O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


Download 24 Kb.

bet8/34
Sana09.02.2017
Hajmi24 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34

Qisqa  xulosalar
Kredit tovar —  pul bozor munosabatlari mavjud sharoitidagi takror 
ishlab  chiqarish  kredit  munosabatlari  vujudga  kelishining  tabiiy  asosi 
hisoblanadi.
Kredit  —  bu  vaqtincha  bo‘sh  turgan  pul  mablag‘larini  m a ’lum 
muddatga,  haq  to'lash  sharti  bilan  qarzga  olish  va  qaytarib  berish 
yuzasidan  kelib  chiqqan  iqtisodiy  m unosabatlar  yig‘indisidir.
Ssuda kapitali 
— bu faoliyat ko ‘rsatuvchi kapital aylanishiga xizmat 
qiluvchi  va  foiz  keltiruvchi  ssuda  (qarz)ga  beriladigan  pul  kapitalidir.
Kredit  munosabatlari  iqtisodiyotda  mavjud  aniq  uslubiy  asoslarga 
tayanadi.  U ning  asosiy  elem entlari  b o ‘lgan  ssuda  kapitali  bozori 
operatsiyalari  m a ’lum   tamoyillar  asosida  olib  boriladi.
Ssuda  kapitali  o ‘ziga  xos  tovar  sifatida  gavdalanar  ekan,  u  holda 
u nd a n   foydalanishda  to ‘lanadigan  foiz  kapital  «baho»si  bo'lib  ishtirok 
etadi.
N azorat  va  muhokama  uchun  savollar
1.  Kredit  ninui?
2.  Kreditning  m oh iyati  nim adan  iborat?
3.  Kreditning  zururligini  tushuntirib  bering.
4.  Kredit fu n k siy a la ri  nima?
5.  Kredit  ittifoqlarini  aytib  bering.
6.  Kreditning  m uddatliligi  nim a?
7.  Kreditning  t a ’minlanganligi  n im a?
8.  Tijorat  k re d it  deganda  nimani  tushinasiz
9.  [poteka  krediti  n im a ?
10.  Xususiy  kredit  nima?

III bob.
  M O L I Y A   VA  M O L IY A   T I Z I M I
3.1.  M oliyaning  ijtimoiy  iqtisodiy  mohiyati
Aksariyat  hollarda  aholi  o ‘rtasida  va  ayrim  mutaxassislar  ham  
«moliya» tushunchasini  «pul» tushunchasi bilan aralashtirib yuboradilar. 
H aqiqatda  esa  bunday  emas,  a m m o   pulsiz  moliyaning  ham   boMishi 
m um kin emas.  Ushbu savolni  hal  etish  uch un   moliya  kategoriyasining 
tarixiy  rivojlanish  bosqichlarini  yoritish  kerak  bo'ladi.
M oliya  tarixiy  kategoriya  sifatida  dav latnin g  funksiyalari  va 
ehtiyojlari  ortib  borishi  t a ’sirida  tovar-pul  munosabatlari  sharoitida 
yuzaga  chiqdi.  «Moliya»  tu sh u n c h a si  lo tincha  «
fmancia»  so 'zid an  
olingan  b o ‘lib.  bitimlardan  undiriladigan  t o ‘lov,  darom ad  m a ’nosini 
anglatadi.  11k  bor  moliya  tu sh un ch asi  X III—XV  asrlarda  Italiyaning 
yirik  savdo  va  bank  xizmatlari  markazi  hisoblangan  —  Florcnsiya, 
Venesiya  va  Genuyada  m uo m alag a  kirgan.  Keyin  ushbu  tu sh u n ch a 
x alq aro  k o ‘lam da  keng  is h la tila   b o sh la n ib ,  u  davlat  z im m a sig a  
yuklatilgan  siyosiy va  iqtisodiy funksiyalarni  bajarishi  uchun  m am lakat 
aholisi  o ‘rtasida  pul  resurslarini  jalb  qilish  bilan  bog‘liq  pul  m u n o sa ­
batlari  tizimini  o ‘zida  m ujassam lashtira  boshladi.  U shbu  omil  esa 
moliya  kategoriyasining  o ‘zida  quyidagi  maxsus  xususiyatlarning  aks 
ettirishini  t a ’minlaydi:
—  moliya  ikki  subyekt  o'rtasidagi  pul  m unosabatlari  hisoblanadi, 
ya’ni  pul  ushbu  munosabatlarning  m oddiy  asosi  b o ‘lib  xizmat  qiladi;
—  moliyaviy  m uno sab atlar  jaray on id agi  ishtirokchi  subyektlar 
turlicha  huquq va majburiyatlarga ega b o ‘ladi,  ulardan biri  hisoblangan 
davlat  o ‘ziga  xos  bo'lgan  h u k u m ro n lik   vakolatiga  egadir;
—  moliyaviy munosabatlar jara y o n id a  um um davlat pul  mablagMari 
fondi  hisoblangan  budjet  shakllanadi;
—  davlat  budjetining  d a r o m a d   qism iga  yetarli  m a b la g ‘larning 
m u n tazam   va  to ‘liq  kelib  tu sh ish in i  t a ’m inlash  m aq sadid a  soliqlar, 
yig‘im lar,  bojlar  va  boshqa  t o ‘lovlarga  davlat  m ajburiy   xarakteri 
berildi  h a m d a   buni  am alga  o s h ir is h   u c h u n   d a v la tn in g   h u q u q iy  
faoliyatini  amalga oshiradigan  m axsu s vakolatlarga ega  fiskal  apparat 
tashkil  etildi.  U shbu  holatni  hozirgi  vaqtdagi  O ‘zbekistonga  taq-

qoslasak,  u n d a   0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  Soliq  Q o ‘mitasini 
k o ‘rsatish m um kin.
M oliya  u m u m iq tiso d iy   kategoriya  sifatida  davlatning  faoliyat 
k o 'rsatish i  u c h u n   m o d diy  asosni  tashkil  etadi.  M oliya  davlatga 
yuklatilgan  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  vazifalarni  amalga  oshirish, 
jam iyatda  kengaytirilgan  ishlab  chiqarishni  ta ’minlash  u c h u n   kerakli 
pul  m ablag‘larini yetkazib  beradi.  U shbu faoliyatni  amalga  oshirishda 
soliqlar,  to'lo v lar,  bojlar,  davlat  kreditini  jam lagan  m oliya  davlat 
uch u n   obyektiv  va  zarur  xususiyatga  ega  b o ‘ladi.
Yuqorida qayd etilgan xususiyatlarning barchasi moliyaning tarixiy 
kategoriya  sifatida  vujudga  kelishiga  bevosita  ta ’sir  etgan  omillardan 
hisoblanadi.
Bu  om illarni  o ‘ziga  xos  xususiyatlari  asosida  guruhga  ajratilsa, 
ular  quyidagilardan  iborat  b o ‘ladi:
— jam iyatda  m ehnat  taqsimotining  amalga  oshirilishi va jamiyatni 
turli  ijtimoiy  guruhlarga  b o ‘linib  ketishi;
—  tovar-pul  m unosabatlarining  rivojlanishi  va  shu  asosda  ishlab 
chiqarishning o ‘sishi ham da yalpi  ichki  mahsulot hajmining k o ‘payishi;
—  ja m iy a td a   kerakli  pul  mablagMarini  yaratuvchi  turli  mulk 
shaklidagi  mustaqil  faoliyat k o ‘rsatuvchi  xo'jalik subyektlarining yuzaga 
kelishi;
—  markazlashgan  davlatning  tashkil  topishi.
M oliya  m u n o sa b a tla rid a   p u ln in g   mustaqil  harakati  natijasida 
markazlashgan  va  markazlashmagan  pul  fondlari  tashkil  topadi.  Bu 
holat  esa  moliyaning  m oddiy  m ohiyatini  anglatadi.  Lekin  moliya  pul 
m unosabatlarini  o ‘zida  aks  ettirsada, jamiyatdagi  barcha  pul  m unosa- 
batlari  moliyaga  tegishli  b o ‘lmaydi.  Biz  quyida  moliya  va  pul  m u n o ­
sabatlarini  taqqoslab,  ular  o ‘rtasidagi  farqlarni  ko'rsatishga  harakat 
qilamiz:
1.  Pul  jam iyatda  u m u m iy   ekvivalent  rolini  o'ynaydigan  maxsus 
tovar  hisoblanib,  uning  yord am id a  barcha  xarajatlar  hisobga  olinadi. 
Moliya yalpi ichki  mahsulot va milliy daromadni taqsimlaydigan,  qayta 
taq sim la y d ig a n   iqtisodiy  d a s ta k   b o ‘lib,  u  orqali  pul  m a b la g ‘lari 
fondlarining  tashkil  etilishi  h a m d a   sarflanishi  nazorat  qilinadi;
2.  Pul  o ‘ziga  xos  beshta  funksiyani:  qiymat  o ‘lchovi,  muomala 
vositasi, ja m g ‘arm a vositasi,  to 'lo v  vositasi va jahon puli  funksiyalarini 
bajaradi.  Moliya  bu  funksiyalardan  sifatan  va  m iqdoran  farq  qiluvchi 
o ‘ziga  xos  funksiyalarni  bajaradi.  Biz  keyin  bu  funksiyalarni  t o ‘liq 
yoritam iz;

3.  Pul  moliyadan oldin  paydo b o ‘lgan,  moliya esa tarixiy kategoriya 
sifatidan  puldan  keyin  paydo  bo'lgan;
4.  Pul  moliyaga  nisbatan  keng  iqtisodiy  m unosabatlarni  o ‘zida 
aks ettiradi.  Moliya markazlashgan va  markazlashmagan  pul  fondlarini 
shakllantirish  bilan  bog‘liq  nisbatan  to r  doiradagi  iqtisodiy  m u n o ­
sabatlarni  o ‘zida  aks  ettiradi.
Moliyaning  puldan  farqini  soddaroq  qilib  ochib  berishga  harakat 
qilamiz.  Xodim  o ‘zi  ishlayotgan  tashkilotdan  m ehnat  haqi  oldi.  Bu 
yerda  moliya  m unosabati  yuzaga  chiqadi.  C hunki  tashkilot  m ehn at 
haqini  berish  ja r a y o n id a   davlat  soliqlarini  va  b u d jetd a n   tashq ari 
ja m g 'a rm a   u c h u n   t o ‘lovlarni  hisoblab,  uni  undirib  oladi.  D e m a k , 
xodim  va  davlat  o ‘rtasidag¡  moliya  munosabati  amalga  oshdi.  Keyingi 
misol,  talabaga  dadasi  pul  berdi.  Bu  yerda  pul  munosabati  amalga 
oshdi,  lekin  moliya  m unosabati  amalga  oshm adi.  C hunki,  bu  pul 
munosabatini  davlat  tartibga  solmaydi  va  nazorat  etmaydi.  B unday 
pul  m unosabatlarini  xaridorlar  va  sotuvchilarning  bozorda  yuzaga 
chiqadigan  munosabatlari  misolida  ko'rsatish  mumkin.
Shunday qilib,  moliya -doim o pul  munosabatlaridir,  lekin jam iyat- 
dagi barcha pul  munosabatlari  moliya munosabatlarini tashkil  etmaydi. 
Pul  munosabatlariga  nisbatan  moliya  munosabatlarini  ajratib turadigan 
ko'rinishlar  mavjud.  M oliya  munosabatlari  huquqiy  asosga  ega  va 
tartibga  solib  turiladigan  pul  munosabatlaridir.  Pul  m unosabatlari  esa 
bunday huquqiy asosga ega emas.  Bunday jarayon  ishtirokchilari  m iqdor 
va  shartlarni  o ‘zaro  kelishilgan  holda  belgilaydi.
Ishlab  chiqarish  subyekti  o'zining  ishlab  chiqarishini  kengaytirish 
va  rivojlantirish  m aq sa d id a   m u o m a la g a   obligatsiya  ch iq a rd i.  Bu 
jarayonda  subyekt  amaldagi  qimmatli  qog‘ozlar  to ‘g ‘risidagi  q o nu ng a 
asosan  faoliyat  olib  boradi.  M uom alaga esa  o ‘zining shakllangan  ustav 
kapitalining  100  foizi  m iqdorida  obligatsiya  chiqarish  huquqiga  ega. 
M uo m alaga  chiqarilgan  obligatsiyalar  u c h u n   yuridik  va  jis m o n iy  
shaxslardan  pul  m ablag'lari  jalb  qiladi.  Bu  yerda  pul  m unosabatlari 
yuzaga  kelgan,  lekin  moliya  munosabati  yuzaga  chiqm adi.  Tkkinchi 
misol,  xuddi  shu  subyektning  ishlab  chiqarish  m ahsulotining  eksport 
hajmini orttirish  maqsadida davlat budjeti xarajatlari qismidan sutsidiya 
ajratiladi.
Bu  yerda  moliya  m unosabatlari  yuzaga  chiqdi.  C h u n k i,  x o ‘jalik 
subyektiga davlat to m o n id an  davlat budjetida tasdiqlangan va maqsadli 
subsidiya  berildi.  Bu  pul  m unosabatlari  moliya  qonunchiligi  asosida 
tartibga  solinib  turiladi.

Jamiyatdagi  pul  munosabatlarining asosiy qismi  ekvivalent  xususi- 
yatlarga  ega  boMadi.  Bu  munosabatlarda  bir  to m ondan  pul  resurslari 
oqimi,  ikkinchi tom ondan tovarlaryoki xizmatlar oqimi  harakat qiladi. 
Bu  m unosabat  orqali  ishtirokchilar  o'zlarining  iqtisodiy  ehtiyojini 
q o n d ira d ila r.  M o liy a   m u n o s a b a tid a   pul  h a ra k a ti  n o e k v iv a le n t 
xarakterga  ega  boMadi.  Bu  yerda,  bir  to m o n d a n   pul  oqimi,  ikkinchi 
to m ond an   tovar  yoki  xizmatlar  harakati  oqimi  qarshi  chiqolmaydi. 
M asalan,  bunga  misol  qilib  quyidagini  keltiramiz.  M a ’lumki,  davlat 
budjeti  taqchilligini  qoplashning  xalqaro  amaliyotda  quyidagi  y o 'n a - 
lishlari  mavjud:
1)  Markaziy  bank  tom onidan  q o ‘shim cha  pul  emissiyasini  amalga 
oshirish;
2)  Davlat  budjeti  xarajatlarini  qisqartirish;
3)  Davlat  budjeti  daromadlarini  k o‘paytirish  (soliqlar  stavkasini 
oshirish,  yangi  soliq  turlarini  kiritish);
4)  M u o m a la g a   q im m atli  q o g 'o z   ch iq a rish   y o rd a m id a   davlat 
kreditini  olish.
Bu  holatlar  0 ‘zbekiston  Respublikasiga  taqqoslansa,  yuqorida- 
gilardan  t o ‘rtinchi  y o ‘nalishni  amalga  oshirilayotganining  guvohi 
b o ‘linadi.  M asalan,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  hozirgi 
v a q td a   h u k u m a t   n o m id a n   m u o m a la g a   d a v la t  qisq a  m u d d a t li  
obligatsiyalarini  va  davlat  o ‘rta  m uddatli  g 'a z n a   m ajburiyatlarini 
c h iq a rib ,  u la rn i  yuridik  shaxslar  o rasid a   jo y la sh tirish n i  a m alg a 
oshirm oqda.  Bu  orqali  mavjud  davlat  budjeti  taqchilligi  qisqarmoqda, 
inflatsiya  sur’ati  past  holda  saqlanib  turibdi,  lekin  bir to m o n d a n   tovar 
oqimi  emas,  balki  davlat  qarz  majburiyati  yuzaga  chiqmoqda.
U m u m a n   olganda,  moliya  —  hamisha  pul  munosabatlarini  tashkil 
yetib,  ushbu  m unosabatda  ishtirok  etuvchi  tom onlardan  biri  albatta 
markaziy  davlat,  mahalliy  hokimiyat  yoki  uning  vakolatiga  ega  biron 
bir  organ  bo'lishi  shart.
M oliyaning  ijtimoiy-iqtisodiy  mohiyatini  ochish uchun  unga quyi­
dagi  t a ’rifni  berish  m um kin.  Moliya  —  davlat  to m o n id an   tashkil 
etiladigan  pul  munosabatlarining  yig'indisi  b o ‘lib,  unda  um um davlat 
pul  mablagMari  fondlarini tashkil  etish va  davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy 
va  siyosiy  vazifalarini  bajarish  uchun  taqsimlanish  ham da  sarflanish 
amalga  oshiriladi.
Davlatning  markazlashgan  pul  mablag‘i  fondlarini  tashkil  etishda 
soliqlarning ahamiyati  kattadir.  Soliqlar yordamida esa davlat jam iyatda 
yaratilgan  milliy  darom adni  taqsimlash  va  qayta  taqsimlashni  amalga

oshiradi.  Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  soliqlar  davlatning  qaysi 
tuzum ga  ega  boMishidan  qat’i  nazar  mavjud  b o ‘ladi.  Chunki,  davlat 
jamiyatni boshqarish  (u davlat demokratik tizim, totalitär tizim boMishi- 
dan  q a t’i  nazar)  uchu n   o'zining  oldida  turgan  vazifalarini  bajarish 
niaqsadida  zam r  b o ‘lgan  moliya  mablag‘larini  aynan  soliqlar  h a m d a  
soliq  funksiyalarini  bajaruvchi  boshqa  majburiy  to ‘lovlar  yordam ida 
shakllantiradi.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlari  sharoitida hech qanday davlat 
soliqlarni  bekor qila  olmaydi.  Faqatgina  asosiy  m u am m o   soliq turlari, 
ularning stavkalari va soliqqa tortish  obyektlarini belgilash hisoblanadi. 
Oqilona  va  puxta  islilab  chiqilgan  soliq  siyosatigina  jam iyatda  soliq 
t o ‘lovchilar  o ‘rtasidagi  kelishm ovchiliklarning  oldini  oladi.  Hayot 
tajribasi  shundan  dalolat bermoqdaki,  m am la k a td a y u rid ik v a jis rn o n iy  
shaxslar uchun  ko‘p  turdagi  va yuqori  stavkalar amal  qilishi  natijasida 
soliq  to ‘lashdan  qochish  hamda  turli  y o ‘llar  bilan  soliq  obyektlarini 
yashirish  holatlari  yuzaga  keladi  va  kuchayishi  ainalga  oshadi.  Biz  bu 
holatni  AQSHlik  iqtisodchi  olim  Ar.  Leffer  egrisi  yordam ida  yoriti- 
shimiz  mumkin  (3-chizma).
Ar.  Leffer  o ‘z  izlanishida  m am lakatdagi  soliq  stavkalari  yuqoriligi 
va  davlat  budjetiga  ular  orqali  kelib  tu s h a d ig a n   soliqlar  m iqd ori 
o ‘rtasidagi  o ‘zaro  bog‘liqlikni  tahlil  qilgan.  Tahlil  natijasida Ar.  Leffer 
quyidagilarning  guvohi  b o ‘lgan:  davlat  t o m o n id a n   soliq  stavkasini
3-chizma.  Leffer egrisi.1
1  Manba:  Мамедов  О.Ю.  Современная  экономика.  —  Ростов Д.:  Ф еникс. 
1998.

oshirishning  dastlabki  bosqichida  budjetga  soliq  tushumlari  miqdori 
ortadi.  Lekin  soliq  stavkasi  m a ’lum  chegara  M d a n   ortgandan  so‘ng, 
budjetda  soliq  tushum larining  kamayishi  kuzatiladi.  Chunki,  soliq 
stavkasining ortishi ishlab chiqarishni rivojlantirishni qanoatlantirmaydi. 
B uning   n a tija sid a   davlat  budjetiga  kela y o tg an   soliq  tu sh u m la ri 
kamayadi.  Ar  Letïer  egrisiga  asosan,  yuqori  stavkadagi 
 nuqtasidan 
soliq  tushumlari  m iqdori  bilan 
L  past  stavkadagi  soliq  tushum lari 
miqdori bilan teng.  Lekin 
 nuqtadagi soliq stavkalari ishlab chiqarishni 
rivojlantirishni  rag'batlantirmaydi  va  buning  aksi 
L  nuqtadagi  soliq 
stavkalari  ishlab  chiqarishni  kengaytirishga  asos  yaratadi  va  buning 
natijasida  m am lakatda  yaratilayotgan  milliy  d arom ad  ortadi.  0 ‘z- 
bekiston  Respublikasida  ham   bozor iqtisodiyotiga bosqichm a-bosqich 
o ‘tish,  iqtisodiyotni  rivojlantirish  natijasida  soliq  stavkalarining  pasay- 
tirilishi  ham da  b a ’zi  soliq  turlarining  bekor  qilinishi  amalga  oshiril- 
moqda.  Lekin shuni  alohida t a ’kidlash  lozimki,  bu soliq stavkalarining 
pasaytirilishiga  qaram ay,  keyingi  yillarda  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
davlat  budjetining  taqchilligi  qisqarmoqda.
Tarixan  davlat  o ‘zining  rivojlanish  bosqichlarida  xarajatlarning 
sarflanishida  asosan  t o ‘rt  y o ‘nalishga,  y a ’ni,  davlatning  boshqaruv 
xarajatlari,  harbiy  xarajatlar,  iqtisodiyotni  rivojlantirish  xarajatlari 
ham da  ijtimoiy  soha  xarajatlariga  y o ‘naltirilgan.  Xarajatlar  tarkibida 
u  yoki  bu yo'nalish  xarajatlarining egallagan  ulushi  davlatdagi  mavjud 
siyosiy tuzumga,  iqtisodiy  rivojlanish  darajasiga,  texnik,  tabiiy,  demo- 
grafik  holatiga  ham da uning  chegaradosh  m am lakatlar va um um jahon 
hamjamiyatidagi  hodisalarga  asosan  turlicha  b o ‘lgan  va  b o ‘lib  kel- 
moqda.
Davlatning  shakllangan,  markazlashgan  bu  mablag‘lari  fondlarini 
alohida  hudud,  iqtisodiyotning  alohida  olingan  tarm og‘i  yoki  xo'jalik 
subyektlari  iqtisodiy  manfaatlarini  qondirish  maqsadida sarflamasdan, 
balki  jam iyat  ijtimoiy-iqtisodiy  manfaatlarini  to ‘liq  mos  keladigan 
xarajatlarini  moliyalashtirishga  sarflanadi.  U shbu  y o ‘nalishda  h u - 
dudlarda aholini  ish joylari bilan ta ’minlash,  demografik holatni hisobga 
oigan  hold a  aholini  ijtimoiy  him oya  qilish,  hu dudlarni  iqtisodiy 
rivojlantirish  kabi  um um jam iyat  ehtiyojlar  hisobga  olinadi.  Xarajatlar 
adresli  b o 'lis h in i  am alga  oshirish  m aq sa d id a   m arkazlashgan  pul 
mablagMari  fondlarining  turli  tadbirlarni  moliyalashtirishga  m o ‘ljai- 
langan  fondlarga  ajratish  amaliyoti  mavjud.  0 ‘zbekiston  R espub- 
likasining  2000-yil  14-dekabrda  qabul  qilingan  «Budjet  tizimi  to ‘g‘ri- 
sida»gi  qonuniga  asosan  m am lakatim izda  quyidagi  markazlashgan

maqsadli  pul  fondlari  tashkil  etiladi:  Davlat  budjeti,  Respublika  y o i  
ja m g ‘armasi,  davlat  bandlik  ja m g ‘arm asi,  budjetdan  tashqari  pensiya 
ja m g ‘armasi  va  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  M ulk  qo'm itasining 
maxsus  fondi.
Lekin  shuni  ham   t a ’kidlab  o 't is h   lozim ki,  bu  m aqsadli  m ar- 
kazlashgan  pu!  fondlarini yana bir o ‘ziga xos tom oni shundan  iboratki
ulardagi  xarajatlarning  sarflanishi  faq a t  O 'z b e k isto n   Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasining  t o i i q   ixtiyorida  b o iad i.
Ja m iy a td a   m a rk a zla sh g an   pul  f o n d la r id a n   ta s h q a ri  m a r k a z -  
lashmagan  pul  fondlari  tashkil  etiladi.  M arkazlashmagan  pul  fond- 
larinirig  markazlashgan  pul  fondlaridan  asosiy  farqi  shuki,  ular  ishlab 
chiqarish, xizmat  ko‘rsatish,  ish bajarish faolivatini amalga oshirayotgan 
xo‘jalik subyektlarining  ixtiyorida  shakllantiriladi  ham da  faqatgina ana 
shu  xo'jalik   su b y ek tlarin in g   ijtim o iy -iq tis o d iy   x a ra jatlarin i  rno- 
Iiyalashtirishga  yo ‘naltiri!adi.  M arkazlashgan  pul  fondlariga  quyida- 
gilarni  ko'rsatish  mumkin:  ish  haqi  fondi,  amortizatsiya  fondi,  fan  - 
texnikani  rivojlantirish  fondi,  m oddiy  rag'batlantirish  fondi,  zaxira 
fondi  va  boshqalar.
Moliyaning  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  boshqa  iqtisodiy  kate- 
goriyalardan ajratib tumvchi  o ‘ziga xos b o ig a n  belgilari  quyidagilardan 
iborat:
—  m oliya-huquqiy  asosga  ega  va  tartibga  solib  turiladigan  pul 
munosabatlari;
—  moliya-pul  munosabatlari  ishtirokchilaridan  biri  turli  huquqiy 
vakolatga  ega  davlat  organi  b o i g a n   munosabatlar;
—  moliya-pul  m ab lag iari  fondlarini  (markazlashgan  va  m arkaz­
lashmagan)  tashkil  etuvchi  pul  munosabatlari;
—  moliya-jamiyatda  yaratilgan  yalpi  ijtimoiy  m ahsulot  va  milliy 
daromadni  taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  munosabatlari;
—  moliya-iqtisodiy  jih atd an   d o im o   noekvivalent  xususiyatga  ega 
munosabatlar.
Yuqorida  ta ’kidlab  o ‘tilgan  belgilar  moliyaning  ijtimoiy-iqtisodiy 
m ohiyatini  va  uning  m az m u n in i  o c h ib   berishga  xizm at  qiladigan 
xususiyatlar hisoblanadi.  Ular har bir jam iyatda yaratilgan yalpi  ijtimoiy 
mahsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida 
u  yoki  bu  ko ‘rinishda  yuzaga  chiqadi  h a m d a   amal  qiladi.
Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy m ohiyatini yanada kengroq ochishda 
uning  bajaradigan  funksiyalarining  tahlili  yordam  beradi.  Biz  quyida 
moliyaning  funksiyalarini  yoritishga  harakat  qilamiz.

3 .2 .  Moliyaning  funksiyalari
H ar  qanday  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  moliya  ham   o ‘z  funk- 
siyalariga  ega.  Iqtisodiy  kategoriya  bajaradigan  funksiyalar  ushbu 
kategoriyalar  mohiyati  va  u  bajaradigan  majburiyatlarda  n am oyon 
bo ‘ladi.  Funksiyalar  obyektiv  va  m o ‘tadil  (stabil)  b o ‘lib,  u  iqtisodiy 
kategoriyalarning jamiyatdagi  maqsadini  ochib  berishga  xizmat  qiladi. 
Moliyaning ham tub mohiyati u bajaradigan funksiyalar orqali namoyon 
b o i a d i .
Shuni  t a ’kidlash  lozimki,  iqtisodiy  adabiyotlarda  olimlar  o ‘rtasida 
hozirga  qadar  m oliyaning  funksiyalari  rniqdori  va  uning  tuzilishi 
t o ‘g ‘risida  tortishuvlar  mavjud  ham da ushbu  asosda  masala  to ‘g‘risida 
yagona  bir  qaror  y o ‘q.  M asalan,  moliya  fanida  yetakchi  va  m ashhur 
iqtisodchi  olim lar  hisoblangan  professorlar  E.A.  Voznesenskiy  va 
A.  Aleksandrovlar  moliyaning  quyidagi  uch  funksiyasini  ajratib  k o 'r- 
satadilar:
1.  Pul  daromadlari  va  fondlarini  shakllantiradi.
2.  Pul  daromadlari  va  fondlaridan  foydalanadi.
3.  Nazorat.
Akadem ik  G.B.  Polyak  va  L.A.  Drobozinalarning  t a ’kidlashicha1, 
moliya  quyidagi  uchta  funksiyani  bajaradi:
1.  Taqsimlash  funksiyasi;
2.  N azorat  funksiyasi;
3.  Tartibga  solib  turish  funksiyasi.
Moliyaning  bajaradigan  funksiyalari  to ‘g ‘risida  professor  A.I.  Ar- 
xipovning2  fikricha  moliya  quyidagi  funksiyalarni  bajaradi:
1.  Taqsimlash  funksiyasi;
2.  N azorat  funksiyasi;
3.  Rag‘batlantirish  funksiyasi.
Moliyaning  funksiyalari  to ‘g'risida  O ‘zbekistonlik iqtisodchi  olim- 
la rn in g   h a m   q a ra s h la r i  m av ju d .  M a sa la n ,  iq tiso d   fanlari  d o k to ri 
N .  Xaydarovning  fikricha,  hozirda  moliyaning  ikki  funksiyasi,  ya’ni 
taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  funksiyasi  ham da  nazorat  funksiyalari 
m avjuddir3.
'Поляк  Г.Б.  и др.  Финансы. Денежное обращение.  К редит—  М.:  ЮНИТИ, 
2004.
2  Сениагов  В.К.  и  др.  Финансы,  денежное  обращение  и  кредит  —  М.: 
Проспект,  2004.
3  /V.  Хаус1ат\’.  «МоНуа»  —  Т.:  «Акаскгтуа».  2001.

Biz yuqoridagi  qarashlarni tahlil etsak,  u  holda  m oliya funksiyalari 
m iqdori  t o ‘g ‘risidagi  qarama-qarshiliklarga  q a ra m asd a n ,  moliyaning 
quyidagi  um u m iy  xususiyatlari  t o ‘g‘risida  tortishuv  y o ‘q:
—  moliya  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  ishlab  chiqarish  jarayoni 
bilan  bevosita  bog‘liqdir;
—  moliya  jamiyatdagi  tovar-pul  m unosabatlari  va  davlat  bilan 
b o g ‘liqdir;
—  moliya  bu  qiymat(pul)  k o ‘rinishidagi  kategoriyadir;
—  moliya  yordam ida  yalpi  ijtimoiy  m ahsulot  va  milliy  darom ad 
taqsimlanishi  ham da  qayta  taqsimlanishi  amalga  oshiriladi;
—  moliya  haqiqiy  pul  m ablag‘lari  fondlarida  n a m o y o n   b o ‘ladi. 
Biz  m oliyaning  tub  m ohiyatini  t o ‘liq  ochib  bera  o lad ig a n   taniqli 
iqtisodchi  olimlar vayetakchi  amaliyotchilar fikrlaridan tahliliy xulosa 
chiqarib,  hozirda  moliya  asosan  uch  funksiyani  bajaradi  deb  hisob- 
laymiz.  Ular  quyidagilardan  iborat:
1)  taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  funksiyasi;
2)  nazorat  funksiyasi;
3)  tartibga  solib  turish  funksiyasi.
Moliyaning taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  funksiyasi jam iyatning 
barcha sohalarida:  moddiy ishlab  chiqarish,  n o m oddiy ishlab  chiqarish 
va  m uom ala  sohalarida  amalga  oshadi.
U shbu  funksiya  bo ‘lib,  m am lakatda  yaratilayotgan  va  pul  shak- 
lidagi  yalpi  ijtimoiy  m ahsulot  ham d a  milliy  d a ro m a d   hisoblanadi. 
Taqsimlash va qayta taqsimlash  subyektlari  m ikrodarajada  m am lakatda 
faoliyat  ko‘rsatayotgan  x o ‘jalik  subyektlari  va  aholi  hisoblansa,  m ak- 
rodarajada-davlat  hisoblanadi.
Moliyaning  bu  funksiyasi  yordam ida  m am lakatda  yaratilayotgan 
yangi  qiymat  mikrodarajada  taqsimlanadi  va  u shb u  qiym at  m akro- 
darajada  qayta  taqsimlanadi.  Biz  fikrimizni  kengroq  bildirsak,  y a ’ni 
taqsim lash  obyektining  m ikroiqtisodiy  ko ‘rsatkichi  b o ‘lib  tu sh u m , 
d arom ad  va  foyda  hisoblansa,  makroiqtisodiy  k o ‘rsatkich  b o ‘lib,  yalpi 
ijtimoiy  mahsulot  va  milliy  d aro m ad  hisoblanadi.
Moliyaning taqsimlash va qayta taqsimlash  funksiyasi  o ‘zaro b og ‘liq 
bo'lgan  uch  bosqichni  o ‘z  ichiga  oladi.  Bu  bosqichlar  quyidagilardan 
iborat:
1. 
M am lakatda  turli  pul  m ablag‘lari  fondlarining  tashkil  topishi. 
Bu jarayonda mikroiqtisodiy darajada xo‘jalik subyektlarining faoliyati 
u c h u n   zarur  b o ‘lgan  moliya  resurslari  va  m ak rod arajada  davlatning 
markazlashgan  pul  m ab lag iari  fondlari  tashkil  etiladi.

2. Tashkil etilgan pul mablag'lari fondlarining turli moliya dastaklari 
yordam ida  taqsimlanadi.  Mikrodarajada  taqsimlanishda  xo'jalik  su- 
byektlarining  markazlashmagan  pul  mablag‘lari  fondlari  (ustav  fondi, 
ish  haqi  fondi,  amortizatsiya  fondi,  moddiy  rag‘batlantirish  fondi  va 
boshqalar) tashkil etiladi. Taqsimlanishning makrodarajasida davlatning 
turli  darajadagi  budjetlari  ham da  budjetdan  tashqari  fondlari  shakl- 
lanadi.
3.  Tashkil  etilgan  pul  mablag'lari  fondlarining  taqsimlanishi  va 
sarflanishi.  Bu jarayonda  mikrodarajada xo‘jalik subyektlari  faoliyatini 
rivojlantirish  va  jam o a   a ’zolarining  ijtimoiy  ehtiyojlarini  qondirishga 
sarflanadi.  Makrodarajada esa mamlakat iqtisodiyoti tarkibiy tuzilmasini 
optimal  darajada  saqlab  turish  va  aholining  um um davlat  tom onidan 
ijtimoiy  ehtiyojlarini  qondirishga  sarflanadi.
M am lakatda yaratilgan yalpi  ijtimoiy mahsulot va  milliy darom ad- 
ning  taqsim lanishi  natijasida  jam iyatning  daromadlari  shakllanadi. 
M ikrodarajadagi  birlam chi  taq sim la n ish d a   asosiy  yoki  birlam chi 
darom adlar vujudga keladi.  M oddiy ishlab chiqarish sohasida  birlamchi 
darom adlarga  quyidagilar  kiradi:
—  x o ‘jalik  subyektining  toydasi  (daromadi);
—  x o ‘jalik  subyekti  ishchi  va  xizmatchilarining  daromadlari  (ish 
haqi,  m ukofot  va  turli  t o ‘lovlar);
—  ijtimoiy  va  budjetdan  tashqari  fondlarga  ajratmalar.
Yuqoridagi  birlam chi  taqsim lanish  0 ‘zbekiston  Respublikasiga
nisbatan  k o ‘rib  chiqiladi.  X o‘jalik  subyekti  o ‘z  ixtiyoriga  kelib tushgan 
tushum ni  ish  haqi va moddiy xarajatlarni  qoplashga saiflaydi.  Amaldagi 
qonunchilikka asosan  m ehnat  haqini  hisoblashda turli budjetdan tash­
qari  fondlarga,  y a ’ni  davlat  bandlik  fondi,  budjetdan  tashqari  pensiya 
jam g'arm asi  va  ijtimoiy sug‘u rta  fondiga  majburiy to'lovlarni  ajratadi. 
Bu t o ‘lovlar va  ajratmalarni  t o ‘lagandan so‘ng xo‘jalik subyekti  ixtiyo- 
rida  foyda  qoladi.  U shbu  foydadan  o ‘rnatilgan  soliqlar  va  t o ‘lovlarni 
davlat budjetiga t o ‘laydi.  Taqsimlanish amalga oshgandan so'ng birlam­
chi  taqsimlanish  o ‘rniga  makrodarajada qayta taqsimlanish  yordam ida 
milliy  darom ad n in g  qayta  taqsimlanishi  amalga  oshadi.
M am lakatda  yaratilgan  milliy  darom adning  qayta  taqsimlanishi 
quyidagi  omillarga  bevosita  bog'liqdir:
1. 
Xo'jalik  yurituvchi  subyektlarning  daromadlari  va  ja m g ‘arma- 
laridan  oqilona  va  samaradorlik  bilan  foydalanish  maqsadida  milliy 
darom ad ni  iqtisodiyotning tarm oqlararo va hududlararo qayta taqsim- 
lanishiga  ehtiyojining  mavjudligi.  Respublikamizda  iqtisodiy,  siyosiy

va demografik sabablar tufayli hududlarning rivojlanish darajasi turlicha. 
B a ’zi  hududlarda,  y a ’ni  Qoraqalpog'iston  Respublikasida,  Sirdaryo, 
Jizzax va Xorazm viloyatlarida  iqtisodiy  rivojlanish  darajasi  sust  rivoj- 
langan  va  aksincha.  Toshkent  shahri,  F arg‘on a ,  Toshkent  va  Navoiy 
viloyatlarida  iqtisodiy  rivojlanish  darajasi  yuqori  darajada.  Bu  omil 
esa  budjet  darom adlarining  yetarliligiga  bevosita  t a ’sir  ko‘rsatadi. 
Iqtisodiy  to m o n d a n   sust  rivojlangan  h u d u d lard a   istiqomat  etuvchi 
aholining  ijtiinoiy  n e ’matlar  bilan  t a ’m inlash  h a m d a   ijtimoiy  himoya 
qilish  xarajatlari  bu  hududda  yaratilgan  d a ro m a d d a n   ko'pdir.  Bunday 
holatning  oldini  olish  maqsadida  m am lakatim iz  davlat  budjetidan  bu 
h ududlarning  mahalliy  budjetlariga  yetarli  m ab la g ‘lar  (subvensiya, 
dotatsiya  shaklida)  beriladi;
2. Jamiyatda  ikki  sohaning,  y a ’ni  moddiy va  nom oddiy soha  (sog‘- 

liqni  saqlash,  maorif,  fan,  ijtimoiy  t a ’m in ot,  m udofaa,  boshqaruv)
larning  mavjudligi.  M a ’lumki,  n o m o d d iy   s o h a d a   milliy  d aro m ad  

yaratilmaydi,  lekin  nomoddiy  sohaning  zarurati  va  uni jam iyat  uchun 
kerakligini  hech  kim  inkor  eta  olmaydi.  Shu n i  alohida  t a ’kidlash 
lozimki,  keyingi vaqtlarda  0 ‘zbekiston  Respublikasida sog‘liqni saqlash 
va  m aorifni  rivojlantirishga  ju d a   katta  e ’tib o r   berilm oqda.  Bunga 
m a m la k a tim iz d a   2005-y ilnin g   « S ih a t-s a lo m a tlik   y i 1 i»  deb  e ’lon 
qilinganligi  yorqin  misol  bo'ladi;
3.  Jamiyatda,  ya’ni  aholi  o'rtasid a turli  ijtimoiy guruhlarning  m av­
judligi.  Insoniyat rivojlanishi,  ya’ni  demografik  holati aholining ijtimoiy 
guruhlarga  bo ‘iinishiga  ham  t a ’sir  ko‘rsatadi.  Buning  natijasida  j a ­
m iyatda  ko‘p  farzandli  oilalar,  nafaqaxo'rlarning  mavjudligi  obyektiv 
omildir.  Bunday guruhlarni  ijtimoiy tom o nd an   him oya qilish  davlatning 
burchi  hisoblanadi.  Buni  amalga  oshirishda  davlat  eng  a w a lo   budjet 
mablag'laridan  foydalanadi.
Jam iyatda  yaratilgan  yalpi  ijtimoiy  m ahsulot  va  milliy  darom adni 
moliya yordamida qayta taqsimlanishi  natijasida u m um davlat fondlari, 
y a ’ni  budjetlar  ham d a  b u djetdan  tashqari  fo n d la r  shakllantiriladi. 
B unday  qayta  taqsimlash  natijasida  no m od d iy   sohada  band  b o ‘lgan 
shaxslar  moliya  mablag'lari  bilan  t a ’minlanadi.
Jam iyatda yaratilgan  milliy  daro m adn i  qayta  taqsimlash  natijasida 
iqtisodiyot  tarmoqlari  tarkibining  manfaatlari  hisobga  olinadi.  Iqtiso- 
diyotning ustuvor tarmoqlarini  (qishloq xo'jaligi,  energetika, transport) 
jad al  rivojlantirishga  e ’tibor  qaratiladi.  U sh b u   holatni  0 ‘zbekiston 
Respublikasiga  taqqoslansa,  hozirda  m am lak atim izda  60  foiz  aholi 
qishloq joylarida  istiqomat  qilishi  va  eksport  tarkibida  qishloq  x o ‘jalik

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling