O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


Download 24 Kb.

bet21/34
Sana09.02.2017
Hajmi24 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34

Varrant 
(warrant)  qimmatli  qog‘ozlarning  hosilalarini  o'ziga 
xos  turi  b o‘lib  hisoblanadi.  Varrant  —  belgilangan  muddat  davomida 
(yoki  aniq  belgilangan  sanada),  avvaldan  kelishilgan  narxlarda  oddiy 
aksiyalarni  sotib  olish  huquqini  beruvchi  hujjatdir.  Varrantning  imzo- 
lanishi  va amalga  oshirilishi  uni  bazis aktivini  tashkil  etuvchi  qimmatli 
qog'ozning  muomalaga  chiqarilishi  bilan  uzviy  bog'liq.  Shuni  ham 
t a ’kidlash  lozimki,  varrant  aktivini  tashkil  etuvchi  qimmatli  qog'ozni 
bir  martalik emissiyasi  natijasida varrant  ham  bir martalik  hisoblanadi.
Amaldagi  qonunchilikka  asosan  varrant  shartnomasini  tuzishda 
quyidagilar  taqiqlanadi:
—  avval  m uomalaga  chiqarilgan,  uning  shaxs  mulkida  bo ‘lgan  va 
em itentning  o ‘zi  sotib  oigan  qimmatli  qog'ozlar bazis  aktivi  hisoblan- 
maydi;
—  bazis  aktividagi  qimmatli  qog'oz  nom inalidan  varrant  nominali 
past  b o ‘lmasligi  shart  (obligatsiya  bundan  mustasno).
V arrant emitentlari  uning birinchi  egalari  u c h u n   qimmatli  qog‘oz- 
larini  xarid  etishlarida  bir  xil  narx  sharoitlarini  t a ’minlashi  lozim,  bu 
esa  varrantning  birinchi  egalariga  bir  xil  narxda  qimmatli  qog'ozlarni 
sotib olish  huquqini  beradi. Varrantning egalari uchun qimmatli qog'oz- 
larni joylashtirish  narxi  boshqa  investorlar,  y a ’ni  varrantning  ishtirok- 
chilari  bo'lm aganlardan  farq  qilishi  mumkin.
Yuqoridagilardan  xulosa  qilish  mumkinki,  fond  bozorida  opsion, 
fyuchers va varrant  bitimlarining  amalga  oshirilishi  ushbu  bozor  ishti- 
ro k ch ilarig a   q o 's h i m c h a   d a ro m a d   to pish  im k oniyatini  yaratadi.

0 ‘zbekiston  fond  bozorining  yosh  b o ‘lishiga  q a ra m ay  u nda  opsionlar 
va  fyucherslar  bo‘yicha  bitimlarni  amalga  oshirish  qonunan  ko‘zda 
tutilgan  ham da  bunday  bitimlar  amalga  oshirilib  turibdi.  Ushbu  omil 
mam lakatim iz  milliy fond bozori  rivojlangan xorijiy davlatlarning fond 
bozorlari  darajasiga  yetish  u c h u n   intilishdan  dalolat  beradi.
6.3.  Qimmatli  q o g ‘ozIar  bozorining  mohiyati  va 
uning  tarkibiy  tuzilmasi
H a r   qanday  iqtisodiyotda  boMganidek,  b a ’zi  tarm oqlarda  m a ’lum 
davr  m obaynida  pul  mablag'larini  yetishmasligi,  boshqa  tarm oqlarda 
esa  pul  mablag‘lari  vaqtincha  b o ‘sh  turib  qolishi  m um kin.  Shu  bilan 
birga,  pul  mablag‘lari  yetishmasligidan  qiynalayotgan  soha  muayyan 
davrdan  so‘ng  ortiqcha  pul  m ablag‘lariga  ega  b o ‘lib  qolishi  m um kin 
va  aksincha.  Shu  bois  ortiqcha  pul  mablag‘lari  egalarini  shu  pulga 
muhtoj  b o ‘lib turganlarga uchrashtirib q o ‘yishga imkoniyat yaratadigan 
mexanizm   bo'lishi  kerak.  V aq tincha  ortiqcha  pul  m ablag‘lari  egalari 
(yuridik va jismoniy shaxslar) va shu pul  mablag‘larining  iste’molchilari 
o ‘ziga xos xususiyatga ega bo ‘lgan  maxsus bozor, y a ’ni  moliya bozorida 
uchrashadi.  Bu  bozor juda  m urakkab  tuzilishga  va  yuqori-  past  p o- 
g ‘onalarga  ega  bo ‘lgan  maxsus  bozor  b o ‘lib,  u nda  ju d a   katta  miq- 
dordagi  pul  mablag‘lari  bir vaqtning o 'zid a turli  y o ‘nalishlarda  aylanib 
turadi  va bu jarayon  harakatlari  iqtisodiyotning  m ikrodarajadan tortib, 
makrodarajagacha  b o‘lgan  holatiga  t a ’sir  ko‘rsatadi.
Iqtisodiyotni  bozor munosabatlariga o'tishi  natijasida  moliya bozori 
sifatan  yangi  m a ’noga  ega  boMadi.  V aqtincha  b o ‘sh  pul  mablag'larini 
jalb  etishda  hamda  ulardan  foydalanishda  moliya bozorining ahamiyati 
beqiyos  katta  boMadi.  M oliya  b o z o rin in g   asosiy  tarkibiy  qismiga 
quyidagi  bozorlar  kirishi  mumkin:
1.  Tijorat  banklarining  kapitallarining  bozori;
2.  Qimmatli  qog‘ozlar  bozori;
3.  Valuta  bozori;
4.  Sug‘urta  va  investitsiya  fondlari  bozori.
Tijorat  banklari  kapitallarining  bozori,  valuta  bozori  va  sug'urta 
ham da  investitsiya  fondlari  bozorlarini  alohida  o ‘rganuvchi  fanlar 
mavjud.  Biz asosiy e ’tiborni  nisbatan  yosh  h a m d a  nozik xususiyatlarga 
ega  bo ‘lgan  qimmatli  qog‘ozlar  bozoriga  qaratamiz.
Moliya bozorini  o ‘rganishda uni  turli to m o n d a n ,  y a ’ni  institusional 
jihatdan  yoki  bozor  qatnashchilari  to m o n id a n ,  e m itentlar  va  inves-

torlar,  investitsiya  institutlari,  moliya  dastaklarining  turlari  nuqtayi 
nazaridan  boshlash  fikrimizcha,  maqsadga  muvofíq  bo'ladi.
Moliya  bozorining  asosiy  tarkibiy  qismi  hisoblangan  qimmatli 
qog‘ozlar  bozorining  o'ziga  xos  xususiyatlari  mavjud.  Bu  bozorda 
tovar  boshqa  bozorlardagiga  nisbatan  o ‘ziga  xosdir.  Bu  tovar  turli 
shakldagi  qimmatli  qog‘ozlardir.
Qim m atli  qog‘ozlar  —  bozori  bu  yuridik  va  jism on iy  shaxslar 
o'rtasida  muomalaga  qimmatli  qog'ozlar  chiqarish,  uning  aylanishi 
ham d a  ularni  t o ‘lab  berilishi  bilan  bogMiq  iqtisodiy  munosabatlar 
yig'indisidir.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining eng muhim tomonlaridan biri shuki, 
u  yuqori  darom ad  keltiradigan  iqtisodiyotning  faolligi  bilan  shakllanib 
boradi va qimmatli  qog‘ozlar bozori sarmoyalarining safarbar etilishini 
rag'batlantirib,  vaqtincha b o ‘sh  turgan pul  mablagMarini iqtisodiyotning 
turli  tarmoqlari  o ‘rtasida  qayta  taqsimlanishini,  taqsimlaganda  ham 
rivojlanib  borayotgan  istiqbolli  tarm oqlar  foydasiga  qayta  taqsim­
lanishini  t a ’minlaydi.  Rivojlangan  qimmatli  qog'ozlar  bozori  ishlab 
chiqarish  taraqqiyotini  rag'batlantiradigan  kuchli  m anba b o ‘lib  hisob- 
lanadi.
Q im m a tli  qog‘ozlar  bozori  h a r  bir  m am lakat  iqtisodiyotining 
tarkibiy  qismidir.  Qimmatli  qog'ozlar  bozori  asosini  tovarlar  bozori, 
pul  va  pul  kapitali  tashkil  qiladi.  Bular  birinchisining  asosi  bo'lsa, 
qimmatli  qog'ozlar  bozori  ularning  hosilasi  hisoblanadi.
X alqaro  amaliyotda  qim m atli  qog'ozlar  bozorini  quyidagicha 
tavsiflanadi:
1.  Xalqaro  va  mintaqaviy  qimmatli  qog'ozlar  bozori;
2.  Milliy  va  hududiy  qim m atli  qog‘ozlar  bozori;
3.  Qimmatli  qog‘ozlarning  aniq  shakldagi  bozori;
4.  Davlat  va  korporativ  (nodavlat)  qimmatli  qog‘ozlar  bozori;
5.  Qim matli  qog‘ozlarning  birlamchi  va  hosilaviy  bozori.
Q im m a tli  q o g ‘ozlar  b o z o rin in g   bunday  tavsiflanishi  qimmatli
qog‘ozlarning  amaliy  aham iyatidan  kelib  chiqadi.  Xalqaro  qimmatli 
qog‘ozlar  bozoriga  dunyoning  k o ‘p  mamlakatlari  rasman  tan  oigan 
fond  birjalari  (Nyu-York,  L o n d o n ,  Frankfurt,  Syurix,  Tokio)  kiradi. 
Mintaqaviy qimmatli  qog‘ozlar bozoriga  dunyoning  m a ’lum  mintaqa- 
lari  (Lotin  Amerikasi,  Sharqiy  Osiyo,  Markaziy  Osiyo)  uchun  shakl- 
langan  bozorlar  kiradi.  Milliy  bozor  esa  aniq  bir  mamlakatda  shakl- 
langan  va  faoliyat  ko'rsatayotgan  bozor  hisoblanadi.  Hududiy  bozor 
esa  a niq  bir  m am la k a tn in g   milliy  qimmatli  q og ‘ozlar  bozorining

m a ’lum  hududlarda  faoliyat  ko'rsatayotgan  bozorini  tashkil  etadi  va 
hokazo.
Qimmatli  qog'ozlar  bozorida  investorlar  va  em itentlar  o ‘rtasidagi 
vaqtincha  bo‘sh  pul  mablag‘lari  harakati,  uning  miqdori  j u d a   k o ‘p 
omillarga  bog‘liq.  U lardan  asosiylari  quyidagilar:
1.  Qimmatli  qog'ozlar  bozorining  daromadlilik  darajasi;
2.  Qimmatli  qog'ozlar  bozorining  soliqqa  tortilish  darajasi;
3.  Qimmatli  qog'ozlar  bozorida  kapital  va  u  keltiradigan  foydani 
yo'qotilish  xatari  darajasi;
4.  Qimmatli  qog'ozlar  bozorida  sarm oyadorlar  haq -h u q u q la rin i 
him oya  qilish  darajasi;
5.  Q im m atli  q o g 'o z la r  bozori  to 'liq ,  aniq  va  osh k o ra   m a ’lu- 
motlarning  mavjudlik  darajasi  va  boshqalar.
Bu  ta ’kidlab  o'tilgan  om illar  qimmatli  qog'ozlar  bozori  rivojla- 
nishiga  yoki  aksincha,  uning  inqirozga  uchrashiga  sabab  bo'ladi.
H a r  qanday  bozor  singari  qim m atli  q o g 'o z la r  b ozorining  ham  
bajaradigan  vazifalari  mavjud.  Bu  vazifalarni  asosan  ikki  g u ru h g a  
ajratish  mumkin.
Birinchi  g u ruhn i  u m u m b o z o r ,  y a ’ni  h a r   bir  b o z org a  tegishli 
vazifalar  tashkil  etsa,  ikkinchi  guruhni  faqat  qimm atli  qog'o zlarg a 
taalluqli  bo'lgan  vazifalar  tashkil  etadi.
U m u m b o z o r yoki  a n ’anaviy  b ozor vazifalariga quyidagilar  kiradi:
—  tijorat  vazifasi,  y a ’ni  b o z o rd a   faoliyat  k o 'rsa tish d a n   asosiy 
maqsad  m a ’lum  m iqdorda  foyda  topish  hisoblanadi;
—  ina’lumotlar yetkazish  vazifasi,  ya’ni  bozor o 'z   ishtirokchilariga 
tovarlar  harakati,  ularning  hajmi  va  ular  b o 'y ich a   shakllanayotgan 
narx-  navo  to'g'risida  m a ’lu m o t  yetkazib  turadi;
—  tashkil  etish  vazifasi,  y a ’ni  bozor  o 'z   ishtirokchilariga  savdo- 
sotiqni  olib  borish  uchun  maxsus joylarni  tashkil  etadi;
—  tartibga  solib  turish  vazifasi,  y a ’ni  h a r  bir  b o z o r  o 'z   ish tiro k - 
chilari  u c h u n   savdoni  tashkil  etish  ta r tib -q o id a la ri,  m u d d a ti,  n izo - 
larni  hal  etish  sh a rtla ri,  n a z o r a t   qilish  va  b o s h q a ru v n i  a m a lg a  
oshiradi.
Qimmatli  qog'ozlar  bozo rinin g   a n ’anaviy  vazifalaridan  tashqari 
faqatgina  o'ziga  xos  bo'lgan  vazifalari  ham   mavjud.  U la r  quyidagi- 
lardan  iborat:
—  mamlakat  aholisi,  k o rx on alar  va  davlatning  v a q tincha  bo'sh 
pul  mablag'larining jam lanishi  t a ’m inlanadi.  Buning  natijasida  kapital 
iste’molchilari  kerakli  m iqdordagi  pul  mablag'larini  oladi  va sarm oya-
14 -  O.Yu.  Rashidov  va  bosh.
209

dorlar o'z  mablag'larini  saqlash  ham da ularni  ko ‘paytirish  imkoniyatiga 
ega  bo'ladi;
—  qimmatli  qog'ozlar  bozori  kapitalning  jamlanishi  va  m arkaz- 
lashuvi  ja ra y o n in in g   tezlashishini  t a ’m inlaydi.  Bozor  y o r d a m id a  
iqtisodiyot  tarm o q la ri  o 'rta s id a   kapitaln in g   og'ib  o 'tish i  a m a lg a  
oshiriladi;
—  qimmatli  qog‘ozlar  bozori  tarm oqlararo  t o ‘siqlarni  olib  tash- 
lashga  xizmat  qiladi.  Iqtisodiyot  tarmoqlaridagi  vaqtincha  b o ‘sh  pul 
m ablag'lari  ishlab  ch iqarishn i  bo shq a  tarm o q lariga  o g ‘ib  o 't a d i . 
Kapitalning  bu  oqimi  buyaiq  yoki  ko‘rsatma  asosida emas,  balki  aniq 
bir  iqtisodiy  manfaat  munosabatlari  asosida amalga oshiriladi.  V a q tin ­
cha  bo'sh  pul  mablagMari  zamonaviy  va  darom ad  keltiruvchi  ishlab 
chiqarish  korxonalariga  investitsiya  qilinadi  ham da  shu  asosda  iqtiso­
diyot  tarmoqlari  tarkibida  sifat  siljishlari  yuzaga  keladi;
—  qimmatli  qog'ozlar  bozori  sarmoyadorlari,  ya’ni  m am lakat 
aholisi,  korxonalar  va  davlatning  vaqtincha  b o ‘sh  pul  mablagMarini 
jam lab,  uni  kapitalga  aylantirib,  bu  kapitalning  oqilona  va  samarali 
harakatini  ta ’minlaydi;
- -   qimmatli  q o g‘ozlar bozori  qimmatli  qog'ozlarga bozorda shakl- 
langan  talab  va  tak lif  asosida  haqiqiy  b o z o r  bahosini  belgilaydi. 
Shuning  u c h u n   fond  birjasi  m am la k a t  iqtisodiyotining  ba ro m e tri 
hisoblanadi;
—  qimmatli  q o g‘ozlar  bozori  aniq  bir  kapitalning  (bank,  savdo, 
sanoat)  harakatini  faollashuviga  imkoniyat  yaratadi.  Buning  natijasida 
iqtisodiyotda  u  yoki  bu  m uam m olarni  hal  etish  imkoniyati  paydo 
boMadi;
—  qimmatli  qog'ozlar  bozori  yordam ida  davlat  budjeti  taqchilligi 
(defitsit)  qoplanadi.  Shuni  ta ’kidlash  lozimki,  bu jarayonda  muomalaga 
qo'shim cha pul  massasi  emissiya qilinmaydi va shu asosida  mamlakatda 
inflatsiyani  tartibga  solib  turish  imkoniyati  tugMldi;
—  qimmatli  qog'ozlar bozori  m am lakatda yangi  mulkdorlar sinfini 
shakllantiradi.  Ulushli  qimmatli  qog'oz  (aksiyalar)  xarid  etib  olgan 
aksiyador  korxonaning  mulkdoriga  aylanadi.  Shu  asosda  aksiyadorlar 
ko rx o n a n in g   s a m a r a d o r   ish lashid an   m a n fa a td o r  b o 'la d i,  c h u n k i 
korxonaning  d a ro m a d  topishi  aksiyadorga  dividend  keltiradi.  Shuning 
u chun  aksiyadorlar  korxonalarning  boshqaruvida  faol  ishtirok  etadi.
Qim m atli  q o g 'o z la r  bozorining  qanchalik  rivojlanlanganligi  va 
samaradorligi  u  bajaradigan  vazifalarni  amalga  oshirishi  bilan  uzviy 
bog'liqdir.

Qimmatli q o g‘ozlar bozori ju d a murakkab ham da n oz ik tuzilmadir. 
Ushbu  bozorda  u  yoki  bu  turdagi  qimm atli  qog‘oz  bilan  savdo  qilish, 
savdoni tashkil qilish, uni olib borish va hisob-kitoblarni am alga oshirish 
asosida  qim m atli  qog'ozlar  bozorining  quyidagi  shakllarini  ajratish 
mumkin:
1.  Qim matli  qog'ozlarning  birlam chi  va  ikkilamchi  bozori;
2.  Qimmatli  qog'ozlarning  uyushgan  va  uyushmagan  bozori;
3.  Qim matli  qog'ozlarning  birja  va  birjadan  tashqari  bozori;
4.  Q im m atli  qog'ozlarning  a n ’anaviy  va  k om pyuterlashtirilg an  
bozori;
5.  Qimmatli  qog'ozlarning  m ud d atli  va  kassa  bozori.
Q i m m a tl i   q o g 'o z l a r n i n g   b i r l a m c h i   b o z o ri  —  b u   q i m m a t l i
qog'ozlarning  birlamchi  emissiyasi  va  uning  birinchi  egalari  o'rtasid a 
joylashtirish  jarayonidagi  bozordir.  Bu  bozor  uch un  m a ’lu m   tartib- 
qoidalarbelgilangan.  Emitent birlamchi emissiyada chiqarilgan barcha 
qimmatli qog'ozlarni birlamchi  investorlar o'rtasida to'liq joylashtirishi 
shart.  O'zbekiston  Respublikasida amaldagi qonunchilikka k o 'ra  birlam­
chi  emissiyaning  birlamchi  investorlar  tarkibi  quyidagilarni  o 'z   ichiga 
oladi:
1.  M ehnat jam oasi  ulushi;
2.  Davlat  ulushi;
3.  Xorijiy  sarm oyadorlar  ulushi;
4.  Erkin  savdo  ulushi.
Biz yuqorida t a ’kidlab o'tgan investorlarning birlamchi  emissiyadagi 
egallagan  salm og'i  xo'jalik  subvektining  iqtisodiyotda  egallagan  o 'rn i 
ham da  ahamiyatiga  bog'liqdir.  Biz  quyida  qimmatli  q o g 'o z la r bozo ri­
ning  investor  tarkibini  chizma  orqali  ko'rsatamiz.
Agarda emitent  muomalaga chiqarilgan  aksiyalarni  to'liq joylashtira 
olmasa,  u  bu  aksiyalar  risolasini  (prospektini)  bekor  qilishi  lozim. 
Masalan,  e m itent  muomalaga  yuz  d o na  aksiya  chiqardi  deylik.  Belgi- 
langan  m u ddatda   u  to'qson  d o n a  aksiyani  joylashtirdi.  Q olgan  o 'n  
dona  aksiyani joylashtira  olmadi.
D em ak,  e m ite n t  bu  birinchi  aksiya  risolasini  b e k o r   qilishi  va 
muomalaga  ikkinchi  to'qson  d o n a   aksiyani  o 'z   ichiga  olgan  risolasini 
amalga  oshirishi  shart.
Shuni  ta ’kidlash  lozimki,  birlamchi  bozorda  to'liq  joylashtirilgan 
aksiyalargina  ikkilamchi  bozorda  savdoga  qo'yiladi.  U stav  kapitalini 
oshirish  m aqsadida  ikkinchi  yoki  uchinchi  emissiya  risolasini  amalga 
oshirish  qimm atli  qog'ozlarning  birlamchi  bozoriga  kiradi.

Qim m atli  qog‘ozlarning  ikkilamchi  bozori  —  bu  a w a l  m uomalaga 
chiqarilgan  va  hech  b o'lm aganda  bir  marta  olib  sotilgan  qimmatli 
qo g ‘ozlar  bozoridir.  Ushbu  bozorlarda  qimmatli  qog‘ozlarlar  oldi- 
sotdisi  natijasida  qimmatli  qog‘ozlar  amal  qilish  muddati  bo‘yicha 
o ‘z  egasini  o ‘zgartiradi,  y a ’ni  erkin  ravishda  q o ‘ld an -q o ‘lga  o ‘tad.i. 
Q im m atli  qog'ozlarning  ikkilamchi bozorining  asosiy xususiyati  uning 
likvidligidir.
Bu  bozorda  qimmatli  qog‘ozlarga  bo'lgan  haqqoniy  talab  va  taklif 
asosida  baho  belgilanadi.  Qimmatli  qog‘ozlar  bu  asosda  o ‘z  nom inal 
qiymatidan bir necha m arta yuqori  narxda sotihshi m umkin.  Qimmatli 
q og ‘ozlarning  birlamchi  va  ikkilamchi  bozorlari  o ‘rtasidagi  nisbat  bu 
mamlakatning iqtisodiy rivojlanganligi hamda  fond bozori samaradorlik 
darajasiga  bogliqdir.
Qim m atli qog‘ozlarning uyushgan bozori — bu qimmatli qog'ozlar 
bilan  savdolarni  savdo  ishtirokchilari  va  uni  tashkil  etuvchi  uchun  
o ‘rnatilgan qat’iy tartib-qoidalar bilan amalga oshirilishidir.  Bu bozorda 
qim m atli  qog‘ozlar  bilan  oldi-sotdi  bitimlari  m a ’lum,  aniq  joyda, 
belgilangan  m uddatda  va  uning  malakali  ishtirokchilari  tom onidan 
amalga  oshiriladi.
Q im m a tli  q o g ‘o z la rn in g   uyushm agan  b ozori  —  bu  q im m atli 
q o g ‘o z la r   b ilan  sa v d o la rn i  savdo  ish tirokchilari  o ‘rtasida  q a t ’iy 
belgilangan  tartib-qoidalarsiz  amalga  oshirilishidir.  Bu  bozor  m a ’lum 
belgilangan joyda,  m a ’lum  m uddatda  oldi-sotdini  amalga  oshirmaydi. 
Q im m atli  qog'ozlarning  uyushmagan  bozorida  sotuvchi  va  xaridor 
oldi-sotdisi  fond  birjasidan  tashqarida  o ‘zaro  olib  boriladi.
Q im m atli  q og 'ozlarning  birja  bozori  —  bu  fond  birjasida  o ‘zi 
o ‘rnatgan tartib-qoidalar asosida qimmatli  qog‘ozlar bilan savdo qilish 
bozoridir.  Birja  bozori  o ‘ziga  xos  investitsiya  institutlari  tom onidan 
tashkil  etilgan  b o z o r  b o ‘lib,  unda  qimmatli  qog‘ozlar  bilan  savdo 
bitim la ri  bu  b o z o rn in g   malakali  ishtirokchilari  to m o n id a n   q a t ’iy 
o 'r n a tilg a n   ta r tib -q o id a la r  asosida  olib  boriladi.  Shuni  ta ’kidlash 
lozimki,  birja  b ozorida  o ‘zi  to m o n id an   q o ‘yilgan  talablarga  javob 
beradigan  likvid  va  ishonchli  qimmatli  qog‘ozlar  savdoga  q o ‘yiladi. 
Birja  bozorining  o'ziga  xos  xususiyatlari  quyidagilardan  iborat:
—  qimm atli qog‘ozlar bilan  savdo-sotiq aniq vaqtda va belgilangan 
joyda  amalga  oshiriladi;
—  q i m m a t l i   q o g ' o z l a r   b ila n   s a v d o - s o t iq   b e lg ila n g a n   a n iq  
ishtirokchilar,  ya’ni fond bozorining malakali mutaxassislari tom onidan 
olib  boriladi;

—  qimmatli  qog‘ozlar bilan  savdo-sotiq  tartib-qoidalarining q a t’iy 
belgilanganligi  va  bozor  ishtirokchilarining  unga  amal  qilishligi;
— qimmatli qog‘ozlar bilan savdo-sotiqni tashkil  etilishining bunday 
faoliyatini  vakolatli  davlat  organi  to m o n id a n   maxsus  litsenziyaga  ega 
bo'lgan  muassasa  olib  borishligi.
Am aldagi  q o n u n c h ilik k a   asosan,  O 'z b e k i s t o n   Respublikasida 
qimmatli  qog‘ozlarning birja bozori «Toshkent»  Respublika fond birjasi 
va  uning  Q oraqalpog‘iston  Respublikasi  h a m d a   viloyatlar  markazla- 
ridagi  b o ‘limlaridan  iborat.
Q im m atli  qog‘ozlarning  birjadan  tashqari  bozori-  bu  qimmatli 
qog‘ozlar bilan  savdo-sotiq fond  biijasidan  tashqarida  olib  boriladigan 
bozordir.  Biijadan  tashqari  bozor tashkil  etilishiga  qarab  ikki  guruhga 
bo'linadi:
—  uyushgan  birjadan  tashqari  bozor;
—  uyushmagan  birjadan  tashqari  bozor.
Qim matli qog‘ozlarning uyushgan  birjadan  tashqari  bozori  deganda 
uning tashkilotchilar tom onidan  o ‘rnatilgan  tartib-qoidalar va savdoga 
qo'yish shartlari  asosida tuzilgan  maxsus  ko m py u ter tizimi  tushuniladi. 
Bu  bozorda  asosan  o ‘rta va  kichik  e m itentlarning  qimmatli  qog‘oziari 
savdoga  q o ‘yiladi.  Rivojlangan  xorijiy  davlatlarda  uyushgan  birjadan 
tashqari  b o z o rn ing   o ‘z  tizim i  s h ak llan gan .  A Q S H d a   bu  bozorni 
N A SD A Q   —  National  Association  o f   Secuzities  Dealers  Autom ated 
Security,  K anadada  C O A T C -C an ad ien   O w e rth e -c o n te r  A utom ated, 
Singapurda  SES D A Q -Singapore  Stock  E xchange  And  A utom ated 
Q uotation  System  (система  автом ати ческой   к о т и р о в к и   и д и ли н га 
при  С и н га п у р с к о й   ф он дов о й   б и р ж е)  va  Rossiyada  RTS  ( Р о с ­
с и й с к а я   то р го в а я  систем а)  (Rossiya  savdo  tizim i)  olib  boradi. 
0 ‘zbekisto n da  uyushgan  birjadan  tash q ari  b o z o rn i  «Elsis-Savdo» 
investitsiya instituti olib bormoqda.  Shuni  t a ’kidlash  lozimki,  qimmatli 
qog'ozlarning uyushgan birjadan tashqari  bozori  zamonaviy kompyuter 
texnologiyasi  h am da  yuqori  kom m unikatsiya  vositalari  asosida  tashkil 
etilgan.
Q im matli  qog‘ozlarning  uyushmagan  birjadan  tashqari  bozorida 
esa to n d  birjasida  kotirovkaga javob b erm agan  va savdoga qo'yilmagan 
qimmatli  qog‘ozlar savdo-sotig‘i  amalga oshiriladi.  Bu  bozorda  kerakli 
moliyaviy  bazaga  ega  bo'lmagan  em iten tlarn in g   qimm atli  qog'ozlari 
ham da  kam  daromadli  qimmatli  qog‘ozlar  savdoga  q o ‘yiladi.  Bunday 
bozorda  alohida olingan  brokerlik va  dilerlik  firmalari  faoliyat  ko‘rsa- 
tadi.  F o n d   birjalari  to m o n id a n   q im m atli  q o g ‘ozlarga  q o ‘yiladigan

talablarning  qattiqligi  va  savdoga  cheklangan  m iq do rda  qimmatli 
qog’ozlarning  q o ‘yilishi  natijasida  uyushm agan  birjadan  tashqari 
bozorlar tashkil topgan.  Bu bozorturii  mamlakatlarda turlicha,  masalan 
Londonda  «uchinchi  bozor»,  Parijda  «ikkinchi  bozor»,  Amsterdamda 
«parallel  bozor»  deb  nomlanadi.  Shuni  ta’kidlash  lozimki,  b a ’zi  kichik 
aksiyadorlik  kompaniyalari o ‘z qimmatli  qog'ozlarini  a w a lo  bu bozorda 
savdoga q o ‘yib,  uni  kotirovka qilib,  ko‘p  hollarda rasmiy fond birjasida 
savdoga  chiqish  imkoniyatiga  ega  b o ‘lmoqda.
Qimmatli  qog'ozlarning a n ’naviy bozori  —  bu  m a ’lum  belgilangan 
joyda  (birjada),  o'rnatilgan  tartibda  qimmatli  qog'ozlar  bilan  savdo- 
sotiq  qilishdir.  H ar  bir  davlatda  fond  birjalarining  a n ’anaviy  sifatlari 
mavjud.  Masalan,  Tokio  fond  birjasida  savdo-sotiq  ovoz  ham da  irno- 
ishora asosida olib  boriladi.  N yu-Y ork fond  birjasida broker va  dilerlar 
o'zlari  egallagan  mavqega  qarab  turli  rangdagi  kostyum  kiyadilar  va 
hokazo.
Q im m a tli  q o g 'o z la r n in g   k o m p y u te rla sh tirilg an   b o zori  bu  — 
qimmatli  qog'ozlar  bilan  savdo-sotiq  kompyuter  tizimi  orqali  olib 
boriladi.  Bu  bozorning  quyidagi  xususiyatlari  mavjud:
—  qim m atli  qog'ozlarni  sotuvchilar  va  xaridorlar  uchrashadigan 
jism oniy  joyn in g   yo'qligi,  dem ak,  ular  o 'rtasida  t o 'g 'rid a n -to 'g 'ri 
muloqot  mavjud  emas;
—  q i m m a t l i   q o g 'o z l a r   b ila n   savdo  s o tiq   j a r a y o n i n i   t o 'l i q  
avtom atlashtirilganligi,  sh un in g   u c h u n   hatn  uning  ishtirokchilari 
qimmatli  qog'ozlar  bilan  savdo  qilish  uchun  bu  tizimga  talabnoma 
kiritish  bilan  cheklanadi.
A Q S H d a g i  k o m p y u te rla s h tirilg an   b o z o rd a   3700  ta  qim m atli 
qog'ozlar  kotirovkasi  bo'lib,  bu  tizimga  3300  ta  malakali  agentlar 
birlashgan.
Qim matli  qog'ozlarning  kassa  bozori  —  bu  qimmatli  qog'ozlar 
bilan  savdo  bitimidagi  hisob-kitobni  birdaniga  yoki  2—3  kun  ichida 
amalga oshirilishi  ko'zda tutilgan  bozordir.  Bu bozor xorijiy davlatlarda 
«kesh-bozor»,  «spot-bozor»  deb  nomlanadi.  «Toshkent»  Respublika 
fond  birjasida qimmatli  qog'ozlar bilan savdo bitimlari  bo'yicha hisob- 
kitoblar  «kassa  bozor»  tamoyiliga  asoslanadi.
Qim matli  qog'ozlarning  muddatli  bozori-bu  qimmatli  qog'ozlar 
bilan  savdo  bitimlaridagi  hisob-kitoblar  turli  m u dd atla rda   amalga 
oshirilishi  k o 'z d a   tutilgan  bozordir.  Bu  bozorda  qimmatli  qog'ozlar 
uch u n   hisob-kitoblar  3  ishchi  kunidan  3  oy  m uddatgacha  amalga 
oshirilishi  m um kin.  Qimmatli  qog'ozlarning  muddatli  bozori  asosan,

hosilaviy  q im m a tli  q o g 'o z la r   (o p s io n ,  fy ac h e rs)  o l d i- s o td i s id a n  
darom ad  topish  uchun  qo'llaniladi.
Qimmatli qog'ozlar bozori  ishtirokchilarini  ushbu b ozorda faoliyat 
ko'rsatish  xususiyatiga  asosan  ikki  tizimga  ajratish  mumkin:
—  qimmatli  qog‘ozlar  bozorining  u m u m iy   infratuzilmasi;
—  qimmatli  qog'ozlar  bozorining  maxsus  infratuzilmasi.
Qimmatli  qog‘ozlar  bozorining  u m u m iy   infratuzilmasi  tarkibiga
qimmatli  qog'ozlar  bilan  operatsiyalarni  amalga  oshirishda  k o 'm a k -  
lashuvchi muassasalar kiradi.  Bunday muassasalar faoliyatisiz q im m atli 
qog'ozlar  bozori  faoliyatini  amalga  oshirishi  yoki  u m u m a n   m u m k in  
emas  yoki juda  qiyinchilik  bilan  amalga  oshiriladi.  Bunday  m uassa- 
salarga  nashriyotlar,  informatsion  agentliklar,  gazeta  va  ju rn a lla r, 
televizion va  radiokompaniyalar,  tijorat  bankJari,  auditor tashkilotlari, 
notarial  va  advokat  kontoralari  h a m d a   su g'u rta   kompaniyalari  kiradi. 
Qimmatli  qog'ozlar bozorida  faoliyat  ko'rsatish  u ch u n  bu  muassasalar 
maxsus  malaka  shahodatnom alari  va  litsenziyaga  ega  bo'lishi  talab 
etilmaydi.
Bu  m uassasalar  q im m atli  q o g 'o z la r   b o z o rid a   o 'z in in g   asosiy 
faoliyatini yuritishlari uchun o'zlariga tegishli vakolatli davlat organidan 
maxsus  ruxsatnomaga  ega  b o iis h la ri  lozim.  Asosiy  faoliyat  ko'rsatish 
uch u n  notarial va  advokat kontoralari  O 'zbekiston  Respublikasi Adliya 
vazirligidan,  auditor va sug'urta  kompaniyalari  O 'zbekiston  Respubli­
kasi  Moliya  vazirligidan,  tijorat  banklari  O 'z b e kisto n  Respublikasi 
Markaziy bankidan ham da nashriyotlar,  gazeta  va jurnallar O'zbekiston 
Respublikasi  Davlat  Nashriyot  Q o 'm i ta s id a n   m axsus  ru x sa tn o m a  
olishlari  lozim.  Qim m atli  q o g 'o z la r  b o z o rid a   bu  k o 'm aklashu vch i 
muassasalarning faoliyatiga ushbu bozordagi  bitimlar ishtirokchilarining 
hisob  — kitoblarini  amalga oshirish,  e m ite n tla r hisobotlarini  tekshirish 
va  uni  rasmiy  tasdiqlash,  q im m atli  q o g 'o z la r  b o 'y ich a   o 'rn a tilg a n  
tartibda oldi-sotdi,  almashtirish,  hadya etish,  rasmiylashtirish,  bo'lajak 
sarmoyadorlarga  kerakli  m a ’lu m o tla rn i  yetkazish,  fond  bozoridagi 
faoliyatni  oshkora  etish  va  boshqalar  kiradi.
Qimmatli  qog'ozlar  bozorining  maxsus  infratuzilmasiga  qimm atli 
q o g 'o z la r  bozorida  o 'z   faoliyatini  asosiy  faoliyat  sifatida  am alga 
oshiruvchi  maxsus  malakali  investitsiya  institutlari  kiradi.  Bunday 
maxsus  investitsiya  institutlariga  quyidagilar  kiradi:
1.  Investitsiya  maslahatchisi;
2.  Investitsiya  vositachilari;
3.  Investitsiya  kompaniyalari;

4.  Investitsiya  fondlari;
5.  Boshqaruvchi  kompaniyasi;
6.  Depozitariylar;
7.  Qimmatli  qog'ozlarni  reestrini  saqlovchisi;
8.  Hisob-kliring  palatasi;
9.  Qimmatli  qog'ozlarning  nominal  saqlovchisi.
Biz yuqorida sanab o'tgan investitsiya institutlari qimmatli qog‘ozlar 
bozorida  amaldagi  qonunchilikda  ko'zda  tutilgan  va  bu  faoliyatni 
amalga  oshirish  u c h u n   maxsus  litsenziya  olgandan  so‘ng  ish  yuritishi 
m umkin.  O 'z  faoliyatida  vakolatiga  kirmagan  operatsiyalarni  amalga 
oshirish  qonun an  taqiqlanadi.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  amaldagi  qonunchiligiga  asosan 
investitsiya  institutlari  q im m atli  q o g ‘ozlar  bozorida  faoliyat  olib 
borishlari  u c h u n   vakolatli  davlat  organlaridan  maxsus  litsenziyaga 
h a m d a  kontingentida  maxsus  malaka shahodatnomalariga ega  bo ‘lgan 
mutaxassislarga  ega  b o ‘lishi  shart  hisoblanadi.
Yuqoridagilardan  xulosa  qilish  m um kinki,  qimm atli  q og'ozlar 
b o z o ri  m a m la k a td a   b ir  y o 'la   ikki  vazifani  am alga  o sh irm o q d a . 
Birinchidan,  u  iqtisodiyotning  amal  qilish  samaradorligini  oshirishga 
ijobiy  t a ’sir  k o ‘rsatm oqda,  ikkinchidan  qimmatli  qog‘ozlar  bozori 
yordam ida  ijtimoiy xususiyatga  ega  b o ‘lgan  qator  muhim  m uam m olar 
hal  etilmoqda.  Bu  omillar  esa  qimmatli  qog'ozlar  bozorini,  uning 
mohiyatini  yanada  chuqurroq  o ‘rganishni  taqozo  etadi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling