«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”
58 Keyingi paytlarda texnopolislar rivojlanib anchagina ixtisoslashib ketishdi va ularning turli ko’rinishlari paydo bo’ldi. Shulardan biri agrar sohaga ixtisoslashgan turi agropolislar ham paydo bo’ldi. Agropolis qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan o‘ziga xos texnopolisdir. Xorij mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, agropolislar yigirmanchi asrning keyingi o‘n yilliklarida yaponlar kashf etgan texnopolisning bir ko‘rinishi bo‘lib, uchinchi dunyo mamlakatlari uchun jahon bozorida o‘z o‘rnini topishda eng qulay novatsiyalardan biridir. Texnopolislarning bir shakli sifatida agropolislar ham fan - texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga tez va arzon tadbiq qilish uchun zarur bo‘ladigan barcha resurslarni bir joyda konsentratsiya qilish uchun xizmat qiladigan quroldir. Agrar sohaning u yoki bu yo‘nalishida katta burilish qilish uchun moddiy resurslarni, pul resurslarini, intelektual kapitalni yig‘ish, olim ijodkorligi uchun zarur bo‘ladigan infrastrukturani (ishlab chiqarish, ilmiy, ijtimoiy, bozor) yaratishdan iborat. Janubiy – Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari (jumladan, Singapur, Malayziya, Tailand, Tayvan va boshqalar) dengiz mahsulotlarni va ekzotik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ushbu novatsiyani qo‘llab, katta yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar [4.49., 1.135.]. O‘zbekiston qulay tabiiy-iqlim sharoitiga ega bo‘lganligi uchun ham agrar sohani rivojlantirish masalasida juda katta potensialga ega ekanligini bilamiz. Shuning uchun ham mamlakatda bu sohaga ixtisoslashgan erkin iqtisodiy zonalarning shu turini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir, shu bilan birga agrar sohamiz bu masalada juda katta imkoniyatlarga ham egadir. Xullas, O‘zbekiston agrar mamlakat bo‘lganligi uchun erkin iqtisodiy zonalarning bir turi «Agropolis»larni rivojlantirish ham zarur va ham katta imkoniyatlarga ega. Mamlakatimizda agropolislarni hayotga tadbiq etish uchun bir qancha sabablar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: O‘zbekiston iqtisodiyotida agrar sohaning mavqei nisbatan yuqori bo‘lib, iqtisodiyotning agrar sohani rivojlantirish va qishloq joylarida yuqori darajadagi yashash sharoitlarini yaratish O‘zbekiston hukumatining asosiy vazifalardan biridir; Agropolislar erkin iqtisodiy zonalarning progressiv shakli sifatida qator Osiyo mamlakatlarida yuqori samara berib kelmoqda; O‘zbekiston keyingi o‘n yilliklarda agrar sohada ilmni rivojlantirishga katta e’tibor berganligi tufayli respublikada agropolislar yaratish uchun ilmiy baza ham mavjud; Bu mamlakat azaldan dehqonchilik hududi bo‘lganligi uchun bu yerda agropolis yaratish uchun agrotexnikaviy bazaga ham ega. Bu yerda dunyoning boshqa hech qayerida deyarli uchramaydigan mevalar yetishtirishda katta tajribaga ega; Respublikada ishsizlik muammosi og‘ir masalalardan biridir, uni hal qilishni eng maqbul variantlaridan biri - mavjud dehqonchilik madaniyatiga tayanib, unga zamonaviy ilmiy bazani qo‘llab turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali bandlik darajasini ko‘tarish maqsadga muvofiqdir [9]. Bugungi kunda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ayniqsa, meva-chevalarning 60-70 foizi dasturxongacha yetib bormasdan nobud bo‘lmoqda. Buning sabablariga quyidagilarni aytish mumkin: 1. Mevalar pishgan vaqtda uni konservatsiya qilish tizimlari yaxshi rivojlanmaganligi uchun anchagina qismi nobud bo‘ladi; 2. Mevalarni eksport qilishda bojxona to‘siqlarining mavjudligi ham unga salbiy ta’sir qiladi; 3. Mevalarni eksport qilish dehqon va fermer xo‘jaliklarida mutaxassislarning yetishmasligi ham salbiy ta’sir qilmoqda. Xullas, O‘zbekistonda agropolislarni yaratish uchun barcha zaruriy omillar mavjud: unumdor yer, saxovatli tabiat, ming asrli tajribaga ega bo‘lgan mirishkor dehqonlar, agrar sohada ilm qilayotgan va qila oladigan olimlar, minimal bo‘lsa ham infrastruktura unsurlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun katta bozor bo‘lgan shimoldagi qo‘shni mamlakatlar va b. Faqatgina geopolitik nuqtai nazardan qulay bo‘lgan ma’lum bir territoriyani ajratib olib, davlat tomonidan imtiyozlar tizimini ishlab chiqib, oqilona tartiblash va samarali boshqarish tizimlarini yaratish zarur. O‘zbekiston yuqorida sanalgan mamlakatlar tajribasiga tayanib, o‘zida qator agropolislarni yaratishi mumkin: -Buxoro vohasi va Farg‘ona vodiysida mevachilikka ixtisoslashgan agropolislarni yaratish mumkin. O‘zining shirin mevalari, birinchi navbatda o‘rik, nok, anjir, olcha va uzumlari bilan mashhur, shu mevalarni ishlab chiqarish, konservatsiya qilish, sok, murabbo va shu kabi mahsulotlar olishga hamda uzoq yurtlarga eksport qilishga ixtisoslashgan hududni yaratish mumkin; – Xorazm va Buxoro vohalari qovunlarining dovrug‘i yetti iqlimga yetgan, jahonga mashhur qovunlarni yetishtirishga qulay iqlim sharoitiga hamda tajribaga ega bo‘lgan bobo-dehqon, mirishkorlarimiz va seleksioner olimlar bor. Shu qovunlarni yetishtirish, ularni quritish va turli xil mahsulotlar olishga qaratilgan agropolis yaratish mumkin; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling