«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”
- Kalit sozlar
II SHO’BA. MINTAQALARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH VA ULARNING TURISTIK SALOHIYATIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING DOLZARB MASALALARI “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 56 AGROPOLIS O’ZBEKISTON UCHUN ERKIN IQTISODIY ZONALARNING SAMARALI SHAKLI Khamroev Khalim, Buxoro, BDU. Professor, i.f.n. Annotatsiya: Maqolada erkin iqtisodiy zonalarning samarali shakllaridan biri – texnopolislar, jumladan, qishloq xo‘jaligida agropolis shaklida qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Ulardan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlari tahlil qilinib, mamlakatda qo’llash samarali bo’lgan joy va mahsulot turlari bo’yicha ayrim takliflar qilingan. Kalit so'zlar: erkin iqtisodiy zona, texnik-tadqiqot hududi, texnopolis, agropolis, raqobat muhiti, polis g’oyasi. Hozirgi paytda, butun dunyo industrial iqtisodiyotdaninnovatsion iqtisodiyotga qarab bormoqda. Erkin iqtisodiy zonalar esa XX asrning ikkinchi yarim yilligining eng ko‘zga tashlanadigan institutsional innovatsiyasi ekanligini isbot qildi. Amaliyotda erkin iqtisodiy zonalarning qirqdan ortiq turi bo‘lib, ular dunyoning 140dan ortiq mamlakatida barpo etilgan. Yigirmanchi asrning yetmishinchi yillarida jahonda 700 erkin iqtisodiy zona bor degan ma’lumot beriladi, asr oxiriga kelib esa jahonda 4 mingta erkin iqtisodiy zona bor degan ma’lumot berildi [6.3.]. Bizning tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, planetada ularning soni kichik hududlarni hisobga olganda 7000 dan oshib ketgan. Hozir ular dunyo iqtisodiyotida salmoqli o‘rinni egallab bormoqda. Erkin iqtisodiy zona murakkab tashkilot bo‘lib, u quyidagilar bilan xarakterlanadi: ❖ o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan maqsadlar to‘plamiga egaligi; ❖ Natijaga erishish uchun resurslarning mavjudligi (kadrlar, kapital, materiallar, texnologiyalar va informatsiya); ❖ Tashqi muhitga bog‘liqligi (iqtisodiy sharoitlar, iste’molchilar, kasaba uyushmalari, qonunchilik, raqib tashkilotlar, jamiyatdagi qadriyatlar tizimi, texnika va texnologiyalar); ❖ Gorizontal va vertikal mehnat taqsimoti mavjudligi; ❖ Aniq, maxsus vazifani bajaruvchi hamda aniq, maxsus maqsadlarga erishuvchi bo‘limlarning mavjudligi; ❖ Boshqarish va tartibga solishning zarurligi. Jahon tajribasida erkin iqtisodiy zonalarning xilma-xil tiplari bo‘lib, ularning har biri umumiy xususiyatlardan tashqari o‘ziga xos xususiyatlarga ham egadir [2, 3,13.]. Bu o‘ziga xoslik har bir aniq holatda ko‘plab omillar va ularning mavqei, ahamiyati, o‘zaro bog‘liqlik bilan aniqlanadi. O‘zining rivoji davomida erkin iqtisodiy zona “tashqi” ta’sirlarga uchraydi, ichki ziddiyatlar paydo bo‘ladi, u yashayotgan muhit (siyosiy, iqtisodiy, ekologik tabiiy va b.) o‘zgaradi. Erkin iqtisodiy zonalarni turli - tuman shaklda bo‘lishiga quyidagi omillar ta’sir etadi: joylashish o‘rni, hudud konfiguratsiyasi, maydonning kattaligi, ishlab chiqarish va boshqa resurslarning mavjudligi va sifati, tabiiy iqlim sharoiti, tabiiy, iqtisodiy va boshqa sharoitlarning xususiyati, bajariladigan vazifalari, yuklatilgan funksiyalari, xo‘jalik faoliyatining turlari, maydonning qaysi davlat yoki millatga tegishliligi va b [5.22-43., 12.22.]. Erkin iqtisodiy zonalarning turlariga keladigan bo‘lsak, yuqorida ta’kidlaganimizdek ularning 40dan ortig‘ini ajratish mumkin. Ularni ichida eng mashhurlaridan biri texnopolis hisoblanadi. Texnopolislar yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida Yaponiya iqtisodiyotini jadal sur’atlar bilan rivojlanishga olib kelgan “yapon mo‘jiza”laridan biri sanaladi. Hozirgi ashaddiy raqobat muhiti sharoitida fan sohasida tug‘ilgan g‘oya ishlab chiqarish sohasiga juda tez va silliqqina yetib borishi va tovarga aylanishi kerak. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bu jarayonlarni jadallashtirish uchun iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini liberallashtirish zarur. Shu nuqtai nazardan fan va ishlab chiqarish integratsiyasining samarali va qulay shakli sifatida erkin iqtisodiy zonalarning eng samarali shakllaridan biri texnopolislar tajribasi juda qiziqarlidir. Texnik-tadqiqot hududlaridan eng progressiv va jahonda anchagina tarqalgan turi bo’lmish hududlarning yapon varianti bo’lmish texnopolis (Tehnopolis)ga kelsak, bu ilg‘or yuqori texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar va loyiha-konstruktorlik ishlanmalar shahridir. Texnopolis – texnopark, ilmiy, inkubator va boshqa shakldagi ko‘plab ilmiy-tadqiqot hududlarining konglomeratidir. Texnopolislar tarkibiga bir necha texnopark, ilmiy park va boshqa strukturalar ham kirishi mumkin. Texnopolisning bosh vazifasi resurslarni konsentratsiya qilish yo‘li bilan innovatsiya jarayonini jadallashtirishdan iborat. Uning strategiyasi - butun xo‘jalikni intelektuallashtirish va yuqori texnologik darajadagi regional markazlarni rivojlantirish bazasida yangi faoliyatlar sohasida sifat jihatdan sakrashdan iborat. Texnopolisning ko‘p tarmoqli faoliyati davlat va manfaatdor tadbirkorlarning fundamental va amaliy tadqiqot loyihalarini amalga oshirishni, olingan ilmiy natijalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni o‘z ichiga oladi [7]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling