O `zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedogokika instuti kimyo yonalishi 12k-20 guruh talabasi Amirova Samina ning analitik kimyo fanidan kurs ishi mavzu: Ajratish va aniqlash


Download 62.38 Kb.
bet2/19
Sana18.06.2023
Hajmi62.38 Kb.
#1581920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Amirova Saminaning Kurs ishi Analitika fanidan

Kurs ishining maqsadi.Fotometrik tahlil to‘lqin uzunligi 180 dan 1100 nmgachabo‘lgan oraliqdagi elektromagnit nurlanishni tanlab yutilishigaasoslangan.Usul juda ham oddiy, tezkor, yuqori sezgirlikni o‘zichiga oladi, shuning uchun analitik laboratoriyalarda, amaliyotdajuda keng foydalaniladi.Fotometrik tahlilda monoxromatiknurlanish ishlatilsa spektrofotometriya deyiladi. Bularda nurliparchalash uchun spektrda prizmalar, difraksion panjaralar vafotokolorimetrlardan foydalaniladi.
Kurs ishining obyekti.Analitia kimyoda fizik-kimyoviy usullarni asosan uch gruppaga ajratish mumkin. Ular optik, elektrokimyoviy va xromotografik analiz usullaridir. Qishloq xo’jaligiga taaluqli izlanishlarda optik analizlardan biri kalorimetrik analiz keng qo’llaniladi. Turli ob‘ektlar tarkibidagi mikroelementlar miqdori ana shu usul yordamida aniqlanadi.
Kurs ishining hajmi.Kurs ishi an’anaga ko’ra kirish, I bob adabiyotlar sharhi, II bob tajriba qismi, III bob olingan natijalar tahlili, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismidan iborati bo’lib, Times New Roman bosma taboqda, 14 o’lcham va 1,5 intervallarda yozilgan. Kurs ishining hajmi 25 sahifadan tashkil topgan.11 ta adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.


Ajratish usullarining umumiy tavsifi
Kimyoviy sifat analizining asosiy tushunchalari Analitik reaksiya -elementning borligidan dalolat beruvchi, tashqi analitik samara bilan boradigan reaksiyalar. Reagent - aralashmadagi ionni oсhib beruvchi reaktiv. Мaxsus reaksiyalar - tashqi samarasi murakkab aralashmadagi faqat bir ionga хos bo'lgan analitik reaksiya. Selektiv reaksiyalar- tashqi belgisi ayrim ionlargagina хos bo'lgan analitik reaksiyalar. Guruh reaksiyalari- tashqi belgisi bir guruh ionlari uchun хos bo'lgan analitik reaksiyalar bo'lib, tegishli reagent guruh reagenti deb ataladi. Analitik reaksiyalarning sezgirligi – aniqlanuvchi ionning ochilishi mumkin bo'lgan minimal miqdori, to'rtta о'zaro bog'langan o'lchamlar bilan tavsiflanadi. Ochish minimumi - m (mkg) chegaraviy suyultirilgan eritmaning minimal hajmida ochilishi mumkin bo'lgan modda (ionning) minimal massasi (mikrogrammlarda ifodalanadi I mkg%3D 10 "g) Minimal hajm- ion (modda)ning ayni reaksiya bilan ochilishi mumkin bo'lgan modda minimal massasi. Minimal hajm – ionning ayni reaksiya bilan ochilishi mumkin bo’lgan, chegaraviy suyultirilgan eritmaning hajmi. Chegaraviy konsentratsiya - ayni reaksiya vositasida ochilishi mumkin bo'lgan ionni g/sm3 birlikda ifodalangan minimal konsentratsiyasi. Suyultirish chegarasi (W) - tarkibida 1g aniqlanuvchi ion tutgan, chegaraviy suyultirilgan eritmaning hajmi. Analiz jarayonida bir moddani aniqlashga ko'pincha ikkinchi modda xalaqit beradi. Shuning uchun xalaqit beradigan tarkibiy qismni aniqlanadigan moddadan ajratishga to'g'ri keladi. Xalaqit beruvchi tarkibiy qismni aniqlanadigan moddadan ajratishning ikki usuli mavjud; ulardan biri, xalaqit beruvchi tarkibiy qismni tekshiriladigan eritmaning o'zida niqoblashni, ikkinchisi, uni tekshiriladigan eritmadan chiqarib olishni ko'zda tutadi. Agar tekshiriladigan obyekt tarkibidagi moddalar bir-birini topish va aniqlashga xalaqit bersa, ularni bir-biridan kimyoviy, fizik yoki fizik-kimyoviy usullar yordamida ajratish mumkin. Kimyoviy ajratish usullarida ajratish uchun biror yordamchi reagent tekshiruvchi qo'shiladi. Bunda cho'ktirish, komplekslash, oksidlanish qaytarilish reaksiyalaridan biri yoki bir nechasi, natijasida moddaning bir qismi ikkinchi fazaga ( cho'kma, gaz, niqoblanish holati) o'tadi. Ajratish uchun yuqoridagilardan tashqari filtrlash, sentrifugalash, haydash, kristallash va boshqalar ishlatilishi mumkin. Fizikaviy va fizik-kimyoviy usullarda tekshiriladigan modda biror ta'sir tufayli ajratilishi mumkin. Masalan, qattiq modda-eritma; qattiq modda-gaz; eritma-gaz; eritma I – eritma II va hokazo. Ajratish jarayonida muvozanat o'rnatilishi uchun har ikkala faza astoydil aralashtiriladi. Buning natijasida birinchi fazadagi bir yoki bir necha modda ikkinchi fazaga o'tadi. Bunda bir fazadan ikkinchisiga oʻtkazishning imkon boricha toʻliq bo'lishiga e'tibor beriladi va aniqlanadigan tarkibiy qism bir fazada, xalaqit beruvchi tarkibiy qism ikkinchi fazada bo'lishi zarur. Analizning aniqlik darajasi ajratishning samaradorligiga bog'liq. Ajratishning samaradorligini baholash uchun ajratish darajasi va ajratish omili tushunchalari kiritilgan. Ajratish darajasi (RC) ajratilgan tarkibiy qism miqdorining QA uning namunadagi dastlabki miqdoriga Q0A nisbatiga teng:
Rc =
Bu qiymat birga qancha yaqinlashsa, ajratish shuncha to'la bo'ladi. Uni foizlarda ham ifodalaydilar. Ajratish yoki konsentrlash omili (Rb/a) aniqlanadigan tarkibiy qismning xalaqit beravchi tarkibiy qismdan qanchalik toʻliq ajratilganligini ko'rsatadi:
R b/a=
bu yerda, Q0b va Q0a- A va B tarkibiy qismlarning tekshiriladigan namunadagi dastlabki miqdorlari; QA QB-shu tarkibiy qismlarning ajratishdan keyingi miqdorlari. Bu qiymat qancha kichik bo'lsa, ajratish shuncha samarali bo'ladi. Ajratish usullari ko'pincha kristallash, bug'latish, haydash, ekstraksiya, sorbsiya, ion almashinish usullarini o'z ichiga oladi. Ekstraksion ajratish ko'pincha kimyoviy usul-komplekslash reaksiyalari bilan bog'liq holda o'tkaziladi. Kristallizatsiya usulida aniqlanadigan modda qattiq holda bo'lishi muhim, chunki bug'latish davrida aniqlanadigan moddaning uchib chiqadigan qismi tashlab yuboriladi, uni to'plab olish ancha murakkabdir. Kristallash, asosan, tarkibi aralashmalardan toza bo'lgan cho'kma olish uchun ishlatiladi .



Download 62.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling