undan manfaatlanadi va Alloh yuborgan hidoyatni o‘zi o‘rganib, o‘zgalarga ham
o‘rgatadi. Bunday kishilar mo‘min kishilardir. 2) Bu toifadagilar ilm o‘rganib, odamlarga
o‘rgatadi. Ammo o‘zi amal qilmaydi. Bunday kishilar fosiq kishilardir. 3) Bunday kishilar
mutakkabirlik qilib, o‘zi ham o‘rganmaydi, o‘zgalarga ham o‘rgatmaydi. Bunday kishilar
kofir kishilardir.
17. Abu Hurayra (r. a.) qachon vafot etgan? – 676-yilda.
18. Bir odam Rasululloh (s. a. v.) huzurlariga kelib: “Yo Rasululloh, mening yaxshi muomala
qilmog‘imga kim haqliroqdir” , deganida Janob Rasululloh qanday javob qaytargan? – “Onang”
– deb aytdilar.
19. Janob Rasululloh: “Yo Rasululloh, mening yaxshi muomala qilmog‘imga kim haqliroqdir” ,
deb so‘ralgan paytda necha marta “Onang”, deb javob bergan? – 3 marta.
20. Janob Rasulullohdan to‘rtinchi marta so‘ralganda qanday javob qaytargan? – “Otang!” –
deb javob qildilar.
21. Hadisda aytilishicha, yaxshi muomala qilinmog‘iga kim haqliroq? – Avval ona, so‘ng esa
ota.
22. Rasululloh (s.a.v): “Odam qiladigan gunohi azimlardan biri – ota-onasini haqorat
qilmoqdir!”. Odam bolasi yana kimlarni haqorat qilsa, o‘z ota-onasini haqorat qilgan bo‘ladi? –
Birovlarning ota-onasini so‘kkan odam o‘z ota-onasini haqorat qilgan bo‘ladi.
23. “As-somu alaykum” so‘zining ma’nosi nima? – “Sizga o‘lim”.
24. Horisa ibn Vahb al-Huzo’iydan rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s. a. v.) aytgan ahli jannat
va ahli do‘zaxiylar kimlar? – Ahli jannat – har bir zaif, bechorahol odam. U odam Allohni
o‘rtaga qo‘yib qasam ichadi va so‘zining ustidan chiqadi. Ahli do‘zax – har bir qo‘pol,
quruq gerdaygan, beqanoat va dimog‘dor odam.
25. Janobi Payg‘ambarimizning jufti halollarining ismi kim edi? – Oysha onamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |