O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


 .1 4 .  Soliq  elementlari  va  ularga  tasnif


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/34
Sana09.02.2017
Hajmi24 Kb.
#50
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34

3 .1 4 .  Soliq  elementlari  va  ularga  tasnif
Soliqning  m ohiyatini  ochishda  uning  tarkibiga  kiruvchi  va  o ‘zaro 
bog‘liq b o ‘lgan  elem entlam i yoritish  lozim b o ‘ladi.  Faqatgina  q o n u n - 
chilikda barcha soliq elementlarini ko'zda tutilishigina soliq to'lovchilar 
tom onidan   soliq  t o ‘lash  majburiyatini  yuklaydi.  H ar  bir  soliq  o ‘zida 
majburiy elem entlarni  ifoda etadi.  Iqtisodiy adabiyotda soliq ele m en t­
larini  quyidagi  turlari  ajratiladi:
1.  Soliq  huquqi  —  moliya  huquqining  huquqiy  institutlaridan  biri 
hisoblanib,  0 ‘zbekiston  Respublikasida soliq sor^sidagi m u ” osabatlami 
tartibga  solib  turadi  va  nazorat  qiladi.  Iqtisod/^îini  bozor  m unosa- 
batlariga  o 'tish   sharoitida  ushbu  faoliyat  maxsus  iqdsodiy  c o n u n la r 
bilan  belgilangan,  u lar  sifatan  yangi  m azm undagi  soiiq  siyosatini 
o ‘tkazish  zaruriyatini  shart  qilib  q o ‘ydi.
Soliq  huquqi  o ‘z  ichiga  huquqiy  m e ’yorlari  soliq  tizimini  barpo 
qilishning  asosiy  qoidalarini  m ustahkam lagan  qonunlar  va  qonunosti 
m e ’yoriy huijatlarini,  soliq huquqlari,  majburiyatlari va m a ’suliyatlarini, 
t o ‘lov  turlari,  shuningdek,  nazariy  qoidalar,  holatlar  va  atam alarni 
oladi.
2.  «Kim»  soliq  t o ‘lovchi  b o i i b   hisoblanadi,  y a ’ni  soliq  solish 
subyekti.  Soliq  t o ‘lovchilar  bu  —  zimmasiga  soliqlar,  turli  yig‘imlar 
va  bojlar  t o ‘lash  majburiyati  yuklatilgan  yuridik  va jismoniy  shaxslar, 
shu  ju m lad an   m erosxo'rlar  hisoblanadi.  Soliq  agentlari  bu  amaldagi 
qonunchilikka asosan soliq toMovchilardan soliqlarni hisoblash, undirish 
va  tegishli  budjetga  o ‘tkazib  berish  majburiyati  yuklatilgan  shaxslar 
hisoblanadi.  D em ak,  vakolatga  ega  b o ig a n   soliq  idoralari  va  soliq 
t o ‘lovchilar  m unosabatlar  subyektlaridir.
^  3.  S o liq   s o lis h   o b y e k ti  b o ‘lib  « n im a »   h i s o b l a n a d i.  S o liq  
t o ‘lovchilaming darom adlari,  muayyan tovarlar (ko'rsatilgan xizmatlar, 
qilingan ishlar),  m ol-m u lk  qiymati,  tabiiy resurslardan foydalanganlik, 
qim m atli  qog'ozlar  bilan  bog‘liq  operatsiyalar,  meros  va  hokazolar, 
y a ’ni  pul  va  m ol-m u lk   shakllarida  mavjud  bo'lgan  m oddiy  n e ’matlar 
soliq  elem entining  obyekti  hisoblanadi.
4.  Soliq qaysi  «manbayiga» asosan t o ‘lanadi.  Har bir soliq amaldagi 
q o n u n c h ilik k a   asosan  a n iq   belgilab  q o ‘yilgan  m anbayiga  asosan 
t o ‘lanadi.  Soliq  solish  m anbayi  b o ‘lib  ishchi-xizm atchilarning  ish 
haqlari,  dividendlar,  foyda,  d a ro m a d   va  boshqalar  bo'lishi  mumkin.
5.  Soliq  bazasi  b u  —  soliq  obyektining  miqdoriy  ko'rsatkichini 
ifoda etadi.  Soliq bazasi soliq solish obyektining qiymatiga oid, jismoniy

yoki  boshqa  tavsifidan  iborat.  Soliq  bazasini  o ‘rnatish  u c h u n   soliq 
bazasining  o 'lchov  birligini  bilish  zarur  bo'ladi.
6.  Soliq  bazasin in g   o 'lc h o v   birligi  soliq  bazasining  m iq d o riy  
ifodasini aniqlaydi.  0 ‘lchov birligi soliq solish obyektining m ohiyatidan 
kelib chiqadi va u pul yoki  moddiy shakllarda mavjud b o ‘lishi  m um kin. 
Masalan,  jism oniy  shaxslardan  d aro m ad   solig‘i,  x o‘jalik  yurituvchi 
subyektlardan  d aro m ad  yoki  foyda  solig‘i  —  m am lakat  pul  birligida, 
cheklar,  sotix  —  yer  solig‘ida  qo'llaniladi.
7.  Soliq  stavkasi  bu  —  soliq  solish  bazasining  birligiga  nisbatan 
soliq  hisoblashning  miqdori  hisoblanadi.  Soliqlarni  hisoblashda  soliq 
stavkasi  m uhim   o ‘rinni  egallaydi.  Am aliyotda  soliq  stavkalari  q a t’i 
belgilangan  va  foizlarda  belgilanishi  m um kin.  Soliq  stavkasining  q a t’i 
belgilangan  stavkasi  soliq  solish  obyek tid an   undiriladigan  absolut 
summadagi  ko'rinishda namoyon bo'ladi.  Bu stavka asosan aksiz solig‘i 
va  yer  solig‘ini  undirishda  keng  qoMlaniladi.
Soliq  stavkasini  foizlarda  belgilanishi  soliq  solish  ob yektining 
qiymatiga  nisbatan  belgilangan  soliq  ulushlarida  nam oyon  bo'ladi. 
Soliqning  foiz  stavkalari  o ‘z  m ohiyatiga  asosan  quyidagi  turlarga 
bo'linadi:  baravar, proporsional,  progressiv va  regrissiv stavkalar.  Soliq- 
larning  foiz  stavkalarining  o'zgarishi  asosan  soliq  bazasining  ortishi 
asosida  belgilanadi.
Soliq  stavkasini  baravar  soliq  solish  stavkasi  usulida  har  bir  soliq 
t o ‘lovchi  uchun  bir  xil  summadagi  soliq  toMovchining  moddiy  holati 
hisobga  olinm aydi  va  faqatgina  favqulotdagi  hollarda  am aliyo tga 
kiritiladi.
Masalan,  jon   solig'i  yoki  eng  kam  ish  haqiga  nisbatan  foizlarda 
belgilangan  maqsadli  soliqlarni  ko'rsatish  m um kin.
Soliq  so lish n in g   p ro p o rs io n a l  stavkasi  u s u lid a   h a r   b ir  soliq 
to 'lo v c h i  u c h u n   y a go n a  soliq  stavkalari  o ‘rnatiladi.  B elg ilangan  
proporsional  soliq  stavkasi  soliq  solish  bazasi  m iqdoriga  b o g ‘liq 
emas.  M asalan,  x o ‘jalik   yuritu v chi  y u rid ik   shaxslar  va  jis m o n iy  
shaxslarning  m o l-m u lk ig a   solinadig an   soliqni  k o 'rsa tish   m u m k in . 
B unda  soliq  stavkasi  m o l-m u lk n in g   q iy m a tig a   nisbatan  y agona  foiz 
stavkasida  ko'rsatilad i.
Soliq  solishning  progressiv  usulida  soliq  bazasi  ko'payishi  bilan 
soliq  stavkasi  h a m   ortib   boradi.  B unga  misol  qilib  fu q aro larn in g  
darom ad  solig'iga  nisbatan  qo'llaniladigan  progressiv  soliq  stavkasini 
keltirish  mumkin.  U shbu usulda fuqarolar daro m adi ko'payishi asosida 
soliq  stavkasi  ham   ko'tarilib  boradi.

Soliq solishning regressiv stavkasi o 'z  mohiyatiga asosan progressiv 
stavkaning  teskarisi  hisoblanadi.  Bu  usulda  soliq  bazasini  ko'payishi 
bilan  soliq  stavkasi  m iqdori  pasayadi.  Soliq  stavkasining  regressiv 
stavkasi  asosan  bilvosita  soliqlarni,  ya’ni  qo'shilgan  qiymat  solig‘i, 
aksiz  solig'i  va  bojxona  bojlarini  undirishda  qo'llaniladi.
8.  Soliq davri soliqlarni  m a ’lum davrida amal  qilishini  t a ’minlaydi. 
Soliq davri bu — har bir soliqlarga nisbatan  qo'llaniladigan, uni tugashi 
bilan  soliq  bazasi  belgilanadigan  va  to ‘lanishi  kerak  bo'lgan  su m m a 
hisoblanadigan  kalendar  davri  tushuniladi.
9.  H a r  bir  soliq  u c h u n   ularni  hisoblash  va  to ‘lash  m uddatlari 
o ‘rnatiladi.  Soliqlarni  hisoblash  va  to'lash  muddatlari  kalendar  yil, 
kvartal,  oylar,  dekada,  hafta  va  kunlar  bilan  hisoblanadigan  vaqt 
davri  tugashi  bilan,  shuningdek,  boshlanishi  yoki  yuz  berishi  kerak 
b o 'lg a n   yoki  sodir  etilishi  kerak  bo'lgan  voqeani  ko'rsatish  bilan 
belgilanadi.  Soliqqa  oid  huquqiy  m unosabatlarning  ishtirokchilari 
to m o n id an   harakatlarni  amalga  oshirish  m uddatlari  amaldagi  soliq 
qonunchilikka  asosan  belgilanadi.
10.  Soliq okladi  —  bunda soliq organlari  tom onidan  soliq to'lovchi 
u c h u n   har bir soliq  turi  bo'yicha  amalda belgilangan  stavkalar asosida 
hisoblab  chiqilgan  soliq  bo'yicha  davlat  budjeti  oldidagi  majburiyat- 
lardir.  Soliq  okladi  bu  —  soliq  to'lovchi  tom onidan  bir  soliq  turi 
bo'yicha  davlat  budjetiga  to'langan  soliq  summasi  hisoblanadi.  Soliq 
o k la d id a   m ajburiv  sh a rt  b o 'lib   soliq  o rg an lari  to m o n id a n   soliq 
to'lovchi larga  o 'z   m uddatida  o'rnatilgan  va  hisoblangan  soiiq  okladi 
bo'yicha  kerakli  hujjatni  (hisob-fakturani,  taiabnom ani  va  boshqalar) 
topshirish  hisoblanadi.
Yuqorida  t a ’kidlab  o'tilgan  soliq  eiem entiaridan  tashqari  iqtisodiy 
adabiyotda  fakultativ  elem entiar  harn  rnavjud.  Soiiqlarning  fakultativ 
elem entlariga  soliqlar  bo 'y ich a  imtiyozlar,  noto  g  ri  undiriigan  soliq 
sum m asini  hisoblash  va  qaytarib  berish  ham da  soliq  qonunchiligini 
b u z g a n lik   u c h u n   m a ’suliyat  va  jav o b g a rlik   kiradi.  0 ‘zbekisi.on 
Respublikasi  Soliq  Kodeksiga  asosan  soliqniiig  fakultativ  elem entlari 
har  bir  soliq  bo 'y ich a   qonunlarda  belgilab  qo'yüadi.
Soliqlar  b o 'y ich a   imtiyozlar  ¿maldagi  soliq  qoüunchiligiga  asosan 
mavjud  soliq  solish  obyekii  Do  yicha  soliqia;  io'lashdan  to 'liq   >oki 
qism an  ozod  etish  h a m d a   soliq  solish  bo'yicha  ayrim  yumshatis'nlarni 
qo'llanilishi  hisoblanadi.
Soliq  b o 'y ic h a   im tiy o zlar  h ar  bir  so liq n in g   m u h im   e le m e n ti 
hisoblanadi  va  u  faqatgina  o'ziga  xos  tasnifga  egadir.

Soliq b o ‘yicha imtiyozlarning asosiy maqsadi  b o ‘lib soliq to'lovchi 
uchun  soliq  majburiyatini  qisqartirish  yoki  uni  b o ‘lib -b o ‘lib  to'lash 
muayyan asoslar, ya’ni markaziy hukum atning maxsus qarorlari  mavjud 
bo‘lganida  soliq  t o ‘lash  m uddatini  o ‘zgartirishni  belgilaydi.
Soliqlar  b o ‘yicha  imtiyozlar  deganda  soliq  to ‘lovchilarning  ayrim 
toifalariga  boshqa  soliq  t o ‘lovchilar  to ‘g‘risidagi  q o n u n   hujjatlarida 
tutilgan  afzalliklar  berilishi,  shu  ju m lad an   soliqni  t o ‘lamaslik  yoxud 
kam  hajm da  to ‘lash  imkoniyati  tushuniladi.
Soliqlar  b o ‘yicha  imtiyozlar  bo'yicha  tasnif  m avjud  b o ‘lib,  uiar 
quyidagilardan  iborat:
1)  soliq elem enti tarkibiga asosan,  y a ’ni  soliq  obyekti,  soliq bazasi, 
soliq  okladi  va  soliq  solish  b o ‘yicha  imtiyozlar  uch  guruhga  ajratilib, 
soliqlarni  undirish,  soliqlar  b o 'y ich a   chegirm alar  (skidka)  va  soliq 
bo'yicha  kreditlar;
2)  soliq  ishlab  c h iq a r is h d a   u n in g   s u b y e k tla rig a   va  b o s h q a  
elementlariga  asosan  to'rt  guruhga  ajratiladi:  soliq  obyekti  (undirish, 
chegirmalar) b o ‘yicha,  soliq to ‘lashning muddatlari b o ‘yicha  (muddatni 
kechiktirish,  soliq  krediti),  soliq  subyektlari  alohida  toifalari  b o ‘yicha 
va  soliq  stavkalari  b o ‘yicha  (  stavkalarni  pasaytirilishi).
Soliq bo'yicha imtiyozlarning soliq subyektlarining alohida toifalari 
b o ‘y ic h a   g u r u h i  f a q a tg in a   b a ’zi  so liq   t o ‘lo v c h i la r g a   n i s b a t a n  
qoilaniladi  va  un da  soliq  stavkasini  pasaytirilishi  h a m d a  soliq  to 'lash  
muddatini  kechiktirilishi  ham da  soliq  b o ‘yicha  t a ’tillar  berish  usulla- 
ridan  foydalanishük  mumkin.
Soliq  b o ‘yicha  im tiyozlarning  qolgan  uch   guruhi  b a rc h a   soliq 
to'lovchilarga  nisbalan  h a m d a  baravar  shartlar  asosida  qoMlanishi 
mumkin.
Soliq  b o'yicha  imtiyozlar  quyidagi  shakllarda  berilishi  m um kin: 
ba’zi soliq to'lovchi shaxslarni soliq solishdan ozod etish,  soliq bo 'y ich a 
ta ’tillar,  soliq  stavkalarini  aniq  shartlar  asosida  pasaytirish.  Soliqqa 
tortilm aydigan  eng  kam  d a ro m a d n i  o 'r n a tis h   (bu  y e rd a   jis m o n iy  
shaxslarning  d a ro m a d la rin i  so liq q a   to rtis h d a   eng  kam   ish  haq q i 
m iqdorida  soliqqa  tortilmaydigan  d aro m ad   nazarda  tu tila d i),  soliq 
solinadigan  bazalar  soliq  to'lovchilarning  ayrim  xarajatlarini  chegirib 
tashlash,  soliq  t o ‘lash  m uddatini  kechiktirish  va  oldin  to 'la n g a n   soliq 
summasini  qaytarib  berishlik  qo'llaniladi.
O ‘zbekiston  Respublikasi  Soliq kodeksida har bir soliq turi b o ‘yicha 
yuqorida  qayd  etilgan  im tiyozlarning  zaru r  shakllarini  q o ‘llanishi 
q o n u n a n   b elgilab  q o ‘yilgan.  Soliq  b o ‘y ic h a   im tiy o z la r   h a r   yili

m am lakatim iz  hokimiyatining yuqori  organi  hisoblangan  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisi  to m o n id a n  yangi  kalendar yili u c h u n   davlat 
budjeti qabul  qilinayotgan va tasdiqlanayotganda qayta k o ‘rib chiqiladi 
ham da  u   qonuniy  kuchga  ega  b o ‘ladi.
Soliq t o ‘lovchilar o'rtasidagi ijro intizomi soliqlarni barqaror tarzda 
yig‘ib olish va davlatimiz moliya tizimining barqarorligini t a ’minlashda 
eng  m u h im   omil  hisoblanadi.
U s h b u   y o ‘nalishda  m uvaffiqiyatga  erishish  soliq  qonunchiligi 
huquqiy  m e ’yorlari  ustidan  nazoratning  yagona  tizimi,  soliqlarning 
t o ‘g‘ri  hisoblanishi,  Respublika budjet tizimi  b o ‘g‘inlariga  o ‘z mudda- 
tida  va  t o ‘liq  m iqdorda  kelib  tushishi  bilan  belgilanadi.
Soliq  t o ‘lovchilar to m o n id a n   amaldagi  soliq  qonunchiligiga  rioya 
etilishini  nazorat  qilish  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Soliq  Qo'm itasi 
to m o n id an   Davlat  Soliq  Q o'm itasi  tom onidan  «Davlat  Soliq  xizmati 
t o ‘g ‘risida»,  «M uddatida  to 'la n m ag a n   soliqlar  va  b oshqa  majburiy 
to'lovlarni  undirish  t o ‘g ‘risida»  gi  qonunlarga,  0 ‘zbekiston  Respub­
likasi  Soliq  Kodeksi va boshqa m e ’yoriy va qonun hujjatlariga muvofiq 
amalga oshiriladi.  Soliq to ‘lovchilar tomonidan amaldagi qonunchilikka 
asosan  u lar  uchun  belgilangan  majburiyatlarni  buzganliklari  uchun 
soliq  idoralari  moliyaviy jazo  choralarini  q o ‘llashga  haqlidir.
Q isqacha  xulosalar
M o liy a   —  davlat  to m o n i d a n   tashkil  etilad ig an   pul  m unosa- 
batlarining yig'indisi b o ‘lib,  unda umumdavlat pul  mablag‘lari fondlarini 
tashkil  etish  va  davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  siyosiy* vazifalarini 
bajarish  uch u n   taqsimlanish  h a m d a  sarflanish  amalga  oshadi.
M o liy a   siyosati  —  davlat  zim masiga  yuklatilgan  funksiyalarni 
bajarish  uch u n   moliya m unosabatlaridan foydalanish yuzasidan tashkil 
etiladigan  chora-tadbirlarning  yig‘indisi.
M o liya  tizim i  real  iqtisodiyotni  rivojlantirish,  ijtimoiy  m uam - 
m o la rn i  hal  qilishga  q aratilg an   c h o ra -ta d b irla r,  dastaklar  ham da 
m o liy a  institutlarining  b a rc h a   b o ‘g ‘inlari  faoliyatining  yig'indisidan 
iborat.
D avlat budjeti  —  davlat pul  m ablag‘larining  (shu ju m ladan,  davlat 
m aqsadli  jam g'arm alari  m ablag‘lari),  markazlashtirilgan  jamg'armasi 
b o ‘lib,  u n d a   d arom adlar  m anbalari  va  ulardan  tushum lar  miqdori, 
shunin gdek ,  moliya  yili  m obaynida  aniq  maqsadlar  u ch u n   ajratilgan 
m ablag ‘lar  sarfi  y o ‘nalishlari  va  miqdori  nazarda  tutiladi.

Nazorat  uchun  savollar
1.  M oliya  kategoriyasining  qanday  xususiyatlari  mavjud?
2.  Moliyaning  qanday funksiyalari  mavjud?
3.  M oliya  siyosatining  m ohiyati  nimadan  iborat  va  uning  o'ziga  xos 
xususiyatlari  nima ?
4.  M oliya  siyosatining  asosiy  tamoyillariga  ta vsif  bering.
5.  M oliya  siyosatini  olib  borishning  qanday  y o  ‘nalishlari  mavjud?
6.  M oliyani  boshqarish  mohiyati  nimalardan  iborat?
7.  0 ‘zbekiston  R espublikasi  m oliyani  boshqarish  tizim ining  ta rk ib i 
nimalardan  iborat?
8.  D avlat  budjetining  ijtimoiy-iqtisodiy  mohiyatini  yoriting.
9.  Davlat  budjeti  daromadlarining  xususiyatlari  nimalardan  iborat?
10.  Davlat  budjeti  xarajatlarining  xususiyatlari  nimalardan  iborat?

IV   bob.
  K O R X O N A L A R   M O L 1Y A SI
4 .1 .  Korxonalar  moliyasining  mohiyati
M oliya  u m u m iq tiso d iy   kategoriya  sifatida  davlatning  faoliyat 
k o ‘rsatishi  u c h u n   m o d diy   asosni  tashkil  etadi.  M o liy a  davlatga 
yuklatilgan  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  vazifalarni  amalga  oshirish, 
jam iyatda  kengaytirilgan  ishlab  chiqarishni  ta ’minlash  u ch u n   kerakli 
pul  mablag‘larini  yetkazib  beradi.  Ushbu  faoliyatni  amalga  oshirishda 
soliqlar,  toMovlar,  bojlar,  davlat  kreditini  jam lagan  m oliya  davlat 
uchun  obyektiv  va  zarur  xususiyatga  ega  b o ‘ladi.  Ushbu  jarayonda 
korxonalar  moliyasi  alohida  o 'rin   egallaydi.
Korxonalar  moliyasi  mamlakat  moliya  tizimining  asosiy  b o ‘g‘ini 
hisoblanadi  va  u  yalpi  ijtimoiy  mahsulot  ham da  milliy  darom adning 
yaratilishi,  taqsimlanishi  va  sarfianishi  bilan  bogMiq  jaryonlarni  o ‘z 
ichiga  oladi.  K orxonalar  moliyasi  yalpi  ijtimoiy  mahsulot  va  milliy 
d a ro m a d n in g   asosiy  qismi  y aratiladigan  m oddiy  so h ad a  faoliyat 
k o ‘rsatadi.
Korxonalar moliyasi  o ‘z  mohiyatiga k o‘ra korxonaning tadbirkorlik 
faoliyati  n a tija sid a   xususiy  k a p ita l,  m aqsadli  m ark azlash g an   va 
markazlashmagan  pul  fondlarining  shakllanishi,  ularni  taqsimlanishi 
ham da  sarfianishi  bilan  b o g iiq   moliyaviy  yoki  pul  munosabatlaridan 
iboratdir.
K o rx o n a la r  m oliyasining  iqtisodiy  m ohiyatiga  asosan  barcha 
moliyaviy  m unosabatlarning  yo'nalishlarini  quyidagicha  guruhlarga 
ajratish  mumkin:
l) 
Korxonalarni tashkil  etishda xususiy kapitalni va ustav  kapitalini 
shakillantirishdagi ta ’sischilar o ‘rtasidagi munosabatiar.  Ustav kapitalini 
shakllantirishning aniq usullari korxona faoliyat ko'rsatishining tashkiliy- 
huquqiy  shakliga  bevosita  b o g ‘liqdir.  Bu  yerda  k o rxonalar  ochiq 
hissadorlik jam iyati, yopiq  hissadorlik jamiyati,  m a ’suliyati  cheklangan 
jam iy at,  xususiy  k orxona  va  bo shq a  m ulkchilik  shaklida  faoliyat 
ko‘rsatishi  m um kin.  K orxonalar  ustav  kapitali  ishlab  chiqarish  fond- 
larini,  m oddiy  va  nom oddiy  aktivlarni  shakllantirishdagi  birlamchi 
moliyaviy  m anba  b o i ib   hisoblanadi;

2)  Mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  va  ularni  sotish  bilan  b o g ‘liq 
b o ‘lgan alohida  korxonalar o'rtasidagi  moliyaviy m unosabatlar.  U shbu 
moliyaviy munosabatlarga xomashyo,  m ateriallar va tayyor m ahsulotlar 
yctkazib  beruvchi  t a ’m inotchi  h a m d a  sotib  oluvchi  korxonalar  o 'r ­
tasidagi,  investitsiya  faoliyatini  olib  borishdagi  quruvchi  tashkilotlar 
o'rtasidagi,  yuklarni yetkazib berish bilan bog'liq transport tashkilotlari 
o'rtasidagi,  aloqa  va  bojxona  muassasalari  o'rtasidagi  m unosabatlarni 
kiritish  mumkin.  Ushbu  m unosabatlar  korxonalar  moliyasini  tashkil 
etish  va  u n in g   tijo ra t  faoliyatidagi  m o liy av iy   n a tija s in in g   asosi 
hisoblanadi;
3)  K orxonalar  va  u ning  tashkiliy  b o ‘g ‘inlari  (filiallar,  sexlar, 
brigadalar,  bo'lim lar)  o'rtasidagi  xarajatlarni  moliyalashtirish,  foydani 
va  aylanma mablag'larm  sarflanishi  bilan bog'liq  m unosabatlar.  U shbu 
m unosabatlar  korxonada  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  va  u n ing   bir 
m arom da  faoliyat  ko'rsatishiga  bevosita  t a ’sir  etadi;
4)  Korxonalar  va  uning  ishchilari  o'rtasidagi  ish  haqini  to 'la sh , 
soliqlarni to'lash,  foydani  taqsimlash va sarflanishi,  aksiyadorlik jam iya- 
tida  aksiyalarni  chiqarish  va  ularni  joylashtirilishi,  aksiyalar  b o 'y ich a 
dividendlarni  to'lash,  jarim alarni  to 'lash  bilan  bog'liq  m unosabatlar. 
Ushbu munosabatlar ularda mavjud  m ehnat  resurslaridan samaradorlik 
bilan  foydalanishga  t a ’sir  ko'rsatadi;
5)  Korxonalar va  yuqori  tashkilotlar,  m oliya-sanoat  birlashm alari, 
xoldinglar,  uyushm alar  va  assotsiatsiyalar  o'rtasidagi  m unosabatlar. 
Ushbu  munosablar  korxonalar  o'zlari  a ’zo  hisoblangan  yuqori  tash k i­
lotlar 
o'r tasid agi  m a r k a y la s h g a n  
niaqsadli  pul 
f o n d l a r i n i  
va 
z a x i r a la r n i 
shakllantirishi,  taqsim lanishi  va  ularni 
s a r f l a n i s h i ,  
ilm iy -ta d q iq o t 
ishlarini  tarm oq  bo'yicha 
'Marketing 
tadqiqotini  o'tkazish,  investitsiya 
faoliyatini  olib  borishda  qaytarib  berish  sharti  asosidagi  moliyaviy 
yo rd am   ko'rsatish,  aylanm a  m ab la g 'la rin i  to 'ld iris h   bilan  b o g 'liq  
m unosabatlarni 
o'z  ichiga  oladi.  M u n o sab a tla rn in g   u sh b u   guruhi 
tarm oq ichidagi korxonalarm  ishlab chiqarishini  rivojlantirishni  qo'llab- 
quw atlash  bilan  bevosita  bog'liq  pul  m ablag'larini  qayta  taqsim lash 
h a m d a   ularni  ishlatilishi  bilan  bog'liq  m u n osabatlardan  iborat;
6) Tijorat tashkilotlari va korxonalar o'rtasidagi qimmatli qog'ozlarni 
tnuomaiaga  chiqarish  va  ularni  joylashtirish,  o 'z a ro   kreditlashtirish, 
q o 'sh m a   korxonalarni  tashkil  etishda  muassis  sifatida  ishtirok  etish 
bilan  bog'liq  munosabatlar.  U sh b u   m un o sab atlar  korxonalarning  o 'z  
faoliyatini  moliyalashtirishdagi  q o 'sh im c h a   moliyaviy  m anbalarni jalb 
etish  bilan  bog'liq  faoliyatga  bevosita  bog'liqdir;

7)  Korxonalar va  davlat  moliya  tizimi  o ‘rtasidagi  budjetga  soliqlar 
va yig‘imlam i to'lash.  budjetdan tashqari fondlarga to ‘lovlar o'tkazish, 
soliqlar bo'yicha imtiyozlar berish,  moliyaviy jazo  choralarini  qo'llash 
h a m d a   budjetdan  moliyalashtirish  bilan  bog'liq  munosabatlar;
8)  K o rx o n a la r  va  tijo ra t  b a n k la ri  o ‘rtasid ag i  b a n k la rd a   pul 
m a b la g ‘larini  saqlash,  kreditlar  olish  va  ularni  to'lab  berish,  bank 
kreditdan foydalanganlik uchun foizlar to ‘lash, xorijiy valutalami sotish 
va  sotib  olish,  turli  bank  xizmatlarini  ko'rsatish  bilan  bog'liq  m u ­
nosabatlar;
9)  Korxonalar  va  sug‘urta  tashkilotlari  o'rtasidagi  m ol-m ulkni, 
xodimlarining  ayrim  toifalarini,  tijorat  va  tadbirkorlik  qaltisliklarini 
(risklarni)  sug‘urta  qilish  bilan  bog‘liq  m unosabatlardan  iborat;
10)  K orxonalar  va  investitsiya  institutlari  o'rtasidagi  qim m atli 
qog‘ozlarni sotish va sotib olish,  investitsiyalarni joylashtirish,  xususiy- 
lashtirish  bilan  b o g iiq   munosabatlar.
Yuqorida  ta ’kidlab  o'tilgan  moliyaviy  m unosabatlarning  liar  bir 
guruhi  o ‘ziga  xos  xususiyatlariga  ega  va  q o ‘llanishi  sohasi  bo'yicha 
ajralib  turadi.  Lekin  ularning  barchasi  ikki  tom onlam a  xarakterga  ega 
b o ‘lib,  ularning  m oddiy  asosi  bo'lib,  pul  m ablag‘larining  harakati 
tashkil  etadi.
Korxonaning pul  fondlari  mablag‘larining  harakati  ustav kapitalini 
shakllantirishi  bilan  boshlanadi  va  foydani  shakllanishi,  taqsimlanishi 
h a m d a   uni  sarflanishi  bilan  tugaydi.
Korxonalar moliyasi  bajaradigan  funksiyalar umumdavlat  moliyasi 
bajaradigan  funksiyalariga  o ‘xshash  va  ular  quyidagilardan  iborat:
1)  taqsimlash  funksiyasi;
2)  nazorat  funksiyasi.
Y uqorida  qayd  etilgan  funksiyalar  o ‘zaro  bog'liq  va  bir-birini 
t o ‘ldirib  turadi.  Quyida  m oliyaning  funksiyalarini  t o ‘liq  yoritishga 
harakat  qilinadi.
U m um davlat  moliyasi  o'zining  taqsimlash  funksiyasini  m akroda- 
rajada  amalga  oshirsa,  korxonalar  moliyasi  o ‘zining  taqsimlash  funk­
siyasini mikrodarajada amalga oshiradi.  Korxonalar moliyasi taqsimlash 
funksiyasi  yordam ida  birlamchi  kapitalni  shakllantirish,  ishlab  chi- 
qarishni moliyaviy  m anbalar bilan t a ’minlash,  darom adni va moliyaviy 
resurslarni taqsimlash,  majburiyatni  o ‘z  m uddatida  ham da t o ‘liq  baja- 
rish,  x o ‘jalik  yurituvchi  subyektlar va  davlatning  manfatlarini  oqilona 
darajada  saqlab  turish  amalga  oshiriladi.  Taqsimlash  funksiyasi  orqali 
korxonaning darom adlarini taqsimlash natijasida maqsadli  pul fondlari

va zaxiralari shakllantiriladi.  B unday fondlarga ustav kapitali, qo'shilgan 
kapital,  zaxira  fondi,  ja m g 'a rm a   fondi,  iste’mol  fondi,  valuta  fondi 
va  boshqalarni  kiritish  mumkin.
K orxonalar  moliyasining  taqsim lash  funksiyasi  o ‘z  m ohiyatiga 
asosan  nafaqat  jarniyatning  u m u m iy   manfatlarini,  balki  o ‘z  vaqtida 
alohida olingan xo'jalik subyektlari,  t a ’sislar,  turli  aksiyadorlar,  ishchi- 
xodimlar,  kredit va sug'urta institutlarining manfatlarini  oqilona o ‘zida 
jamlashi  lozim.  Korxonalar  d o irasida  shakllantiriladigan  moliyaviy 
m ablag'larning hajmi,  kerakli  kapital  qo 'yilm alarini  m oliyalashtirish, 
aylanm a  m ablag'larni t o ‘ldirib  tu rish   va ko 'paytirish,  h a m m a  turdagi 
moliyaviy  m ajburiyatlarni  a m a lg a   o sh irish ,  ijtim oiy  x arak terd ag i 
ehtiyojlarni  t a ’minlash  im koniyatlarni  aniqlaydi.  U s h b u   faoliyatni 
amalga  oshirishda uning xo ‘ja lik -m o liy a  faoliyatini  íahlil  etish  asosiy 
aham iyatga  egadir.
Korxonalar moliyasining  n azorat  qilish  funksiyasini  obyektiv  asosi 
bo‘Iib  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  uni  sotish,  xizm atlar  k o ‘rsatish, 
ishlarni  bajarishdagi  xarajatlarning  qiym at  to m o n d a n   hisobga  olinishi 
va  buning  natijasida  darom adlarni  shakllanishi  ham da  pul  fondlarini 
taqsimlanishini tashkil etadi.  M oliya taqsim lash  m unosabatlari sifatida 
ishlab chiqarishni moliyalashtirishni  moliya manbalari bilan t a ’minlaydi 
va  shu  asosda  u  ishlab  chiqarishning  barcha  sohalarini,  y a ’ni  ishlab 
chiqarish,  ayirboshlash,  iste’m olni  o ‘z  ichiga  oladi.  Shuni  ta ’kidlash 
lozimki,  korxonalar mahsulot ishlab  chiqarish,  ishlarni amalga oshirish, 
xizmatlar  ko‘rsatish  natijasida  kelib  tushadigan  d aro m adning  m iqdo- 
ridan  ortig'ini taqsimlay olmaydi.  Olinadigan  daro m adning  m iqdorini 
oshirish uchun esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,  xarajatlarni 
kamaytirish  va  moliyaviy  resurslardan  oqilona  foydalanishga  bevosita 
bog‘liqdir.  Xuddi  shu  jarayonlarda  n azorat  funksiyasi  alohida  a h a ­
miyatga  egadir.  K orxonalar  m oliyasining  nazorat  qilish  funksiyasi 
quyidagi  yo'nalishlarda  amalga  oshiriladi:
1)  Korxonalar  tom onidan  bevosita  moliyaviy  k o ‘rsatkichlarni  h a r 
to m onlam a  tahlil  etish,  moliya  rejalarini  bajarilishi  yuzasidan  tezkor 
nazoratni olib borish,  to var-m oddiy qiym atlarini yetkazib beruvchilar, 
buyurtm achilar,  tijorat  banklari,  davlat  budjeti,  bu d jetd an   tashqari 
fondlar  va  boshqa  k o n tra g e n tla r  oldidagi  m ajb u riy atlarn i  bajarish 
jarayonida  olib  boriladi;
2)  Korxonalarning  ta ’sischilari  va  aksiyadorlari  old id a  pul  m ab- 
lag 'la rin i  s a m a ra d o rlik   b ila n   jo y la s h tiris h ,  fo y d a  to p is h   h a m d a  
dividendlar  to'lash  yuzasidagi  n azo rat  olib  boriladi;

3)  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Dalvat  Soliq  Q o'm itasi  vakolatidagi 
davlat  soliq  inspektorlari  to m o n id a n   budjet  va  budjetdan  tashqari 
fondlarga  soliqlar,  bojlar,  yig‘imlar  hamda  to ‘lovlarni  o ‘z  m uddatida 
t o ‘liq  to'lanishi  yuzasidan  nazorat  olib  boriladi;
4)  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Moliya Vazirligi  vakolatidagi  moliya 
b o ‘limlari  tom o n id an   o ‘zlarining  m oliya-xo‘jalik  faoliyatida  davlat 
budjeti  m ablag‘laridan  foydalanayotgan  korxonalarda  ushbu  mabla- 
g‘-larni  maqsadli  foydalanayotganligining  nazoratini  olib  boradilar;
5)  Tijorat  banklari  to m o n id an   korxonalarga  kreditlar  berish,  uni 
o ‘z vaqtida va foizi bilan qaytarilishini hamda boshqa bank xizmatlarini 
ko ‘rsatish  yuzasidan  nazorat  olib  boradilar;
6)  M ustaqil  auditorlik  firmalari  to m o n id an   korxonaning  yillik 
m oliya-xo‘jalik faoliyatini  auditorlik tekshiruvdan o'tkazish orqali olib 
boradilar.
K o rxonalar  ichidagi  moliya  nazoratini  alohida  tashkil  qilingan 
moliya  b o ‘limlari  amalga  oshiradi.  Korxonalarda  ishchi-xizmatchilar 
sonining  kamligi,  ishlab  chiqarish  hajmining  kamligi  sababli  ularda 
m oliya  n a z o ra tin i  olib  b o rish  vakolati  bosh  hisobchi  zim m asiga 
yuklatilgan.  K orxonalar  moliya-xo'jalik  faoliyatida  ijobiy  moliyaviy 
natijalarning  mavjudligi  ushbu  korxonada  moliya  nazoratini  yuqori 
darajada tashkil  etilganligidan  h am d a moliya  resurslarini  boshqarishda 
sam arador shakl va uslublardan foydalanilayotganligidan dalolat beradi. 
0 ‘z  vaqtida  buning  aksi,  korxona  moliya-xo'jalik  faoliyatida  salbiy 
moliyaviy natijalarning mavjudligi,  ushbu korxonada  moliya nazoratini 
sust  darajada  tashkil  etilganligidan  dalolat  beradi  h am d a  ushbu  holat 
korxonaning  moliyaviy  to m o n id an   «sinishi»ga  olib  kelishi  mumkin.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling