O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


 .5 .  M oliya  tizimi  va  uning  bo‘g ‘inlariga  tasnif


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/34
Sana09.02.2017
Hajmi24 Kb.
#50
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34

3 .5 .  M oliya  tizimi  va  uning  bo‘g ‘inlariga  tasnif
Iqtisodiy adabiyotda  «moliya  tizimi»  tushunchasi  ikki  xil  m a’noda 
talqin  etiladi.  Ulardan  birinchisi  asosan  pul  operatsiyalari  bilan  shu- 
g ‘ullanuvchi  xo‘jalik  subyektlari  (tijorat  banklari,  investitsiya  fondlari 
va  konipaniyalari)  faoliyatining  yig‘indisidan  iboratligini  anglatadi. 
Ikkinchisi  esa butun  moliya munosabatlari  tizimidan  iboratliligini  ang­
latadi,  lekin  bu «tizim» tushunchasi  o ‘zaro bog'liqlikni  bildiradi.  Bunga 
asosan  alohida  olingan  moliya  munosabatlari,  uning  ishtirokchilari  va 
b o ‘g‘inlariga  vaholanki  moliya  tizimiga  ta ’rif berish  mumkin.  Moliya 
tizimi — turli  moliya munosabatlarining yig‘indisi  hisoblanib, bu muno- 
sabatlar jarayonlarida  xo ‘jalik  yurituvchi  subyektlar va  davlatning  pul 
m ablag'lari  jam g'arm alari  turli  shakllar  h a m d a   usullar  yordam ida 
shakllanadi,  taqsimlanadi  va  sarflanadi.
Moliya  tizimini  moliya  munosabatlari  ishtirokchilarining  o ‘ziga 
xos  xususiyatiga  asosan  4-ch izm ad a  ko'rish  mumkin.
C hizm adan  ko‘rinib  turibdiki,  moliya  tizimi  ikki  asosiy  va  o'zaro 
bog‘langan  b o ‘g‘inostidan  iborat.  Birinchisiga,  markazlashgan  moliya 
kirib,  u  iqtisodiyot  m iqyosida  kengaytirilgan  ishlab  chiqarishning 
ehtiyojlarini vajam iyat aholisining ijtimoiy guruhlarini  ijtimoiy himoya 
qilish  uch u n   kerakli  moliya  mablag‘lari  bilan  t a ’minlash  vazifasini 
amalga  oshiradi.  Ikkinchisiga  xo'jalik  subyektlarining  moliyasi  kirib, 
u   alohida  olingan  subyektlarning  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  pul 
mablagMari  bilan  t a ’m inlashni  amalga  oshiradi.
M oliya  tizim ining  m arkazlashm agan  moliya  b o ‘g ‘inosti  moliya 
tizimining asosi hisoblanadi,  chunki  xo‘jalik subyektlarining moliyasida
y a ’ni  asosan  moddiy  ishlab  chiqarish  sohasida  moliya  resursiarining 
asosiy  qismi  shakllanadi.  X o ‘jalik  subyektlarining  moliyasi,  moliya 
tizim ining  bo‘g‘ini  sifatida  m amlakatdagi  pul  mablag'lari  jaing‘ar- 
m alarining  manbayi  hisoblangan  milliy  d aro m ad  yaratiladi.  Shuni

4-chizma.  0 ‘zbekiston  R espublikasida  m olivani  boshqarish  tizim i.
a lo h id a ta ’kidlash  lozimki,  markazlashmagan  moliya pul  mablag'larining 
h olatidan  m amlakatning  moliya  holati  bevosita  bog'liqdir.  Chunki 
m arkazlashmagan  moliya  b o ‘g ‘inostida yaratilgan  milliy darom ad ning  
m iqdori  qanchalik  ko‘p  bo'lsa,  markazlashgan  moliya  b o ‘g ‘inostiga 
k o ‘p  m ablag‘  tushishi  amalga  oshadi.
X o ‘jalik  subyektlari  o'zining  faoliyati  asosida  o ‘ziga  xos  guruh- 
lard a n ,  y a ’ni  sanoat,  savdo,  q ish loq   x o ‘jaligi,  x izm a t  k o ‘rsatish, 
transport  va  boshqa  sohalardan  tashkil  topgan.  0 ‘z  vaqtida  xo‘jalik 
subyektlari  o ‘zlarining  mulkchilik  shakliga  asosan  guruhlarga  b o ‘linib 
ketadi,  y a ’ni  davlat  korxonalari,  davlat  u n ita r   korxonalari,  ochiq 
aksiyadorlik jamiyatlari, yopiq aksiyadorlik jam iyatlari,  xorijiy sarmoya

5-chizma.  0 ‘zbekiston  Respublikasida  Moliya  tizimi.
ishtirokidagi  qo'shm a  korxonalar,  mas’uliyati  cheklangan  jamiyatlar 
va  xususiy  korxonalar  moliyasidan  iboratdir.  Agar  xo'jalik  yurituvchi 
subyektlarning tarm oq sohasiga va tashkil etilishining  mulkchilik shakli 
bo'yicha emas,  ularni  faoliyatini  tijorat asosida yuritishiga  ko'ra asosida 
guruhlarga  bo'lsak,  bu  holatda:
—  tijorat  asosida  faoliyat  yuritayotgan  subyektlarning  moliyasi;
—  notijorat asosida  faoliyat  ko‘rsatayotgan subyektlarning  moliyasi;
—  jam o at  (homiylik  asosida)  subyektlarning  moliyasiga  ajratish 
mumkin.
Iqtisodiyotning  bozor  munosabatlariga o ‘tish  sharoitida jud a  ko‘p 
xo'jalik subyektlari  o ‘z faoliyatini  tijorat asosida tashkil  etadi.  Ularning 
moddiy  xarajatlari,  m ehnat jam oalarini  ijtimoiy  rivojlantirish  xarajat- 
larini  qoplashning yagona  manbayi  foyda  hisoblanadi.  Bunday omillar 
t a ’sirida  davlat  vakolatli  organlarining  asosiy  manfaati  foyda  ko'rib 
faoliyat  ko'rsatuvchi  xo'jalik subyektlarini  rivojlantirishga yordam  berish 
hisoblanadi.  Ushbu  xo'jalik  subyektlarining  faoliyati  natijasida  milliy 
darom ad yaratiladi.  Ular ixtiyorida juda  katta pul  mablag'lari ja m g ‘ar- 
malari  aylanishi  amalga oshirildi.  Natijada markazlashgan  moliya bo‘- 
g'inlari  kerakli  pul  mablag‘lari  (soliqlar,  turli yig'im lar shaklida)  bilan 
t a ’minlanadi.
Moliya  tizimining  asosiy  b o ‘g ‘ini,  markazlashgan  moliya  hisob­
lanadi.  Bunda moddiy  ishlab  chiqarish sohasida yaratilgan yalpi  ijtimoiy 
mahsulot  va  milliy  darom adni  taqsimlash  ham da  qayta  taqsimlash 
natijasida  markazlashgan  pul  mablag‘lari  resurslari  shakllantiriladi. 
Davlat  ixtiyorida bunday  markazlashgan pul  mablag‘lari  resurslarining 
jamlanishi eng aw a lo   uni  m amlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish

faoliyati bilan bog‘liqdir.  M arkazlashgan pul m ab lag ‘lari resurslarining 
shakllari budjet,  budjetdan tashqari  har xil ja m g 'a rm a la r h a m d a  davlat 
krediti  hisoblanadi.
Davlat budjeti b u tu n   moliya tizim ining asosiy bo 'g 'in i  hisoblanadi. 
Davlat  budjeti  to 'liq   davlat  mulkchiligi  hisoblanib,  u  O 'z b e k isto n  
Respublikasining  «Budjet  tizimi t o ‘g'risida»gi  Q o n un i va « 0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Soliq  Kodeksi»  asosida  tashkil  etiladi.  Davlat  budjeti 
o ‘zaro bog‘liq ikki  qismdan,  darom adlar va xarajatlardan  iborat.  Davlat 
budjetining darom adlar qismida pul m ablag‘larining m anbalari h am d a 
ularning  miqdoriy  tasnifi  ko'rsatiladi.  D a ro m a d lar  tarkibiy  tuzilishida 
asosan  soliqlar,  turli  yig‘imlar,  bojxona  bojlari  va  boshqa  tushum lar 
aks  ettiriladi.  Davlat  budjetining  xarajatlar  qism ida  budjet  m ablag'- 
larining sarflanishi sohasi va ularning miqdoriy tasnifi beriladi. Xarajatlar 
tarkibida  iqtisodiyotni  rivojlantirish,  ijtim oiy-m adaniy tadbirlar,  davlat 
organlarini  saqlash  ham da  mudofaa  xarajatlarini  k o ‘rsatish  m um kin. 
Davlat  budjeti  xarajatlari  tarkibidagi  u  yoki  bu  sohaning  ulushi  bu 
davlatning  iqtisodiy  rivojlanish  darajasiga,  aholining  m oddiy  hayoti 
holatiga  bevosita  bog‘liqdir.

Davlat  budjetining  tarkibiy  tuzilishi  esa  h ar  bir  davlatning  konsti- 
j  
tutsiyaviy tizimiga bog‘liq.  Federal  davlatlarda  (A Q S H ,  G F R ,  Rossiya,

H indiston,  Shveytsariya  va  boshqalar)  u c h   b o ‘g ‘inli  budjet  tizimi 
i  
tashkil  etilgan,  unitar davlatlarda (Yaponiya,  0 ‘zbekiston,  Q ozog‘iston 
va  boshqalar)  esa  ikki  b o ‘g‘inli  budjet  tizimi  am al  qiladi.
Har bir mamlakatda turli  darajadagi  budjetlardan  tashqari  maqsadli 
jam g'arm alar  tashkil  etiladi.  Ushbu  bujetdan  tashqari  jam g 'a rm a la r 
soliq  toMovchilarining  majburiy  ajratm alar  hisobidan  tashkil  etiladi. 
O'zbekiston Respublikasining amaldagi  qonunchiligiga asosan quyidagi 
budjetdan  tashqari  jam g 'arm alar  mavjud:
—  Respublika  yo'l  jam g ‘armasi;
—  Davlat  bandlik  jam g'arm asi;
—  Respublika  pensiya ja m g ‘armasi;
—  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  Mulki  Q o'm itasining  maxsus 
fondi.
Budjetdan  tashqari jam g'arm alarning o'ziga xos xususiyati  shundan 
iboratki,  ular moliya zaxirasi hisoblanadi.  C h u n k i ularning m ablag‘lari 
faqatgina  aniq  m aqsadga  sarflanadi.  M asalan,  Respublika  pensiya 
ja m g ‘armasidan  faqatgina  pensiyalar t o ‘lashga,  nogironlik  nafaqasiga, 
boquvchisini  yo'qotgani  uch u n   nafaqaga,  ijtimoiy  nafaqalar  to'lashga 
sarflanadi.  Budjetdan  tashqari ja m g ‘arm alarning  d a ro m a d   qismi  ham

aniq ajratmalar hisobiga shakUantiriladi.  0 ‘zbekiston Respublikasining 
2006-yil uchun tasdiqlangan budjetida mulkchilik shaklidan qat’i  nazar 
yuridik shaxslar m ehnatga haq to ‘lash jam g‘arrnasiga nisbatan quyidagi 
ajratmalarni  t o ‘laydilar:
—  Respublika  pensiya jam g ‘armasiga  —  24,2  %;
—  Davlat  bandlik jam g'arm asiga  —  0,5  %;
—  0 ‘zbekiston  Respublikasi  kasaba  uyushma  kengashiga  —  0,3  %.
Lekin  shuni  t a ’kidlash  lozimki,  mamlakatimizda olib borilayotgan
iqtisodiy  islohotlar natijasida yildan-yilga yuridik shaxslar va aho lid an  
olinadigan  soliqlar  va  yig'imlarning  stavkalari  pasaytirib  kelinm oqda. 
Bunga  misol  qilib,  2000-yilda  Respublika  pensiya  ja m g ‘arm asiga 
ajratm a  stavkasi  37,3 
%  bo'lgan  b o ‘lsa,  bu  k o ‘rsatkich  2010-yilda 
25,0  %  ni  tashkil  etdi  va  boshqalarni  keltirishimiz  murnkin.  M arkaz- 
lashgan  moliyaning  asosiy  qismi  davlat  krediti  hisoblanadi.  Shuni 
t a ’kidlash  lozimki,  keyingi  vaqtda  davlat  kreditining  ahamiyati  o ‘sib 
bormoqda.  Buning  asosiy  sababi  har  bir  alohida  olingan  davlatning 
pul  m a b la g 'la r ig a   b o ‘lgan  e h tiy o ji  h iso b la n a d i.  D a v la t  b u d je ti 
daromadlari  va  xarajatlari  o ‘rtasidagi  muvozanatining  yo‘qligi,  budjet 
taqchilligining  mavjudligi  natijasida  davlat  katta  m iqdordagi  pul 
mablag'lariga  ehtiyoj  sezadi.  Yuzaga  chiqqan  salbiy  holatning  oldini 
olish  maqsadida,  vakolatli  davlat  organlari  pul  emissiyasining  oldini 
olish,  inflatsiyani  z a ru r  darajada  ushlab  turish  m aqsadida  davlat 
kreditidan  foydalanadilar.
0 ‘zbekiston  Respublikasida  mavjud  budjet  taqchilligini  qoplash 
m aqsadida  0 ‘zbekiston  Respublikasi  M oliya  vazirligi  m uom alaga 
d a v la t  k r e d i t i n i n g   s h a k li  h i s o b l a n g a n   d a v la t  q isq a   m u d d a t l i  
obligatsiyalari  ( D K M O ) va davlat  o ‘rta muddatli g'azna majburiyatlari 
( D O ‘M H M )  chiqarm oqda va ularni faqatgina yuridik shaxslar o ‘rtasida 
joylashtirishni  amalga  oshirib  kelmoqda.
3 .6 .  M oliyani  boshqarishning  hozirgi 
zamon  tizimi
Moliyani boshqarish tizimi  m uhim  ahamiyatga ega b o ‘ladi,  chunki 
u   m am lakat  iqtisodiyotini  boshqarishning  tarkibiy  qismi  hisoblanadi. 
Hozirgi davrda iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishi oqilona y o ‘lga 
qo'yilgan  va  boshqarilib  turuvchi  moliya tizimi  ham da  fond  bozorisiz 
m u m k i n   e m a s .  M o liy a   tiz im i  m o d d iy   va  m a ’n a v iy   n e ’m a t la r  
yaratiladigan  real  iqtisodiyot  negizida  faoliyat  ko‘rsatadi.  0 ‘z  vaqtida

moliya tizimi  bu  real  iqtisodiyotning  faoliyat  ko'rsatish  shart-sharoit- 
larini  belgilab  beradi.  Bozor  m unosabatlari  sharoitida  iqtisodiyotni 
tarkibiy qayta qurishda,  moddiy va n o m oddiy resurslarni taqsimlashda 
h a m d a   pul  o qim lari  o q ilo n a  sa rflan ish ida  m o liy a   tiz im i  m u h im  
ahamiyat  kasb  etadi.
Hozirgi  davrda  moliya  tizim i  real  iqtisodiyotni  rivojlantirish, 
ijtimoiy m u am m o lam i hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar,  dastaklar 
ham da  moliya  institutlarining  barch a  b o ‘g‘inlari  faoliyatining  yig'in- 
disidan  iborat.  Shuning  uchu n   jam iyatni  ja m o a t  —  siyosiy  hayotida 
oqilona m uvozanatni  saqlab turish,  u n i  rivojlantirishda,  davlat  organ- 
larining  barcha  b o ‘g‘inlari  o'rtasida  m unosabatlarni  y o ‘lga  q o ‘yishda 
moliyani  boshqarish  ju da  m urakkab  h am d a  puxta  ishlab  chiqilgan 
moliya  tizimini  talab  etadi.
M am lakatim izda  moliyani  boshqarish  eng  a w a l o   davlatimizning 
oliy  qonunchilik  organlari  to m o n id an   amalga  oshiriladi.  0 ‘zbekiston 
Respublikasining  Konstitutsiyasiga  asosan  moliyani  boshqarish  oliy 
qonunchilik organlari  hisoblangan  Oliy Majlisning  ikki palatasiga,  ya’ni 
Senat va  Quyi  Qonunchilik  Palatasiga yuklatilgan.  Bunday  boshqaruv 
eng a w a lo  davlat  budjetini  ko‘rib  chiqish,  uni tasdiqlash  h a m d a  budjet 
ijrosini  tasdiqlashda  yuzaga  chiqadi.  Oliy  Majlis  b u n d a n   tashqari 
soliqlar,  yig‘imlar,  bojlar  va  boshqa  majburiy  t o ‘lovlar  t o ‘g ‘risidagi 
qonunlarini  ko ‘rib  chiqadi  va  tasdiqlaydi.
Moliyani  boshqarishda  oliy  qonunchilik  organlaridan  biri  0 ‘zbe- 
kiston  Respublikasi  Prezidenti  devoni  hisoblanadi.  Amaldagi  qo n u n - 
chilikka  asosan  Prezident  devoni  to m o n id an   m am lakatdagi  moliya 
siyosatini  olib  borish,  iqtisodiyot  tarm oqlarini  rivojlantirishda  soliqlar 
bo ‘yicha  imtiyozlar  berish  yuzasidan  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezi- 
dentining  Farm onlarini  qabul  qilish  uch u n   takliflar  kiritadi.
Moliyani  boshqarishda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Hisob  Palatasi 
m uhim  o ‘ringa ega.  Ushbu organga asosan  davlat budjeti va budjetdan 
tashqari  ja m g ‘arm alar  mablag‘larining  harakatini  m aqsadli  nazorat 
qilish yuklatilgan.  Bundan tashqari,  qabul qilingan qonunlam i moliyaviy 
nuqtayi  nazardan  ekspertiza  qilishni  amalga  oshiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasiga asosan m am lakatim izda 
moliyani  boshqarishda ju d a  katta  vakolatlar  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  M ahkam asiga  yuklatilgan.  U shbu  vakolatli  organ  to m o n id a n  
davlat  budjetini  ishlab  chiqish,  un in g  ijrosini  n azorat  etish  h am da 
mam lakatim izda  moliya,  pul,  kredit  va  fond  bozorida  yagona  siyosat 
olib  boriladi.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M ahkam asi  m am -
7 — O.Yu.  Rashidov  va  bosh.
97

lakatdagi  barcha  vazirliklar va  idoralaming  moliya  faoliyatini  nazorat 
qiladi  va  tartibga  solib  turadi.
Biz  yuqorida  t a ’kidlab  o ‘tgan  moliyani  boshqarishdagi  um um iy 
boshqaruvdan  tashqari  uni  aniq  amalga  oshiruvchi  tezkor(operativ 
boshqaruv)  moliya  apparati  mavjud.  M amlakatimizda  moliyani  bosh- 
qarishni joylarda ijro etuvchi barcha tashkiliy tuzilm alarning jamlamasi 
moliya  apparatini  tashkil  etadi.
Agar  biz  moliyani  boshqarishning  um umiy  va  tezkor  sohalarini 
um um lashtirsak,  u  holda  moliyani  boshqarish  tizimini  shakllantirib 
uni  quyidagi  chizmada  ko‘rishimiz  mumkin.
M oliya tizim ida  0 ‘zbekiston  Respublikasi  M oliya vazirligi m uhim  
o ‘rin  egallaydi.  Buning  asosiy  sababi,  Moliya  vazirligi  nafaqat  moliya 
siyosatini  ishlab  chiqib,  uni  amalga  oshiradi,  balki  o ‘z  vaqtida  davlat 
ijroiya organlari tom onidan bajarilishini bevosita nazorat etadi.  Moliya­
ni  boshqarishda  Moliya  vazirligiga  amaldagi  qonunchilikka  asosan 
quyidagi  vazifalarni  bajarish  yuklatilgan:
—  m anfaatd o r vazirliklar va  idoralar bilan  birgalikda  milliy  iqtiso- 
diyotni  rivojlantirish  yuzasidan  qisqa  ham d a  uzoq  m uddatli  reja- 
taxm inlarni  ishlab  chiqishda  ishtirok  etadi;
—  m am la k a t  oliy  ijroiya  organlari  bilan  birgalikda  davlatning 
markazlashgan pul  mablag‘lari  resurslariga bo ‘lgan  ehtiyojini aniqlaydi 
va  uni  davlat  ham da mahalliy budjetlar o'rtasida  taqsimlash yuzasidan 
takliflar  ishlab  chiqishda  ishtirok  etadi;
—  davlat  budjetining  loyihasini  tayyorlash  yuzasidan  ishni  tashkil 
etadi,  mahalliy  budjetlar  u c h u n   umumdavlat  soliqlaridan  ajratmalari 
m e ’yorlari  loyihasini  ishlab  chiqadi,  ajratiladigan  subvensiya  hamda 
dotatsiyalarning  miqdorini  belgilaydi;
—  davlat  budjeti  va  budjetdan  tashqari  jam g 'arm alarning  ijrosini 
t a ’m inlaydi;
—  D avlat  Soliq  Q o'm itasi  bilan  birgalikda  soliq  tizimi  va  soliq 
siyosatini  takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab  chiqishda ishtirok 
etadi;
—  m anfaatdor vazirliklar,  idoralar va kom paniyalar bilan birgalikda 
narx-navo  siyosatini  (ta ’riflar,  imtiyozlar)  aniqlashda  ishtirok  etadi;
—  D avlatning  qisqa  h a m d a   uzoq  m uddatli  obligatsiyalarni  m uo- 
m alaga  c h iq a rish   va  u larn i  joylashtirish  b o ‘y ich a   takliflar  ishlab 
c hiqadi;
— 
milliy  qim m atli  q o g 'o z la r  bozorini  shakllantirish  va  uning 
faoliyatini  takomillashtirish  yuzasidan  takliflar  ishlab  chiqadi;

— m am lakatda sug‘urta faoliyatini takom illashtirish yuzasidan olib 
boriladigan  ishlarda  ishtirok  etadi  va  nazorat  qiladi;
— Vazirlar M ahkamasining topshirig‘i va vakolati b o ‘yicha xalqaro 
m oliya  tashkilotlari  (Xalqaro  V aluta  fondi,  X alqaro  Tiklanish  va 
T araqqiyot  Banki  va  boshqalar)  bilan  ham korlikni  amalga  oshiradi;
—  0 ‘zbekiston  Respublikasining tashqi davlat qarzdorligi yuzasidan 
dasturlar  loyihasini  ishlab  chiqadi  va  boshqalar.  0 ‘zbekiston  Respub- 
likasi  M oliya  vazirligi  o ‘ziga  yuklatilgan  vazifalarni  o ‘zining  tarkibiy 
b o ‘g ‘inlari  orqali  amalga  oshiradi.  Bu  tarkibiy  tuzilishni  5-chizm ada.
Shuni t a ’kidlash lozimki,  O 'zbekiston  Respublikasi  M oliya vazirligi 
va  u n in g   joylardagi  bo‘g ‘inlari  o ‘z  faoliyatini  «Budjet  tizimi  t o ‘g ‘ri- 
sida»gi  Q onuniga  asosan  tashkil  etadi  ham d a  am alga  oshiradi.
O ‘zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyotiiung  b ozor  m unosabatlariga 
bosqichm a-bosqich  o'tishi  va  yangi  soliq  q o n u n in in g   qabul  qilinishi 
natijasida  davlat  darom adlarida  soliqlar  va  yig‘im larning  aham iyatini 
oshirishga  t a ’sir  ko ‘rsatdi.  Soliq  qonunchiligini  takom illashtirish  va 
davlat  budjetiga  darom adlar  tush u m in i  oshirish  m aqsadida  Moliya 
vazirligi  tarkibidan  maxsus  vakolatga  ega b o ‘lgan  m arkazlashgan  soliq 
organlari  tizimini  tashkil  etishga  katta  ehtiyoj  sezildi.
0 ‘z b e k isto n   Respublikasi  Oliy  Kengashi  1991-yil  14 -iy u n d a  
« 0 ‘zbekiston  Respublikasi davlat  soliq organlari  t o ‘g ‘risidagi nizom »ni 
tasdiqladi.  Ushbu  nizomga  asosan  Vazirlar  M ahkam asining  1991-yil
12-avgustida 217-sonli « 0 ‘zbekiston  Respublikasi  davlat  soliq organlari 
to ‘g ‘risida»gi  qarori  qabul  qilindi.  Ushbu  qon un chilik  asosida  soliq 
organlarining mustaqil davlat soliq xizmati  sifatidagi faoliyati boshlandi. 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  Soliq  Q o ‘m itasining  m aqom i,  uning 
asosiy  vazifalari,  funksiyalarining  doirasi  va  faoliyatining  kengayishi 
natijasido  1994-yil  14-yanvarda 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
« 0 ‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar  M ahkam asi  qoshidagi  Davlat bosh 
soliq boshqarmasini O'zbekiston  Respublikasi  Davlat Soliq Q o ‘mitasiga 
aylantirish to ‘g ‘risida»gi Farm oni qabul qilindi.  Ushbu farm onni amalga 
oshirish uchun O'zbekiston  Respublikasi Vazirlar M ahkam asining  1994- 
yil  18-m artda « 0 ‘zbekiston Respublikasi  Davlat soliq q o ‘mitasini tashkil 
etish  va  faoliyat  ko‘rsatishi  masalalari  t o ‘g ‘risida»gi  114-sonli  qarori 
qabul. qilindi.  Ushbu m e ’yoriy hujjatga asosan  0 ‘zbekiston Respublikasi 
Davlat  Soliq  Qo'm itasi  m am lakatim izda  soliq  va  bojxona  siyosatini 
amalga  oshirish  ham da  davlatning  iqtisodiy  m anfaatlarini  va  mulkiy 
huquqlari  himoyasini ta ’minlash sohasidagi  davlatning vakolatli organi 
ekanligi  belgilab  qo‘yildi.

M amlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib 
borishi  va  bu  o'zgarishlarga  soliq  siyosatini  m oslashtirish  ham da 
takomillashtirish m aqsadida  1997-yil 29-avgustda «Davlat soliq xizmati 
to‘g‘risida»gi 474-1 sonli 0 ‘zbekiston  Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 
Ushbu  q on u n n i  amalga  oshirish  maqsadida  Vazirlar  M ahkam asining 
1998-yil  12-yanvardagi  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  Soliq  Q o‘- 
mitasi  faoliyatini  tashkil  etish  masalalari  to ‘g'risida»gi  14-sonli  qarori 
qabul  qilindi.  Ushbu  m e ’yoriy  hujyatlarda  mamlakatimizdagi  davlat 
soliq organlarining amalga oshiradigan asosiy funksiya va vazifalarining 
doirasi  kengaytirildi  ham da  aniqlashtirildi.
Moliyani  boshqarishda Davlat Soliq Q o ‘mitasiga amaldagi qonun- 
chilikka  asosan  quyidagi  vazifalarni  bajarish  yuklatilgan:
—  m am lakatda  soliq  q o n u n   hujjatlariga  rioya  etilishi,  soliqlarning 
to ‘g‘ri  hisoblanishi,  soliqlar  t o ‘liq  va  o ‘z  vaqtida  toManishi  ustidan 
nazoratni  amalga  oshirish;
—  soliq qonun  hujjatlariga  rioya etishda zarur shartlarni  t a ’minlash, 
soliq  majburiyatlarini bajarishda soliq to'lovchilarga yordam  ko'rsatish;
—  m am lakatda soliq  siyosatini  amalga  oshirishda bevosita  ishtirok 
etish;
—  soliqqa  tortish  subyektlari  va  obyektlarini  to'liq  va  o ‘z  vaqtida 
hisobga  olishni  ta ’minlash;
—  soliqqa doir huquqbuzarliklarni aniqlash,  oldini olish va bartaraf 
qilish;
—  nazorat qiluvchi  organlar tom onidan xo'jalik yurituvchi subyekt- 
lar  moliya-xo'jalik  faoliyatini  tekshirish  va  taftish  qilishlarning  ham- 
masini  muvofiqlashtirish;
—  jism oniy  va  yuridik  shaxslarni,  budjetga  soliqlar  va  boshqa 
to'lovlarni  t o ‘lovchilarni,  yuridik ham da jismoniy shaxslarning soliqqa 
tortish  obyektlarini  hisobga  olishning  to ‘laqonli  bazasini  yaratish;
—  yagona  telekom m unikatsiya  tizimini  yaratish;
—  tashkiliy  ham da  kadrlar  bilan  ishlashni  takomillashtirish  va 
kuchaytirish;
— m e ’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, soliq sohasida 
huquqbuzarlikning  oldini  olish,  soliqlarni  yig‘ish  va  majburiy  tarzda 
undirish  funksiyalarini  birlashtirish;
—  belgilangan  prognoz  k o ‘rsatkichlariga  muvofiq  budjetga  to ‘lov- 
larning  to ‘liq  tushishini  t a ’minlash;
—  soliq tizimining unum dorligi  va  samaradorligini  oshirish,  salbiy 
ta ’sir  va  xatar  darajasini  pasaytirish;

— 
0
‘tkaziladigan  iqtisodiy  islohotlarning  borishiga  xufiya  iqtiso- 
diyotning  roli  va  t a ’sirini  kamaytirish.
Y uqorid a  t a ’kidlab  o ‘tg an   vazifalarni  D avlat  Soliq  Q o ‘m itasi 
quyida keltirilgan chizm ada o ‘zining tarkibiy b o ‘g‘inlari orqali  am alga 
oshiradi.
6-chizma.  O ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat Soliq 
Q o‘mitasining tarkibiy tuzilishi
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  Soliq  Q o ‘mitasi  o ‘z  faoliyatini 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi,  0 ‘zbekiston  Respublikasining 
«Davlat soliq xizmati t o ‘g‘risida»gi  Q o nu n i,  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Soliq  Kodeksi» va boshqa q o n u n  hujjatlariga,  shuningdek  0 ‘zbekiston 
Respublikasining  Xalqaro  shartnom alariga  amal  qilgan  holda  am alga 
oshiradi.
0 ‘zbekiston  R.espublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng u o ‘zining 
bojxona  chegarasiga  ega  bo ‘ldi.  M ustaqil  H am do'stlik  Davlatlari  va 
uzoq xorij  mamlakatlari  bilan  iqtisodiy  m unosabatlarning  faollashuvi, 
m amlakatlararo  eksport-im port  hajm ining  ortishiga  olib  keldi.  U sh bu 
omillar asosida bojxona ishini tashkil  etishni takom illashtirish,  yagona 
bojxona siyosatini o'tkazish,  Respublika bojxona organlari faoliyatining 
tezkorligi  va  t a ’sirchanligini  oshirish,  u larning  m am lakat  iqtisodiy 
xavfsizligini mustahkamlashdagi rolini kuchaytirish,  shuningdek bojxona 
ishi  sohasida  xalqaro  ham korlikni  y a n a d a   kuchaytirish  m aqsadida 
0 ‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining  1997-yil 8-iyuldagi « 0 ‘zbekis-

ton  Respublikasi  Davlat  Bojxona  Q o'm itasining  tashkil  etish  to ‘g ‘- 
risida»gi  PF-1815-sonli  farmoni qabul qilindi.  Ushbu farmonni amalga 
oshirish  maqsadida  Vazirlar  Mahkamasining  1997-yil  30-iyulda  374- 
sonli  « 0 ‘zbe k isto n   Respublikasi  Davlat  Bojxona  Q o ‘m itasin in g  
faoliyatini tashkil  etish  to ‘g‘risida»gi  qaroriga asosan  0 ‘zbekiston  Res­
publikasi  Davlat  Bojxona  Q o ‘mitasi  tashkil  etildi.
Yuqorida t a ’kidlangan  qonunchilikka asosan  0 ‘zbekiston  Respub­
likasi  Davlat  Bojxona Qo'mitasiga mamlakatimizdagi bojxona bojlarini 
undirish  majburiyati  yuklatilgan.  Ushbu  majburiyatni  amalga  oshirish 
maqsadida  Davlat  Bojxona  Q o ‘mitasi  quyidagi  vazifalarni  bajaradi:
—  mamlakatdagi  bojxona  organlari  to m o n idan   soliqlarning  to ‘g‘ri 
va  o ‘z  m uddatida  undirish  yuzasidan  soliq  tekshiruvlarini  o ‘tkazish;
—  joylardagi  soliq  organlari  to m o n id an   soliqlarni  hisoblash  va 
undirish  b o ‘yicha  barcha  hujjatlarni  tekshirishdan  o'tkazish;
—  soliq  to ‘lovlarining  amaldagi  soliq  va  bojxona  qonunchiligini 
buzganligi  yoki  majburiyatlarini  bajarmaganligi  sababli ularning tijorat 
banklaridagi  hisobvaraqlari  b o ‘yicha  barcha  operatsiyalarni  to ‘xtatib 
q o ‘yish;
— amaldagi soliq va bojxona qonunchiligida ko‘zda tutilgan soliqlar 
bo'yicha  boqim andalar  ham da  jarimalarni  undirish.
Um um ari  o linganda,  bojxona  organlari  0 ‘zbekiston  R espub- 
likasining  davlat  chegarasidan  o ‘tadigan  tovarlar  yuzasidan  amaldagi 
bojxona soliqiari,  valuta ham da bojxona qonunchiligiga amal  qilinishi, 
bojxona  bojlarining  t o ‘g‘ri  hisoblanishi,  undirilishini  nazorat  qiladi.
Moliyani  boshqarish d a  o 'ziga  xos  o ‘rinni  x o‘jalik  yurituvchi 
subyektlardagi  moliya  xizmati  egallaydi.  Bunday  boshqaruvni  olib 
borishda davlatning vakolatli  organlari  ishtirok etmaydi va boEhqaruvni 
m a n fa a td o r  t o m o n l a r   olib  boradi.  M oliya  boshqaruvini  quyidagi 
guruhlarga  ajratish  mumkin:
—  ichki(korporativ);
—  aksiyadorlar  boshqaruvi;
—  tijorat  banklari  tom onidan;
—  auditor  firmalari  to m o n id an   olib  boriladigan  boshqaruviardir.
1.  Ichki  boshqaruv.  B unday  boshqaruvni  x o ‘jalik  yurituvchi
subyektlaridagi tashkil  etilgan moliya xizmati,  moliya bo‘limlan,  moliya 
m enejm enti  va  m oliya  faoliyatiga  taalluqli  boshqa  xizm atlar  olib 
boradilar.  B undan  faoliyatda  o ‘zlik  va jalb  etilgan  pul  m ablag'lardan 
m aqsadli  h a m d a   sa m a rad o rlik   bilan  foydalanishni  nazorat  etish, 
moliyaviy  holatni  tahlil  etish,  davlat  budjeti,  budjetdan  tashqari ja m -

g ‘armalar,  tijorat  banklari va  boshqa mijozlar oldidagi  m ajburiyatlarni 
bajarish,  debitorlik-kreditorlik  qarzdorlarni  nazorat  qilish  va  bajarish 
amalga  oshiriladi.
2.  X o‘jalik subyektlarining  aksiyadorlari,  asosan yirik aksiyadorlar 
kuzatuvi  o ‘z  sarm oyalarini  sam adorlik  bilan  foydalanishini  h a m d a  
shu  asosda  dividend  olish  m aqsadida  moliyani  boshqarishda  bevosita 
ishtirok  etadi.
3.  Tijorat  banklari  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarga  kredit  berish 
va  uning  o ‘z  m u ddatida  qaytarilishida  moliyaning  m aqsadli  boshqa- 
ruvida  ishtirok  etadilar.
4.  A uditor firmalari  x o ‘jalik  yurituvchi  subyektlar x o ‘jalik-m oliya 
faoliyatini  n a z o ra t  qilish  v a q tid a   va  s h a r tn o m a   a s o s id a   m o liya 
boshqaruvida  yo ‘l  q o ‘yilgan  kamchiliklarni  bartaraf  etishda  ishtirok 
etadi.
X o‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatidagi ijobiy moliyaviy natijalar 
bu  yerda  m oliyani  b oshqarishda  sa m a rad o r  qoida  va  u slu b la rd a n  
foydalanilayotganidan  dalolat  beradi.  Buning  aksi,  x o ‘jalik  yurituvchi 
subyektlar  faoliyatidagi  salbiy  moliyaviy  natija  (zarar)lar  bu  yerda 
moliyani boshqarishda samarasiz uslublardan foydalanilayotganligidan 
dalolat  beradi  ham d a  qat’iy  chora-tadbirlar  ko‘rilishini  talab  etadi.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling