O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


 .2 .  K orxonalar  moiiyasining  tashkil  etishning


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/34
Sana09.02.2017
Hajmi24 Kb.
#50
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34

4 .2 .  K orxonalar  moiiyasining  tashkil  etishning 
tamoyillari
K orxonaning  moliyaviy  munosabatlari  ularning  x o ‘jalik  yuritish 
faoliyati  asosida  m a ’lu m   tamoyillarga  asosan  tashkil  etiladi.  Ushbu 
tam oy illar  quyidagilardan  iborat:
—  x o ‘jalik  yuritish  faoliyatidagi  mustaqillik;
—  o ‘z - o ‘zini  moliyalashtirish;
—  m oddiy  m anfaatdorlik;
—  moliyaviy  zaxiralar  bilan  t a ’minlanganlik.
X o ‘jalik   yuritish  faoliyatidagi  mustaqillik  tam oyili  korxonaning 
moliya sohasidagi mustaqilliksiz amalga oshirilishi m um kin emas.  Ushbu

tam oyil  mulkchilik  shaklidan  q a t’i  nazar  barch a  xo'jalik  yurituvchi 
sub y e k tla r  o 'z la r in in g   iqtiso d iy   faoliyat  so h a sin i,  u n in g   m o liy a- 
lashtirishni  m anbalarini,  d aro m ad   olish  m aqsadida  pul  m ablag‘larini 
kapital  q o ‘yilmalariga  y o ‘naltirishni  mustaqil  tarz d a   belgilashlarida 
arnalga oshiriladi.  Ushbu faoliyatning asosiy maqsadi xo ‘jal;k yurituvchi 
s u b y e k tla r   i s h c h i - x o d i m l a r i n i n g   m o d d iy   f a r o v o n l ig i n i   y a n a d a  
oshirishdan  iborat  b o ‘ladi.
Bozor  munosabatlari  korxonalardan  iste’m olchilarning  talablariga 
asosan sam aradorva oqilona ishlab chiqarishni tashkil etishga,  mahsulot 
va xizm atlarning sifatini oshirishga undaydi.  K orxonalar o ‘z faoliyatida 
q o ‘shim cha darom ad olish  u c h u n   asosiy faoliyatdan  tashqari  qimm atli 
qog‘ozlar  bozorida  davlat,  boshqa  xo ‘jalik  subyektlarining  qimm atli 
qog‘ozlariga  qisqa va  uzoq  m uddatli  investitsiyalar  qilishlari  m um kin.
Shuni  t a ’kidlash  lozimki,  korxonalarning  x o‘jalik  yuritish  faoliya- 
tidagi  mutloq  mustaqillik to ‘g ‘risida fikr yuritish  m u m k in  em as,  chunki 
vakolatli  davlat  organlari  to m o n id an   ularning  faoliyat  yuritishlarining 
ayrim  tom onlari  qonun  asosida  tartibga  solinib  turiladi.  M asalan, 
korxonalar va turli  darajadagi  budjetlar o'rtasidagi  o ‘zaro  m unosabatlar 
q onun  asosida  q a t’iy  belgilab  q o ‘yiladi.  M ulkchilik  shaklidan  q a t’i 
nazar  barcha  korxonalar  o ‘z  faoliyati  asosida  q o n u n   asosida  berilgan 
soliqlami,  o ‘rnatilgan  stavkalarda  t o ‘lab  borib  turli  darajadagi  budjet- 
larni  shakllantiradi.  Davlat  tom o n id an   korxonalar u c h u n   amortizatsiya 
siyosatini  belgilaydi.  Aksiyadorlik  jam iyatlari  u c h u n   esa  moliyaviy 
zaxiralarni  tashkil  etish  va  ularning  miqdori  q o n u n a n   belgilanadi.
0 ‘z - o ‘zini  m oliyalashtirish  tam oyilini  am alga  oshirish  x o ‘jalik 
yurituvchi  subyektlarning  tadbirkorlik faoliyatining asosiy shartlaridan 
kelib  chiqadi.  0 ‘z -o ‘zini  moliyalashtirish tamoyili  k o rxonalar to m o n i­
dan  m ahsulot  ishlab  chiqarish  va  uni  sotish,  ishlarni  bajarish  va 
xizmatlar ko'rsatish xarajatlarini  to 'liq  qoplash,  ishlab  chiqarishni shax- 
siy  pul  m ablag‘lari  bilan  t a ’m inlash  ham da  zaru r  boMganda  tijorat 
banklari  kreditlaridan  foydalanishni  anglatadi.
Iqtisodiyotni  rivojlangan  m am lakatlarida  ko rx o n an in g   o ‘z - o ‘zini 
moliyalashtirish sohasida ularni shaxsiy mablag‘lari ju d a  yuqori  darajada 
ya’ni  70%  dan ortig‘ini tashkil  etadi.  Korxonalar faoliyatining  m oliya- 
lashtirishni asosiy shaxsiy m anbalariga foyda,  am ortizatsiya ajratm alari 
va  t a ’mirlash ja m g ‘armalari  kiritiladi.
M oddiy  manfaatdorlik  tam oyilining  obyektiv  zarurligi  m ulkchilik 
shaklidan  q a t’i  nazar  barcha  korxonalarning  pirovard  m aqsadi  b o ‘lib 
d a ro m a d   topishligidan  kelib  chiq ad i.  K o rx o n a la r  t o m o n i d a n   o ‘z

faoliyatining  ijobiy  natijalariga  erishishlikdagi  m anfaatdorlik  nafaqat 
uni  ishtirokchilari  uchun   emas,  shu  jum ladan  davlat  h am   m anfaat- 
dordir.  Korxonalam ing ishchi-xodimlari doirasida ushbu tamoyil yuqori 
darajadagi  ish  haqi  miqdori  bilan  amalga  oshiriladi.
M o d d iy   m a n fa a td o rlik   tam o y ili  k orxonalar  m iq y o sid a   davlat 
to m o n id an   oqilona  soliq  siyosatini  olib  borishi  natijasida  ularning 
faoliyatini  q o ‘llab-quw atlash,  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  uch u n  
iqtisodiy  sh a rt-sh a ro itla r  yaratish  va  pirovard  natijada  d aro m ad n i 
ko'paytirish  bilan  amalga  oshiriladi.
Korxonalar  tom onidan  ushbu  tamoyilni  amalga  oshirilishi  yangi 
yaratilgan  qiymat,  shaxsiy  kapital  o'rtasida  oqilona  taqsim otni  olib 
borish  va ja m g ‘arm a  ham da  iste’m ol  fondlarini  shakllantirish  asosida 
yuzaga  chiqadi.  Davlatning  manfaatdorligi  esa  korxonalar  faoliyatida 
rentabellikni  t a ’minlash,  ishlab  chiqarishni  o ‘sishi  va  soliq  intizomiga 
qat’iy rioya etishliklari  asosida yuzaga chiqadi.  Ushbu tamoyilni  amalga 
oshirishda  korxonalar  faoliyatida  m oliya-xo‘jalik  yuritish  va  uning 
pirovard  natijalari  ham da  shaxsiy  kapital  saqlashlari  u c h u n   moddiy 
javobgarlikning mavjudligi  bilan am alga oshiriladi.  M oddiy javobgarlik 
uchun moliyaviy usullar Respublika qonunchiligi asosida tartibga solinib 
turiladi  va  amalga  oshiriladi.  X o ‘jalik  yuritish  faoliyatida  shartnom a 
majburiyatlarini, t o ‘lov intizom ini,  soliq qonunchiligini buzgan  korxo­
nalar u c h u n   turli  moliyaviy  cho ralar  q o ‘llanishi  mumkin.  Rentabelsiz 
faoliyat k o ‘rsatayotgan  korxonalar u ch u n   esa ular o ‘z  majburiyatlariga 
j a v o b   b e ra   o lm a y d ig a n   h o l a t la r d a   dav lat  o rg a n la ri  to m o n i d a n  
bankrotlik jarayoni  qoMlaniladi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Soliq  Kodeksiga  asosan  amaldagi  soliq 
qonunchiligini  buzgan  korxonalam ing  rahbarlariga nisbatan  m a ’muriy 
javobgarlik ko'zda tutilgan korxonaning ishchi-xodimlari u c h u n  mehnat 
intizom ini buzgan,  ishlab  chiqarishda brakka yo ‘l  qo'yilgan  holatlarda 
m ukofotdan m ahrum  qilish,  ish haqidan ushlab qolish,  zarur holatlarda 
is h d a n   b o ‘s h a tis h   k o ‘z d a   t u ti lg a n .  U s h b u   y o 'n a li s h   j u d a   k o ‘p 
korxonalarda  amaliyotga  kiritilgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalaming tadbirkorlik faoliyatida 
m a ’lum  qaltisliklar (risklar) tufayli biznes uchun qo'yilgan  mablag‘larni 
q a y tm a slig i  h o la tla r in in g   m a v ju d lig i  u la r  to m o n i d a n   m oliyaviy 
zaxiralarni  tashkil  etishlarini  talab  etadi.  Hozirgi  sharoitda  barcha 
qaltisliklar o ‘z nom idan va o ‘z hisobidan ixtiyoriy ravishda o ‘z faoliya­
tini  olib borayotgan tadbirkorlar zimmasiga tushadi.  Xaridorlar uch u n  
iqtisodiy  raqobat  shart-sharoitlarida  tadbirkorlar  b a ’zi  holatlarda  o ‘z

m ahsulotlarini,  xizm atlarini  old ind an   to 'lo v siz   yetkazib  beradilar. 
Korxonalar tom onidan qimmatli qog'ozlarga qilgan kapital q o ‘yilmalari 
nafaqat daromad keltirishi balki kapitalni y o‘qotish qaltisligi bilan bog‘liq.
N ihoyat,  korxonalar to m onidan  ishlab  chiqilgan  iqtisodiy  dastur- 
larda  samarasiz  hisob-kitoblar  ham   mavjud.  Bu  salbiy  holatlarning 
oldini olish, juda zarur holatlarda m oliyaviyjihatdan qo'llab-quw atlash 
u c h u n   moliyaviy  zaxiralarni  tashkil  etish  zaruriyati  yuzaga  chiqadi.
Mulkchilik  shaklidan  q a t’i  nazar  barcha  korxonalar  budjetga  va 
b u djetdan  tashqari  fondlarga  barch a  soliqlar,  m ajburiy  to 'lo v la rn i 
toMagandan qolgan sof foyda hisobidan  moliyaviy zaxiralarni shakllan- 
tirishlari  mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari u c h u n   esa imtiyozli aksiya- 
larga  dividend  to'lashlari  uchun  moliyaviy  zaxiralarni  shakllantirish 
q o n u n d a   belgilab  qo'yilgan.
Hozirgi vaqtda amaliyotda ko‘plab  korxonalar o'zlarining moliyaviy 
imkoniyatlarini cheklanganligi sababli barqaror moliyaviy holatni saqlab 
turishlari  uchun  kerakli  m iqdorda  moliyaviy  zaxiralarni  tashkil  eta 
olmayaptilar.
Yuqorida  ta ’kidlab  o ‘tgan  korxonalar  m oliyasining  tashkil  etuvchi 
tam oyillar doimiy ravishda va uzviy bog‘liqlikda rivojlanishdadir.  Ishlab 
chiqarishning  rivojlanishi,  ishchi  kuchlarining  holati,  iqtisodiy  shart- 
sharoitlarning o ‘zgarishiga asosan tam oyillarining turlarini  am aliyotda 
qanday  miqdorda,  qaysi  shakl  ham da  usullarda  qoMlanishiga  bevosita 
t a ’sir  ko ‘rsatadi.
4 .3 .  Korxonaning  moliya  resurslari
Korxonaning moliya resurslari bu  —  k o rx on alar ixtiyorida  bo ‘lgan 
pul tushumlari va pul darom adlaridan  iboratdir.  Ularning q o ‘llanilishi- 
ning m aqsadi b o ‘lib davlat  budjeti,  tijorat  banklari,  sug'urta va  boshqa 
korxonalar  oldidagi  moliyaviy  m ajburiyatlarini  pul  m ablag‘lari  bilan 
t a ’m inlash  hisoblanadi.
Moliya  resurslari ishlab  chiqarishning  barqarorligini  saqlab  turish, 
u n i  kengaytirish  va  korxona  ish ch i-xo d im larin in g   m oddiy  rag‘b a t- 
lantirish  uch u n   asosiy  m anba  b o ‘lib  xizm at  qiladi.  K o rx o n alam in g  
m o hya  resurslarini  m anbayi  b o ‘lib  ularning  xususiy  m ablag'lari  va 
turli  m anbalardan jalb  etilgan  m ablag‘larni  tashkil  etadi.
M ohya  resurslarini  birlamchi  resurslarini  shakllantirilishi  ko rx o ­
n aning  tashkil  etish  jarayonida  uning  ustav  fo n d in i  shakllantirishda 
am alga  oshadi.  B unda  korx o n a  to m o n i d a n   m u o m a la g a   o d d iy   va
10 — O.Yu. Rashidov  va  bosh.
145

imtiyozli  aksiyalar  chiqarib.  ular  aksiyadorlar  orasida  joylashtiriladi. 
Ustav  fondining  miqdori  tashkil  etilayotgan  korxonaning  m ol-m ulki, 
asosiy  va  aylanm a  fondlarning  miqdoriga  bevosita  bogiiqdir.
Korxona  moliya  resurslarining  shakllanishining  keyingi  jarayonni 
foyda va amortizatsiyadan  ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi.  A m a- 
liyotda ushbu  ajratm alardan tashqari  korxonalar  moliya  resurslarining 
manbalari  b o i ib   quyidagi  xizmat  qiladi:
—  ishlab chiqarishga yaroqsiz m ol-mulkni sotishdan  kelgan tushum;
—  qurilishda  ichki  resurslarni jalb  qilish;
—  xorijiy  valuta  kurs  o ‘zgarishidan  keladigan  tushum;
—  boshqa  tushum lar.
Yangi  tashkil  etilayotgan  korxonalar  moliya  resurslari  tarkibida 
moliya  bozorida  m uomalaga  turli  qimmatli  qog‘ozlar  chiqarish  yor- 
dam ida  (obligatsiyalar)  mablag‘ jalb  qilish  ham  alohida o ‘rin  egallashi 
m um kin.  K orxona  moliya  resurslarini  shakllantirishda  jalb  etilgan 
m ablag‘lar,  y a ’ni  tijorat banklaridan  olingan  kreditlardan  ham  foydla- 
nishlari  mumkin.
Biz yuqorida t a ’kidlab  o ‘tgan  moliya  resurslaridan tashqari  korxo­
nalar o'zlari  kiradigan  assotsiatsiyalar,  konsernlar,  xoldinglar o'rtasida 
foydani  qayta taqsimlanishi,  sug'urta kompaniyalar tom onidan  zararni 
qoplash  uchun  toMovlarni  to'lash  orqali  ham   qo'shim cha  m ablagiarni 
olishlari  m um kin.
Biz  korxonalar  moliyasining  resurslari  va  manbalarini  8-chizm a 
yordam ida  yoritishga  harakat  qilamiz.  Chizm ada  xalqaro  amaliyotda 
korxonalar  moliya  resurslar va  ularni  tashkil  etishning barcha  m an b a­
lari  keltiriladi.
Korxonalar turli  manbalari  hisobiga jalb etilgan  moliya resurslaridan 
ishlab  chiqarishni  kengaytirish,  uni  texnikaviy  qayta  jihozlash.  ilmiy 
tadqiqot  ishlarini  olib  borishda  foydalanadilar.
K orx on alar  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  moliyaviy  ta ’m inlash 
quy  dagi  uch  shaklda  amalga  oshirilishi  mumkin:
1.  0 ‘z - o ‘zini  moliyalashtirish;
2.  Kreditlash;
3.  Davlat  to m o n id a n   moliyalashtirish.
0 ‘z - o ‘zini  m o liy alash tirish  k o rx o n ala r  o ‘z  faoliyatini  xususiy 
resurslaridan  foydalanishga  asoslanadi.  U shbu  holatda  korxonalar 
m ablag‘lar yetishm ay  qolganda  moliya bozorida  qimmatli  qog‘ozlarni 
m u o m a la g a   c h iq a rish   orqali  q o 's h im c h a   m ablag‘lar  jalb  etishlari 
mumkin.

8-chizma.
  K orxonalar  moliya  resursiarining  taríibi  va  lining  maiilmfari.
Kreditlash  shaklida korxonalar o ‘zlarining  ishlab chiqarishda yuzaga 
chiqqan  vaqtinchalik  moliya  resursiariga  boMgan  ehtiyojlarini  tijorat 
banklari ja n   maqsadlilik,  t a ’m in'anganlik,  t o ‘lovii!ik,  qaytarib berishlik 
va muddatlilik tam oyillan  asosida kredit olish  nalijasidan  qondirishlari 
inurnkin.
Davlat  to m o n id an   moliyalashtirishda  korxonalar  ishlab  chiqarish 
faoliyatini  davlat  budjeti  va  bu djetd an   tash q ari  fondlar  h iso b id a n  
qaytarib  bermaslik  asosida  pul  m ablag‘lari  bilan  t a ’minlanishi  am alga 
oshiriladi.  Moliyalashtirishning ushbu shakli yordam ida davlat maqsadli 
ravishda  iqtisodiyotning  m oddiy  va  n o m o d d iy   sohalari,  ta rm o q la r, 
hududlar,  xo‘jalik  subyektlari  va  aholining  ayrim  toifalari  o 'rta s id a  
moliya  resurslarini  qayta  taqsimlanishini  amalga  oshiradi.

Amaliyotda  korxonalar  moliya  resurslarini  tashkil  etishda  moliya- 
lashtirishning  uch  shaklidan  birdaniga  foydalanish  mumkin.  B undan 
asosiy maqsad ular o'rtasidagi oqilona muvozanatni saqlash hisoblanadi. 
B unday  oqilona  m uvozanatga  erishish  korxona  moliya  xizmatining 
faol  moliya  siyosatini  olib  borishga  bevosita  b o g ‘Iiqdir.
Korxonalar  m oliya  resurslarining  sarflanishi  turli  yo‘nalishlarda 
amalga oshirilishi m um kin.  Ushbu yo'nalishlarning asosiylari quyidagi- 
lardan  iborat:
—  kapital  q o ‘yilm alar,  ishlab  chiqarishni  kengaytirish,  texnikaviy 
qayta  jihozlash  xarajatlari;
—  moliya  va  bank  tizimidagi  tashkilotlar  oldidagi  moliya  majbu- 
riyatlarini  bajarish  (davlat  budjetiga  va  budjetdan  tashqari  fondlariga 
soliqlar  to ‘lash,  kreditdan  foydalanganlik  u ch u n   to'lovlarni  amalga 
oshirish);
—  moliya  bozorida  qimm atli  qog'ozlarga  investitsiya  qilish  x ara­
jatlari;
—  korxona  ishchi-xodim lariga  ish  haqi,  m ukofotlar  to ‘lash;
—  moliya  resurslaridan  hom iylik  u c h u n  m ablag'lar  ajratish  va 
boshqalar.
Korxonalar  ishlab  chiqarish  faoliyatini  uzluksizligini  ta ’m inlashda 
moliyalashtirishni amalga oshirishda ular to m o n id an  moliyaviy zaxira- 
larni  tashkil  etishlari  m u h im   ahamiyatga  egadir.  Bozor  iqtisodiyoti 
sharoitida mohyaviy zaxiralarning ahamiyati yanada oshadi.  Korxonalar 
faoliyatida  k o 'z d a   tutilgan  om illar  natijasida  yirik  m iqdorda  zarar 
k o 'rish   holati  yuzaga  chiq q an d a  ishlab  chiqarishning  uzluksizligini 
zarur  moliya  resurslari  bilan  ta ’m inlashda  moliyaviy  zaxiralar  katta 
ahamiyatga  egadir.
M oliya  zaxiralari  k o rx o n ala r  ta m o n id a n   foydadan  a jra tm a la r 
hisobiga,  yuqori  tashkilotlariga  norm ativ  ajratm alar hisobiga,  sug'urta 
tashkilotlariga  badallar  t o ‘lash  hisobiga  va  davlat  tom onidan  zaxira 
fondlari  tashkil  etish  yordam ida  shakllantirilishi  mumkin.
B o z o r  i q tis o d iy o ti  s h a r o itid a   k o r x o n a l a r   fao liy a tin i  m o liy a  
resurslari  bilan  uzluksiz  t a ’m in lash   va  ularni  oqilona  boshqarishda 
m oliya  xizm ati  faoliyati  qanday  saviyada  tashkil  etilishi ju d a   m u h im  
aham iyatga  egadir.
0 ‘zlik va jalb etilgan moliya resurslaridan moliya xizmati tom onidan 
faoliyati  xalqaro  am aliyotda  «moliyaviy  m enejm ent»  deb  nom lanadi. 
K orxonaning  moliyaviy barqarorligi  aynan  moliyaviy  m enejm entning 
qanday  yo‘lga  q o ‘yilganligiga  bevosita  bog‘liqdi.r.

Hozirgi zam on korxonalari doimiy ravishda o ‘zgarib turuvchi b o zo r 
m unosabatlar sharoitida va raqobat  asosida  o ‘z  faoliyatini  olib  boradi. 
Korxonalar  asosiy  faoliyatining  pirovard  m aqsadi  nafaqat  d a ro m a d  
olish  va  shuning  bilan  bir  qatorda  shaxsiy  kapitalni  saqlab  turish,  u n i 
k o ‘paytirish  h a m d a   tad b irk o rlik n in g   b ir  m a r o m d a   u sh la b   tu ris h  
hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini  olib borish jaray on ida  korxonalarda  ishlab 
chiqarishni  tashkil  etish,  m ahsulot  sotish,  ishlarni  amalga  oshirish, 
xizm atlar  ko‘rsatish,  shaxsiy  moliya  resurslarini  shakllantirish,  tashqi 
m anbalaridan m ablag'lar jalb qilish,  uni taqsim lash va sarflanishi bilan 
bevosita  bog‘liq  moliyaviy  m unosabatlar  yuzaga  chiqadi.  Bu  t a ’kidlab 
o 'tilg a n   barcha  m oliyaviy  m u n o sab atlar  0 ‘zb ek isto n   R espublikasi 
Moliya vazirligi tom onidan 2002-yil  27-dekabrdagi  140-sonli buyrug‘iga 
va  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  to m o n id a n   2003-yil  24- 
yanvarda  1209-son  bilan  ro ‘yxatga olingan  1 -sonli  shakl  «Buxgalteriya 
balansida»  aks  ettiriladi.
Korxonalarning  buxgalteriya  balansi  o ‘z  m ohiyatiga  k o 'ra   an iq  
bir m uddatdagi korxonaning mulkiy va moliyaviy h o latida aks ettirgan 
jadvaldan  iborat.  Buxgalteriya  balansi  asosan  ikki  aktiv  va  passiv 
qism dan  tashkil  topgan.  Balansning  aktiv  qism ida  k o rx o n an in g   m o l- 
mulki,  nom oddiy  va  joriy  aktivlari,  passiv  qism ida  esa  korx o n an in g  
o ‘z  mablag'lari  m anbalari  h a m d a   majburiyatlari  aks  ettiriladi.  Quyida 
korxonaning  buxgalteriya  balansini  tarkibi  yoritiladi.
I-jadval
Korxona  buxgalteriya  balansining  aktiv  qismining 
tarkibi  (ming s o ‘mda)
Ko‘rsatqichlar nomi
H isobot yili boshiga
H isobot yili  oxiriga
Aktivlar.


U z o q   muddatli  aktivlar
9 2 3 0
4 3 5 4
A sosiy vositalar
1290
9 4 4
N o m o d d iy  aktivlar

U z o q   muddatli  investitsiyalar

U z o q   muddatli  debitorlik

qarzlari
4 6 5
1  b o 'lim  b o ‘yicha  jami
10520
5763

2.Joriv aktivlar
2 1 1 3 1 8
194113
T ovar-m oddiy zaxiralar
1736
9309
Debitorlar
4072
9 9 9 0
Pul  m ablag‘lari 
2  b o ‘lim  b o ‘yicha jam i
2 1 7 1 2 6
2 1 3 4 1 2
Balans  aktivi  b o 'y ich a  jam i
2 2 7646
2 1 9 1 7 5
Manba:
  Tan!ab  olin gan   korxona  balansi.
1-jadval  m a ’Iumotlaridan  ko ‘rinib turibdiki,  korxona aktivlarining 
tartibda tovar-m oddiy zaxitalar asosiy o 'rin ni  egallab turibdi.  Ularning 
aktiv  tarkibidagi  ulushi  yil  boshida  92,8  %  ni  tashkil  etgan  bo'isa, 
ushbu  ko‘rsatkich  yil  oxirida  88,6  %  ni  tashkil  etdi.  Balans  tarkibida 
asosiy vositalarning  egallagan  ulushi  yil  boshida 4,1  %  ni  tashkil  etgan 
bo'isa,  yil  oxiriga  kelib  ushbu  ko ‘rsatkich  2,0  %  ni  tashkil  etdi.
Korxonaning  pul  m ablag‘larining  aktivlar  tarkibidagi  ulushi  yil 
boshiga  1,8  %  ni  tashkil  etgan  b o ‘lsa,  ushbu  ko'rsatkich  yil  oxiriga 
4,6  %  ni  tashkil  etdi.  Korxona  balansining  aktivlar  tarkibi  unig  asosiy 
faoliyat  turiga  bevosita  bog'liqdir.  Biz  tahlil  etgan  korxonaning  asosiy 
faoliyati  —  ulguiji  s a \d o   b o ‘lganligi  sababli,  uning  aktivlari  tarkibida 
tovar-moddiy zaxiralarining ulushi  asosiy o ‘rinni  egallab turibdi.  L'lguiji 
savdoning  asosiy  maqsadi  tovarlarni  sotib  olish.  Uni  saqlash  va  uni 
xaridoriarga qayta sotish  hisoblanadi.  Shuni  t a ’kidlash  lozimki,  ulgurji 
savrfo 
k o r x o n a l a r i  
o ‘zlarining  faoliyatini  amalga  oshirishda  shaxsiy  va 
ija n   olingar’  asosiy  vositaiardan  f?.o!  foydalaniladi.
Korxona  o ‘z  faoliyatini  olib  borishda  moliva  resurslarini  shakl- 
■ar.tirisl'lari  lozim.  Korxona  balansining  passiv  qismida  korxonaning 
g ‘ z  
mab!ag‘!ori  va  uning  rnajburiyatlari  aks  ettiriladi.  Tanlab  olingan 
korxonaning  buxgalteriva  balansi  passiv  qismi  tahlil  etiladi.
K orxona  buxgalterivit.  balansining  passiv  qismining 
iaikib:  (m ing  s o ‘n;da)
2-jadval.
K o‘rsatqich!ar aom i
Passivlar.
0 ‘z  m a b la g la ri  manbalari 
U stav  kapitali 
Q o ‘shilgan  kapital 
Re7.erv  kapital
H isobot vili 
boshiga
12448
11206
3 1 1 2
H isobot yili 
oxiriga
12448
1 1523
31 1 2

Taqsim langan  foyda 
M aqsadli tushumlar 
1  b o ‘l i m b o ‘yicha jam i
90378
3 9 5 4
121098
6 4 9 1
3 5 6 5
3 7 1 3 9
2. Majburiyatlar
106548
1 8 2036
Joriy  majburiyatlarshu jumladan:Joriy
106548
182036
kreditorlik  qarzlari
9 3 2 1 3
1 5 8 5 2 6
M ol  yetkazib  b en ivchilarga  qarz
8715
4875
S h o ’ba  korxonolarga  qarz
2 2 2 0
2 5 5 5
O lingan  Byudjetga  to'lovlar  uchun
1400
75 0
qarz  Qisqa  muddatli  qarzlar

10000
Boshqa  kreditorlik  qarzlar
1000
5 3 3 0
2  b o ‘lim   b o'yich a  jam i
106548
1820 3 6
Balans  passivi  b o 'y ich a   jami
2 2 7 6 4 6
2 1 9 1 7 5
Manba:
  Tanlab  olingan  korxona  balansi.
Yuqoridagi  jadval  m a ’lum otlaridan  ko‘rinib  turibdiki,  korxona 
b u x g a lte riy a   b a la n s in in g   passiv  q i s m in in g   asosiy  o ‘r i n n i   jo r i y  
majburiyatlar egallab turibdi.  Ularning  passiv qismidagi egallagan ulushi 
yil  boshiga 46,8  %  ni  tashkil  etgan  b o ‘lsa,  ushbu  ko‘rsatkich yil  oxiriga 
kelib  83,0  %  ni  tashkil  etdi.
K o rx onaning  jo riy   m ajb uriy atlari  ta rk ib id a   esa  m ol  y e tk a z ib  
beruvchilarga  b o ‘lgan  qarzdorlik  asosiy  o ‘rinni  egallab  tu rib d i.  Bu 
ko‘rsatkichning  passiv  qismidagi  ulushi  yil  boshiga  40,9  %  ni  tashkil 
etgan  bo‘lsa,  ushbu  ko'rsatkich  yil  oxirida  72,3  %  ni  tashkil  etdi.
0 ‘z  m ajburiyatlarini  bajarish  u c h u n   ko rxona  tijo rat  b a n k id a n
10000,0  ming  s o ‘m  m iqdorida  kredit  oigan.  Korxona  passiv  qism ida 
ustav  kapitali  yil  boshiga  5,5 
%  ni  tashkil  etgan  b o ‘lsa,  yil  oxiriga 
kelib bu ko'rsatkich  5,6  %  ni  tashkil  etdi.  Biz tanlab oigan  korxonaning 
davlat  budjeti  oldidagi  qarzdorligi  yil  boshiga  1400,0  m ing  s o 'm d a n  
yil  oxiriga  kelib  750,0  ming  so‘m gacha  kamaygan.  Y uqorida  t a ’kidlab 
o ‘tilganidek,  korxona  buxgalteriya  balansining  asosiy  faolíyati  bilar. 
bevosita  bog‘liq.
Agarda  k orxo n an in g   asosiy  ishlab  chiqarishi  b o 'lg a n   ta q d ir d a  
balansning  asosiy  qismini  asosiy  vositaiar  egallagan  b o ‘lar  edi.
Biz  ta n la b   o ig an   k o rx o n a n in g   asosiy  faolivati  u lg u iji  sav d o  
bo'lganligi  sababli,  uning  balansining  passiv  qismida  asosiy  o 'rin n i 
joriy majburiyatlar, y a’ni mol yetkazib  beruvchilarga b o ‘lgan qarzdorlik 
egallab  turibdi.

M ahsulot ishlab  chiqarish,  ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish 
jarayonida  yangi  qiymat  yaratiladi.  Ushbu  qiym at  mahsulotni  sotish, 
bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar u ch u n  baho asosida aniqlana- 
di.  K o rx o n a   hisob   ra q a m ig a   m a h su lo tn i  s o tis h d a n ,  k o ‘rsatilgan 
xizm atlar va bajarilgan  ishlar uch u n  kelib  tushadigan  m ablag1  tushum  
deb ataladi. Amaldagi qonunchilikka asosan korxonalar uchun tushum - 
ning  hisobotini  olib  borishda  ikki  usul  mavjud:
1)  tayyor m ahsulotni j o ‘natish  (ishlarni bajarish,  xizmatlarni k o ‘r- 
satish)  asosida  xaridorlarga  hisob  hujyatlarini  taqdim   etishlik;
2) tayyor m ahsulot u c h u n  (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko'rsatish) 
xaridorlardan  kelib  tushgan  m ablag‘lar  asosida.
Korxonalar o ‘z faoliyatida soliqqa  tortishni  amalga oshirish uch u n  
yuqorida  qayd  etilgan  usullardan  birini  mustaqil  tarzda  tanlaydi  va 
uni  amalga  oshiradi.
K orxonada m ahsulot sotishdan (xizmatlar k o ‘rsatish,  ishlarni baja­
rish)  kelgan  tushum ning  taqsimotini  9-chizm ada  k o ‘rish  mumkin.
M ahsulot  sotishdan  (ishlarni  bajarishdan,  xizmat  ko ‘rsatishdan) 
kelgan  tushum ning  asosiy  m anbayi  bo ‘lib  xaridorlardan  kelib  tushgan 
pul  m a b la g ‘lari  b o ‘lgan  t o ‘lovlari  hisoblanadi.  K o rx o n alar  hisob 
raqam iga kelib tushgan pul m ablag‘lari o ‘zining dastlabki taqsimlanishi 
am alga oshiriladi.  K orxona o ‘ziga kelib tushgan tushum dan eng aw alo  
xom ashyo,  m ateriallar,  yoqilg‘i,  elektroenergiya  u ch u n   to'lovlarni 
amalga  oshiradi.  T u sh u m d an   mahsulot  tannarxidagi  bilvosita  soliqlar 
hiso b lan g an   q o 'sh ilg a n   q iym at  solig‘i  va  aksizni  davlat  budjetiga 
o ‘tkazadi.
U sh b u   xarajatlarni  t o ‘lagandan  so ‘ng  k o rxona  ixtiyorida  yalpi 
daro m ad   qoladi.  K orxona  yalpi  darom adidan  ish  haqi,  unga  to ‘lov- 
larni,  foydadan  soliqni  va  moliyaviy  faoliyat  bilan  bog‘liq  boshqa 
t o ‘lovlarni  amalga  oshiradilar.
U shbu  xarajatlarni  amalga  oshirgandan  so ‘ng  korxona  ixtiyorida 
so f foyda qoladi. Amaldagi qonunchilikka asosan korxona sof foydadan 
o ‘rnatilgan soliqlarni to'laydi,  m uom alaga chiqarilgan aksiyalar uch u n  
d iv id e n d la rn i  to 'la y d i.  B a rc h a   t a ’kidlab  o ‘tg a n   to 'lo v la r  am alga 
o s h irilg a n d a n   s o ‘ng  k o rx o n a   ixtiyorida  q o ld iq   so f  foyda  qoladi. 
K orxonalar  ushbu  so f  foydani  taqsimlashda  maxsus  jam g 'a rm a la m i 
tashkil  qilish  asosida  taqsimlashlari  m um kin.  Bu fondlarga ja m g ‘arm a 
va  iste’m ol  fondlarini  h a m d a   zaxira jam g ‘arm alarini  kiritish  mumkin.

9-chizma.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling