13. Muqimiy qayerning boylari hashamatli uy-joylar solishini, ammo ularning birorta ham
mehmonini ko‘rmaganini aytadi? – Shohimardon, Oq yer degan joyning.
14. “Firdavs bog‘i” so‘zining ma’nosi nima? – Jannat bog‘i.
15. “Rido” so‘zining ma’nosi nima? – Ruhoniylar bo‘yniga solib yuradigan oq ro‘mol.
16. “Xayr-u saxo” so‘zining ma’nosi nima? – Xayr-saxovat.
17. “Dilfizo” so‘zining ma’nosi nima? – Ko‘ngilni quvontiruvchi.
18. “Dilkusho” so‘zining ma’nosi nima? – Ko‘ngilni oluvchi.
19. Muqimiy qayerning bog‘ini “Firdavs bog‘i” deya ta’riflaydi? – Shohimardon, Roshidon
degan joyning.
20. Muqimiy qayerda keta-ketguncha do‘konlar borligini, u yerning odamlari hamisha ichib
yurishini aytadi? – Shohimardon, Zohidon degan joyning.
21. Muqimiy sayohati davomida qayerda selda qolib ketganligini aytadi? – Oltiariqda.
22. Muqimiy qayerda yer ostida zindon borligini aytadi? – Chimyonda.
23. Muqimiy qayerning bog‘i faqat tutzor ekanligini aytadi? – Chimyonning.
24. Muqimiy qayerning maqomini “dilfuzo” deb ataydi? – Shohimardon, Vodilning.
25. Shoir qayerning odamlari yengilnamo, doimo bir-biri bilan urishib yurishini aytadi? –
Farg‘ona, Yaypanning.
26. Muqimiy qayerning bog‘i o‘rnida olma, anor ko‘rmay, faqat uzum, tokzorlarni ko‘radi? –
Farg‘ona, Nursux degan joyning.
27. Muqimiy qayerda to‘pori odamlar, attorlar (parfumeriya mahsulotlari sotuvchilar), ko‘knor
chekuvchi odamlar ko‘pligini ko‘radi? – Farg‘ona, Rafqon degan joyda.
28. Muqimiy qayerda qo‘shiq aytayotganda ovozi eshakning hangrashiga o‘xshaydigan ayolni
uchratadi? – Farg‘ona, Rafqon degan joyda.
29. Muqimiy qayerda zebo sanam, qoshi qalam janonlar ko‘pligini aytadi? – Yaypanda.
Do'stlaringiz bilan baham: |