Nuriddinova xalima mavzu: metafora va uning badiiy matnda ifodalanishi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana25.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1230735
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Metafora va uning polisemiyadagi o\'rni

Oy aylanar koinotning kulgichida, 
Yurak erir qallig‗imning hovuchida... (I.M.). 
Mana, ustunlarga o‗ralar shamol, 
Mana, suv yuziga toshadi sepkil (I.M.). 
Buncha ham qattiq ekan, 
Qismatning bolishlari (S.Sayyid). 
Chiqing, begim, ko‗nglingizni chegalab beray, 
Ko‗nglingizni bering, begim, chegalab beray (I.M.).
Metafora (metaforik qo‗langan so‗z)ning sintaktik imkoniyatlari borasida fikrlash ikki 
tomonlama borishi lozim: 
1. Sintaktik bog‗lanish xususiyatlari. 
2
Миртаджиев М. Переносные значения и их манифестация в узбекском языке: Автореф. дисс… д-ра. Филол.наук. –
Тошкент: 1989. –С. 13.


23 
2. Sintaktik pozitsiya xususiyatlari. 
Birinchi jihat metaforik qo‗llanish natijasida so‗zning bog‗lanishi (valentlik) darajasining 
o‗zgarishini nazarda tutadi. Masalan, ―Oltin‖ so‗zining sememasi quyidagi semalardan tuzilgan: 
1) metal; 
2) qimmatbaho; 
3) ijtimoiy qimmatli; 4) sariq. 
Ikkinchi semaning yorqinlashuvi oltin bosh, oltin qo‗l, oq oltin, qora oltin birikmalarida, 
3-4 semalarning yorqinlashuvi oltin soch kabi birikmalarning kira olish imkonini bermoqda. 
Aslida ―oltin‖ so‗zi o‗z ma‘nosida bu xil valentlikka ega bo‗la olmasdi. Demak, metaforik 
qo‗llanish so‗zning sintaktik-sintagmatik bog‗lanish imkonini kengaytirar ekan. 
Xulosa qilib aytganda, metaforik qo‗llanish so‗zning sintaktik bog‗lanish imkoniyatiga 
(valentligiga) ta‘sir etadi. Biroq so‗zning ko‗chma ma‘noda qo‗llanilishi uchun uni muayyan 
sintaktik pozitsiyaga xoslab bo‗lmaydi. Tilshunoslikning uzoq asrlik tarixi, aftidan, endigi kunda 
ushbu hodisa ham kam o‗rganilgan deyilishga asos qoldirmadi. Darhaqiqat, qaysi sohaga qo‗l 
urilmasin, bu borada qilingan yuzlab arzirli kuzatishlar va ilmiy xulosalar, yana ham ko‗proq 
amaliy kuzatish natijalariga duch kelamiz. Metafora borasida ham shu fikrni aytish mumkin. 
Metafora bo‗yicha qilingan kuzatishlarning asosiy qismi uni nutqiy hodisa sifatida baholaydi. 
Ammo har qanday nutqiy hodisa kabi metafora ham o‗z umumiyligiga, sabab-mohiyatiga egaligi 
shubhasiz.
Metafora asos bo‗lgan o‗xshatish metaforani tushunish darajasiga ta‘sir ko‗rsatadi: 
metafora o‗xshatish ochiq bo‗lganda, tushunarli, o‗xshatish hosil qilinganda – tushunarsiz, 
o‗xshatish yo‗qolganda sezilarsiz bo‗ladi. 
Metafora amal qiluvchi sohani aniqlashda biz ayrim mualliflar tomonidan qo‗yilgan turli 
uslubiy to‗siqlarni olib tashladik. Metafora, usluban qat‘iy nazar, hamma nutqiy ko‗rinishlarda 
ham amal qilaveradi. Chunki metaforaning vazifasi nomlash, nomlashdan turlicha maqsad
bo‗lishi mumkin, albatta. Masalan, biror xil uslubiy bo‗yoq berish, yoki shunchaki nomsiz, 
notanish, noaniq narsaga nom berish. Keyingi holat har qanday uslubga xos nutqda yuzaga chiqa 
oladi. 
Metafora juda keng miqyosli hodisa bo‗lib, metaforik qo‗llangan so‗z sintaktik-stilistik 
chegaralarni bilmaydi. 
Metafora – lirik subyekt kayfiyatini berish, emotsional tonallikni belgilashning tengsiz 
vositasi. Buni A.Oripovning quyidagi she‘ri misolida ko‗rsatildi: 
Osmon ufqlarga separ kul rangin, 
Bulutlar chopadi, xorg‗in beega. 
Havo nega muncha ma‘yus, 
Havo nega muncha g‗amgin: 


24 
Oh, men sendan ajraldim nega!.. (I,113). 
She‘r g‗amgin, elegik ruh bilan yo‗g‗rilgan, buning ilk misradayoq ifoda topgani 
o‗quvchini she‘rni qabul qilishga emotsional jihatdan tayyorlaydi. She‘rdagi kayfiyat asosini 
yo‗qotish iztirobi, aza ruhi tashkil qiladi. Agar o‗tmishda ayollarning azada boshlaridan kul 
sochish urfi bo‗lgani eslansa, ―osmon ufqlarga separ kul rangin‖ metaforasining ildizlari ko‗zga 
tashlanadi. Demak, ilk satrni o‗qigandayoq aza ruhini his qilishimiz bejiz emas, osmonning 
ufqlarga kul rangini sochishi bilan momolarning azada boshlariga kul sochishi o‗rtasidagi 
analogiyalar buning asosidir. To‗g‗ri, o‗quvchi bu tafsilotni bilmasligi ham mumkin, lekin 
anglanmagan tarzda ham o‗sha ruhni his qilaveradi. Zero, inson ongida suyak surib asrlardan 
o‗tib keluvchi tarixiy xotira yashaydi va anglangan yo anglanmaganligidan qat‘i nazar, uning 
tafakkur tarziga ta‘sir qiladi. Metafora mohiyatan yashirin o‗xshashtish bo‗lib, unga 
o‗xshatilayotgan narsa tilga olinmagani holda, uning ma‘nosini o‗xshatilayotgan narsa tilga 
olinmagani holda, uning ma‘nosini o‗xshayotgan narsa (ya‘ni uni ifodalayotgan so‗z) bildiradi. 
Albatta, bu o‗rinda o‗xshatilayotgan narsa-hodisalarning aynan o‗xshashligi talab qilinmaydi, 
balki ikki narsa-hodisaga xos belgilardan birortasi asos uchun olinadi.
―Adabiyot, she‘riyat obrazlilik bilan tirikdir. She‘riyatda samimiyat ham bo‗lishi kerak. 
Shundagina u bir umr esda qoladi‖. Shoir she‘riyat oldiga ikkita asosiy talabni qo‗yadi: 
obrazlilik va samimiylik. Bularning birinchisi poeziyaning tabiati bilan, ikkinchisi esa ijodkor 
shaxs – shoir tabiati bilan bog‗liqdir. 
Badiiy obrazning materiali bir tomondan real voqelik, ikkinchi tomondan ijodkor 
shaxsidir. Metafora (hatto uning eng oddiy ko‗chim darajasidagi ko‗rinishi ham) obraz ekanligini 
e‘tiborda tutsak, bu gap unga ham to‗la tegishli. Arastu yaxshi metafora yarata olish, 
o‗xshashlikni ko‗ra olish iste‘dodning belgisi deb bejiz aytmagan. Chunki o‗xshashlik voqelikda 
mavjud bo‗lsa, uni ko‗ra olish ijodkor shaxsi bilan bog‗liq, yaxshi metafora esa shu ikkisining 
hamjihatligi yaratiladi. 
A.Oripovning ilk ijodidagi lirik qahramon – atrofga shoirona o‗tkir nigoh bilan boqib, 
undan hikmat uqayotgan odam. Shoir tabiat bilan inson, uning o‗y-hislari, quvonch-tashvishlari, 
kayfiyati orasida o‗xshashliklar topadi va ular yordamida dilidagini izhor qilishga intiladi. U ilk 
mashqlaridanoq oddiygina izhor emas, poetik izhorga, obrazli ifodaga harakat qiladi. Albatta, 
oilasida hukm surgan adabiyotga alohida mehr uning shoir sifatida shakllanishida muhim omil 
bo‗lgan. Lekin, bizningcha, A.Oripovning ulkan so‗z san‘atkori bo‗lib yetishishida tug‗ma 
iste‘dodi bilan birga bolaligi o‗tgan joylar tabiatining ham ulkan xizmati bor. Shoir o‗zi aytgan 
gaplar, bir qator she‘rlar (―Yulduzlar‖, ―Bahor‖) tahlili orqali tabiat uning uchun obrazli 
ifodaning birlamchi manbasi bo‗lib xizmat qilgan. A.Oripov: ―Tabiat ona bo‗lsa, jamiyat otadir! 
Katta ma‘nodagi kurashlar, dolg‗alar kishini tabiatning qo‗ynidan olib kelib, jamiyat orasiga 


25 
tashlaydi‖, - deydi. Shunga mos ravishda she‘rlaridagi tabiat bilan birlik hissi va uning 
go‗zalligidan tug‗iluvchi zavq, yoshlik shavqi, ishq sururiyu hijron azoblari o‗rnini ijtimoiy dard 
egallaydi. Agar shoir ijodining ilk bosqichida ichki olami bilan tashqi olam (tabiat) orasidagi 
o‗xshashliklarga tayangan bo‗lsa, hayotga chuqurroq kirib borgani sari o‗xshashliklar doirasi 
ham kengayib boradi. Zero, borliqda mohiyatan bir-biriga o‗xshash nuqtalar ―o‗tmish – hozir‖, 
―tabiat – jamiyat‖, ―inson –nabotot‖, ―inson – hayvonot‖, ―inson – hodisa‖ kabi juftliklarning 
hammasidan ham topilaveradi. Masalan, G‗.G‗ulom vafotining bir yilligi munosabati bilan 
yozilgan ―Nutq‖ she‘rida mana bunday misralar bor:
Bu asrdan mangulikka yorliq olmoqqa 
Yetmas ekan faqatgina she‘riy iste‘dod (I, 135). 
Ma‘lumki, jamiyatda muayyan bir holatni tasdiqlash uchun tegishli tartibda hujjat – 
―yorliq olish‖ zarur. Albatta, buning uchun kishidan ―yorliq‖ bilan tasdiqlanayotgan holatga 
muvofiqlik talab etiladi. Jamiyat hayotidagi ushbu tartib ko‗chma ma‘noda ―G‗afur G‗ulom 
mangu yashaydi‖ degan fikrni ifodalaydi. Ikkinchi tomondan, shoir bu yorliqni shiddatli XX 
asrdan oldi, uning talablari esa ulkan, shoirlik iste‘dodining o‗zi yetarli emas. Demak, metafora 
bu yerda tavsiflanayotgan obyektning ahamiyatini to‗laqonli ochib berish uchun xizmat qiladi.
Til metaforasi bilan poetik metafora tushunchalari farqlanishini e‘tiborga olib, bunda 
asosiy e‘tibor poetik metaforalarga qaratildi. 
Adabiyotshunoslikka oid tadqiqotlarda, xususan, maxsus lug‗at va o‗quv adabiyotlarida 
metaforalar tasnifiga yetarli e‘tibor berilmaydi. Aksar metafora-jonlantirish va metafora-
predmetlashtirish turlariga to‗xtalib, bundan boshqacha tasniflar ham bo‗lishi mumkin, lekin 
buning u qadar muhim emasligi ta‘kidlab qo‗yiladi. Haqiqatda esa, metaforaning turlari bir- 
biridan ta‘sir kuchi, voqelanish mexanizmi, funksiyasi kabi jihatlardan sezilarli farqlanadi.
Metafora-jonlantirish jonsiz narsa-hodisalarga insonga xos xususiyatlarni, metafora-
predmetlashtirish esa tashqi olamdagi narsa- hodislarga xos xususiyatlar ichki olam hodisalariga 
– ma‘naviy-ruhiy tushunchalarga ko‗chirilishini nazarda tutadi. Masalan, ―Yana keldi erkatoy 
ko‗klam‖ deyilganda bahorga munosabati yaqqol ifodalanadiki, bu poetik metaforaga xos 
ekspressivlikdir. Yoki qish bo‗yi bahorni intiq kutgan lirik qahramon ―Har nechuk qish faslin 
tund diydoridan // Jajji kapalakning vasli shirinroq‖ satridagi ekspressivlik o‗quvchini shoirga 
hamfikr etadi. Sabab ekspressivlikning o‗zigina emas, topib, original tarzda aytilgani hamdir. 
Chunki aslida ―tund diydor‖ degani insonga xos: hayotda istasang-istamasang ―tund diydor‖ 
odamlar bilan ham muomalada bo‗lamiz, ya‘ni shu majburiyatdan xalos bo‗lgan chog‗dagi 
kayfiyat hammaga tanish. Shoir shu kayfiyat bilan qishdan bahorga chiqish chog‗idagi kayfiyat 
orasida o‗xshashlikni kashf etadi, ya‘ni qiyosning o‗zi original va shu narsa ifodani ta‘sirli etadi. 


26 
Metafora-predmetlashtirish metafora-jonlantirishga nisbatan siyrak uchraydi, lekin badiiy 
samarasi undan kam emas. A.Oripov Darband daryosiga xitoban ―Yurakda sen ijod hissini 
chertding‖ deydi. Bundam ―his‖ni ―tor‖ga yashirin o‗xshatish bor: his predmet sifatini oladi. 
Xuddi shu qiyos misraning metaforik ma‘nosini yuzaga chiqaradi: tor chertildi – yurak kuylay 
boshladi, ya‘ni daryo qalbga ilhom bag‗ishladi. Metaforaning bu turi badiiy obrazning muhim 
sharti bo‗lgan konkret-hissiy ifodani ta‘minlaydi. Negaki, inson ichki olamiga taalluqli 
tushunchalar – abstract tushunchalar, predmetlashtirish ularni konkret-hissiy idrok qilishga 
yordam beradi. 
Kuzatishlarimiz A.Oripov she‘riyatida qiyos obyektlari va ma‘no ko‗chish yo‗nalishiga 
ko‗ra metaforaning to‗rt turi qo‗llanganini ko‗rsatadi: 
1) insonga xos xususiyatlarni jonsiz narsa-hodisalarga ko‗chirish; 
2) predmet xususiyatini inson ruhiy olami bilan bog‗liq yoki tashqi olamdagi abstrakt 
tushunchalarga ko‗chirish; 
3) ma‘noni jonli narsadan jonli narsaga ko‗chirish; 
4) jonsiz predmetdan jonsiz predmetga ko‗chirish asosida yuzaga 
keluvchi metaforalar. 
Metaforaning mazkur xillari qo‗llanish faolligiga ko‗ra bir xil emas, ularning faolligi 
ro‗yxatdagi tartibga mos keladi. Metafora- jonlantirish – eng faoli, metafora-predmetlashtirish 
unga qaraganda sustroq. Bu ichki va tashqi olamni bir-biriga qiyosan idrok etishga intilish 
A.Oripov badiiy tafakkurida ustuvorligi bilan izohlanib, ko‗p jihatdan shoir shaxsi shakllangan 
muhit bilan bog‗liqdir. 
Xalqning jonli tiliga yaqinlik Abdulla Oripov uslubining o‗ziga xos belgilaridandir. Jonli 
tilga yaqin degani esa xalq turmush tarzi bilan yaqin degani bo‗ladi, chunki ularni bir-biridan 
ajratib bo‗lmaydi. Masalan, ―Go‗zallikni yo‗qlash‖ nomli she‘rida lirik qahramon bir vaqtlar 
hammaning yuragiga o‗t yoqqan go‗zalning hozirgi ahvolini mushohada etadi: 
Yuzlaringda ajin, sochlaringda oq, 
Elkangdan yuk bo‗lib bosibdi yillar. 
Quralay ko‗zlarda tubsiz bir charchoq, 
Bekor gap, kim desa: yoshdir ko‗ngillar.
Xalqimizda ―yuk bosmoq‖ degani ―og‗ir ahvolga tushib qolmoq‖, ―og‗ir dardga 
chalinmoq‖ kabi ma‘nolarni anglatib, qadimdan keluvchi ishonch-e‘tiqodlar bilan bog‗lanadi. 
Xuddi shu tushuncha she‘rda umridap ko‗p qiyinchiliklar ko‗rgan va yoshlik tarovatini ancha tez 
yo‗qotgan ayolga nisbatan ishlatiladi, ya‘ni inson umriga ko‗chiriladi. Bundan tashqari, ―elkadan 
yuk bosishi‖ degani real holatda adl qomatni egadi, xuddi shu narsa she‘rdagi ―yoshlik - 


27 
keksalik‖ ziddiyatini kuchaytiradi hamda ―ajin‖, ―soch oqi‖, ―ko‗zlardagi tubsiz charchoq‖ bilan 
uyg‗unlashadi. 
A.Oripov o‗z she‘rlarida sifatdosh oboroti bilan ifodalangan metaforalardan ham 
mohirona foydalangan. Masalan, shoirning ―Seni ona dedim...‖ nomli she‘rida metafora 
sifatdosh oboroti bilan ifodalangan. Unda, garchi ko‗chma ma‘no asosi so‗z bo‗lsa ham, 
ko‗zlangan metaforik ma‘no o‗sha sifatdoshli birikma butunligida yuzaga chiqadi. Shunday 
satrlarni o‗qiymiz:
Hech vaqt unutilmas, o‗sha qirg‗in choq 
Zafarga chorlagan nurli timsoling. 
Reyxstag ustiga tikilgan bayroq 
Asli sen silkitib qolgan ro‗moling.
Shoir ushbu to‗rt misrada ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‗alabadagi ayollar 
hissasini yuksak mahorat bilan umumlashtirib, oborazli ifoda etolganini ta‘kidlosh lozim. Bu 
ifodada esa oxirgi ikki misradagi ―bayroq – ro‗mol‖ qiyosi asos bo‗lib xizmat qiladi. Lekin shu 
ikki so‗z o‗z holicha shoir ifodalagan ma‘noni bermaydi. Zero, gap umuman bayroq haqida 
emas, ―Reyxstag ustiga tikilgan‖ bayroq haqida; umuman ro‗mol haqida emas, ayollarimiz 
farzandlari, aka-ukalari, yorlarini frontga uzatayotib ―silkitb qolgan" ro‗mol haqidadir. Shuning 
uchun ham sifatdoshli birikma yaxlit butunlikni tashkil qiladi va shu butunlikgina shoir 
yetkazmoqchi bo‗lgan mazmunni ifodalaydi. 
D.Quronov ko‗chimlar ishlatilish faolligi, badiiy bo‗yoqdorligi, ta‘sirchanlik darajasi kabi 
jihatlardan bir-biridan jiddiy farqlanishini aytib, bu jihatdan 1) til hodisavlariga aylangan 
ko‗chimlar; 2) an‘anaviy tarzda ishlatiluvchi ko‗chimlar va 3) xususiy-muallif ko‗chimlarini 
ajratadi.
1
Mazkur tasnif nuqtayi nazaridan qarasak, A.Oripov ijodida ularning hammasi ham 
uchrashi tabiiy. Chunki til hodisasiga aylanib bo‗lgan metaforalarni shu til egasi sifatida, 
an‘anaviy metaforalarni she‘riyatimizning ming yillik an‘analari davomchisi o‗laroq, individual-
xususiy metaforalarni esa yorqin iste‘dod egasi sifatida qo‗llaydi. Albatta, Bu uchala guruhga 
mansub metaforalar hissiy bo‗yoqdorlik, estetik ta‘siri jihatidan teng emas. Ma‘lumki, badiiy 
matnga jalb etilganida kundalik muloqotda ishlatiluvchi oddiygina so‗zlar ham poetiklik kasb 
etadi. Bu narsa lisoniy metaforalarga ham xos. Jumladan, tilimizda "umr o‗tar" jumlasi juda
ko‗p qo‗llanadi, ko‗p qo‗llanaverganidan odatiy bo‗lib ketgan. Balki, uni til metaforasi deyish 
qiyindir, lekin shu maqomga yetib qolgani shubhasiz. Unda ajoyib ma‘no nozikligi bor: guyo 
―inson yonidan tutqich bermay o‗tib boradigan narsa‖ haqida gap borayotgandek tuyuladi. 
Holbuki, inson o‗sha umr bilan birga o‗tib boradi, lekin yana ―umr o‗tar‖da o‗zidan tashqaridagi
1
Қуронов Д. Адабиѐтшуносликка кириш. –Тошкент., 2007. –Б.127. 


28 
narsani his qilaveradi. A.Oripov she‘rlarida ushbu metafora juda ko‗p ishlatilganki, ayrimlarini 
qayd etamiz:
Umr o‗tib borar misoli ertak, 
Ertakning ketidan kelib qolar shom. (I, 144) 
Bir kun shahanshohlik tekkan gadoday, 
Umr o‗tar, dedimu dunyoga boqdim. (I, 202) 
Umr-ku o‗tadi gulduros solib, 
Uning qaytganini kim ham ko‗ribdi. (I, 231) 
Umr o‗tayotir, 
Hushyor bo‗l, bolam. 
Endi qayshayotir otang asabi. (I, 122) 
Keltirilgan parchalarda ―umr o‗tar‖ metaforasi mazmunan har qancha yaqin bo‗lmasin, 
turlicha emotsional-ruhiy holatlar, lirik-falsafiy xulosalar: birinchisida umrning o‗tkinchiligini 
eslatib, g‗aflatda yotmasdan, to‗laqonli yashashga da‘vat; ikkinchisida umrning har lahzasini 
qadrlab, go‗zallikdan zavq olib yashashga undash; uchinchisida umrini hasadu ig‗voga sarf etib, 
uning o‗tib borayotgaini o‗zi anglamayotgan insonlarga hayronlik; to‗rtinchisida umr bilan birga 
o‗z ham oxir manzil tomon borayotganini yurakdan his-etayotgan insonning iztirobu tashvishlari 
ifodasiga xizmat qiladi. To‗g‗ri, metafora yangi emas. Lekin, birinchidan, bu she‘rlarning 
hammasida ―umr o‗tar‖ metaforasi mazmunning o‗q tomiri deyish mumkin.
Ikkinchidan, 
she‘rlarning har biri uchun uchun alohida va yangi kontekst, uni boshqa so‗zlar o‗rab turgani 
uchun har safar yangi bir emotsional bo‗yoq, shu bo‗yoq tufayli yangicha jilo beruvchi qirrasini 
namoyon etaveradi. Yuqoridagi she‘rlar bilan ―Umr‖ nomli she‘r kontekstlarini birlashtirsa, 
―umr o‗tar‖ metaforasi endi tamom yangicha va kutilmagan mazmun kasb etadi. 
Inson tug‗iladi asli belibos, 
Bir parcha bo‗lib kelar jahonga, 
Libosu hashamdan bo‗lgay u xalos, 
Ketar chog‗ida ham so‗nggi makonga. 
Lekin o‗rtadagi umr-chi, umr... 
O‗chmas tamg‗a bo‗lib qolgay toabad. 
Balki yog‗ar unga rahmat degan nur. 
Balki ko‗mar uni malomat, nafrat. (II, 120)
Ko‗rinib turganidek, bunda ―umr o‗tar‖ metaforasi ishlatilmagan, faqat ―umr-chi, 
umr‖dan keyingi ko‗p nuqta bir qur ―umr o‗tar‖ni yodga keltiradi. Lekin bu kontekstga u 
sig‗maydi, kontekst buning aksini ifodalashga moyil: inson o‗tib ketadi – umri qoladi: qilgan 


29 
yaxshi yo yomon amallarida, rahmat yo nafratga sazovor bo‗lib davom qilaveradi. Demak, ―umr 
o‗tar‖ metaforasi she‘rda ishlatilmaganiga qaramay, u mazmunni ifodalash uchun asos bo‗lib 
xizmat qiladi. Faqat buning uchun kontekstni kengroq, A.Oripovning lirik ijodi doirasida olish 
lozim, chunki shoir yaratgan asarlar o‗zaro dialogik aloqada yashaydi: biri ikkinchisiga javob, 
izoh yo sharh, to‗ldirish, inkor kabi munosabatlarda turadi.
Ma‘lumki, ko‗chimlarning eng keng qo‗llanuvchi turi – metafora nutqda ma‘lum stilistik 
maqsad uchun xizmat qiladi. So‗zlarni metaforik ma‘noda qo‗llashning asosiy vazifasi nutqning 
obrazliligini, tasviriyligini oshirish bo‗lsa, shu obrazlilik va tasviriylik asosida matnda yuzaga 
keluvchi 
emotsional-ekspressivlik 
konnotativ 
ma‘nodir. Demak, metaforik qo‗llash 
konnotatsiyani yuzaga chiqaruvchi vositalardan biri sifatida ahamiyatli.
E.Vohidov ham nutqning obrazliligini oshirishda metaforadan unumli foydalanadi. 
Metaforik qo‗llashda biror predmet shaklining, belgisining, harakatining o‗xshash tomoni boshqa 
bir predmetga ko‗chiriladi. Yuqorida ta`kidladiki, manbalarda metaforaning ikki turi farqlanadi: 
lingvistik va xususiy-muallif metaforalar.
1
Lingvistik metaforalar obrazlilik, tasviriylikdan holi bo‗lsa, xususiy-muallif metaforalari 
ayni shu xususiyatlar asosiga quriladi. 
E.Vohidov xususiy metaforik ko‗chimlari bilan asarlarining badiiy qimmatini oshirishga 
muvaffaq bo‗lgan. Jumladan, shoirning metaforani hosil qilishda ot so‗z turkumidan keng 
foydalanadi. Masalan: 
Bu ne dard – minbarga chiqqan beibo 
Chiroylik yolg‗onga qarsak urishlar. 
Soxtalikning iliq muhiti aro 
Yayrab ko‗payadi manfur viruslar. (―Viruslar‖) 
Bu misrada virus so‗zi metaforik ma‘noda qo‗llangan bo‗lib, uning asl ma‘nosi faqat tirik 
xujayralarda ko‗payib, odam, xayvon, o‗simliklarda yuqumli kasalliklar qo‗zg‗atuvchi 
mikroorganizmdir. Shoir eng razil, jirkanch insonlar, ya‘ni yulg‗ichlar, shuhratparastlar 
mansabdor, loqayd shaxslarni viruslarga o‗xshatadi. She‘rning nomi ham ―Viruslar‖ deb ataladi. 
Shoir oddiy viruslarni yo‗q qilish mumkin, lekin manfur. Mudhish viruslarni quritib 
bo‗lmasligini uqtiradi: 
Mansab savdosi ham klassik virus, 
Kiritsa arziydi tibbiy darslikka. 
Sharsimon virusni mumkin o‗ldirish, 
Chora yo‗q yumaloq xudparastlikka. 
1
Мукаррамов М. Ўзбек тилида ўхшатиш. –Т.: Фан, 1976, -Б.13. Абдураҳмонов Ш. Ўзбек бадиий нутқида 
кулги қўзғатувчи лисоний воситалар. НДА. –Т., 1997. –Б.14-15. 


30 
Keyingi she‘riy parchaga e‘tibor bersak: 
Muhabbat otashini 
Hech qachon do‗zaxga teng qilmam, 
Nechunkim, menga nurli – 
Tal‘ating jannat bilan tengdur (―Muhabbat birla...‖) 
Mazkur misrada otash so‗zi metaforik ma‘noda qo‗llangan bo‗lib, O‗TILda uning o‗z 
ma‘nosi ―o‗t, olov‖, ko‗chma ma‘nosi esa ―dilni yondiradigan, o‗rtantiradigan harortli his-
tuyg‗u‖ tarzida izohlangan. Shoir muhabbat otashi birikmasini ko‗chma ma‘noda qo‗llab, ijobiy 
munosabatni bildirgan. Uning do‗zax so‗zi bilan zidlantirilishi she‘rning ta‘sirchanligini yanada 
oshirgan. 
Oshiq o‗lding, ey ko‗ngil, 
G‗am lashkaridan ko‗rqmagil, 
Bari chopqu oldda, Erkin, 
Ne uchun vahm alading? (―Kipriningdan o‗q uzib...‖) 
Bu she‘riy parchada esa g‗am lashkari birikmasi metaforik ma‘noda qo‗llangan. G‗am 
so‗zi o‗z ma‘nosida, lashkar so‗zi esa ko‗chma ma‘noda berilgan. Ma‘lumki, lashkar so‗zi juda 
ko‗p askarlardan tashkil topgan qo‗shin ma‘nosini bildiradi. G‗am lashkari birikmasi perifrastik 
metafora bo‗lib, lashkar so‗zining semantik tarkibidagi ―son-saoqsiz‖ semasi oshiq ko‗nglidagi 
g‗am-alam tuyg‗usining cheksizligiga ishora qiladi. 
E.Vohidov ba‘zan so‗zning asl va ko‗chma ma‘nolarini hamohang olib boradi: Masalan: 
Sendek mehribonim bor ekan, demak, 
Toshkent jarohati bitib ketadi. (―Shahri Dilorom‖) 
Ushbu she‘riy parchada qo‗llangan jarohat so‗zining asl ma‘nosi ko‗chma ma‘noga 
shunday mohirlik bilan singirilganki, kitobxon bir qarashda metaforik ma‘noni ko‗zdan 
qochiradi. So‗zning asl ma‘nosi ―shikastlangan, singan, chiqqan, yaralangan joy‖ bo‗lib, bu 
o‗rinda mazkur so‗z katta zarar, ziyon-zahmat ma‘nosida ko‗chma ma‘noda qo‗llangan. Negaki, 
she‘rda 1966 yil Toshkent shahrida bo‗lib o‗tgan zilzila oqibatlari qalamga olingan. Demak, 
jarohat so‗zi ―katta zarar‖ ma‘nosida ko‗chma ma‘noda berilgan. Biroq gapdagi bitib ketish 
harakati so‗zning asl ma‘nosi bilan semantik bog‗lana oladi. Ko‗rinadiki, bu misrada so‗zning 
ko‗chma va asl ma‘nolari mohirlik bilan uyg‗unlashtirilgan. Bu o‗rinda shoir zilzilaning 
insonlarga yetkazgan jismoniy va ma‘naviy zararini, shuningdek, shahar uchun keltirilgan 
moddiy talafotlarni shu birgina so‗z bilan niqoblaydi. Bu holat kitobxon qalbini larzaga soladi, 
unda achinish hissini uyg‗otadi. 
E.Vohidovning ―Sirdaryo o‗lani‖ she‘ridagi metaforik qo‗llash o‗ziga xos tarzda berilgan. 
Unda insonlar uchun eng aziz ona timsoli daryoga ko‗chiriladi: 


31 
Sen bizlarga axir mangu keraksan, 
Oqib turgan, qurib qolma, onajon. 
Bu o‗rinda shoir Sirdaryoning qurib qolmasligi yurt uchun nechog‗lik katta ahamiyatga 
ega ekanligini insonlar uchun onaning o‗rni qadar muhimligi bilan qiyoslaydi va yurt nomidan 
uni onajon deb nomlaydi. Bu metaforik qo‗llash xalqning daryoga bo‗lgan mehri, g‗ururi va 
fidoyiligi kabi munosabatlari izhori sifatida yuzaga chiqadi. 
O‗zbek tilida metaforaning mazmuniy jihatdan bir turi sifatida farqlanuvchi jonlantirish 
san‘ati ham badiiy mantga obrazlilik, emotsional-ekspressivlik baxsh tuvchi vositalardandir. 
Mazkur metaforik qo‗llashda insonga xos xarakter, xususiyat, holat va harakatlar jonsiz 
predmetlarga ko‗chiriladi. Bu esa nutqning ta‘sirchanligini, demak, konnotativligini yuzaga 
chiqaradi. E.Vohidov she‘riyatida bunday o‗xshatishlar ko‗plab kuzatiladi. M: 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling