O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari


muskullari.' Organizmdagi muskullar har xil nomlanadi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/138
Sana08.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#236054
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138
Bog'liq
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari

muskullari.' Organizmdagi muskullar har xil nomlanadi

13

.  

Muskullarning asosiy gruhlari. 

Bosh va bо‗yin muskullari. Bosh muskullari ikki gruppaga bо‗linadi: bosh skeleti muskullari 

va yuz muskullari. Bosh skeleti  muskullari    oldinda    ikkita    peshona,    orqada    esa    ikkita    

ensa muskullardan tashkil topgan. 

Yuz  muskullari  mimika  va  chaynov  muskullariga  bо‗linadi.  Mimika  muskullari  qisqargan 

paytda yuz ifodasini о‗zgartirsa, chaynov muskullari ovqatni chaynash va gaplashish vaqtida pastki 

jagni harakatga keltiradi. 

Bо‗yin  sohasida  bir  talay  muskullar  bor.  Bularga  teri  osti  muskuli,  tо‗sh-о‗mrov-

sо‗rg‗ichsimon  muskul,  bо‗yinning  chuqur  muskullari  kiradi.  Bular  xilma-xil  funksiyalarni  boshni 

tik tutib turish, bо‗yinni birtomonga burish va b. funksiyalarni bajaradi. 

Gavda  muskullari.  Bular  orqa  va  kо‗krak  muskullariga  bо‗linadi.  Orqa  muskullari  о‗z 

navbatida  yuza  va  chuqur  muskullarga  bо‗linadi.  Orqaning  yuza  muskullariga  trapetsiyasimon  

muskul, orqaning eng   serbar muskuli, kurakni kо‗taradigan muskul va b. kiradi. 

Orqaning  chuqur  muskullari  uning  uz  muskullaridan,  shuningdek  qovurgalarni  kо‗taruvchi 

muskullardan  iborat.  Orqaning  chuqur'  muskullari  boshni  engashtirish,  orqaga,  о‗ng  va  chap 

tomonga burishda ishtirok etadi. 

Kukrak  muskullari.  Kо‗krak  muskullari  yuza  chuqur  muskullarga  bо‗linadi.  Yuza 

muskullardan katta va kichik kо‗krak muskullari, oldingi tishli muskullarni aytish mumkin. Chuqur 

muskullardan esa qovurgalararo tashqi va ichki muskullarni kо‗rsatib о‗tamiz. Bu muskullar nafas 

olish va chiqarishda aktiv ishtirok etadi. 

Diafragma yoki kо‗krak bilan qorin о‗rtasidagi tо‗siq nafas aktida ishtirok etadi. 

Qorin muskullari. qorin bо‗shlig‗ini о‗rab turadigan devorlar qorinning tashqi muskuli, ichki 

qiyshiq muskuli, kо‗ndalang va tо‗gri muskullaridan iborat. Bu muskullarning hammasi kukrak bilan 

chanoq о‗rtasida joylashgan. Ular qorin pressini hosil qiladi. 

Qо‗l muskullari. Qul muskullarida yelka kamari va erkin qо‗l 

muskullari    tafovut    qilinadi.     Yelka    muskullari    jumlasiga; 

yeltasimon, о‗siq usti, о‗siq osti, kurak osti va b. kiradi. Erkin qо‗l   , 

muskullariga yelka, bilak va qul panjasi muskullari kiradi. 

Oyoq  muskullari.  Oyoq  muskullari  jumlasiga  chanoq  muskullari  va  erkin  oyoq  muskullari 



kiradi. Son muskullariga sonning tо‗rt boshli muskuli, tikuvchi muskuli, sonning ikki boshli muskuli 

va b. kiradi. 

Boldir  muskullari  joylashishiga  qarab  3  ga:  oldingi,  orqa  va  chetki  muskullarga  bо‗linadi. 

Boldirning oldingi tomonida yozuvchi, orqa tomonida bukuvchi muskullar joylashgan. 

Muskullarning  kuchi  tolalarning  kо‗ndalang  kyosimiga,  muskul  tolalarining  kо‗p-ozligiga 

qarab aniqlanadi. Muskulning har santimetri о‗rta hisobda 10 kg yuk kо‗taradi. Muskullar faoliyati 

nerv  sistemasining  qо‗zgaluvchanligiga,  mashq  qilishiga,  tashqi  sharoitiga  bog‗liq.  Sistemali 

ravishda  mashq  qilib  borgan  odamning  muskullari  baquvvat  bо‗ladi,  qon  tomirlari  bilan  yaxshi 

ta‘minlanadi, organizmda energiya va moddalar almashinuvi kuchayadi. Muskullar egiluvchan, bir 

oz  yopishqoq  bо‗lib,  tashqi  muhit  ta‘sirida  chuziladi  yoki  qisqaradi.  Ular  qisqarganda  bugimlarda 

harakat  vujudga  keladi.  Muskullar  bо‗g‗imdan  о‗tishiga  qarab,  bir  bо‗gimli  (masalan,  deltasimon 

muskul) va kо‗p bо‗ginli (masalan, barmoqlarni bukuvchi chuqur muskul) bо‗lishi mumkin. 

Muskullar  bо‗gimlarlardagi  harakatda  ishtirok  etishiga  qarab,  sinergist  va  antogonist 

muskullarga bо‗linadi. Sinergiyet muskullar qisqarganda umumiy harakat vujudga keladi. Masalan, 

yelka, bilak va yelkaning 2 boshli muskullari qisqarganda, tirsak, bо‗timida bukish harakati bо‗ladi. 

Antogonistik  muskullar  qisqarganda  qarama  -qarshi  harakatlar  vujudga  keladi.  Masalan,  yelka, 

yelka-bilak va yelkaning 2 boshli muskullariga yelkaning 3 boshli muskuli antogonistdir. U qisqarsa, 

                                                           

13

 

Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and 



Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004  141-bet bet 

mazmun va moxiyatidan foydalanildi 

 



tirsak bо‗gimida yozish harakati bо‗ladi. 

Muskullarning  rivojlanishi.  Muskullar  hayvonot  olamining  tarraqqiyoti  protsessida 

differensiyalashib borib, sut emizuvchi hayvonlarda ancha rivojlangan. Odam embrionida muskullar 

mezodermaning orqa-chetki qismidagi somitlardan hosil bо‗ladi. 

Muskullar' embrionning mezodermasidan hosil bо‗ladi: bunda avval hayot uchun eng zarur 

muskullar: til, lab, diafragma, qovurg‗alararo sо‗ngra qо‗l, gavda va oyoq muskullari rivojlanadi. 

Bola  tugilganda  barcha  muskullari  bо‗lib,  ular  mayda  va  rivojlanmagan  bо‗ladi.  Muskullar 

bolaning hayoti mobaynida rivojlana-borib, odamning 25 yoshida tо‗liq shakllanadi. Muskullarning 

rivojlanishi skeletining taraqqiy etishiga va bola qaddi-qomatining shakllanishiga sababchi bо‗ladi. 

Yangi tug‗ilgan bola muskullarining vazni tana vaznining 23,3 foizni, 8 yoshda - 27,2 foizni, 

12 yoshda - 29,4 foizni, 15 yoshda - 32,6 foizni, 18 yoshda 44,2 foizni tashkil ztadi. 1 yoshda yelka 

kamari,  qul  muskullari  yaxshi  rivojlangan  bо‗ladi.  Bola  yura  boshlashi  bilan  orqadagi  uzun 

muskullar,  dumba  muskullari  tez  о‗sa  boshlaydi.  6-7  yoshdan  boshlab  qо‗l  panja  muskullari  tez 

rivojlanib  boradi.  Bolalarda  bukuvchi  muskullarning  tarangligi  yuqoriroq  bо‗lib,  bular  yozuvchi 

muskullarga nisbatan tez rivojlanadi. 12-16 yoshda yurish-turish uchun zarur muskullar rivojlanadi. 

Yosh  ortib  borishi  bilan  muskullarning  ximiyaviy  tarkibi,  tuzilishi  ham  о‗zgara  boradi.  Bolalar 

muskulida suv kо‗p bо‗ladi. Muskullarning rivojlanishi bilan ulardagi qon tomirlari va nerv tolalari 

soni  ortib  boradi.  Umuman,  katta  odamlarda  50  yoshdan  boshlab  muskullar  sust  rivojlanadi. 

Keksayganda  ularning  vazni  15-20  foiz  kamayadi.  Muskullar  ipsh  va  kuchi.  -Statik  ishda 

organizmdagi bir  gruppa  muskullar  uzoq muddat  qisqarib turib  ma‘lum pozani  hosil qiladi. Statik 

holatga  tik  turish,  boshni  vertikal  holatda  kо‗tarib  ushlab  turish  va  boshqalar  misol  bо‗ladi. 

Muskulning   ishi   va   kuchi   uning   uzunligiga   bogliq   bо‗ladi. Muskulning kuchi  shu muskul 

barcha    muskul    tolalarini    yigindisi  kо‗ndalang  kesigi  diametriga  tо‗tri  proporsional.  Boshqacha 

aytganda  muskulni    kо‗ndalang    kesigini  diametri    qancha    katta    bо‗lsa    muskul  shuncha  kuchli 

bо‗ladi.  Muskulning  ishi  yuk  ogirligi  normal  bо‗lganda  eng  yuqori  bо‗ladi.  Muskulning  ishi  yuk 

ogirligi normal bо‗lganda eng   yuqori    bо‗ladi,    yuk   ogirligi    normadan    ortiq    bо‗lsa    ham   ; 

muskulning ish  qobiliyati  pasayib  ketadi.  Jismoniy  mehnat va sport bilan shutullanganda muskul 

tolalarining yо‗tonligi va kuchi orta boradi; 8-9 yoshda muskul kuchining ortishi ancha tez bо‗ladi. 9 

yoshdan    12  yoshgacha  muskulni  kuchini  ortish  intensivligi  birmuncha  sekinlashadi.  Usmirlarda 

balog‗atga yetish davrida muskullarni kuchi , tez   ortadi.   Organizmdagi   turli   muskullarni   kuchi   

tez      ortadi.      ,  Organizmdagi  turli  muskullarining  kuchi  turlicha  rivojlanadi,  5-6  yoshda  yelka  va 

bilak muskullari, 6-7 yoshlarda panja muskullari 9 yoshdan boshlab boshqa muskullarni kuchi orta 

boradi. 7-9 yoshdan 10-12 yoshgacha tizzaning bukuvchs 4 boshli muskulning kuchi о‗rtacha 3,6 kg. 

10-12  yoshdan   boshlab   13-15  yoshgacha  esa  4,8  kg teng.   Bolaning  8-17 yoshlarida yozuvchi 

muskullarni kuchi bukuvchilarga,  nisbatan ortiq . bо‗ladi. 8-10 yoshdan boshlab о‗ng qо‗lni kuchi 

ortiq bо‗ladi, bunga sabab о‗ng   qо‗lni   kо‗p   qon   bilan   ta‘minlanishidir.   8-10   yoshda   о‗gil 

bolalarda о‗ng qо‗lni kuchi qiz bolalarni shu qо‗liga nisbatan 1-3 kg 13 yoshda 9 kg/ 16 yoshda ~ 15 

kg, 19 yoshda - 17,5 kg, 22 yoshda - 18 kg ortiq bо‗ladi. Muskullar kuchining ortib borishi mashq 

qilishga,  bolaning  jinsiga  bogliq.    qiz  bolalarda  muskullarning  kuchi  о‗til  bolalarga  qaraganda 

birmuncha  kam  bо‗lishi  aniqlangan.  Mashq  qilish  ta‘sirida  muskullarni  massasi  orta  boradi,  

moddalar  almashinuvi  kuchayadi,  ayrim    organlarni      (yurak,      о‗pka,      ovqat  hazm    qilish    va  

boshqalar)  faoliyati     ortadi,     natijada     umumiy     organizmni      о‗sishi     va rivojlanishi 

yaxshilanadi.  

Muskullardagi  tezlik,  chakdonlik  va  chidamlilik  hususiyatlarining  yoshga  qarab  о‗zgarib 

borishi. Harakatlarni tezligida oddiy harakatlardagi muskullarni qisqarishidagi patent, ya‘ni yashirin 

davri katta  ahamiyatga  ega. 7-8  yoshli bolalarda  oddiy harakat  refleksini patent davri 11-12  yoshli 

bolalarni harakat reflekslarini latent  yoki  yashirin davriga qaraganda 1,5 marta ortiq. 13-14  yoshda 

harakat reflekslarini yashirin davri katta odamning harakat refleksini yashirin davriga teng bо‗ladi. 

Latent  davrining  davomiyligi  harakat  markazlarini  labilligiga  markaziy  nerv  sistemasidagi 

sinapslar  orqali  ;о‗zg‗alish  impulsining  о‗tishiga  va  skelet  muskullarini  qisqarish  tezligiga  bog‗lik 

bо‗ladi. 

Muskullarning  dinamik  ishi  bilan  statik  holatini  almashinishidan  sо‗ng  muskullarni 




qisqarishidagi  patent  davr  uzayadi,  bu  holat  ayniqsa  7-8  yoshdagi  bolalarda  aniqroq  kuzatiladi. 

Bolalarda   harakatlarni   tezligi   va   chastotasi   yosh   sayin   ortib boradi. Ayniqsa 10-13 va 14-15 

yoshda yuqori darajaga yetadi. 

Bolalarda        qо‗l        panjasining        muskullari        oyoq        muskullariga  qaraganda  vaqtli 

rivojlanadi.  Bolaning  8  yoshida  qul  panjasining  muskullari          maksimal          tez          harakatlarni     

bajara     boshlaydi. Bо‗g‗imlarda   muskul   harakatlarini   tezligi    12-13   yoshdan   ortadi. Muskul     

harakatlarining     tezligini 

ortib     borishi     nerv sistemasining        labilligiga,        qо‗zgalish        

va        tormozlanish protsesslarini almashinib turishini о‗zaro  bog‗liqligiga va nerv protsesslarining 

harakatchanligiga bog‗liq  bо‗ladi.  Uzun parallel muskul tolalariga ega bо‗lgan muskullar patsimon    

va yelpig‗ichsimon muskullarga      nisbatan       nozik koordinatsiyalashgan harakatlarni  amalga    

oshiradi    va    tezroq    qisqaradi.    7-8    yoshli    bolalarda  muskullarni qisqa  muddatda  aniq 

nozik  harakatlarini  bajarish  qobiliyatiga      ega      bо‗lgan      chaqqonlik      bо‗lmaydi.      Bunday   

chaqqonlik bolaning hayetida asta hosil bо‗ladi va yosh ortishi sayin asta ortib boradi. Aniq, nozik 

koordinatsiyalashgan harakatlarni bajarilishi kо‗nikmalarini   hosil   qilinishiga   bogliq.   Jismoniy   

mashqlar harakat   tezligi   va   chaqqonlikni   orttiruvchi   omillardan    biri hisoblanadi. Jismoniy 

mashq  bilan  shugullangan  odamlarda  deyarli  barcha      gruppa      muskullarining      harakat      tezligi   

yuqori      darajada  bо‗ladi.  Odamning  20-30  yoshlarida  muskullar  qisqarishining  patent  davri  eng 

qisqa  vaqtga  ega  bо‗ladi.  Odamning  30  yeshidan  sо‗ng  muskul  qisqarishini      yashirin      davri   

uzayadi   va   tabiiy   ravishda   harakat tezligi kamayadi. 

Chapaqay  bolalarda  chap  tomondagi  gruppa  muskullarini  maksimal  chastotasi  о‗ng 

tomondagi shunday gruppa muskullarga qaraganda yuqori. 

Bolaning  7  yoshidan  16  yoshigacha  harakat  tempi  1,5  martaga  ortadi.  Biroq  bu  ortish 

bolaning turli yoshida turli tezlikda bо‗ladi. 

Bolalarda chaqqonlikni rivojlanishi 3 ta pog‗onasini kuzatiladi. Chaqqonlik birinchi darajasi 

(nogonasi) harakatlarni fazoda aniq bо‗lishi bilan harakatlanadi, ikkinchisi turli vaqt muddatlardagi 

bajarilgan  harakatlarni  aniqligi  bilan  va  uchinchisi-harakat  davomida  kutilmagan  harakatdarga 

javobni tezligi bilan harakatlanadi (V.S. Farfel, 1960). 

Qо‗llarni harakatdagi aniqlik va chaqqonlik qо‗llarni kichik burchak hosil qilib harakatlanishi 

yosh sayin ortib boradi. Chidamlilik ma‘lum gruppa muskullarni ish qobiliyatini uzoqroq saqlanib 

turish  xususiyati  bilan  harakatlanadi.  Boshqacha  qilib  aytganda  charchashga  qarshilik  kо‗rsatish 

xususiyatidan  iborat.  Dinamik  harakatlarda  ishda  chidamlilik  ichki  organlarni  ayniqsa  yurak  qon 

tomirlar  va  nafas  olish  sistemalarini  xususiyatiga  bog‗liq  bо‗ladi.  Organizmning  chidamliligi 

bajariladigan  ishning  xarakteri  va  intensivligiga  qarab  о‗zgarib  turadi.  Ishning  intensivligi  qancha 

yuqori  bо‗lsa,  chidamlilik  shuncha  kam  bо‗ladi.  Ish  intensivligi      ikki      marta      ortishi      bilan   

chidamlilik    100   marta kamayishi mumkin. 

Statik  holatni  saqlanib  turuvchi  bо‗yin  va  gavdaning  yozuvchi  muskullari  о‗irganda  va  tik 

turganda  statik  holatga  nisbatan  kо‗proq  chidamlilikka  ega  bо‗ladilar.  Statik  holatdagi  chidamlilik 

ichki organlarning ish qobiliyatiga emas, balki harakat nerv markazining funksional holatiga bog‗liq 

bо‗ladi.  Yosh  sayin  dinamik  ishdagi  chidamlilik  ortib  boradi,  lekin  ortib  borishi  bir  tekisda 

bо‗lmaydi.  8-10  yoshli  qiz  va  о‗g‗il  bolalardagi  chidamlilik  bir  xil.  Chidamlilik  12-15  yoshda 

ayniqsa о‗g‗il bolalarda ancha ortadi. Dinamik ishga chidamlilikni eng yuqori bо‗lishi 25-30 yoshda 

bо‗ladi. 


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling