O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


 .1 2 .  Soliqlarning  funksiyalari


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/34
Sana09.02.2017
Hajmi24 Kb.
#50
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34

3 .1 2 .  Soliqlarning  funksiyalari
M a ’lu m k i,  h a r   q a n d a y   iq tis o d iy   k a te g o r iy a n in g   f a q a t  o 'z i  
bajaradigan funksiyalari mavjud bo'ladi. A m aliyotda funksiyasiz,  y a ’ni 
bajaradigan  funksiyasi  b o ‘lm ag an  iqtisodiy  kategoriya  b o ‘lm aydi. 
C h u n k i  funksiya  iq tiso d iy   k a te g o riy a n in g   a m a liy o td a g i  h a ra k a ti 
hisoblanadi va u orqali  kategoriyaning m ohiyati  c h u q u r ochib beriladi. 
Shuning  uch un  iqtisodiy  adabiyotda  iqtisodiy  kategoriya  funksiyasi

deyilganda,  ushbu  kategoriyaning  hayotda  ko‘p  martalab  qaytarilib 
turiladigan  va  takrorlanib  turiladigan  xatti-harakatlari  tushuniladi.
Iqtisodiy  kategoriya  sifatida  soliqlarning  h a m   faqat  o 'ziga  xos 
funksiyalari  mavjud.  Shuni  t a ’kidlash  lozim -ki,  birinchi  navbatda 
soliqlarning  qiymat  dastagi  sifatida  darom adlarni  taqsimlash  va  qayta 
taqsimlashi  amalga  oshiriladi.  Iqtisodiy  adabiyotda  iqtisodchi  olim lar 
o ‘rtasida soliqlarning funksiyalari t o ‘g‘risida yagona fíkr mavjud emas. 
Lekin  ularning  b a rc h a sin i  soliqlarning  fiskal  (xazina)  funksiyasi 
t o ‘g ‘risida  yagona  fikr  mavjud.  Soliqlarning  boshqa  funksiyalari  esa 
hozirgi  davrda  davlat  bajaradigan  funksiyalarni  ko‘payganligi  bilan 
bevosita  bog‘liqdir.  Bunga  yorqin  misol  qilib,  hozirda  davlat  o'zining 
a n ’anaviy  fu nksiyalarid an  tashqari  ja m iy a td a ,  b irinchi  n a v b a td a  
iqtisodiyotda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solib 
turish  funksiyasini  ko'rsatish  mumkin.
Hozirda k o ‘p  iqtisodchi olimlar soliqlarning quyidagi funksiyalarini 
ajratib  k o ‘rsatadilar:  fiskal,  tartibga  solib  turu v ch i,  taqsim lovchi, 
rag‘batlanturuvchi  (so‘ndiruvchi)  va  nazorat  funksiyalari.  Bu  sohada 
0 ‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar esa soliqlarning ikki funksiyasini ajratib 
k o‘rsatadilar:  taqsimlash  va  nazorat  funksiyalari.  Iqtisodiy  adabiyotda 
soliqlar  bajaradigan  funksiyalar  t o ‘g ‘risida  iqtisodchi  o lim larn in g  
fikrlarini  o'rganish va hozirgi vaqtdagi soliqlarni  iqtisodiyotdagi  o ‘rnini 
yangicha  tahlil  etgan  holda  soliqlar bajaradigan  funksiyalar t o ‘g ‘risida 
o ‘z fikrimizni bildiramiz.  Bizning fikrimizcha soliqlar quyidagi funksiya­
larni  bajaradi:
1.  Fiskal  (xazina)  funksiyasi;
2.  Taqsimlash  funksiyasi;
3.  Rag'batlantirish  (so'ndirish)  funksiyasi;
4.  N azorat  funksiyasi.
Soliqlarning fiskal  (xazina) funksiyasi orqali  davlat o'ziga yuklatilgan 
vazifalar:  iqtisodiy,  ijtimoiy,  m udofaa  va  boshqalarni  bajarish  u ch u n  
zarur boMgan  moliyaviy resurslarni  davlat  budjeti  daromadlari  qismida 
jam lanishi  amalga  oshiriladi.  Soliqlarning  fiskal  funksiyasining  asosiy 
maqsadi  bu  —  davlat  moliyaviy  resurslarini  o ‘z  m uddatida  va  to 'liq  
shakllantirish  hisoblanadi.
Bu  funksiyani  y uqori  darajada  am alga  oshirilishi,  y a ’ni  soliq 
tushum larini  k o ‘payishi  davlat  faoliyati u c h u n  q o ‘shim cha moliyaviy 
im k o n iy at  y a ra ta d i.  B uning  natijasid a  so liqlar  o 'z la rin in g   fiskal 
funksiyasi  y o rd a m id a   davlatning  iqtisodiy  qudrati  ortishi  am alg a 
oshadi.

Soliqlam ing  taqsimlash  funksiyasi  yordam ida  davlat  iqtisodiyotni 
boshqarish  va  tartibga  solib  turishni  amalga  oshiradi.  Bu  funksiyani 
amalga oshirishda soliqlar darom adlar,  baholar, foizlar,  aksiyalar kursi 
dinamikasi  va  tariflar  bilan  o ‘zaro  bog'liq  holda  faoliyat  k o ‘rsatadi. 
U shbu  ja r a y o n d a   soliqlar  m a m la k a t  m illiy  d a r o m a d in i,  x o ‘jalik  
yurituvchi  subyektlar h am d a  aholi  darom adlarini  taqsim lash  va  qayta 
taqsimlashda asosiy dastak b o ‘lib  hisoblanadi.  Soliqlarning  taqsim lash 
funksiyasi  n a fa q a t  daro m ad larn i  taqsim lashda,  balki  k a p ita lla r  va 
investitsiya resurslarini taqsimlashda ham  ishtirok etadi.  Shuni t a ’kidlash 
lozim-ki,  soliqlar taqsimlash funksiyasida b a ’zi soliqlar stavkasini yuqori 
darajada  o'rnatilishi  orqali  amalga  oshiradi.  Soliqlarning  taqsim lash 
funksiyasi  yordam ida  davlat  m am lakat  iqtisodiyotidagi  h a m d a  jam iyat 
ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlariga  bevosita  t a ’sir  k o 'rsa ta d i.  M asalan, 
davlat soliqlar yordam ida yuqori rentabellik faoliyat tu rla rid an  m a ’lum 
darom adlarni  undirib,  ularni  iqtisodiyotni  past  rentabellik  yoki  zarar 
ko'rib  faoliyat  k o ‘rsatuvchi  lekin  o ‘z  faoliyat  bilan  ja m iy a t  hayoti 
uchun  zarur  b o ‘lgan  sohalarga  sarflashi  m um kin.  M a m la k at  aholisi 
u c h u n   d a ro m a d la ri  b o ‘yicha  progressiv  shkala  y o r d a m id a   yuqori 
darom ad  topadigan  toifadan  yuqori  stavka  yordam ida  u larn in g   d aro ­
madlarini  qayta  taqsimlash  imkoniyatiga  ega  b o ‘ladi.
Soliqlarning  rag‘batlantirish  (so‘ndirish)  funksiyasi  o ‘z  m ohiyatiga 
asosan yuqorida qayd etilgan fiskal va taqsimlash  funksiyasining hosilasi 
hisoblanadi.  Soliqlarning  bu  funksiyasini  k o ‘p  iq tis o d c h i  o lim lar 
m akroekonom ik  darajada  tartibga  solish  deb  hisoblashadi,  ch u n k i  bu 
funksiya  barcha x o ‘jalik yurituvchi  subyektlar va  fuqarolarning  ham da 
davlatning  iqtisodiy  manfaati  bilan  bevosita  bog'liqdir.
Amaliyotga  kiritiladigan  h ar  bir  soliq  o ‘z  kiritilishi  m aqsadidan 
q a t ’i  n a z a r  o ‘z  m o h iy a tig a   a s o sa n   b ir  v a q tn in g   o ‘z id a   so liq q a  
tortilmaydigan  faoliyat  turlari  u c h u n   rag‘batlantiruvchi  va  aksincha 
soliqqa  tortiladigan  faoliyat  turlari  u c h u n   so ‘ndiruvchi  sifatida  t a ’sir 
ko‘rsatishi  m um kin.  Iqtisodiyotga  yangi  soliq  turini  kiritilishi  x o ‘jalik 
yurituvchi  subyektlar  hisobida  b a ’zi  qonunbuzarlikka  sabab  b o ‘lishi 
h am  mumkin.
Har bir rag‘batlantiruvchi  (so‘ndiruvchi)  funksiya  sifatida  u   o ‘ziga 
xos rag‘batlantiruvchi shakllar va elem entlar hisoblangan soliq b o ‘yicha 
imtiyozlar  tiz im i  va  rag‘b a tla n tirish ,  c h eklo vch i  s ta v k a lar  h a m d a  
faoliyatni  t o ‘xtatib  q o ‘yish  kabi  dastaklardan  foydalanadi.
Shuni  t a ’kidlash  lozim -ki,  b a ’zi  iq tiso d ch i  o lilar  so liq larn in g  
rag‘batlantirish (so'ndirish) funksiyasini doim iy xarakterda e m a s degan

qarash  asosida uni mustaqil  funksiya sifatida tan  olishmaydi.  Ularning 
fikricha,  m am lakatda  davlat  budjeti  taqchilligi  (defitsiti)  sharoitida 
soliqlarning bu funksiyasi  amal  qilmaydi.  Biz iqtisodiyotni rivojlangan 
m am lakatlarning  iqtisodiy  rivojlanish  tajribasini  tahlil  etgan  hamda 
0 ‘z b e k isto n   R espublikasi  iqtisodiyotini  rivojlanish  bosqichlarini 
o 'rg a n ib   chiqib  yuqoridagi  fikrga  o ‘z  e ’tirozim n i  bildirishga  asos 
mavjud deb hisoblaymiz.  Bunga misol qilib,  0 ‘zbekiston Respublikasida 
1994— 1997-yillarda  bank  tizim ini  rivojlantirish  m aqsadida  tijorat 
banklari  bir  necha  soliq  turi  to'lashdan  ozod  etilib,  hisoblangan  soliq 
sum m alari  tijorat  banklarini  m oddiy-texnika  bazasini  takomillash- 
tirishga  y o ‘naltirildi.  Xuddi  shu  yillari  m am lakatim izda  davlat  budjeti 
taqchilligi  (defitsiti) mavjud edi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, 
ferm er  x o ‘jaliklarni  rivojlantirish  u ch u n   soliqlar  bo 'y ich a  berilgan 
im tiyozlar  fikrimizcha  q o ‘shim cha  asos  hisoblanadi.
Soliqlarning  n azo rat  funksiyasi  o ‘z  m o h iy atig a  k o ‘ra  himoya 
funksiyasini,  ya’ni  davlat  va  soliq  to ‘lovchilar  o'rtasidagi  soliq  muno- 
sabatlarini  olib  borilishini  t a ’m inlash  hamda  vakolatli  davlat  organ- 
larin in g   amaldagi  q a t’iy  faoliyatini  bajarilishini  am alga  oshiradi. 
Soliqlarning  nazorat  funksiyasiz  uning  boshqa  funksiyalarini  amalga 
oshirilishi  o ‘z  m a ’nosini  yo'qotadi.
Shuni t a ’kidlash lozim-ki,  soliqlarning nazorat funksiyasi amaldagi 
q o n u n lar  va  huquqlarga  asoslangan  holda  soliq  to'lovchilarni  qonun- 
chilikka  b o ‘ysunishiga,  unga  rioya  qilinishini  q o n u n   kuchi  ostida 
m ajburiy  amalga  oshiradi.  M am lakatda  davlat  hokimiyatini  kuchsiz- 
lanishi  soliqlarning  nazorat  funksiyasini  kuchsizlanishiga  olib  keladi. 
0 ‘z  navbatida,  soliqlarning  nazorat  funksiyasini  kuchsizlanishi  davlat 
hokim iyatini  kuchsizlanishiga  omil  b o ‘lishi  m um kin.
Soliqlarning  nazorat  funksiyasi  aniq  ko'rinishida  soliq  to ‘lovchi 
yu ridik  va  jism on iy   shaxslarning  soliq  qo n un chiligiga  q a t ’i  amal 
q ilin is h id a ,  so liq larn i  o ‘z  m u d d a tid a   va  t o ‘liq  davlat  budjetiga 
t o ‘lanishida,  moliyaviy  jazo  choralarini  sam aradorligida  n am oyon 
b o ‘ladi.
Soliqlarning nazorat funksiyasi yordamida vakolatli davlat organlari 
m am lakatdagi  yaratilgan  yalpi  ijtimoiy  m ahsulot  va  milliy  daromad 
qiymatini ham da undagi soliqlarning ulushining hisob-kitobi va nazorati 
olib boriladi.  Ushbu  nazorat  orqali  davlat budjetiga  soliq tushumlarini 
kelib  tushushini  m iqdoriy  o'lcho v i  amalga  oshadi,  ularni  davlatni 
moliyaviy resurslarga b o 'lg an ehtiyojiga taqqoslanish bajariladi ham da 
shu  asosda  amaldagi  soliq  qonunchiligiga,  y a ’ni  soliqlar  kiritilishi,

soliq  stavkalarini  o'zgartirilishi  va  imtiyozlar  tizimiga  q o ‘shim chalar 
kiritilishiga  imkoniyat  yaratiladi.  Bulardan  xulosa  qilish  m u m kin-ki, 
so liq larnin g  n a z o ra t  funksiyasining  q o n u n iy   kuchliligi  v a  un ing 
samaradorligi  u ning  boshqa  funksiyalari  amal  qilishini  aniqlab  beradi. 
Shuning  u c h u n ,  agar  soliqlarning  n azo rat  funksiyasi  a m ald a  kuch- 
sizlansa,  o ‘z navbatida uning boshqa funksiyalari samaradorligi pasayi- 
shi  mumkin.
3 .1 3 .  Soliqlarning  turlari  va  ularga  tasn if
M a ’lumki,  hozirda  dunyo  m am lak atlarida ju d a   xilma-xil  va  k o ‘p 
miqdordagi  soliqlar  amal  qiladi.  H a r  bir  alohida  olingan  m am lakatda 
o'ziga  xos  soliqlar  amal  qiladi.  B a ’zi  m am lakatlarda  amal  qilayotgan 
soliqlar boshqa  mamlakatlar  soliqlariga  o ‘xshab  ketadi,  boshqalardan 
u m u m a n   farq  qiladi.  Soliqlarni  a m al  qilishi  m am lakatnin g  tarixiy, 
geografik,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  holatid an   kelib  chiqadi.
Xalqaro  am aliyotda  soliqlarni  tasniflash  u ch u n   turli  m ezonlardan 
foydalaniladi.  Hozirgi  zamon  soliqqa  tortish  am aliyotida  soliqlarni 
guruhlarga  ajratishda  quyidagi  tam oyillardan  keng  foydalaniladilar.
Soliqlarning undirilishi darajasiga  (budjet tizimi b o ‘g‘iniga o ‘tkazish) 
asosan  — um um davlat va mahalliy soliqlar.  2007-yil  25-dekabrda qabul 
qilingan  « 0 ‘zbekiston  Respublikasining  Soliq  Kodeksi  t o ‘g ‘risida»gi 
qonuniga  asosan  umumdavlat  soliqlarga  quyidagilar  kiradi:
1)  yuridik  shaxslardan  olinadigan  d a ro m a d   solig‘i;
2) jism oniy  shaxslardan  olinadigan  d a ro m a d   solig‘i;
3)  qo'shilgan  qiymat  solig‘i;
4)  aksiz  solig‘i;
5)  yer  osti  boyliklaridan  foydalanganlik  u c h u n   soliq;
6)  ekologiya  solig‘i;
7)  suv  resurslaridan  foydalanganlik  u c h u n   soliq.
Mahalliy  soliqlar  va  yig'imlarga  quyidagilar  kiradi:
1)  m ol-m ulk  solig‘i;
2)  yer  solig‘i;
3)  reklama  solig‘i;
4)
  avtotransport  vositalarini  olib  sotganlik  u c h u n   soliq;
5)  savdo-sotiq  qilish  huquqi  u c h u n   yig‘im,  shu  ju m la d a n   ayrim 
turdagi  tovarlarni  sotish  huquqini  beruvchi  litsenziya  yig‘imlari;
6) yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ul- 
lanuvchi jism oniy  shaxslarni  r o ‘yxatga  olganlik  u c h u n   yig‘im ;

7)  avtotransport  to ‘xtash joyidan  foydalanganlik  uchun  yig‘im;
8)  obodonchilik  ishlari  u c h u n   yig‘im.
Yuqorida  ta ’kidlab  o ‘tilganidek,  soliq  tizimi  do im o   rivojlanib  va 
takomillashib  boradi.  Davlat  o ‘z  manfaatlaridan  kelib  chiqib  b a ’zi 
soliq  turlarini  bekor  qiladi  va  o ‘z  vaqtida  maqsadli  yangi  turlarini 
amaliyotga kiritadi.  0 ‘zbekiston Respublikasi  iqtisodiyotini rivojlantirish 
darajasiga  asosan  va  budjet  daromadlarini  ko'paytirish  m aqsadida 
amaliyotga  quyidagi  yangi  soliq  turlari  kiradi:
1)  ijtimoiy  infrastrukturani  rivojlantirish  uchun  soliq;
2) jismoniy shaxslardan  benzin,  dizel  yoqilg'isi  va transport uch u n  
gaz  iste’moli  uchun  olinadigan  soliq;
3)  maktab  ta ’limi  fondi  u c h u n  majburiy  ajratmalar.
Yuqorida  kiritilgan  soliqlar  va  yig‘imlar  sababli  quyidagi  soliqlar 
h a m d a   yig‘imlar  bekor  qilindi:
1)  reklama  solig‘i;
2)  avtotransport  vositalarini  olib  sotganlik  uchun  soliq;
3)  ekologiya  solig'i;
4)  savdo-sotiq  qilish  huquqi  uchun  yig‘im  (  bu  yig‘im  faqatgina 
alkogol  m ahsulotlar  bilan  ulgurji  savdo-sotiq  va  q im m atbaho  tosh 
h a m d a   qim m atbaho  metall  mahsulotlari  bilan  savdo-sotiq  huquqi 
u c h u n   saqlanib  qolgan).
U m um davlat  soliqlari  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari 
bilan  joriy   etiladi  va  R espublikaning  butun  h ud ud ida  undiriladi. 
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar Qoraqalpog'iston  Respublikasi, viloyatlar 
va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tom onidan joriy etiladi. 
Bu  mahalliy soliqlar va  yig‘imlar stavkalarining  eng yuqori  miqdorlari 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  vazirlar  Mahkamasi  tom onidan  belgilanadi.
0 ‘zbekiston  Respublikasida  amaldagi  qonunchilikka  asosan  m a ­
halliy  budjetlar  d arom ad   va  xarajatlarini  tenglashtirish  m aqsadida 
um um davlat soliqlari har yili qonuniy tartibga belgilanadigan  normativ- 
lar  b o ‘yicha  tegishli  budjetlar  o ‘rtasida  taqsimlanadi.
Soliq  solish  obyekti  b o ‘yicha  —  bevosita  va  bilvosita  soliqlar.  Bu 
yerda  m uallif  soliqlarning  bu  atamasi  bo‘yicha  o ‘z  fikrini  bildiradi. 
Iqtisodiy  adabiyotda  soliqlarni  obyekti  b o ‘yicha  guruhlashda  k o ‘p 
iqtisodchi  olim lar  t o ‘g ‘ri  va  egri  soliqlar  degan  atam a  tarafdorlari 
hisoblanadi.  Bizni  bunga  o ‘z  e ’tirozimiz  mavjud.  Buni  isbotlashga 
harakat  qilamiz.  Rossiya  Federatsiyasida  iqtisodchi  olimlar  soliqlarni 
soliq  solish  obyekti  b o ‘yicha  guruhlaganlarida  soliqlarni  «прямые  и 
к о с в е н н ы е   налоги»  d eg an   ata m ad a n   foydalanadilar.  A garda  bu

atam alarni  ruschadan  o'zbek  tiliga  to ‘g ‘rid a n -to ‘g ‘ri  o ‘girsak  u  holda 
haqiqatda  to ‘g ‘ri  va  egri  soliqlar  degan  atam a  yuzaga  chiqadi.  Lekin 
fikrimizcha bir tom on d an  o ‘zbek tili jud a boy til va ikkinchi to m o n d a n  
soliqlar  o ‘z  mohiyati  jih atid an   t o ‘g ‘ri  yoki  egri  bo'lm aydi.  Agarda 
soliq t o ‘lovchi o ‘zi to ‘laydigan soliqning nomini, uning stavkasi, to ‘lash 
m uddatlarini  bilgan  holda  to'lasa,  ya’ni  soliq  obyektini  anglab  yetsa 
bu soliqlarni, fikrimizcha bevosita soliqlar deb atalsa maqsadga muvofiq 
b o 'la r  edi.  Agarda  soliq  to'lovchi  o ‘zi  t o ‘laydigan  soliqning  nom ini, 
uning  stavkasini,  t o ‘lash  m u ddatlarini  bilm agan  ho ld a,  y a ’ni  soliq 
obyektini  anglam asdan  t o ‘lasa,  bunday  soliqlarni  bilvosita  soliqlar 
deb  atalsa  maqsadga  muvofiq  b o 'la r  edi.  Shuni  t a ’kidlash  lozim-ki, 
bilvosita soliqlarning oxirgi  navbatdagi va haqiqiy t o ‘lovchisi  mam lakat 
aholisi o ‘zi sotib olayotgan iste’m ol tovarlarining qaysi birida va qancha 
m iq dorda  soliq  mavjudligini  bilmaydi.  Albatta,  bu  bildirgan  fikrlar 
muallifning  shaxsiy fikrlari  hisoblanadi,  shuning  u c h u n   o ‘z  fikrimizni 
isbotlashga  harakat  qilamiz.
0 ‘zbekiston Resrublikasida  amal qilayotgan soliqlardan quyidagilar 
bilvosita  soliqlar  hisoblanadi:  qo'shilgan  qiymat  solig'i,  aksiz  solig'i, 
b o jxon a  bojlari,  jism oniy  shaxslard an   yagona  b o jx o n a   t o ‘lovi  va 
jism oniy  shaxslardan  benzin,  dizel  yoqilg‘isi  va  tra n spo rt  u c h u n   gaz 
iste’moli  u c h u n   olinadigan  soliq.  Respublikamizda  a m al  qilayotgan 
barcha  boshqa  soliqlar  soliq  solish  obyekti  asosan  bevosita  soliqlar 
hisoblanadi.  Bevosita  soliqlarning  obyekti  b o ‘lib  yalpi  d a rom ad ,  yer 
maydoni,  m ol-m ulki  qiymati  va  boshqalar  hisoblanadi.
So liq   so lish   subyekti  b o ‘y ic h a -y u rid ik   va  jis m o n iy   sh a x sla r, 
zimmasiga  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksiga  m uvofiq  tegishli 
soliqlar va  (yoki)  yig‘imlarni  t o ‘lash  majburiyati  yuklangan  yuridik  va 
jism oniy shaxslar soliq t o ‘lovchilar va  yig‘im  toMovchilar  deb  topiladi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  F uqarolik  kodeksining  3 9 -m o d d asig a 
asosan  o ‘z  mulkida,  xo ‘jalik  yuritishida  yoki  operativ  boshqarishda 
alohida  m ol-m u lkk a  ega  b o ‘lgan  h am d a  o ‘z  m ajburiyatlari  yuzasidan 
ushbu  m o l-m ulk  bilan  javob  beradigan,  o ‘z  n o m id a n   m ulkiy  yoki 
shaxsiy  no m ulk iy  huquqlarga  ega  b o ‘la  oladigan  va  u larn i  am alga 
oshira  oladigan,  majburiyatlarni  bajara  oladigan,  su d d a   d a ’vogar  va 
javobgar  b o ‘la  oladigan  tashkilot  yuridik  shaxs  hisoblanadi.  Y uridik 
shaxs  m ustaqil  balans  yoki  sm etaga  ega  b o 'lish i  kerak.  A m ald agi 
qonunchilikka asosan yuridik shaxslar turli m ulkchilik shaklida tashkil 
etilishi  m um kin.  U lar ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, yopiq aksiyadorlik 
jam iy a tla ri,  xususiy  k o rxon alar,  q o ‘sh m a   k o r x o n a la r,  m a ’suliyati
9 — O.Yu.  Rashidov  va  bosh.
129

cheklangan jamiyatlar,  unitar korxonalar va davlat korxonalari shaklida 
b o ‘lishi  mumkin.
O 'zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  16-moddasiga 
asosan  jis m o n iy   shaxslar  d e g a n d a   O 'z b e k isto n   R espublikasining 
fuqarolari,  boshqa  davlatlarning  fuqarolari,  shuningdek  fuqaroligi 
bo'lm agan  shaxslar  tushuniladi.  Jism oniy  shaxsning  h uquq  layoqati 
fuqarolik  huquqlari va burchlariga ega bo'lish layoqatidir.  U la r barcha 
fuqarolar  u c h u n   teng  darajada  e ’tiro f  etiladi.  Soliqqa  oid  huquq 
layoqatini  shaxslarning  o ‘z  harakatlari  bilan  soliq  solishga  imkon 
yaratadigan,  y a ’ni  d arom ad  olish  sharoitini  yaratish  layoqati  deb 
belgilash  m um kin.  Yuridik  m e ’yorlarga muvoflq  bu  layoqat  18  yoshda 
ya’ni  balog'at  yoshiga  yetganda  yuzaga  keladi.
Jism oniy  shaxslar  o ‘z  navbatida  ikki  guruhga  bo'linadi:  rezident 
va  n o re z id e n t  jism o n iy   shaxslar.  O 'zb ekisto n   Respublikasi  Soliq 
kodeksining 45 moddasiga asosan,  O'zbekiston  Respublikasida doimiy 
yashab  turgan  yoki  moliya  yiliga  boshlanadigan  yoki  tugaydigan  o 'n  
ikki  oygacha  bo'lgan  istalgan  davr  mobaynida  183  k u n   yoki  undan 
k o'proq   m uddatda  O'zbekistonda  turgan  jism oniy  shaxs  O'zbekiston 
Respublikasining  rezidenti  deb  qaraladi.
O 'z b e k isto n   Respublikasi  rezidenti  bo'lish  jism oniy  shaxslarga 
ularning O'zbekiston Respublikasidagi,  shuningdek,  undan tashqaridagi 
faoliyati  m anbalaridan  olingan  darom adlari  bo'yicha  soliq  solinadi.
O 'zbekiston  Respublikasi  rezidenti  bo'lm agan jism oniy  shaxslarga 
O 'zbekiston  Respublikasi  hududidagi  faoliyatidan  olingan  darom adlar 
bo'yicha  soliq  solinadi.
S o liq la rn in g   m aqsadli  sa rfla n ish i  b o 'y ic h a   u m u m i y   (budjet 
xarajatlariga funksional bog'liq emas)  va maqsadli  (  budjet xarajatlariga 
funksional bog'liq).  Soliqlarning bunday guruhlanishi  soliqlarni  davlat 
budjetining  m a ’lum   xarajatlarini  moliyalashtirish  bilan  izohlanadi. 
Shuni  t a ’kidlash  lozim-ki,  hozirda  O'zbekiston  Respublikasida  amal 
qilayotgan  barcha  soliqlar  o 'z   m ohiyatiga  asosan  u m u m iy   soliqlar 
hisoblanadi va ular fiskal funksiyani, ya’ni  davlat budjeti daromadlarini 
shakllantiradi.
M aqsadli  yig'im lar va  ajratm alar  mavjud,  ya’ni  budjetdan  tashqari 
nafaqa  jam g 'a rm a sig a ,  b u d jetd a n   tashqari  yer  fondi  va  budjetdan 
tashqari  bandlik  fondlari.  Bu  fondlar  uchun  ajratm a  va  yig'imlar  o 'z  
m aqsadiga  muvofiq  sarflanadi.
Soliq  to 'la sh   manbayiga  asosan  —  darom ad,  foyda,  yer  maydoni, 
sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar,  ko'rsatilgan xizmatlar) qiymati yoki

mavjudligi  sababli  soliq  t o ‘lovchida  soliq  to 'la sh   majburiyat  paydo 
boMadigan,  qiymatga oid,  miqdoriy yoki jism oniy tavsiyaga ega b o ‘lgan 
boshqa iqtisodiy asos soliq solish manbalari b o ‘lib hisoblanishi m um kin.
M am lakatim izda  amaliyotga  kiritilgan  h a r  bir  soliq  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Soliq  Kodeksiga  muvofiq  belgilanadigan  mustaqil  soliq 
solish  manbayiga  egadir.
Soliq  to 'la n ish   usuliga  asosan  —  m an b a y ig a   asosan  va  soliq 
deklaratsiyasiga  asosan.  Soliq  t o ‘lovchilar  soliq  bazasini  har  bir  soliq 
davrining yakunlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi registrlari m a ’lumotlari 
asosida  va  (yoki)  soliq  solinadigan  yoki  soliq  solish  bilan  b o g ‘liq 
obyektlar to ‘g ‘risidagi boshqa  hujjatlar bilan tasdiqlangan  m a ’lum otlar 
asosida  hisoblab  chiqadilar.
Jismoniy  shaxslar  bir joyda  ishlasalar,  ularning  ish  haqidan  (soliq 
m an b a y id a n )  buxgalteriya  to m o n id a n   a v to m a t  ta rz d a   h iso b lan ib  
budjetga  o'tkazadi.  Jismoniy  shaxslar  ikki  yoki  und an   ko‘p  ish joyida 
ishlasalar,  bundan  tashqari  darom ad  olish  (savdo,  ish,  xizmat)  bilan 
b og‘liq birgalgi operatsivalarni  amalga oshirganda,  fuqarolarga  m ahal- 
liy hokimiyat organlarida yakka  m ehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchi 
shaxslar  sifatida  ro'yxatga  turm ay ,  d a ro m a d   t o ‘g ‘risidagi  bir  galgi 
deklaratsiya  topshirish  huquqi  beriladi.
D unyoning  b a ’zi  davlallarida  fuqarolarning  darom adlari  soliqqa 
tortishda  turli  usullaridan  foydalanadilar.  Buyuk  Britaniyada  fuqaro- 
larni  darom ad  shedulyar  (shedule)  tizim  asosida,  y a ’ni  darom adning 
manbayiga  nisbatan  alohida  to 'lanadi.  S hedular tizim  besh  sheduldan 
A,  B,  C,  D,  E  va  F   dan  iborat.  Sheduldagi  A  —  ko 'ch m as  m ulkdan 
keladigan  darom ad,  B  —  o 'rm o n la rd a n   tijorat  m aqsadida  foydalan- 
ganlikdan  darom ad,  C  —  davlat  qim m atli  qog‘ozlaridan  d arom ad,  D
—  savdo  va  sanoatdan  foyda,  E  —  m eh n a t  darom adlar,  ish  haqi, 
n afaqa va  F  —  Britaniya kom paniya  qim m atli  q o g‘ozlardan  dividend- 
lar.  Britaniya  fuqarolari  har  bir  shedul  b o ‘y ich a  alohida  d a ro m a d  
solig'i  to ‘laydi,  y a ’ni  bu  davlatda  fuqarolar  jam i  d arom adidan  soliq 
t o ‘laydilar.
Soliqlaming bunday guruhlanishi  h a r bir soliq turini  davlat budjeti 
d a ro m a d la rin i  shakillantirishdagi  o ‘rni,  u la rn in g   soliq  tizim id ag i 
maqsadli yo'nalishini ham da iqtisodiyot tarm oqlarini  rivojlantirishdagi 
aham iyatini  ochib  beradi.
B undan  tashqari,  soliqlarning  tasniflashni  zaruriyati  soliq  tizim ini 
murakkablashib  borishi  va  soliqqa  soiish jarayonlarining  boshqarishni 
takomillashtirish  bilan  bevosita  bog‘liqdir.

Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling