O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/34
Sana09.02.2017
Hajmi24 Kb.
#50
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34

Kredit  pullar.  Xo'jalik  yuritish  am aliyotida  tovar  munosabatlari 
u m u m iy   tus  oigan  sharoitda  tijorat  va  bank  krediti  qoilanilishining 
kengayishi shunga olib  keldiki,  o 'z  funksiyalari,  m uom ala sohasi  (che- 
garalari),  kafolatlari  va  shu  kabilarga  k o 'r a   oddiy  pullardan  farq 
qiladigan  va  m utlaqo  boshqacha  qoidalar bilan  boshqariladigan  kredit 
pullar  um um iy   tovar  b o i i b   qoladi.  Kredit  pullar  ijtimoiy-iqtisodiy 
jaray onning  birm u n ch a  rivojlangan,  oliy  sohasiga  xosdir.  U lar  kapital 
ishlab  chiqarishni  t o i i q   egallagan  va  unga  oldingisidan  boshqacha, 
o'zgartirilgan  va  o'ziga  xos  shaklni  berganida  vujudga  keladi.
Tovar-pul m uom alasining rivojlanishiga qarab to io v n in g  pul shakli 
to bora  o 'tk in c h i  b o i i b   boraveradi.  Ayni  bir  vaqtda tovarlarning  ham -

m asi  to b o ra   k o ‘proq  na fa q a t  pullar  orqali,  balki  b e v o sita   ishlab 
chiqarish jarayonida  ijtimoiy e ’tirofga sazovor bo'ladi.  Shu  m uno sabat 
bilan  kredit  pullar  kapitalistik  formatsiyagacha  b o ‘lgan  davrdagi  kabi 
to v ar-pu l  shaklida  m u o m a la d a n   em as,  balki  ishlab  c h iq a rish d a n , 
kapitalning  aylanishidan  o ‘sib  chiqadi.  Pul  kapital,  binobarin,  kredit 
pullar  shaklida  ish  yuritadi.
Kredit  pullari  evolutsiyasi: veksel, banknota,  elektron pullar,  kredit 
kartochkalari.
V eksel 
—  qarzdorning  yozn ia  m ajburiyati  (oddiy  veksel)  yoki 
kreditorning qarzdorga vekselda yozilgan  sum m ani  m uayyan m u d d at- 
dan  keyin  t o ‘lash  t o ‘g ‘risidagi  b u yrug ‘i  (o ‘tk azm a  veksel  —  tratta). 
O ddiy  va  o ‘tkazm a  veksellar  —  b u lar  tijorat  vekseli,  y a ’ni  savdo 
bitim i  asosida  vujudga  keladigan  qarz  m ajb u riy a tin in g   tu rlaridir. 
Shuningdek,  moliyaviy veksellar,  y a ’ni  m uayyan  su m m a d a g i  pullarni 
qarzga berishda kelib chiqadigan  qarz  majburiyatlari  ham   am al  qiladi. 
Xazina  veksellari  ularning  bir  turidir.  B unday  veksel  h u k u m a tn in g  
qisqa  m uddatli  qog‘ozi  b o ‘lib,  uning  am al  qilish  m u d d ati  bir  yildan 
oshmaydi  (odatda,  3—6  oy  b o 'lad i).  Bu  yerda  davlat  q a rz d o r  rolini 
bajaradi.  D o ‘stona  veksellar  —  pulsiz,  real  tijorat bitim i  bilan  b o g ‘liq 
b o im a g a n ,  kontragentlar  to m o n id a n   b u n d a y   veksellarni  b anklarda 
hisobga  olish  y o ‘li  bilan  pullarni  olish  m aqsadida  bir-biriga  yozib 
beradigan  veksellardir.
Vekselning  o ‘ziga  xos  xususiyatlari  quyidagilardir:
a)  abstraktlik  (vekselda  bitimning  aniq  turi  ko‘rsatilmagan);
b)  munozarasizlik  (notariusning  norozilik  haqidagi  dalolatnom ani 
tuzganidan  keyin  to  majburlovchi  choralarni  q o ‘llashgacha  qarzning 
majburiy  ravishda  to'lanishi);
d) 
aylanishlik  (vekselning  t o ‘lov  vositasi  sifatida  u nin g  orqa  to - 
m onida berish  haqidagi  yozuvni  yozib  (jiro  yoki  indossam ent)  boshqa 
shaxslarga berilishi.  Bu veksel  majburiyatlarining o ‘zaro hisobga olinish 
imkoniyatini  yaratadi).
B anknota 
—  bu  bankning  qarz  m ajburiyatidir.  H ozirgi  vaqtda 
banknota  markaziy  bank  to m o n id an   veksellarni  qayta  hisoblash,  turli 
kredit tashkilotlari  va  davlatni  kreditlash  y o ‘li  bilan  chiqariladi.
Banknotalarning  —  kredit  pullarning  shunday  turining  —  m u o - 
malaga  chiqarilishini,  odatda,  banklar turli  xo'jalik jarayo nlari  m u n o - 
sabati  bilan  amalga  oshirilayotgan  kredit  operatsiyalarini  bajarishda 
o ‘tkazishadi.  Ularning aylanishdan olib q o ‘yilishi davlatning xarajatlarni 
amalga  oshirishi  va  darom adlarni  olishida  emas,  balki  x o ‘jalik  ja -

rayonlari  m unosabati bilan  amalga  oshirilayotgan  kredit  operatsiyalari 
asosida  amalga  oshiriladi.
Kredit  pullarning  o'ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki,  ularning 
m uom alaga  chiqarilishi  m uom alaning  haqiqiy ehtiyojlari  bilan  bog'liq 
b o ‘ladi.  Bu shuni anglatadiki,  kredit operatsiyalari ishlab chiqarishning 
real jarayonlari va mahsulotlarning sotilishi  munosabati bilan bajariladi. 
Ssuda,  odatda,  zaxiralarning  muayyan  turlari  t a ’m inot  bo'lib  xizmat 
qiladigan t a ’m inot  asosida beriladi.  Bu qarzdorlarga beriladigan to'lov 
vositalarining  hajmini  m uom alaning  pullarga  bo'lgan  haqiqiy  ehtiyoji 
bilan  bogMashga  imkon  beradi.  Ayni  shu  xususiyat  kredit  pullarining 
eng  m uh im   afzalligidir.
K redit  pullar  (banknotalar)  bilan  qog‘oz  pul  belgilari  o ‘rtasidagi 
eng  m uh im   tafovut  ularning  muomalaga  chiqarilishidagi  o ‘ziga  xos 
xususiyatlaridadir.  Agar banknotalar ishlab chiqarishning real jarayonlari 
va  m ahsulotlarning  sotilishi  m unosabati  bilan  bajariladigan  kredit 
operatsiyalari  m unosabati  bilan  m uom alaga  chiqariladigan  b o ‘lsa, 
qog‘oz  pullar  muomalaga  b unday  bog'lanishsiz  chiqariladi.
Tijorat  banklarining  tashkil  etilishi  va  erkin  pul  mablagMarining 
joriy  hisobvaraqlarda  t o ‘planishi  bilan  chek  sifatidagi  m uomalaning 
kredit  vositasi  paydo  b o ‘ldi.  C hek  —  bu  om onatchining  tijorat  yoki 
m arkaziy  bankka  yozib  beradigan  o ‘tkazm a  vekselining  bir  turidir. 
C h e k   jo riy   hisobvaraq  egasining  bankka  chek n i  tu tib   turuvchiga 
m uayyan  summadagi  pullarni  to'lash  yoki  bunday  sum m ani  boshqa 
joriy   hisobvaraqqa  o ‘tkazish  haqidagi  yozm a  buyrug‘idir.  Cheklar 
birinchi  m arta  1683-yilda  Angliyada  paydo  bo'lgan.
C h e k d a   yozib  q o ‘yilgan  buyruq  huquqi  va  uning  bajarilishi  maj- 
buriyati  bank  bilan  mijoz  o ‘rtasidagi  chek  shartnomasiga  asoslanadi. 
U shbu  sh artn o m ag a  m uvofiq  mijozga  o ‘zining  va  qarzga  olingan 
m ablag‘laridan  foydalanish  ruxsat  etiladi.  Bank taqdim   qilingan  chek- 
larga  n aqd  pullar  bilan  yoki  mablag'larni  chekni  beruvchining  ushbu 
yoki  boshqa bank  muassasasidagi  hisobvarag'idan  o ‘tkazish  yo ‘li bilan 
haq  to'laydi.  Chek  qisqa  m uddatda  amal  qiladigan  vosita  sifatida 
t o ‘lov vositasi  m aqom iga  ega  bo'lm aydi  va  pullar  emissiyasidan  farqli 
ravishda muomaladagi chekiar soni  qonunlar bilan tartibga solinmaydi, 
balki  bu tunlay  tijorat  m uom alasining  ehtiyojlari  bilan  belgilanadi. 
Shuning uch u n  cheklar bilan hisob-kitob qilish shartli tusga ega b o ‘ladi: 
qarzdorning chekni taqdim   etishi uning kreditor oldidagi majburiyatini 
uzdi  degani  em as  —  b u n d a y   majburiyat  faqat  bankning  chekning 
haqini  to'lagan  paytida  uziladi.

Shunday  qilib,  chekning  iqtisodiy  mohiyati  shundaki,  u  bankdan 
naqd  pullarni  olish  vositasi  b o ‘lib  xizmat  qiladi,  m u o m a la   va  toMov 
vositasi  b o ‘ladi  va,  nihoyat,  n aq d   pullarsiz  h isob -k itoblar  vositasi 
hisoblanadi.  Aynan  shu  cheklar  asosida  o ‘zaro  e ’tirozlarning  asosiy 
qismi  naqd  pul  ishtirokisiz  uziladigan  naqd  pullarsiz  hisob-kitoblar 
tizimi  vujudga  keldi.
C heklar  muomalasiriing jadal  rivojlanishi,  cheklar  inkassatsiyasiga 
doir operatsiyalarning ko‘payishi ular bilan  ishlash xarajatlarining ancha 
oshib  ketishiga  olib  keldi.  K e y in ro q ,  b ank   sohasiga  f a n -te x n ik a  
taraqqiyoti  yutuqlarining  tatbiq  etilishi  tufayli  cheklar  bilan  ishlash 
va joriy  hisobvaraqlarning  yuritilishi  E H M la rd a n   foydalanish  asosida 
bajariladigan  bo‘ldi.  N aqd  pullarsiz  hisob-kitoblar am aliyotining  ken- 
gayishi,  bank  operatsiyalarining  mexanizatsiyalashuvi  va  avtom at- 
lashuvi,  EH M larning ancha  m u k am m al turlaridan  keng foydalanishga 
o ‘tish  qarzni  elektron  pullarni  qo'llagan  holda  uzish  yoki  berishga 
doir  yangi  uslublarning  vujudga  kelishiga  asos  bo'ldi.
Elektron  pullar  —  bu  banklarning  kompyuteri  xotirasidagi  hisob- 
varaqlardagi  pullar  bo‘lib,  ularning  tasarruf qilinis'ni  rnaxsus  elektron 
qurilm a  yordam ida  amalga  oshiriladi.  E lektron  asosdagi  to 'lov lar 
tizimining  ommalashuvi  pul  m uom alasi  evolutsiyasining  sifat jihatdan 
yangi  bosqichiga  o ‘tishni  tasdiqladi.
Bank  ishida  EH M larning  om m alashuvi  asosida  cheklarni  plastik 
k a rto c h k a la r   bilan  alm ashtirish  im koniyati  paydo  b o ‘ldi.  Plastik 
kano ch k alar  hisob-kitoblarning  naqd  pullar  va  cheklarning  o ‘rnini 
bosadigan,  shuningdek,  uning  egasiga bankdan  qisqa  m uddatli  ssudani 
olishiga  imkon  beradigan  vositasidir.  Plastik  kartochkalari  chakana 
savdo  va  xizmat  ko‘rsatish  sohalarida  eng  ko‘p  q o ‘llanilm oqda.
1.2.  Bozor  iqtisodiyotida  pullarning  funksiyalari
Pullarning  iqtisodiy  kategoriya  sifatidagi  m ohiyati  ularning  ichki 
mazmuiiini ifodalaydigan funksiyalarida nam oyon b o ‘ladi.  Pullar quvi- 
dagi  beshta  iunksiyani  bajaradi:  qiym at  o'lchovi,  m u o m a la   vositasi, 
to‘lov  vositasi,  to'lash  va ja m g ‘arish  vositasi,  jah o n   pullari.
Puining  qiymat  oMchovi  sifatidagi  funksiyasi.  Pullar u m u m iy   ekvi- 
valent  sifatida  ham m a  tovarlarning  qiym atini  o ‘lchaydi.  Tovarlarni 
ishlab  c h iq a rish   u c h u n   sa rfla n g a n   ijtim o iy   z a r a r   m e h n a t   u larn i 
tenglashtirish uchun shaioit yaratadi.  H a m m a  tovarlar ijtimoiy zaruriy 
m ehnat  mahsuli hisoblanadi,  sh uning u c h u n  o ‘z qiymatga ega  bo'lgan

haqiqiy  pullar  (kumush,  oltin)  boshqa  barcha  tovarlar  qiymatining 
o ‘lchovi  bo'lishi  m umkin.  B unda tovarlar qiymatining pullar vositasida 
o'lchanishi  ideal tarzda yuz beradi, y a ’ni tovar egasida naqd  pullarning 
b o ‘lishi  shart  emas.
S h unday  qilib,  pullar  qiymat  o ‘lchovidan  iborat  b o ‘ladi.  Jamiyat 
pul  birligidan  turli  xil  n e ’m atlar  va  resurslarning  nisbiy  qiymatlarini 
solishtirish u c h u n  masshtab sifatida  foydalanishni  qulay deb  hisoblaydi. 
Masofani  m etrlar va  kilometrlarda yoki  vaznni gram m lar va kilogram- 
m larda  oMchaganiga  o'xshatib  n e ’m atlar  va  xizm atlarning  qiymati 
ham  pul  ifodasida  solishtiriladi.  Bu  shubhasiz  afzalliklarga  ega.  Pul 
tizimi  tufayli  h ar  bir  m ahsulotning  narxini  uni  almashtirish  mumkin 
b o ‘ladigan  boshq a  h a m m a   m ah su lo tlar  orqali  ifodalashga  zarurat 
qolmaydi.  Pullarning  u m u m iy   ekvivalent  sifatida  foydalanilishi  shuni 
anglatadiki,  har  qanday  tovarning  narxini  faqat  pul  birligi  orqali  ifo- 
dalash  yetarli  b o ‘ladi.  Pullarning shu  tarzda  ishlatilishi  bitim   qatnash- 
chilariga  har  xil  tovarlar  va  resurslarning  nisbiy  qim m atini  osonlik 
bilan  solishtirish  imkonini  beradi.
Hozirgi  d u n y o d a   turli  n e ’m atlarning  q im m ati  bir  xildagi  pul 
birliklarida  —  bir-biriga  yengillik  bilan  o'tkaziladigan  (konvertatsiya 
qilinadigan)  dollarlar va shu  kabilarda  ifodalanadi.  Tovarning pullarda 
ifodalangan  qiymati  narx  deyiladi.
N arx  tovarlarni  ishlab  chiqarish  va  sotish  uchun  zaru r  ijtimoiy 
m ehnat  xarajatlari  bilan  belgilanadi.  Tovarlarning  narxi  va  ularning 
harakati  negizida  qiym at  qonuni  yotadi.  Tovarning  narxi  bozorda 
shakllanadi  va  tovarlarga  talab  h a m d a   taklifning  teng  boMganida 
bunday narx tovarning qiymati va pullarning qiymatiga bog‘liq b o ‘ladi. 
Bozordagi  talab  va  taklif  bir-biriga  muvofiq  kelm aganida  tovarning 
narxi  m u q arrar  ravishda  uning  qiymatidan  chetga  tebranib  o ‘zgaradi. 
N arxlarning  tovarni  ishlab  chiqam vchm ing  qiymatidan  yuqoriga  va 
pastga  o ‘zgarishlari  qanday  tovarlarning  ortiqcha  ishlab  chiqarilgani, 
qaysilarining  kam  ishlab  chiqarilganidan  dalolat  beradi.
Qiymatiga  ko‘ra turlicha bo'lgan tovarlarning narxlarini  solishtirish 
uch u n   ularni  bir  m asshtabga  keltirish,  y a’ni  ularni  bir  xildagi  pul 
birliklarida ifodalash zarur.  M etall  pullar muomalasida narxlar massh- 
iabi  deb  ushbu  m am lakatda  pul  birligi  qilib  qabul  etilgan  va  boshqa 
barcha  tovarlarning  narxlarini  o ‘lchash  uchun  xizmat  qiladigan  pullik 
m etallning  vazni  m iqdoriga  aytiladi.
O ltinning  m u o m alad a  b o ‘lgan  sharoitida  narxlarning  masshtabi 
oltinning  m uayyan  m iqdoriga  tenglashtirilgan  pul  birligining  belgila-

nishini  nazarda tutardi.  XX asrda pullarning xaridchilik qobiliyatining 
pasayishi  kuzatildiki,  bu  pul  birligidagi  oltinning  kamayganligida  o ‘z 
ifodasini topdi.  Masalan,  1900-yilda AQSH  dollari  1,50463  g ram m ga, 
1934-yilda  —  0,888671  grammga,  1973-  yilda  —  0,736 g ram m g a  teng 
b o i d i .  Rossiyada  moliya  vaziri  S.Yu.  Vittening  (1895— 1897-yillar) 
islohoti  b o ‘yicha  rublning  tarkibidagi  oltin  0,774234  g ra m m   qilib 
belgilandi.  1950  yilda  bunday  tarkib  0,222169  g ram m n i,  1961 -yilda 
esa  (narxlar  masshtabi  o ‘zgarishi  bilan)  —  0,987412  gram m   b o i d i .
1976—1978-yillarda joriy qilingan Yamayka valuta tizimi  oltinning 
rasm iy  narxini  va  X alqaro  valu ta  fondiga  (X V F ga)  a ’zo   b o i g a n  
mam lakatlar pul birliklarining oltin tarkibini bekor qildi.  Hozirgi vaqtda 
bu  mamlakatlardagi  narxlarning  rasmiy  masshtabi  tovarlar  qiymatini 
narx vositasida solishtirish  y o i i   bilan  bozorda  ayirboshlash ja ra y o n id a  
stixiyali  tarzda  shakllantiriladi.  Rossiyada  ham   1992-yildan  boshlab 
rubl  bilan  oltinning  rasmiy  o ‘zaro  nisbati  nazarda  tutilm agan.
Pullarning muomala vositasi sifatidagi funksiyasi. 
Pullardan tovarlar 
va  xizmatlarni  xarid  qilish  va  sotishda  foydalanish  m u m kin.  Pullar 
m u o m a la   (yoki  ayirboshlash)  vositasi  sifatida jam iyatni  barterli  (m a- 
vozali)  ayirboshlashning  noqulayliklaridan xalos  qiladi.  Pullar h a m m a  
joyda  va  osonlik  bilan  t o i o v   vositasi  sifatida  qabul  qilinadi.  U shb u 
ijtimoiy ixtiro  resurslarning egalariga va  ishlab chiqaruvchilarga alohida 
«tovar»  (pullar)  bilan  haq  to ia s h g a   imkon  beradiki,  bu n d a y   alohida 
tovar  keyinchalik  bozorda  mavjud  b o i g a n   har  q a n d a y   tovarni  sotib 
olish  u c h u n   ishlatilishi  mumkin.  Pullar tovarlar bilan  ayirboshlashning 
qulay usuli b o iis h  bilan jamiyatga  mintaqaviy ixtisoslashuv va od am lar 
o ‘rtasidagi  m ehnat taqsimotining  m ahsullaridan  foydalanish  imkonini 
beradi.  Tovarlar  m uomalaga  kirishishigacha  pullarda  ideal  bah ola- 
nadigan  birinchi  funksiyadan  farqli  ravishda  pullar  to varlar  m u o m a - 
lasida  real  ishtirok  etishi  kerak.  Pullarning  m u o m a la d a   real  ishtirok 
etishi va ularning ayirboshlashdagi  ishtirokining o ‘tkinchiligi  m uo m ala 
vositasi  sifatidagi  pullarning  o ‘ziga  xos  xususiyati  hisoblanadi.  Shu 
sababli  to ia q o n li  b o im a g a n   pullar  —  qog‘oz  va  kredit  pullar  ham  
m uom ala vositasi funksiyasini bajarishi  mumkin.  Hozirgi v a q td a  kredit 
pullar  deb  ataladigan  pullar:  veksellar,  banknotalar,  cheklar,  banklar- 
ning  kredit  kartochkalari  pul  m uom alasida  h uk m ro n   vaziyatni  egallab 
turibdi.
Pullarnin g  t o i o v   vositasi  sifatid agi  fu n ksiyasi. 
P u lla rn in g   bu 
funksiyasi  kapitalistik  xo‘jalikda  kredit  m unosabatlarining  rivojlanishi 
tufayli  vujudga  keldi.  Pullar  tovarlarning  kreditga  sotilishida  t o i o v

vositasi  sifatida foydalaniladi,  buning  zarurligi tovarlami  ishlab  chiqa- 
rish  va  sotishning  shart-sharoitlari  bir  xilda  emasligi,  ularni  ishlab 
chiqarish  va  muomalasi  m uddatining turli xilligi,  ishlab  chiqarishning 
m avsum iy  tusdaligi,  sh u n in g d ek ,  ishchilar  va  x izm a tc h ila rg a   ish 
haqining  t o ‘lanishida  foydalaniladi.
T o'lov  aylanishida  elektron p u lla m ing joriy qilinishi  toMovlarning 
tezlashishi,  m uom ala xarajatlarining kamayishi va korxonalar rentabel- 
ligining oshishiga yordam beradi.  Bunday tizim AQSHda  1970-yillardan 
boshlab  to'lov  munosabatlari  mexanizmiga  ayniqsa  tez  su r’atlar bilan 
jo riy   qilindi.  Avtom atlashtirilgan  hisob-kitob  palatalari,  avtom at- 
lashtirilgan  kassir tizimi va xarid qilish punktida o ‘rnatilgan term inallar 
tizimi ularning asosiy elementlari hisoblanadi.  Elektron pullar negizida 
k r e d it  kartochkalari  paydo  bo 'ld i.  U lar  to ‘lovlarning  n aq d   pullar 
bilan  bajarilishini  qisqartirishga  yordam   berib,  naqd  pullar  va  chek- 
larning  o ‘rnini  bosadigan  hisob-kitoblar vositasi  b o ‘lib  xizm at  qiladi. 
Kredit kartochkalarining ahamiyati shundaki, ulardan foydalanish naqd 
pullar ishlatiladigan sohani toraytiradi, tovarlar va xizmatlarni sotishda 
va  iqtisodiyotdagi  tanazzul  holatlarini  bartaraf  etishda  kuchli  stimul 
b o ‘lib  hisoblanadi.
Pullarning  to ‘plash  va  jam g‘arish  vositasi  sifatidagi  funksiyasi. 
Pullar  ularning  egasiga  har  qan d ay  tovarni  olish  huquqini  ta ’minlash 
bilan  ijtimoiy boylikning u m um iy  timsoli  hisoblanadi.  Shuning uchun 
o d a m la rd a   ularni  t o ‘plash  va  jam g 'a rish g a   intilish  paydo  b o ‘ladi. 
Iqtisodiy subyekt  o ‘z  m ahsulotiga  haq to ia n ish i  evaziga  pullarni  olish 
bilan  m uayyan  «sof  boylik  zaxirasi»ni  yaratadi.  Bunday  zaxira  qisqa 
m uddatli  (agar  individ  boshqa  tovarni  sotib  olish  bilan  pullarini  shu 
yerning  o ‘zidayoq  sarflasa)  yoki  uzoq  muddatli  (agar  individ  pullarini 
kelgusida xarid qilish yoki  qarzini t o ‘lash uchun saqlab  q o ‘ysa)  b o ‘lishi 
mumkin.
Pullar  ja m g ‘arm a  vositasi  funksiyasini  bajaradi,  shuning  uch u n  
ular  buni  eng  qulay  shaklda  ja m g ‘arishga  imkon  beradi.  Pullar  eng 
likvidli,  y a’ni  sarflash  u c h u n   eng  oson  tovar  b o ‘lganligi  sababli  ular 
boylikni  saqlashning  eng  qulay  shakli  hisoblanadi.  B unda  shuni  qayd 
q ila m iz k i,  inflatsiya  s h a ro itid a   b u n d a y   afzallik  m u ay y a n   tarz d a  
y o ‘qoladi va  pullarning qadrsizlanishini  hisobga  olish  zarurati vujudga 
keladi.  Pullarga  egalik  qilish,  ularni  saqlash,  qimm atli  qog‘ozlarni 
(aksiyalar,  obligatsiyalar va  shu  kabilarni)  saqlashdagi  kabi  m iqdorda 
pul  d a r o m a d in i  olib  k e lm a y d i.  Biroq  p u llar  s h u n d a y   afzallikka 
egaki,  u la r   k o rx o n a   t o m o n i d a n   yoki  uy   x o ‘jalig id a   h a r   q an d ay

m oliyaviy majburiyatni qondirish uchu n   hech qanday to'siqsiz ishlati- 
lishi  mumkin.
Tovar  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi  bilan  pullarning  t o ‘plash 
va ja m g ‘arish  vositasi  sifatidagi  funksiyasi  h a m   oshib  boradi.  T o ‘plash 
va  ja m g ‘arishsiz  takror  ishlab  chiqarish  jara y o n in i  am alga  oshirib 
bo'lmaydi.  K o'proq foyda olishga bo'lgan  intilish tadbirkorlarni  pullarni 
xazina  sifatida  saqlamaslik,  balki  ularni  aylanishga  sarflashga  m ajbur 
qiladi.
M etall  pullar  muomalasi  sharoitida  m arkaziy  emissiya  banklari 
ichki  pul  muomalasining zaxiralari shaklida oltin zaxiralariga,  b an k n o - 
talarni  oltinga  almashtirish  va  xalqaro  to 'lo vlar  u ch u n   zaxiralarga  ega 
b o ‘lishi shart edi.  Hozirgi vaqtda oltinning m uom aladan chiqarilganligi, 
banknotalarning oltinga almashtirilishi t o ‘xtatilganligi va oltin  paritet- 
larning  bekor  qilinganligi,  ya’ni  asl  m etallning  xalqaro  aylanishdan 
chiqarilganligi sababli  markaziy bank oltin zaxirasining barcha b un day  
funksiyalari  bekor b o ‘ldi.  Shu  bilan  birga,  oltin  strategik zaxira sifatida 
markaziy  banklarda  saqlanishda  davom   etm oqda.
Jahon  pullari  funksiyalari. 
Tashqi  savdo  aloqalari,  xalqaro  qarzlar, 
tashqi sherikka xizmatlar ko'rsatilishi jah o n   pullarining paydo boMishini 
taqozo etdi.  U lar um um iy to'lov vositasi,  u m u m iy  xarid  qilish vositasi 
va  ijtimoiy  boylikning  u m um iy  m oddiylashtirilishi  sifatida  faoliyat 
yuritishadi.
Pullarning  barcha beshta  funksiyasi  pullarning  tovarlar va  xizm at- 
larning  um um iy  ekvivalenti  sifatidagi  yagona  m ohiyatini  n am o yon  
qiladi.  U lar  chambarchas  b o g iiq likd a  va  birlikda  bo'ladi.  M antiqan 
va tarixiy jihatdan  har bir navbatdagi  funksiya b undan oldingi  funksiya- 
larning  muayyan  rivojlantirilishini  nazarda  tutadi.
Pullarning sanab o'tilgan funksiyalarni  bajarishi tufayli ular,  ayniq- 
sa,  bozor  iqtisodiyotida  ishlab  chiqarishning  rivojlanishida  asosiy  roi 
o ‘ynaydi.  Pullarning iqtisodiy tizimdagi  ijtimoiy roli shundan  iboratki, 
ular  mustaqil  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  o'itasidagi  bog'lab  turuvchi 
b o ‘g ‘in,  shuningdek,  tovar  xo'jaligidagi  ijtimoiy  m ehn atni  hisobga 
olish  vositasi  hisoblanadi.  P u llar  tov arlarga  narxlarni  belgilashda 
qatnashadi.
Pullar  ijtimoiy  mahsulot  ishlab  chiqarilishiga  xizmat  ko'rsatadi, 
ularning  yordam ida  milliy  daro m ad n in g   davlat  budjeti,  soliqlar  va 
qarzlar  orqali  hosil  qilinishi,  taqsim lanishi,  qayta  taqsimlanishi  va 
ishlatilishi  amalga  oshadi.  Pullar  korxonalarning  x o ‘jalik  faoliyatida, 
davlat  organlarining  faoliyat  ko'rsatishida,  o dam larning  ishlab  c hiq a-
2 -  O.Yu.  Rashidov  va  bosh.
17

rishning rivojlanishi va samaradorligining oshishidan,  resurslarning tejab 
ishlatilishidan  manfaatdorligini  oshirishda  m u h im   roi  o ‘ynaydi.
Pullarning sanoat jihatdan  rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyo- 
tini  pul-kredit orqali tartibga solish  pullarning monetaristik nazariyasiga 
asoslangan  sharoitdagi  roli  g'oyat  katta.  Bunday  m am lakatlarda  har 
yili  pul  massasini  o'zgartirish  u c h u n   pul  y o ‘nalishi  belgilanadi  va 
unga  muvofiq  markaziy  bankning  kredit  vositalari  yordam ida  ushbu 
massaning tartibga solinishi amalga oshiriladi.  Rossiyada iqtisodiyotning 
beqaror  rivojlanishi  oqibatida pul  massasini  o'zgartirishning yo'nalishli 
ko ‘rsatkichi  bir  oyga  belgilanadi.  Bunday  pul-kredit  orqali  tartibga 
solishning  maqsadi  —  pul  massasining  o'sishini  tutib  turish,  agar 
inflatsiyaga  y o ‘l  qo 'y ilg an  b o ‘lsa,  uni  b a rta ra f  qilish  yoki  paydo 
b o ‘layotgan  inflatsiya jarayonlarini  tutib  turish,  mamlakatdagi  ishlab 
chiqarishning  o ‘sishini  rag‘batlantirish.
Pullar  um um iy  ekvivalent  sifatida  barcha  tovarlarning  qiymatini 
o ‘lchaydi.  H a m m a   tovarlar  ijtimoiy  zaruriy  m ehnat  mahsuli  ekanligi 
sababli  o ‘zi  qiymatga  ega  b o ‘!gan  real  pullar  boshqa  barcha  tovarlar 
qiy m atining   o ‘lchovi  (etalo n i)  b o 'lish i  m um kin.  B u n d a   to v arlar 
qiymatining pullar vositasida o'chanishi  ideal tarzda,  ya’ni  naqd  pullar 
ishtirokisiz  yuz  beradi.
Shunday qilib,  pullar qiymat oMchovidan  iborat b o ‘ladi.  Shubhasiz, 
pul  birligidan  turli  xil  n e ’m atlar  va  xizmatlarning  nisbiy  qiymatlarini 
solishtirish  uch un   m asshtab  sifatida  foydalanish  qulay  hisoblanadi. 
N e ’matlar va xizmatlarning qiymati  masofani  kilometrlarda yoki vaznni 
kilogrammlarda  o ‘lchaganiga  o'xshatib  solishtiriladi.
Pullarning  um um iy  ekvivalent  sifatida  foydalanilishi  shuni  angla- 
tadiki,  har  qanday  tovarning  narxini  faqat  pul  birligi  orqali  ifodalash 
yetarli  bo‘ladi  B unda tovarning pullarda  ifodalangan  qiymati  tovarning 
narxi  deyiladi.
Tovarlarning narxi va ularni o ‘lchash  negizida qiymat qonuni yota- 
di.  Tovarning  narxi  bozorda  shakllanadi  va  tovarlarga  talab  hanida 
taklifning teng b o ‘lganida bunday narx tovarning qiymati va pullarning 
qiymatiga  bog‘liq  bo'ladi.  Bozordagi  talab  va  taklif bir-biriga  muvofiq 
kelmaganida tovarning  narxi  m uqarrar ravishda uning qiymatidan chet- 
ga  tebranib  o ‘zgaradiki,  bu  m uayyan  tovarlarning  ortiqcha  ishlab 
chiqarilgani  yoki  kam   ishlab  chiqarilganidan  dalolat  beradi.
Pullar m uomala (yoki ayirboshlash) vositasi sifatida jamiyatni barterli 
(mavozali)  ayirboshlashning  noqulayliklaridan  xalos  qiladi.  Pullar 
ham m a  joyda  va  osonlik  bilan  toMov  vositasi  sifatida  qabul  qilinadi.

U shbu  ijtimoiy  ixtiro  ishlab  chiqaruvchilarga  alohida  tovar  (pullar) 
bilan  haq  to ia s h g a  im kon  beradiki,  bunday alohida  tovar keyinchalik 
b o z o rd a   m av jud   b o ‘lgan  h a r   q a n d a y   to v a rn i  sotib  o lish  u c h u n  
ishlatilishi  m um kin.  Pullar tovarlar bilan  ayirboshlashning  qulay usuli 
b o ‘lish bilan jamiyatga mintaqaviy ixtisoslashuv va jamiyatdagi m e h n a t 
taqsimotining  m ahsullaridan  foydalanish  im konini  beradi.  Tovarlar 
m uom alag a  kirishishigacha  pullarda  idéal  b ah o la n a d ig a n   b irin c h i 
funksiyadan  farqli  ravishda  pullar  tovarlar  m uom alasida  real  ishtirok 
etishi  kerak.  Pullarning  m uom alad a  real  ishtirok  etishi  va  ularning 
ayirboshlashdagi ishtirokining o ‘tkincliiligi  m u om ala vositasi sifatidagi 
pullarning  o ‘ziga  xos  xususiyati  hisoblanadi,  shu  sababli  t o i a q o n l i  
b o ‘lmagan  pullar  —  qog‘oz  va  kredit  pullar  h a m   m u o m a la   vositasi 
funksiyasini  bajaraverishadi.  Hozirgi  vaqtda  kredit  pullar:  veksellar, 
banknotalar,  cheklar,  banklarning kredit kartochkalari pul m uom alasida 
h u k m ro n   vaziyatni  egallab  turibdi.
Pullarning  ushbu  funksiyasi  kredit  m unosabatlarining  rivojlanishi 
tufayli  vujudga  keldi.
Pullar  ikki  holatda  t o i o v   vositasi  sifatida  foydalaniladi:
1)  tovarlarning  krcditga  sotilishida;  b u n day  h olatning  zarurligi 
tovarlarni  ishlab  chiqarish  va  sotishning  sh art-sharoitlari  b ir  xilda 
emasligi,  ularni ishlab chiqarish va muomalasi  m uddatining turli xilJigi, 
islüab chiqarishning mavsumiy tusdaligi va shu  kabilar bilan bo g ‘liqdir.
2)  ishchilar  va  xizmatchilarga  ish  haqining  t o ‘lanishida.
Shubhasiz,  to ‘lov  vositasi  funksiyasini  bajarishda  pullar  ularning
m uom ala vositasi tarzidagi harakatidan farq qiladigan o ‘ziga xos harakat 
shakliga  ega  b o ‘ladi.
Agar  pullarning  m uom ala  vositasi  sifatida  amal  qilishida  pullar  va 
tovarlarning  muqobil  harakati  mavjud b o ia d ig a n   b o is a ,  unda u lard a n  
t o i o v   vositasi  sifatida  foydalanishda  bu n d ay   h arakatda  uzilish  yuz 
beradi,  ya’ni  tovarni  kreditga  sotib  olishda  qarzdor  sotuvchiga  faqat 
m u ayyan   (kelishilgan)  m u d d a td a n   keyin  h aq i  t o i a n a d i g a n   qa rz  
majburiyatini  beradi.
T o i o v   aylanishida  elektron  pullarning joriy  qilinishi  t o io v la r n in g  
tezlashishi,  m uom ala xarajatlarining kamayishi  va korxonalar rentabel- 
ligining  oshishiga  yordam   beradi.  A vto m atlashtirilgan  h is o b -k ito b  
palatalari,  avtomatlashtirilgan  kassir  tizimi  va  xarid  qilish  p u n k tid a  
o ‘rnatilgan  term inallar tizimi  ularning  asosiy  elementlaridir.  E lek tro n 
pullar  negizida  kredit  kartochkalari  paydo  b o i d i.  Ular  to io v la r n in g  
naqd pullar bilan bajarilishini qisqartirishga y ordam   berib,  n a q d   pullar

va  cheklarning  o 'rnini  bosadigan  hisob-kitoblar vositasi  b o i ib   xizmat 
qiladî.  Kredit kartochkalarining ahamiyati shundaki, ulardan foydalanish 
naqd  pullar  ishlatiladigan  sohani  toraytiradi,  tovarlar  va  xizmatlarni 
sotishda  stimul  b o i ib   hisoblanadi.
Pullar ularning egasiga har qanday tovar (xizmatlar)ni olish huquqini 
ta 'm in la s h   bilan  ijtim oiy  boylik  tim soli  b o i a d i .   Shuning  u c h u n  
o d a m la rd a   ularni  t o ‘plash  va  ja m g ‘arishga  intilish  paydo  b o i is h i  
m uqarrar.  O dam lar  o ‘z  mahsulotiga  haq  to ia n ish i  evaziga  pullarni 
olish  bilan  ular  m uayyan  zaxirani  yaratishadi.  Bunday  zaxira  qisqa 
m uddatli  yoki  uzoq  m uddatli  b o iis h i  m um kin.
Pullar  ja m g ‘arm a  vositasi  funksiyasini  bajaradi,  chunki  ular  eng 
likvidli  tovar b oiganlig i  sababli  eng qulay shaklda jam g ‘arishga  imkon 
beradi.  Shuni  qayd  qilish  zarurki,  inflatsiya  sharoitida  bunday afzallik 
m uayyan  tarzda yo‘qoladi va  pullarni qadrsizlantirish  zarurati vujudga 
keladi.
Tovar  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi  bilan  pullarning  to ‘plash 
va ja m g ‘arish vositasi  sifatidagi  funksiyasi  h a m   oshib  boradi.  T o ‘plash 
va  jam g'arish siz  tak ro r  ishlab  chiqarish  jaray o n in i  amalga  oshirib 
b o im a y d i,  chunki k o ‘proq foyda olishga b o i g a n  intilish tadbirkorlarni 
pullarni  xazina  sifatida  saqlamaslik,  balki  ularni  aylanishga  sarflashga 
undaydi.
M etall  pullar  m uom alasi  sharoitida  m arkaziy  emissiya  banklari 
ichki  pul m uomalasining zaxiralari shaklida oltin zaxiralariga,  bankno- 
talarni  oltinga  almashtirish va  xalqaro  to io v la r   uch u n   zaxiralarga  ega 
b o iis h i shart edi.  Hozirgi vaqtda oltinning m uom aladan chiqarilganligi 
sababli  M arkaziy  bank  oltin  zaxirasining  barcha  bunday  funksiyalari 
bekor  b o id i.  Shu  bilan  birga,  oltin  strategik  zaxira  sifatida  markaziy 
banklarda  saqlanishda  davom   etm oqda.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling