Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari deyiladi
https://t.me/kimyo_masala
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
8-SINF savol javob
https://t.me/kimyo_masala #SHOH
Qaysi elementlar metallmaslar deyiladi? Geliy, neon, argon, kripton, ksenon va radon.
Qaysi birikmani olinishi bilan inert gazlarning ba'zi kislorodli va ftorli birikmalarini sintez qilib olish imkoniyati vujudga keldi? 1962- yilda XeF 4 ksenon tetraftorid olinishi bilan.
Barcha metallmaslar (vodorod va geliydan tashqari) p-elementlar oilasiga mansub. Ammo … . Gapni davom ettiring? Ammo barcha p-elementlar ham metallmas bo'lavermaydi.
Metallmaslarning elektrmanfiyligi qanday oralig'da bo'ladi? 2,00-4,00 oralig'ida.
Davrlarda chapdan o'ngga o'tgan sari elementlar ionlarining musbat zaryadlari kattalashadi. Shunga muvofiq ravishda uchuvchan vodorodli birikmalarning kislotali xossalari suvdagi eritmalarida qanday o’zgarib boradi?
Kuchayadi.
Guruhlarda yuqoridan pastga tushgan sari elementning vodorodli birikmalarining suvdagi eritmalaridagi kislotaliligi ortib boradi. Sababi nimada?
Guruhlarda yuqoridan pastga tushgan sari elementning manfiy zaryadli ionlari vodorod ionlarini o'ziga bo'shroq tortib turadi. Shunga muvofiq, vodorod ionlarining molekuladan uzilishi osonlashadi, demak, vodorodli birikmalarning suvdagi eritmalaridagi kislotaliligi ortib boradi.
Metallmaslar vodorodli birikmalarining oksidlovchi xossalari guruhlarda yuqoridan pastga o'tgan sari qanday o’zgaradi? Kuchayadi. Metallmaslarning davriy sistemada joylashishi Guruhlar Davrlar III A
IVA VA
VIA VIIA
VIIIA 1
(H)
He 2 B C N O F Ne
3
Si P S
Cl Ar
4
As Se
Br Kr
5
Te
J Xe
6
At Rn Yuqori oksidlari formulasi R 2 O 3
RO 2
R 2 O 5
RO 3
R 2 O 7 RO 4
Uchuvchan vodorodli birikmalari formulasi
RH 4
RH 3
RH 2
RH
https://t.me/kimyo_masala #SHOH
VI-bob. Galogenlar.
Galogen so’zi haqida gapiring? Fanga "galogen" tushunchasini 1811- yilda nemis kimyogari I. Shveyger kiritgan bo'lib, "tuz" va "hosil qiluvchi" degan ma'nolarni bildiradi.
“Galogen” atamasi qaysi elementlar uchun umumiy nom bo’lib qolgan? "Galogenlar" atamasi ftor, xlor, brom, yod va astat uchun umumiy nom bo'lib qolgan.
Galogenlarning davriy sistemada joylashishi haqida gapirib bering?
VII guruhi bosh guruhchasida joylashgan.
Galogenlarning tashqi energetik pog’onasida nechta elektron bor? Galogenlarning tashqi energetik pog'onasida 7 ta elektron bor.
oksidlanish darajalari haqida nimalarni bilasiz? Ftor eng kuchli elektrmanfiy element bo'lganligi uchun u barcha birikmalarida -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Xlor, brom va yod esa kislorodli birikmalarida +1 dan +7 gacha bo'lgan oksidlanish darajalarini ham namoyon etadi.
Galogenlarning tabiatda uchrashi haqida gapiring? Galogenlar tipik metallmaslar, kuchli oksidlovchilar bo'lganligi sababli tabiatda erkin holda uchramaydi. Asosan tabiatda kimyoviy birikmalar tarzida uchraydi.
Galogenlarni tabiiy birikmalaridan erkin holda ajratib olish uchun nima qilish kerak? Galogenlarni tabiiy birikmalaridan erkin holda ajratib olish uchun galogenid ionlarini oksidlash kerak bo’ladi.
Ftorid ionidan ftor olish uchun qaysi jarayondan foydalaniladi? Faqat elektroliz jarayonidan.
Xloridlardan xlorni qanday qilib olish mumkin? Xloridlardan xlorni olish uchun xlorid ioni tutuvchi eritmalarni elektroliz qilib yoki kuchli oksidlovchilar ta'sir ettirib olish mumkin.
Bromidlar va yodidlardan galogenlarni qanday qilib ajratib olish mumkin? Bromidlardan bromni olish uchun bromid ionlari tutgan eritmalarni elektroliz qilib yoki kuchli oksidlovchi ta'sir ettirib olish mumkin. Bundan tashqari bromidlarning eritmalariga xlor ta'sir ettirib ham bromni olish mumkin. Chunki xlor bromga nisbatan kuchli oksidlovchidir. Yod olish uchun yodidlarning eritmalari elektroliz qilinadi yoki kuchli oksidlovchilar ta'sir ettiriladi, shuningdek, uni xlor, brom ta'sir ettirib ham olish mumkin.
Galogenlarning atom massasi ortib borgan sari fizik xossalari qanday o’zgaradi? Galogenlarning nisbiy atom massalari ortgan sari oddiy sharoitdagi agregat holati va rangi quyuqlashib, qaynash harorati va zichlik ortib boradi.
Galogenlarning suvdagi eruvchanligi qanday? Galogenlarning suvda eruvchanligi nisbatan ancha kam.
1 hajm suvda odatdagi sharoitda 2,5 hajm. https://t.me/kimyo_masala #SHOH
qancha hajm xlor eriydi?
Odatdagi sharoitda 100 gr suvda necha gr yod eriydi? 100 gr suvda 0,02 gr yod eriydi.
Galogenlar qanday erituvchilarda yaxshi eriydi va bunday erituvchilarga misollar keltiring? Organik erituvchilarda galogenlar yaxshi eriydi (organik erituvchilar - benzin, kerosin, atseton, turli xildagi spirtlar, benzol va h.k.).
Yod boshqa galogenlarda uchramaydigan qanday xossaga ega?
Yod sublimatlanish xossasiga ega.
Yod qizdirilsa qanday jarayon ro’y beradi? Gunafsha rangli gaz holatiga o’tadi.
Sublimatlanishga ta’rif bering? Qattiq moddalarning suyuq holatga o'tmasdan gaz holatga, gaz holatdan yana suyuqlanmasdan qattiq holatga o'tish hodisasi sublimatlanish deyiladi.
Ftordan yodga tomon (F 2 , Cl
2 , Br 2 , J
2 qatori) galogenlarning atom radiusi qanday o’zgaradi?. Ortib boradi.
Ftordan yodga o’tgan sari oddiy moddalarning oksidlovchilik, kimyoviy faolligi va qaytaruvchilik xossalari qanday o’zgaradi? -- oksidlovchilik xossasi kamayib boradi; -- kimyoviy faolligi kamayib boradi; -- qaytaruvchilik xossasi ortib boradi.
Ftorda yodga o’tgan sari ionlarning kimyoviy faolligi qanday o’zgarish kuzatiladi? Kimyoviy faolligi ortib boradi.
Galogenlar ichida eng faol element qaysi? Ftor galogenlar ichida eng faol elementdir.
Ftor ta’sirida suvda qanday o’zgarish kuzatiladi? Suv alangalanib yonadi.
Xlorning kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi joylashuvi haqida gapiring? Kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi o'rni: 3- davr, VII guruhning bosh guruhchasi, tartib raqami 17.
Xlorning tabiatda uchrashi haqida gapirib bering? Tabiatda xlor faqat birikmalar holida uchraydi.
Xlorning birikmalariga misollar keltiring? - Galit (tosh tuzi) -------- NaCl - Silvinit ------------------- KCl · NaCl - Silvin --------------------- KCl - Bishofit ------------------- MgCl 2 · 6H 2 O
- Karnallit ------------------ KCl · MgCl 2 · 6H 2 O
- Kainit --------------------- KCl · MgSO 4 · 3H 2 O
Sanoatda xlor olish uchun qaysi usuldan foydalaniladi? Sanoatda xlor olish uchun elektroliz usulidan foydalaniladi.
Laboratoriya sharoitida xlor olish uchun HCl ga qaysi modda ta’sir ettiriladi? MnO 2
4 .
https://t.me/kimyo_masala #SHOH
Xlorning fizik xossalari haqida nimalarni bilasiz? Xlor sarg'ish-yashil rangli, o'tkir xidli, bo'g'uvchi, zaharli gaz. Xlorni hidlash mumkin emas.
Ko’proq miqdorda xlor bilan nafas olgan kishida qanday o’zgarish kuzatiladi? Ko'proq miqdor xlor bilan nafas olgan kishi o'lishi ham mumkin.
Xlor havodan necha marta og’ir? 2,5 marta og’ir.
20°C da 1 hajm suvda qancha hajm xlor eriydi? 2,5 hajm.
20°C da 1 hajm suvda 2,5 hajm xlor erishi natijasida nima hosil bo'ladi? Xlorli suv.
Vodorod, metallar, bromidlar va yodidlar bilan o'zaro ta'sirlashganda xlor o’zining qanday xossasini namoyon qiladi?
Oksidlovchilik xossasini.
Nima sababli xlor temir bilan reaksiyaga kirishganda uni +3 oksidlanish darajasiga qadar oksidlaydi? Kuchli oksidlovchi bo'lganligi sababli.
Xlor suv va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishganda oksidlovchi bo’ladimi yoki qaytaruvchi? Xlor molekulasidagi 1 ta atom oksidlovchi, ikkinchi atom esa qaytaruvchi bo'ladi.
Xlor qaynoq o'yuvchi kaliy bilan reaksiyaga kirishganda qaysi tuzlarni hosil qiladi? Xlor qaynoq o'yuvchi kaliy bilan reaksiyaga kirishganda kaliy xlorid va Bertole tuzini hosil qiladi.
Sovuq o'yuvchi kaliy bilan xlor reaksiyaga kirishganda qaysi tuzlar hosil bo’ladi? Sovuq o'yuvchi kaliy bilan reaksiyaga kirishganda KClO va KCl tuzlarini hosil bo’ladi/
Vodorod xlorid sanoatda qaysi reaksiya asosida olinadi? Vodorod xloridni sanoatda olish uchun vodorod bilan xlor gazlari o'zaro reaksiyaga kiritiladi: H 2 +Cl 2 =2HCl Laboratoriyada vodorod xlorid qanday qilib olinadi? Vodorod xloridni laboratoriyada olish uchun quruq toza natriy xloridga konsentrlangan sulfat kislota ta'sir ettiriladi:
NaCl + H
2 SO 4 → NaHSO 4 + HCl↑ Vodorod xloridning fizik xossalari haqida gapiring? Vodorod xlorid rangsiz, o'tkir xidli, bo'g'uvchi gaz bo'lib, havodan biroz og'ir.
Suvda juda yaxshi eriydi, ya'ni 1 hajm suvda qancha hajm HCl eriydi?
500 hajm.
Xlorid kislotadan farqli holda quruq vodorod xlorid nimalar bilan reaksiyaga kirishmaydi? Metallar va metall oksidlari bilan. https://t.me/kimyo_masala #SHOH
Vodorod xlorid asosan nima ishlab chiqarish uchun sarflanadi? Xlorid kislota.
Vodorod xloridning suvdagi eritmasi nima deyiladi?. Xlorid kislota.
Konsentrlangan xlorid kislotaning fizik xossalari haqida gapirib bering? Konsentrlangan xlorid kislota rangsiz, o'tkir xidli (vodorod xlorid ajralib chiqayotganligi uchun) suyuqlikdir. Nam havoda tutaydi.
Konsentrlangan xlorid kislotaning zichligi taxminan nechchiga teng va necha foizli bo'ladi? Konsentrlangan xlorid kislotaning zichligi taxminan 1,19 g/sm 3
Konsentrlangan xlorid kislotaning eritmasi yana qanday nom bilan ataladi? Tutovchi kislota.
Xlorid kislotaning indikatorlarga ta’siri qanday? Indikator rangini o'zgartiradi: - binafsha rangli lakmus rangini qizil tusga kiritadi; - ishqoriy muhitdagi pushti rangli fenolftalein rangini rangsizlantiradi; - metilzarg'aldog'ining to'q-sariq rangini qizil rangga kiritadi.
Xlorid kislotaning metallar bilan reaksiyasi haqida gapiring? Metallarning faollik qatorida vodoroddan oldin turgan metallar bilan reaksiyaga kirishib tuz va vodorod hosil qiladi.
HCl asosli va amfoter oksidlar bilan o'zaro ta'sirlashib nimalar hosil qiladi? Asosli va amfoter oksidlar bilan o'zaro ta'sirlashadi va tuz bilan suv hosil qiladi.
Xlorid kislota asoslar bilan o'zaro ta'sirlashganda qanday moddalar hosil bo’ladi? Tuz va suv.
Xlorid kislota qanday tuzlar bilan reaksiyaga kirishib, yangi kislota va tuz hosil qiladi? O'zidan kuchsiz kislota tuzlari bilan.
Xlorid kislota kumush nitrat bilan reaksiyaga kirishganda hosil bo’ladigan cho’kma haqida ma’lumot bering? Kumush nitrat bilan reaksiyaga kirishib, oq cho'kma (AgCl) hosil qiladi. Bu cho'kma suvda ham, kislotada ham erimaydi.
Xlorid ionining eritmada mavjudligini aniqlash uchun qaysi reaktiv hisoblanadi? AgNO 3
Xlorid kislotaning oksidlovchilar bilan reaksiyasi haqida gapiring? Oksidlovchilar bilan reaksiyaga kirishib, xlor ioni oksidlanadi va erkin xlor moddasini hosil qiladi.
Xlorid kislota tuzlarining umumiy nomi? Xloridlar. https://t.me/kimyo_masala #SHOH
NaCl ning asosiy massasi qayerlarda bo'ladi? Dengiz va okeanlar suvida erigan holda bo'ladi.
Qattiq kristall holda nima shaklida uchraydi? Tosh tuzi shaklida.
O'zbekiston hududida tosh tuzi qaysi konlardan qazib olinadi? Xo'jaikon,Tubokat, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal'a konlaridan.
Osh tuzining qaynash va suyuqlanish harorati, zichligi va eruvchanligi haqida gapiring? Osh tuzining qaynash harorati 1413°C, suyuqlanish harorati 800,4°C, zichligi 2,16 g/sm 3 ga teng. Eruvchanligi 0°C da 35,6 g.
Inson taxminan 1 kunda va 1 yilda qancha osh tuzi iste'mol qiladi?
Inson 1 kunda taxminan 10 g, 1 yilda esa 3,6 kg osh tuzi iste'mol qiladi.
O'zbekistondagi barcha aholi 1 yilda taxminan necha t atrofida osh tuzi iste'mol qiladi? O'zbekistondagi barcha aholi 1 yilda taxminan 90000 t atrofida osh tuzi iste'mol qilar ekan.
Butun dunyodagi aholi 1 yilda qancha osh tuzi iste'mol qiladi? Butun dunyodagi aholi 25 mln. t osh tuzi iste'mol qiladi.
KCl tabiatda qaysi minerallar tarkibida uchraydi? Karnallit - KCl · MgCl 2 · 6H
2 O, silvinit –KCl · NaCl, silvin - KCl, kainit --- KCl · MgSO 4 · 3H 2 O
KCl ning tabiiy minerallari qaysi konlardan qazib olinadi? Kaliy xloridning tabiiy minerallari Qashqadaryo viloyatining Tubokat va Surxondaryo viloyatining Xo'jaikon konlarida qazib olinadi.
Xloridlarning suvdagi eruvchanligi qanday? Xloridlarning deyarli barchasi suvda yaxshi eriydi. AgCl, PbCl 2
2 lar esa erimaydi.
Xlorid kislota va xloridlarni aniqlash uchun qaysi reaktivdan foydalaniladi? AgNO3 eritmasidan.
AgCl qanday cho’kma? AgCl oq pag'a cho'kma..
HClO haqida gapiring? Gipoxlorit kislota - HClO beqaror modda bo'lib, u suyultirilgan eritmalardagina mavjud bo'ladi. Kuchli oksidlovchidir.
HClO asta-sekinlik bilan parchalanib, qanday moddalar hosil qiladi? U asta-sekinlik bilan parchalanib, atom holdagi kislorodni ajratib chiqaradi: HClO=HCl+O
HClO kislotaning kislotalik kuchi qanday? Juda kuchsiz kislota.
Xlorli ohakning yana bir nomi? Oqartiruvchi ohak.
Xlorli ohak tuzlarning qaysi turiga kiradi? Aralash tuz.
Xlorli ohak qaysi kislotalarning kalsiyli tuzi hisoblanadi? HClO va HCl.
HClO
2 haqida gapiring? HClO 2
suyultirilgan eritmalardagina mavjud. Kuchli oksidlovchidir. Tuzlari beqaror, zarb ta'sirida portlaydi. https://t.me/kimyo_masala #SHOH
HClO
3 erkin holda mavjud bo’la oladimi? Yo’q,
eritmadagina mavjud bo’ladi.
Xlorat kislota qachon portlab, parchalanadi? Eritmadagi kislota konsentratsiyasi 40% dan ortib ketsa.
Kaliy xlorat ko’pincha qanday nom bilan ataladi? Bertole tuzi.
Bertole tuzi KClO 3 barqaror modda bo'lib, oksidlovchi sifatida qanday maqsadlarda ishlatiladi? Gugurt ishlab chiqarishda, portlovchi moddalarni tayyorlashda ishlatiladi.
KClO 3 dan laboratoriyada nima maqsadda foydalaniladi? Kislorod olish uchun.
Qaysi kislota xlorning kislorodli birikmalari ichida eng kuchlisi hisoblanadi? HClO 4
HClO, HClO 2 , HClO
3 , HClO
4
Ushbu tartibda kislotalik kuchi, barqarorligi, oksidlovchi xossasi qanday o’zgaradi?. HClO, HClO 2 , HClO 3 , HClO
4
Ushbu tartibda kislotalik kuchi va barqarorligi ortadi. Oksidlovchi xossasi esa kamayadi.
Ftor - qaysi minerallar ko’rinishida tabiatda uchraydi? Flyuorit (plavik shpat) CaF 2 , kriolit Na 3 [AlF
6 ], ftorapatit 3Ca 3
4 ) 2 · CaF 2 yoki Ca 5 (PO
4 ) 3 F .
Brom – nimalar tarkibida uchraydi? Xlor tutuvchi barcha tabiiy birikmalarga yondosh tarzda minerallar holida va dengiz suvida, yer osti suvlarida uchraydi.
Yodning tabiatda uchrashi haqida gapiring? Yod - dengiz o'tlari (laminariya) va dengiz bulutlarida, organik birikmalar, yer osti suvlarida, Chili selitrasiga yondosh tarzda yodatlar (NaJO 3 , KJO
3 ) holida keng tabiatda uchraydi.
Galogenlarning barchasi qanday hidga ega? O’tkir hidga.
Nima sababdan galogenlarda tartib raqami ortishi bilan molekulalar qutblanuvchanligi ortib boradi? Tartib raqami ortishi bilan atom radiuslari ortib borganligi sababli molekulalar qutblanuvchanligi ortib boradi.
Nima uchun Ftordan yodga tomon agregat holat gazsuyuqqattiq bo’lib o’zgarib boradi? Tartib raqami ortishi bilan atom radiuslari ortib borganligi sababli molekulalar qutblanuvchanligi ortib boradi. Natijada molekulalararo dispersion ta'sirlashuv kuchayib bromning suyuq, yodning qattiq holda bo'lishiga olib keladi.
Ftor, brom va yodning erituvchilarda erishi haqida ma’lumot bering? Ftor juda yuqori kimyoviy faollikka ega bo'lib, uni amalda erituvchilar vositasida eritish qiyin. Brom va yod suvda juda oz miqdorda, organik erituvchilarda esa yaxshi eriydi.
Ftor xona haroratida qaysi metallar bilan yonib reaksiyaga Ftor xona haroratida ishqoriy metallar, qo'rg'oshin, temir bilan yonib reaksiyaga kirishadi.
https://t.me/kimyo_masala #SHOH
kirishadi?
Ftor qachon barcha metallar bilan reaksiyaga kirishadi? Qizdirilganda.
Vodorod, yod, brom, oltingugurt, fosfor, mishyak, surma, uglerod, kremniy, bor bilan sovuqda qay tarzda reaksiyaga kirishadi? Portlab yoki yonib.
Ftor qachon xlor, kripton va ksenon bilan birikadi? Qizdirilganda.
Ftorning ksenon bilan reaksiyasida issiqlik ajraladimi yoki yutiladimi? Ajraladi.
Ftor, kislorod, azot va olmos bilan to'g'ridan-to'g'ri reaksiyaga kirishadimi? Kirishmaydi.
Ftor atmosferasida shisha va suvda qanday o’zgarish kuzatiladi? Ftor atmosferasida shisha va suv yonib ketadi.
Brom va yodning vodorod bilan reaksiyasi haqida gapiring? Brom, vodorod bilan qizdirilganda, yod esa kuchli qizdirilganda ta'sirlashadi, ammo yuqori haroratda HJ parchalana boshlab, teskari reaksiya sodir bo'ladi. Bu reaksiya oxirigacha to'liq bormaydi.
Galogenlarning kimyoviy faolligi ftordan astatga tomon sustlashib, oksidlovchi xossasi bosqichma-bosqich kamayib boradi. Bu nimani izohlash imkonini beradi? Bu yengil galogenlarning oddiy modda sifatida og'ir galogenid ionlarni oksidlashi, yengil galogen oksidlarini og'ir galogenid ionlar qaytarishini izohlash imkonini beradi.
Nima uchun ftor, brom, yod tabiatda manfiy zaryadli ionlar holida bo'ladi?. Ftor, brom, yod tabiatda asosan birikmalar holida uchraganligi uchun ular manfiy zaryadli ionlar holida bo'ladi.
Ftor qanday maqsadlarda ishlatiladi? Ftor yuqori haroratga chidamli surkov vositalari, kimyoviy reagentlarga chidamli plastmassalar (teflon), sovituvchi suyuqliklar (freon, xladon) olishda ishlatiladi.
Bromning yetishmasligi insonlarda qanday kasalliklarini keltirib chiqaradi? Turli asab kasalliklarini.
Asab kasalliklarida, uyqusizlikda bemorlarga qanday dori- darmonlar tavsiya qilinadi? Bromli dori-darmonlar.
5% li yodning spirtdagi eritmasi qanday maqsadlarda ishlatiladi? Antiseptik va qon to'xtatuvchi vosita sifatida, bir qator farmatsevtik vositalar olishda ishlatiladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling