Nuraddin raxmanov adabiyot 5-sinf (savol-javob)


 “Ahbob” so‘zining ma’nosi? – Do‘stlar, yoronlar


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/48
Sana22.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1378587
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48
Bog'liq
5-sinf Adabiyot

14. “Ahbob” so‘zining ma’nosi? – Do‘stlar, yoronlar. 
15. “Mustag‘roq” so‘zining ma’nosi? – G‘arq bo‘lgan, cho‘mgan, cho‘kkan. 
16. “Payom” so‘zining ma’nosi? – Xabar, darak. 
17. “Ijtinob” so‘zining ma’nosi? – Yiroqlashish, saqlanish, tortinish, chekinish. 
18. “Umri jovidon” so‘zining ma’nosi? – Abadiy yashash, boqiy umr. 
Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy hayoti va ijodi
1. Muqimiy qachon va qayerda tug‘ilgan? – 1850-yilda Qo‘qon shahrida Bekvachcha 
mahallasida, novvoy oilasida. 
2. Muqimiy onasining ismi? – Oyshabibi. Muqimiyning adabiyotga qiziqishida onasining 
hissasi katta bo‘lgan. 
3. Muqimiy qayerlarda tahsil olgan? – Qo‘qondagi “Hokim oyim” madrasasida va 
Buxorodagi “Mehtar anbar” madrasalarida. 
4. Muqimiy qayerda pattachilik qiladi? – Sirdaryo yoqasida joylashgan Oqjar paromida 
pattachi. 
5. Muqimiy uchun asosiy kasb bu? – Xattotchilik. 
6. U xattotchilik sirlarini kimdan o‘rgangan? – Muhammad Yusuf xattotdan. 
7. O‘z davri adabiy harakati yetakchisi kim edi? – Muqimiy. 
8. Muqimiy kimlardan tashkil topgan adabiy guruhga boshchilik qilgan? – Furqat, Nisbat, 
Zavqiy, Muhayyir, G‘aribiy, Nasimiy, Mavlaviy. 
9. Muqimiyning otasi ismi? – Mirzaxo‘ja. 
10. Shoirning sog‘lig‘i yomonlashishiga nima sabab bo‘lgan edi? – Muttasil davom etgan 
moddiy muhtojlik, kamsitish va ta’qiblar. 
11. Muqimiy qachon vafot etgan? – 1903-yilda, 53 yoshida. 
12. Muqimiy lirikaning qaysi janrlarida barakali ijod qildi? – G‘azal, muxammas, murabba’, 
masnaviy, ruboiy, tuyuq, fard. 
13. Sayohatnoma janrining rivojlanishida kimning hissasi katta? – Muqimiyning. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling