NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
22
6. Sayohatnomaning ichki tuzilishi qanday? –
3 qismli: 1. Kirish. Unda sayohatga chiqish
sabablar aytiladi. 2. Yo‘l xotiralari batafsil aytiladi. 3. Xulosa.
Sa’diy Sheroziy hayoti va ijodi
1. Sa’diy Sheroziyning to‘liq ismi-sharifi? –
Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy.
2. So‘fiylar boshlig‘i, din arboblariga nisbatan qanday atama ishlatilgan? –
Shayx.
3. Sa’diy Sheroziy qayerlik? –
Eronning mashhur shahri Sherozdan.
4. “Sarbon” so‘zining ma’nosi nima? –
Tuya yetaklovchi, karvonboshi.
5. “Ey sarbon, ohista ron k-oromi jonam meravad”. Ushbu g‘azal muallifi kim? –
Sa’diy
Sheroziy.
6. Kimlar o‘z asarlarida Sa’diy Sheroziyga murojaat qilganlar? –
Fransuz Volter, nemis
Gyotelar.
7. Sa’diy Sheroziy nomini dunyoga mashhur qilib yuborgan asarlari qaysilar edi? –
“Guliston”
(1258) va “Bo‘ston” (1257) asarlari.
8. Sa’diy Sheroziy qachon tug‘ilgan? –
Tug‘ilgan yilini har xil ko‘rsatadilar. Masalan, 1184,
1189, 1203, 1210.
9. Sa’diy Sheroziy qachon vafot etgan? –
1292-yilda.
10. Sa’diy Sheroziy umrining necha yilini sayohatda o‘tkazgan? –
20 yilini.
Do'stlaringiz bilan baham: