo ko‘rmaydi. O‘zi do‘sti uchun 
o‘limga rozi bo‘lsa ham, ammo do‘stini bu ishda o‘ziga sherik qilmaydi”. 
5. “Yangi do‘st topganda eskisini unutma”. Ushbu maqol Ezopning qaysi masaliga mos keladi? 
– “Yovvoyi echkilar bilan cho‘pon” masaliga. 


NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)

6. “Kimki yaxshilik qilganlarga yomonlik sog‘insa, u, albatta, jazoga yo‘liqqay”. Ushbu maqol 
Ezopning qaysi masaliga mos keladi? – “Kiyik bilan tokzor” masaliga. 
7. Ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganlarining o‘ziniyoq yaxshilik qilganga yo‘yishi qaysi 
masalda keltiriladi? – “Bo‘ri bilan laylak” masalida. 
8. “Yaxshilikni ham uning qadriga yetadigan odamga qilish kerak”. Ushbu fikr Ezopning qaysi 
masaliga mos tushadi? – “Bo‘ri bilan laylak” masaliga. 
9. Ayrim kishilarning kichkinagina qiyinchilik oldida ham esankirab, ruhan cho‘kib qolishi 
Ezopning qaysi masalida aytiladi? – “Eshak bilan baqalar”. 
10. “Birni ko‘rib shukur qil, birni ko‘rib fikr qil”. Ushbu maqol Ezopning qaysi masalida ilgari 
surilgan? – “Eshak bilan baqalar”. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling