Nuraddin raxmanov adabiyot 5-sinf (savol-javob)


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/48
Sana22.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1378587
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48
Bog'liq
5-sinf Adabiyot

13. Muqimiy qayerning boylari hashamatli uy-joylar solishini, ammo ularning birorta ham 
mehmonini ko‘rmaganini aytadi? – Shohimardon, Oq yer degan joyning. 
14. “Firdavs bog‘i” so‘zining ma’nosi nima? – Jannat bog‘i. 
15. “Rido” so‘zining ma’nosi nima? – Ruhoniylar bo‘yniga solib yuradigan oq ro‘mol. 
16. “Xayr-u saxo” so‘zining ma’nosi nima? – Xayr-saxovat. 
17. “Dilfizo” so‘zining ma’nosi nima? – Ko‘ngilni quvontiruvchi. 
18. “Dilkusho” so‘zining ma’nosi nima? – Ko‘ngilni oluvchi. 
19. Muqimiy qayerning bog‘ini “Firdavs bog‘i” deya ta’riflaydi? – Shohimardon, Roshidon 
degan joyning. 
20. Muqimiy qayerda keta-ketguncha do‘konlar borligini, u yerning odamlari hamisha ichib 
yurishini aytadi? – Shohimardon, Zohidon degan joyning. 
21. Muqimiy sayohati davomida qayerda selda qolib ketganligini aytadi? – Oltiariqda. 
22. Muqimiy qayerda yer ostida zindon borligini aytadi? – Chimyonda. 
23. Muqimiy qayerning bog‘i faqat tutzor ekanligini aytadi? – Chimyonning. 
24. Muqimiy qayerning maqomini “dilfuzo” deb ataydi? – Shohimardon, Vodilning. 
25. Shoir qayerning odamlari yengilnamo, doimo bir-biri bilan urishib yurishini aytadi? – 
Farg‘ona, Yaypanning. 
26. Muqimiy qayerning bog‘i o‘rnida olma, anor ko‘rmay, faqat uzum, tokzorlarni ko‘radi? – 
Farg‘ona, Nursux degan joyning. 
27. Muqimiy qayerda to‘pori odamlar, attorlar (parfumeriya mahsulotlari sotuvchilar), ko‘knor 
chekuvchi odamlar ko‘pligini ko‘radi? – Farg‘ona, Rafqon degan joyda. 
28. Muqimiy qayerda qo‘shiq aytayotganda ovozi eshakning hangrashiga o‘xshaydigan ayolni 
uchratadi? – Farg‘ona, Rafqon degan joyda. 
29. Muqimiy qayerda zebo sanam, qoshi qalam janonlar ko‘pligini aytadi? – Yaypanda.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling