O‘bekiston respublikasi


-modda. Texnik reglamentlarga rioya etish


Download 1.56 Mb.
bet20/54
Sana19.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1366629
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54
Bog'liq
СТ лотин

22-modda. Texnik reglamentlarga rioya etish

  • Texnik reglamentlarga rioya etish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.

  • Oldingi tahrirga qarang.

  • Texnik reglamentlar amalga kiritilgach, standartlashtirish bo‘yicha ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan tegishli normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotadi hamda belgilangan tartibda qo‘llanilishda ixtiyoriylik kasb etadi.

  • (22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)

  • 23-modda. Texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati

  • Texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlarining va davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  • 4-bob. Yakunlovchi qoidalar

  • 24-modda. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlarni moliyalashtirish

  • Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlarni moliyalashtirish respublika budjeti va yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

  • Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagilar moliyalashtiriladi:

  • umumiy texnik reglamentlarni ishlab chiqish;

  • umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ekspertizadan o‘tkazish;

  • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini yuritish;

  • texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

  • O‘zbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha xalqaro tashkilotlardagi a’zoligi bilan bog‘liq xarajatlar.

  • 25-modda. Nizolarni hal etish

  • Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


  • Download 1.56 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling