«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 
57 
Texnopolis innovatsiyalarni yig‘ish, jamlash va amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan infrastruktura va 
yuqori hayot darajasi yaratilgan kichik bir yoki bir necha shaharchadan iboratdir. Xullas, texnopolis – bu 
ilg‘or yuqori texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar va loyiha-konstruktorlik ishlanmalar shahri, texnopolis – 
texnopark, ilmiy, inkubator va boshqa shakldagi ko‘plab ilmiy-tadqiqot hududlarining konglomeratidir.
«Texnopolis» termini Yaponiyaning sanoat strategiyasining asosida yotuvchi ikkita muhim g‘oyaning 
sintezini bildiradi. Birinchi g‘oya («texnologiya») - yangi, butun bir sohani o‘zgartiruvchi texnologiyalar 
asosida Yaponiyaning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilishdan iborat. Ikkinchi g‘oya («polis») 
xususiy sanoat bilan jamiyat tomonidan tan olinadigan g‘oya va javobgarlik o‘rtasidagi muvozanatga 
asoslanuvchi qadimgi greklarning shahar-davlat g‘oyasidir. Bu ikki g‘oyani birlashtiruvchi g‘oyani «XXI 
asrga supersakrash» deb, u Yaponiyani fanning ilmiy - texnik arxepelagiga aylantiradi, deb umid qilishgan. 
Bunday yangi shaharlar hozirgi zamon ilmiy texnik komplekslar, universitetlar va ilmiy tadqiqot 
institutlarining muvozanatlashgan yig‘indisidan iborat bo‘lishi kerak, bundan tashqari, yashash uchun 
qulay bo‘lgan madaniy va sog‘liqni qayta tiklash imkoniyatlariga ega bo‘lishi kerak. Texnopolislar ajoyib 
manzarali rayonlarda joylashishi kerak, mahalliy urf - odatlar va tabiiy sharoitlar bilan uyg‘unlashuvi zarur 
[2, 10.]. 
«Texnopolis» konsepsiyasining asosiga yaponlar AQSHning «Selikon vodiylari» tajribasini 
olganlar. «Texnopolis» dasturi ilmiy texnika taraqqiyotini jadallashtirish va sanoatni ilm ko‘p talab 
qiladigan strukturaga o‘tkazish sharoitida regional strategiyaning eng muhim unsuri bo‘ldi. Yaponiyada 
texnopolislarni «XXI asr shaharlarini qurishning dasturi» deyishadi. Dastur yuqori texnologik sanoat, 
fanni atrof - muhitdagi yashash hududi bilan uzviy va muvozanatli birligini ko‘zda tutadi. Yaponiyaning 
14 rayonida yetakchi ilmiy bo‘linmalar asosida 19 ta texnopolislar yaratilgan. Eng yirik texnopolis 
«Sukuba» 145 ming kishini ish bilan ta’minlaydi. «Sukuba»da Yaponiyaning 98 davlat tadqiqot 
labaratoriyalardan 30 tasi joylashgan va u dunyoning eng yirik ilmiy markazlaridan biri hisoblanadi [8., 
11.]. 
Texnopolislar birinchi navbatda raqobatni mo‘ljal qilib olish va iqtisodiy samaradorlik tamoyillariga 
rioya qilgan holda shakllantiriladi. Ularni tashkil etishda boshqarishning an’anaviy byurokratik shakllari 
bartaraf etiladi. Texnopolislarni qurish odatda regional darajada, mahalliy soliqlar va kreditlarga tayangan 
holda olib boriladi. U turli soha vakillari o‘zaro muamala qiladigan va fikr almashadigan yuqori 
intelektlashgan muhitni talab qiladi. Odatda xuddi shunday muhitda, boshqa sohalardagi ilmiy tortushuv va 
yangiliklarni o‘zidagi muammolarga qarata olish orqali kutilmagan kashfiyotlar sodir bo‘lishi 
mumkin.Texnopolisning muhim xususiyati shundan iboratki, u yirik shaharlarda emas, balki kichikroq 
shaharlarda, industrial shovqin nisbatan kam bo‘lgan, sokin, ijod qilish uchun qulay bo‘lgan joylarda 
yaratiladi. Ammo bu joylarda yashovchilar tashqi dunyo bilan hozirgi informatsion - kommunikatsion 
tizimlar orqali juda yaxshi bog‘langan bo‘lishi shartdir, kerak paytda jahonning xohlagan mashhur 
kompaniyasiga borish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.Yaponiyadagi ko‘plab texnopolislar 
ma’muriyatlaridagi o‘ta qobiliyatli menejerlarning say-harakati va mahalliy hukumatning qo‘llab-
quvvatlashlari natijasida ijodda, ayniqsa texnologik ijod qilishda mamlakatning eng yaxshi va samarali 
joylariga aylandi [5]. 
“Yapon mo’jizasi”dan ilhomlanib Gonkong, Singapur, Tayvan kabi yangi industrial mamlakatlardagi 
iqtisodiy ko‘tarilish texnopolislar rivojlanishi bilan anchagina bog‘liq bo‘ldi. Texnopolislar iqtisodiyotda 
mehnat unumdorligini oshirishga, yuqori malakali ish o‘rinlari yaratilishiga, valyuta oqimini ko‘payishiga, 
mamlakatni jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashib ketishiga imkon berdi. Bu mamlakatlarda hududlar 
asosan eksportga mo‘ljallangan yuqori ilmiy texnik xarakterdagi ishlab chiqarishlarning anklavlariga aylanib 
ketishdi. 
O‘zbekistonning hozirgi holatini hisobga olib, texnik-tadqiqot zonalarning shu shakliga e’tiborni qaratib, 
qator shaharlarimizda texnoparklar yaratishda yapon modelini andoza qilib olish maqsadga muvofiqdir. 
Nega yapon modeli? degan savol tug‘iladi, albatta. Birinchidan, yapon madaniyati ko‘p jihatdan o‘zbek 
madaniyatiga o‘xshab ketadi: kollektivchilik ustuvorligi, jamiyatda davlat institutining mavqeining 
kattaligi va boshqalar, ikkinchidan, rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan Amerika va Yevropa 
modellarida zonalar yaratishning asosiy qatnashchilari va moliyalashtiruvchilari baquvvat xususiy 
universitetlar, banklar va firmalar hisoblanadi, yapon modelida esa asosiy qatnashuvchi va 
moliyalashtiruvchi bo‘lib davlat muassasalari, mahalliy hokimiyat organlari chiqadi, xususiy biznes, 
jumladan, banklar, universitetlar va firmalar esa yordamchi rolni o‘ynaydi. Hozirgi O‘zbekiston sharoitida 
xususiy sektorni imkoniyatlarini tahlil qilib shuni aytish mumkinki, ular bu kabi yirik loyihaga mablag‘ 
ajratish darajasidagi moliyaviy imkoniyatlarga ega emas. Faqatgina davlat ko‘magidagina bu kabi 
loyihalarni hayotga tadbiq qila olamiz.



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling