O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


Download 24 Kb.

bet1/34
Sana09.02.2017
Hajmi24 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
50

0 ‘Z B E K IS T 0 N   RESPUBLIKASI  OLIY  VA  0 ‘RTA  M A X SU S  
TA’LIM  VAZIRLIGI
O .Y u .  R A S H I D O V ,  I .I .   A L I M O V ,
I .R .  T O Y M U H A M E D O V ,  R .R .  T O J IY E V
PUL,  KREDIT VA 
BANKLAR
O ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o ‘rta  maxsus  ta ’lim  vazirligi  tomonidan 
5340700  —  «Bank  ishi»  ta lim   yo ‘nalishi  talabalari  uchun 
darslik  sifatida  tavsiya  etilgan
Cho ‘Ipon  nomidagi nashriyot-matbaa  ijodiy uyi 
Touittetim  — 2011

UDK:  336.71 (575.1 )(075) 
BBK  65.262ya7 
P92
M a ’sul muharrir 
N.X. 
Jumayev
 
— 
iqtisod fanlari doktori,  professor.
Taqrizchilar:
O.K.  Iminov 
—  iqtisod fanlari  doktori,  professor,
I.  Ismatullayev
 
— 
iqtisod fanlari  nomzodi,  dotsent.
P92 
«Pul,  kredit va banklar»: 
«Bank ishi» ta’lim  yo‘nalishi talabalari 
uchun darslik / 0 .  Yu.  Rashidov  [va boshq./]; mas’ul muharrir B. Yu. 
Xodiyev;  0 ‘zR oliy va o ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi. — T/:  C h oip on  
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,  2011.  — 328 b.
1.  Rashidov,  O'ktam Yunusovich.
ISBN 978-9943-05-403-5
M a zk u r  d arslikda  p u l,  kredit  m oliya  nazariyalari  haqida  m a ’lu - 
m o t la r   b a ta fsil  y o r it il g a n   b o ' l i b ,   b u n d a n   ta s h q a r i  m o l iy a   t i z i m i ,  
k o r x o n a la r   m o l iy a s i ,  in f la ts iy a ,  bank  t i z im i ,  x a lq a r o   v a lu ta -k r e d it 
m u n o sa b a tla ri  v a   s u g ‘urta  ishi  keng  yoritilgan.
U s h b u   darslik  O liy   o ‘q u v  yurtlari  talabalari  u c h u n   moMjallangan 
b o 'lib ,  u n d a n   kollej  o 'q u v c h ila r i  va  tijorat  banklari  xodim lari  h am  
f o y d a la n is h la r i  m u m k i n .

|U D K :  336.71(575.1)(075)
/> 
pBBK 
65.262ya7
IS B N   !  7 ^ -3 9 4 3 -0 5 -4 0 3 -5  
£  £   l
-
f
3
©   O.Yu.  Rashidov,  va  bosh.,  2011 
©   Cho‘lpon  nomidagi  nashriyot-matbaa  ijodiy  uyi,  2011

K I R I S H
0 ‘z b e k is to n   R e sp u b lik a si  iq tis o d iy o tin i  l ib e r a lla s h tir is h   va 
m odernizatsiya  qilish  jarayonlari  va  m am lakatim izni  Yevro  Osiyo 
iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a ’zo b o ‘lishi ham da U m um jahon savdo 
tashkilotlari  bilan  olib  borayotgan  aloqalari  bevosita  amalga  oshiri- 
layotgan  p u l-k re d it  siyosatiga  b o g ‘liq.  C h u n k i  p u l-k re d it  tiz im i 
m a m la k a t  iqtisodiyotini  m a b la g ‘  bilan  t a ’m inlovchi  va  iqtisodiy 
islohotlarning  samarasini  belgilovchi  infratuzilma  b o ‘Iib  hisoblanadi.
Shuning uch un  «oldimizga q o ‘yilgan bunday maqsadlarga erishish, 
a w a lo ,  o ‘z  imkoniyat  va  resurslarimizni  qay  darajada  safarbar  etishi- 
mizga,  h am o n  katta  xavfi  saqlanib  qolayotgan  inqiroz  oqibatlarini 
b artaraf  etish  bo ‘yicha  2009—2012-yillarga  m o ‘ljallangan  Inqirozga 
qarshi  choralar  dasturida  k o ‘zda  tutilgan  chora-tadb irlarn i  s o ‘zsiz 
bajarishni  nechog‘lik  t a ’minlay  olishimizga  bog‘liq»‘.  U shbu  m u am - 
molarni  haï  etish  bevosita  «Pul,  kredit,  banklar»  fanini  o ‘rganishga 
bog‘liq.  «Pul,  kredit,  banklar»  fani  «Bank  ishi»  yo‘nalishidagi talabalar 
uchun   m o ‘ljallangan.  Bu  fan  orqali  talabalar  zamonaviy  pul,  bank 
nazariyasi va moliyaviy boshqaruv,  qimmatli qog'ozlar bilan operatsiya- 
lar,  b an k lar  to m o n id an   pul  m u o m a la sin i  bo shqarishning  nazariy  
asoslarini  va  amaliy  uslublarini  o'rganadilar.  Bundan  tashqari,  za­
monaviy moliya-kredit  nazariyasida 0 ‘zbekiston  Respublikasida  iqtiso- 
diyotni  liberallashtirish  va  m odernizatsiya  qilish  jarayonlari  b o ‘yicha 
qabul  qilinayotgan  qarorlar  samaradorligini  baholashning  yo'llari  va 
metodlari  ko'rib  chiqiladi.
«Pul,  kredit,  banklar» fanining maqsadi talabalami pul-kredit sohasi 
qonuniyatlari,  uning ijtimoiy tak ro r ishlab chiqarishdagi tutgan  o'rn in i 
o ‘rgatishdan  iborat.  Shu  bilan  birga  «Pul,  kredit,  banklar»  fanining 
vazifalari  b o ‘lib talabalarga zam onaviy pul,  kredit va  moliya  nazariya- 
sini  o ‘rgatish,  pul-kredit  m unosabatlarini va rivojlanish y o ‘nalishlarini

LA.  Karimov.
  A s o s iy   v a z if a m iz   —  V a ta n im iz   taraq q iyoti  va  x a lq im iz  
farovonligini  yanada  yuksaltirishdir.  «Xalq  s o ‘zi»  30-yanvar  2010-yil.

o ‘rgatish,  hozirgi  zamon  pul-kredit  tizimi  qonuniyatlarini  tahlil  etish; 
inflatsiya  va  uni  keltirib  chiqaruvchi  omillarni  o'rganish  va  ularni 
boshqarishni  ko'rsatib  berish  hisoblanadi
«Pul,  kredit,  banklar»  fani  o ‘quv  rejasidagi gum anitar fanlar bilan, 
jum ladan,  «Iqtisodiy  nazariya»  kabi  fanga  uzviy  bog'liq  va  maxsus 
fanlar,  m asalan  «Bank  ishi»,  «Xalqaro  valuta-kredit  munosabatlari», 
«Xalqaro  moliya»  kabi  fanlar  u c h u n   esa  asos  b o ‘lib  xizmat  qiladi.
M azkur darslikda mualliflar tom onidan bildirilgan fikr-mulohazalar 
hisoblanadi,  shuning uchun   darslik  kamchiliklardan xoli  emas.  Kitob- 
xonlar  bildirgan  taklif  va  m ulohazalar  mualliflar  to m o n id an   m am - 
nuniyat  bilan  qabul  qilinadi  va  nashrda  albatta  inobatgan  olinadi.

1.1.  Pullarning  kelib  chiqishi,  mohiyati  va  turlari
Pul  —  bu  um um iy  ekvivalent  sifatida  q o ‘llaniladigan  universal 
tovarning  alohida  turi  b o ‘lib,  boshqa  barcha  tovarlarning  qiym ati  u 
orqali ifodalanadi.  Pul ayirboshlash,  to ‘lov,  qiymatni oMchash, boylikni 
t o ‘plash  vositasi  funksiyalarini  bajaradigan  noyob  tovardir.  Hozirgi 
iqtisodiyotda  pul  m u o m a la si  am alda  to v arlarn in g   h a m m a   tu rla ri 
m uomalasining  o'zgarm as  sharti  hisoblanadi.  Pul  tufayli  tovarlarni 
qiyoslash,  ayirboshlashda  zarur  bo'ladigan  qiym atning  yagona  m ezo- 
niga  ega  bo ‘lish  mumkin.
Pul 
— bu boshqa n e’m atlarning qimmatini o ‘lchash vositasi  ( u m u ­
miy ekvivalent)  yoki  ayirboshlashda hisob-kitoblarni  am alga  oshirish 
vositasi  (ayirboshlash  vositasi)  funksiyalarini  bajaruvchi  n e ’m atdir. 
Pul  —  bu  m u tlo q   likvidlilikka  ega  b o 'lg an   n e ’m atdir.  P u l  —  bu 
iqtisodiy  kategoriya  b o ‘lib,  o d a m la r  o ‘rtasidagi  m u n o sa b a tla r  u n d a  
n a m o y o n   b o ‘ladi  va  u ning  yordam ida  quriladi.  P u ln in g   m aq sad i 
bozorga oid o ‘zaro  harakatlarning transaksion  xarajatlarini  teja sh d an  
iborat.
A w alo, sotib olinadigan  n e ’matlarning turlari va m iqdorini,  bitimni 
am alga  oshirish  vaqti  h a m d a   joyini,  sh u n in g d e k ,  b itim   b o ‘y icha 
kontragentlarni  tanlashdagi  chiqimlarni  tejashga  p u lla r  y o rd a m id a  
erishiladi.  Barterli  (mavozali)  iqtisodiyotda  b un day   chiqim lar  sh u n - 
chalik ko‘p b o ‘lishi  m um kin ediki,  bu amalda  har qanday ayirboshlash 
harakatlarini  amalga  oshirishni  istisno  qilib,  m e h n a t  taqsim oti  eng 
kam   miqyos  kasb  etgan  b o ‘lardi  va faoliyatning  ko‘pgina turlari  aslida 
vujudga  kelmas  edi.  Aks  holda  shunday  bir  iqtisodiyot  tashkil  topgan 
b o ‘lardiki,  unda,  masalan,  sochini  oldirm oqchi  b o ‘lgan  iqtisodchi 
iqtisodiyot b o ‘yicha m a ’ruza tinglamoqchi bo ‘lgan sartaroshni  izlashiga 
to ‘g ‘ri  kelardi. Aytaylik,  yangi palto tiktirmoqchi b o ‘lgan aktyor buning 
u c h u n   uning  filmlarda  o ‘ynagan  rollari  bilan  qiziquvchi  tikuvchini 
topishi  kerak  bo ‘lardi  va  hokazo.  Pulllar  potensial  sheriklar  xohish- 
istaklarining  shu  tarzda juftlik  holdagi  m os  kelishi  zaruratini  b a rta ra f 
etadi  va  bitimlarni  amalga  oshirish  joyi  h a m d a   vaqtini,  ayirbosh-

lanadigan  n e ’m atlar  sifati  va  m iqdorini,  bitim  b o ‘yicha  sheriklarni 
qayishqoqlik  bilan  tanlashga  imkon  beradi  va  hokazo.
N e ’matlar qimmatini oich ash d ag i  chiqimlarning katta qismi  pullar 
yordam ida tejaladi.  U m um iy ekvivalent xususida  kelishuvga erishilgan 
iqtisodiyotda individlar ayirboshlanadigan proporsiyalarni  osonlik bilan 
tuzishi  m um kin.  Agar  ikkita  tovarning  narxi  m a ’lum  b o ‘lsa,  u n d a 
ularning  nisbiy  qimm ati  ham  aniq  bo'ladi.
Shuni  t a ’kidlash  zarurki,  tovar  ayirboshlash  munosabatlari  ular 
paydo  b o ‘lgan  vaqtdan  boshlab  bozorda  um um iy  ekvivalent  b o ‘la 
o ladigan,  h a m m a   u c h u n   m aqbul  qulay  tovarni  izlashni  obyektiv 
ravishda  taqozo  etgan.  M a ’lumki,  turli  davrlarda  metallar  —  bronza, 
tem ir,  mis,  kum ush,  oltin  ana  shunday  ekvivalent  bo'lgan.  Oldiniga 
ular  taqinchoqlar,  qurollar,  m ehnat  quroPari  va  ko'pincha  tasodifiy 
shakldagi  va  miqdorlardagi  kam  ishlov  berilgan  metall  parchalari 
shaklida  q o ‘llanilgan.  U lar baisoklar,  novdalar,  plastinalar va  yombi- 
lardan  iborat  bo'lgan.  Yombilar  bilan  hisob-kitob  qilish  u c h u n   ularni 
tarozida tortishga t o ‘g ‘ri  kelgan,  lekin k o‘pincha yombilarni birm uncha 
kichikroq  b o ia k la rg a   bo'lish  zarurati  vujudga  kelgan.
Universal  hisob-kitob  ekvivalentiga  b o ‘lgan  ehtiyoj  eram izdan 
oldingi  V I I I   asrdayo q  k afo la tla n g a n   vaznli  va  larkibli  s ta n d a rt- 
lashtirilgan  yom bilar  paydo  b o ‘lishiga  olib  keldi.  Birmuncha  keyingi 
davrlardagi  yom bilarning  ayrim  turlari  ularni  bo ‘laklarga  b o ‘lishda 
qulay  bo'lishi  u c h u n   belgili  kertiklar  bilan  yasalgan.  Biroq,  bunday 
ta k o m illa sh tirish la r  baribir  savdogarlarni  hisob-kitoblarni  amalga 
oshirishda  yom bilar va  ularning  b o ia k la rin i  tortib  ko'rish  zaruratidan 
xalos  etm agan.
Tovar  ishlab  chiqarishning  o ‘sishi  va  tovar  ayirboshlashning  ken- 
gayishi,  bunday jarayonlarga  ko'p  sorili  hunarm andlar  h am d a  boshqa 
qa tn a sh c h ila rn in g   jalb  etilishi  m etall  puliarnm g  keyingi  stan d art- 
lashtirilishiga  va  u lar  m iq do rlarin in g   c h a k an a   savdo  ehtiyojlariga 
moslashtirilishiga  olib  keldi.  T axm inan  eram izdan  oldingi  XII  asrda 
Xitoyda, VII asrda esa 0 ‘rta yer dengizi  davlatlari  — Lidiya va Eginada 
vazni,  m iqdori  va  qotishm alarining  tarkibigo  ko‘ra  bir  xildagi  metall 
pullar  paydo  b o ‘ldi.  U lar  sekin-asta  ishlab  chiqarish  va  foydalanish 
u c h u n   qulay  b o i g a n   dum aloq  shaklga  ega  b o ‘ldi.  U lar  a n ’anaviy 
yom bilardan b irm uncha kichik o ic h a m la ri  bilan,  shuningdek,  ularning

Qarartg:
 Юрьев A.B.,  Герасимов  В.М.  Монета вчера и сегодня. / /  Деньги 
и кредит.  1999. №2.

to ‘lovga  qobiliyatliligi  va  asosiy  param etrlari  (miqdori,  qotishm alar 
tarkibi,  vazni)  u  yoki  bu  darajada  davlat  to m o n id a n   kafolatlanishi  va 
m uhofaza  qilinishi  bilan  ajralib  turardi.  S h un d ay  qilib,  shu  davrdan 
e ’tiboran  metall  pullar  hukm ronligining  uzoq  davri  boshlandi.
Bunday  pullarda  nom inallar  —  metall  pulning  muayyan  vaznli 
standartini  ifodalovchi  va  pullarning  nom lari  sifatida  m u h im   o ‘rin 
oigan  tushunchalarning  paydo  boMishi,  u shbu  pullar  evolutsiyasining 
eng  m uhim  natijalaridan biri edi. Asrlar q a ’ridan bizgacha yetib  kelgan 
tangalarning  nom lari  —  draxm alar,  franklar,  markalar,  talerlar  va 
boshqa  ko‘plab  tangalar  nomlari  —  metall  pullarning  muayyan  vaznli 
mohiyatlarini  anglatardi.
Pullarning  yombilarda  b o ‘lmagan  yangi  sifatlari  hisob-kitoblarni 
amalga  oshirishda  ularni  shunchaki  oddiy  qayta  hisoblashga  va  vaqti 
kelib ularni tortib  ko ‘rishdan voz kechishga im koniyat yaratdi.  Belgilar 
va yozuvlar shunday sifat belgilari bo'lib, ular oldiniga pul birliklarining 
bir tomoniga,  keyinchalik —  ikkala tom oniga h am  bosilgan.  Eramizdan 
oldingi  V  asrdan  boshlab  esa  ular  majburiy  atributlari  tusini  oig an1.
M uomalaga kirgan pullar «moneta»  («tanga»)  degan  n om ni  Yuno- 
naning  nom laridan  biri  (Ju no   M o n eta  —  Ogohlantiruvchi  Y unona) 
sharafiga  qabul  qilingan  b o ‘lib,  uning  Rim dagi  Kapitoliy  tepaligidagi 
Y unona  saroyida  ushbu  antik  davlatning  yangi  zarbxonasi joylashgan. 
Tangalarning  paydo  bo'lishi  tovar-pul  m unosabatlarining  rivojlanishi 
bilan  bog‘liq  edi.  Metall  pulning  eng  m u h im   xususiyatlaridan  biri  — 
qiymat  ana  shu  voqeada  o ‘z  aksini  topgan.  U lar  m uom ala  uchu n 
yombilarga  qaraganda  anch a  qulay  b o ‘lib,  qisqa  davr  ichida  butun 
dunyoda  keng  om malashib  ketdi.
Tanganing  ko‘p  asrlik  tarixida  uning  turlari  k o ‘p  m arta  o ‘zgardi, 
liar  bir  davr  u n d a  o ‘z  «tam g‘asi»ni  qoldirdi.  M asalan,  eram izd an 
aw algi  V II—V  asrlardagi  eng  qadimgi  tan g a lard a   faqat  bir  nech a 
oddiygina  chuqurchalarni  ko ‘rish  m um kin.  V   asrdan  boshlab  ularda 
shaharlar  nom larining  boshlang‘ich  harflari,  keyinroq  —  shaharlar 
nomlari  va  hukm dorlar  ismlarining  qisqacha  nom lari  paydo  b o ‘ldi. 
Qadimgi  Rimdagi  tangalardagi  ayrim  raq am lar va  harflar tangalarning 
nominallarini  bildirgan.  M asalan,  1  raqam i  bir assni  (bir  rim  funtiga, 
y a ’ni  misning  12  unsiyasiga  teng  b o ‘lgan  o g ‘irlik  o ‘lcham ini),  S  harfi 
1/2  asosni  anglatgan.  Antik  Eginaning  ilk  k u m ush  draxm alarida  tosh- 
baqalar,  fors  shohi  Dariyning  (eram izdan  a w a lg i  V I—V  asrlar)  oltin 
tangalarida  esa  yoydan  o ‘q  uzayotgan  sh o h   tasvirlangan.  Qadimgi 
Rim  tangalarida  majusiylar  xudolari,  q ah ram o nlari  va  imperatorlari

aks  ettirilgan.  Keyingi  davrlar  ularning  o ‘rniga  qirollar,  shohlar  va 
cherkov iyerarxlari  suratlari tasvirlangan.  Buijua Respublikalari tanga- 
larida  podsholar  va  avliyolar  tasvirlari  o ‘rniga  davlat  gerblari,  turli 
belgilar va  yangi  tarixiy  hodisalar  manzaralari  aks  ettirilgan.
K o ‘p  asrlar  davomida,  deyarli  XIX  asrning  boshiga  qadar  k o ‘p- 
chilik mamlakatlarning pul tizimlarida bir xildagi maqomga ega b o ‘lgan 
oltin  va  kum ush  tangalar  parallel  ravishda  amal  qilib  kelgan.  B unda 
o ltin  bilan  k u m u sh   o ‘rtasidagi  narxga  oid  o 'z a ro   nisbat  rasm an  
belgilanmagan,  balki  bozor  mexanizmlari  bilan  belgilangan.  Ayrim 
m am lakatlarda esa to ‘laqonli oltin va kumush tangalarning amal qilishi 
oltin  bilan  kum ush  o ‘rtasidagi  davlat  to m onidan  belgilangan  narxga 
oid  o'zaro  nisbatga  k o ‘ra  yuritilgan.
1816-yildan  1900-yilgacha  m am lakatlarning  ko'pchiligi  oltin  yoki 
oltin  tangali  standartga  o ‘tganlar:  bu  standartda  mamlakatning  asosiy 
pul  birligi t o ‘laqonli m uom alada b o ‘ladigan oltin tangada zarb qilingan. 
U ning  nom inali  uning  tarkibidagi  oltin  qiymatiga teng edi.  Bu  davrda 
banknotalarning oltin tangalarga h ech qanday t o ‘siqsiz ayirboshlanishi 
t a ’m inlangan.  Kum ush  va  mis  tangalar esa  mayda  pul  rolini  o'y nardi. 
Bunda  m ayda  pullarning  metall  qiymati  ham ,  odatda,  u  yoki  boshqa 
darajada  oltin  tangaga  b o g‘lan a r  edi.  XX  asr  boshiga  kelib  to v ar 
ishlab  chiqarish  katta  miqyoslarga  erishdi  va  tovar  massasining  oshib 
borayotgan hajmlariga xizmat ko‘rsatish uchun tobora ko‘proq  m iqdor- 
dagi  pullar  talab  qilingan.
XIX 
asrning  oxiri  —  XX  asrning  boshida  yirik  mashinali  ishlab 
chiqarishning  rivojlanishi  bilan  tovarlarning  keskin  ortib  borayotgan 
massasi  bilan  oltin  standart  shartlariga  ko ‘ra  amalda  mavjud  b o ‘lishi 
cheklangan  metall pullarning  m iqdori o'rtasida jiddiy disproporsiyalar 
vujudga  keldi.  Lekin  oltin  standart  aksariyat  ko‘pchilik  davlatlarda 
birinchi  ja h o n   urushigacha  amal  qilib  turdi.  Birinchi  jah o n   urushi 
boshlangan  vaqtga  kelib  am alda  b arch a  m am lakatlar  harbiy  strategik 
zaxiralarni  shakllantirish  m aqsadlarida  oltin  va  kum ush  tangalarni 
m uom aladan olib tashlashdi.  Pul  m uomalasida ularning o ‘rnini t a ’m in - 
lanm agan  b a n k n o ta la r  va  m ayda  pullar  egalladi. 
Shu  m unosabat 
bilan prinsipial jihatdan yangi pul tizimlari paydo bo‘ldiki, ular o'zining 
tovar  qiymatiga  ega  bo'lgan  real  pullardan  shakllantirilmasdan,  balki 
ularning  surrogatlariga  asoslangan  edi.  B unday  pul  surrogatlari  oltin 
bilan  t a ’m inlanm agan  pul  belgilari  —  banknotalar,  xazina  biletlari, 
arzon  qotishm alardan  yasalgan  tangalar  nom ini  oldi.  T o ‘laqonli  oltin 
tangadan farqli ravishda bunday pul  surrogatlari tovar bozorida o'zining

qiymatiga  ega  em as  edi,  chunki  b u n d a y   qiym at  ju d a   k a m   b o ‘lib, 
faqat ularni tutib turuvchining bunday pullarni almashtirganda muayyan 
qiymatni olish  huquqidan guvohlik berardi.  Bunday holda pul  belgilari 
faqat  qiymatning  vositachi  vakillari  rolini  bajarardi.
Birinchi jah o n  urushi  haddan ortiq  moddiy zararlar keltirib,  xo'jalik 
faoliyatini izdan chiqargani sababli,  dunyodagi  barcha mamlakatlarning 
hukumatlari  real  qimm atga  ega  b o im a g a n  ju d a   katta  m iqdordagi  pul 
belgilarini  chiqarishga  kirishdi.  Buning  natijasida  urush  tugaganidan 
keyin  bu  m am lakatlarda  qadri  tushib  ketgan  pullar  miqdori  ko'payib 
qoldi.  Inflatsiya jarayonlari  1930-yillargacha  ko ‘pgina  davlatlarni  o ‘z 
girdobiga  tortdi.  B unday  jarayonlar  sababli  iqtisodiy  va  moliyaviy 
sohalarda  yuz  bergan  deformatsiyalar  shunchalik jiddiy  ediki,  Yevro- 
pada  urushdan  keyin  bir  qator  m am lakatlarda  oltin  standartni  yana 
qaytadan  tiklashga  b o ‘lgan  urinishlar  kerakli  natija  bermadi.
XX asrning 70-yillarida oltinning denominallashuvi yuz berib, buning 
natijasida  oltin  oldiniga  mamlakatning  ichki  aylanishida  m uo m ala  va 
t o io v  vositasi  funksiyalarini,  so‘ngra  1976-yildan  boshlab ja h o n   pullari 
funksiyasini  ham  bajarmay  q o ‘ydi.  Ichki  aylanishda  va jah o n   bozorida 
ham  qog‘oz  va  kredit  pullari  oltinni  siqib  chiqarib  tashladi.
Q o g‘oz pullar 
— t o ia q o n li  pullarni taq d im  etuvchi  pul belgilaridir. 
Tarixiyjihatdan olganda,  qog'oz pullar metall  pullar muomalasi asosida 
kelib  chiqqan.  U lar  bundan  oldin  m u o m alad a  b o ‘lgan  kum ush  yoki 
oltin tangalarining o ‘rniga tatbiq etilgan.  Pullar tovarlarning  ayirbosh- 
lanishida  vositachi  b o i i b   hisoblanadigan  voqelikning  o ‘zi,  pullarning 
muomala  vositasi  sifatida  faoliyat  yuritishi  obyektiv  tarzda  to ia q o n li  
pullar o'rniga chiqarilgan pul belgilarining muomalasi  mumkin ekanligini 
tasdiqladi.  Kum ush  va oltin  tangalar  ishlatib  kelingan  ko‘p  asrlik  tarix 
m obaynida  siyqasi  ch iqqan  va  o ‘z  shaklini  y o 'q o tg an ,  y a ’ni  real 
og‘irligi  kamroq b o i g a n   tangalar  m uom alad a  to ia q o n li tangalar bilan 
bir  qatorda  amal  qilishi  va  xuddi  shunday  qiymatni  ifodalashi  qayd 
qilindi.  Bu  metall  tan g alarn i  a m a ld a   h e c h   q a nday  qiym atga  ega 
b o im a g a n   qog‘oz  pullar  bilan  almashtirish  haqidagi  fikrga  olib  keldi. 
Ilk  q o g ‘oz  p u lla r  e ra m iz n in g  
XIT  a s rid a   X ito y d a,  Y e v ro p a   va 
Amerikada esa —  faqat XVTI—XVIII  asrlarda  paydo b o i d i.  Rossiyada 
qog'oz  pullar  (assignatsiyalar)  1769-yilda joriy  etilgan.
Qog‘oz  pullarning  mohiyati  shun d an  iboratki,  ular  pul  belgilari 
hisoblanadi va, odatda,  metallga ayirboshlanadi.  Shuning u c h u n  qog‘oz 
pullar m uom alada vakillik  qiymatiga ega b o i a d i  va xarid qilish  h am d a 
t o io v   vositasi  rolini  bajaradi.

Q o g ‘oz  pullarni  kirn  chiqarish  huquqiga  ega?  Davlatning  moliya 
m uassasasi  yoki  m arkaziy  ban k la r  qog‘oz  pullarn in g   em iten tlari 
b o iis h a d i.  Davlatning moliya muassasasi qog‘oz pullarni chiqarishdan 
bevosita o 'z  xarajatlarini qoplash uchun foydalanadi.  Markaziy banklar 
esa  bu  ishni  bilvosita  bajaradi,  y a’ni  ular  almashtirilmaydigan  bank- 
notalarni  chiqaradi  va  ularni  davlatga  ssudaga  taqdim   etadi,  davlat 
bu n d a y   banknotalarni  o ‘zining  budjet  xarajatlari  u ch u n   y o ‘naltiradi.
Shuni  qayd  qilish  zarurki,  qog‘oz  pullarning  iqtisodiy  tabiatiga 
k o ‘ra  ularga  m uom alaning  beqarorligi  va  qadrsizlanish  xosdir.
Q o g ‘oz  p ullar  emissiyasi  m iqdorlari,  afsuski,  tovar  va  t o i o v  
aylanishlarining  pullarga  b o ‘Igan  ehtiyoji  bilan  bog‘liq  emas.  Ular, 
odatda,  davlat xarajatlarini  moliyalashtirish,  budjet taqchilligini qoplash 
u c h u n  chiqariladi.  Bu  shuni  anglatadiki,  pullarning aylanishiga doimiy 
ehtiyoj  b o ‘lganida  yoki  hatto  u  kamayganida  ham   davlatning  pul 
m ab la g ia rig a   b o i g a n   ehtiyojlari  u  yoki  boshqa  sababga  k o ‘ra  o ‘sishi 
m um kin.  B unday  holda  qog‘oz  pullar  massasining  ko ‘payishi  qog'oz 
pullarning  haddan  ortiq  chiqarilganligini  bildiradiki,  bu  pullarning 
qadrsizlanishiga  olib  keladi.  Q og'oz  pullarning  haddan  tashqari  ko‘p 
em is s iy a s i  b ila n   b o g i i q   b o i g a n   b u n d a y   p u lla r n in g   in fla tsio n  
qadrsizlanishi  buning  tipik  ko ‘rinishidir.  Q og'oz  pullarning  qadrsiz- 
lanishi,  t o i o v   balansining  yaxshi  emasligi  (mam lakat  chet  ellardan 
o 'z i  amalga  oshirgan  to io v la rg a   nisbatan  kam roq  to io v la rn i  oigan), 
milliy  valuta  kursining  pasayishi  bilan  ham   b o g iiq   b o iis h i  mumkin. 
B uning  oqibatida  qog'oz  pullarga  ularning  tabiatiga  ko'ra  beqarorlik 
xos  b o i a d i .   B u n d a y   s h a ro itd a   q o g 'o z   p u llar,  shubhasiz,  xazina 
funksiyasini  bajarishga  yaroqsiz  b o ia d i.
Q o g 'o z   p u lla rg a   xos  b o i g a n   k a m c h ilik la r  k red it  p u lla rn in g  
qo ila n ilish i  tufayli  b irm u n c h a   bartaraf etilishi  mumkin.


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling