Nuraddin raxmanov adabiyot 5-sinf (savol-javob)


Nazariy ma’lumot. “Sayohatnoma” haqida tushuncha 1


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/48
Sana22.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1378587
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
Bog'liq
5-sinf Adabiyot

 
Nazariy ma’lumot. “Sayohatnoma” haqida tushuncha
1. Barcha xalqlar adabiyotida bor adabiy janr qaysi? – Sayohatnoma. 
2. Sayohatnoma bu - ..? – O‘zida sayohat xotiralari va ular bilan bog‘liq tafsilotlarni aks 
ettirgan nasriy va she’riy asar. 
3. Bu janr asoschisi kim? – Muqimiy. 
4. Muqimiydan keyin sayohatnoma yaratgan ijodkorlar kim? – Zavqiy, Furqat, Tajalliy. 
5. Muqimiy davrida sayohatnomalar qanday shaklda bo‘lgan? – Ko‘pincha she’riy shaklda. 


NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
22 
6. Sayohatnomaning ichki tuzilishi qanday? – 3 qismli: 1. Kirish. Unda sayohatga chiqish 
sabablar aytiladi. 2. Yo‘l xotiralari batafsil aytiladi. 3. Xulosa.
 
Sa’diy Sheroziy hayoti va ijodi
1. Sa’diy Sheroziyning to‘liq ismi-sharifi? – Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy. 
2. So‘fiylar boshlig‘i, din arboblariga nisbatan qanday atama ishlatilgan? – Shayx. 
3. Sa’diy Sheroziy qayerlik? – Eronning mashhur shahri Sherozdan. 
4. “Sarbon” so‘zining ma’nosi nima? – Tuya yetaklovchi, karvonboshi. 
5. “Ey sarbon, ohista ron k-oromi jonam meravad”. Ushbu g‘azal muallifi kim? – Sa’diy 
Sheroziy. 
6. Kimlar o‘z asarlarida Sa’diy Sheroziyga murojaat qilganlar? – Fransuz Volter, nemis 
Gyotelar. 
7. Sa’diy Sheroziy nomini dunyoga mashhur qilib yuborgan asarlari qaysilar edi? – “Guliston” 
(1258) va “Bo‘ston” (1257) asarlari. 
8. Sa’diy Sheroziy qachon tug‘ilgan? – Tug‘ilgan yilini har xil ko‘rsatadilar. Masalan, 1184, 
1189, 1203, 1210. 
9. Sa’diy Sheroziy qachon vafot etgan? – 1292-yilda. 
10. Sa’diy Sheroziy umrining necha yilini sayohatda o‘tkazgan? – 20 yilini. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling