O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/138
Sana08.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#236054
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138
Bog'liq
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari

Nozik  muskul  (m. gracilis) 2 bо‗g‗imli bо‗lib, qovuqning pastki tarmog‗idan boshlanib, 

katta boldir suyagining g‗adir-budurligiga birikadi. Tos-son bо‗g‗imini yaqinlashtirishda va tizza 

bо‗g‗imini bukishda ishtirok etadi. 

           SONNING ORQA TOMONIDAGI MUSKULLAR 



Sonning ikki boshli muskuli (m. biceps femoris) chetki tomonda  joylashgan. Uzun boshi   

о‗tirg‗ich   dо‗ngchasidan,   kalta   boshi son   suyagining   g‗adir-budurligidan boshlanib, ikkala 

boshi  birlashib,  pastda  kichik  boldir  suyagining  boshidagi  chо‗qqiga  birikadi.  Bu  muskul 

qisqarganda, tos-son bо‗g‗imini yozishda, tizza bо‗g‗imini bukishda ishtirok  etadi. 



Yarim  pay  muskul  (m.  semitendinosus)  о‗tirg‗ich  dо‗ngchasidan  va  son  suyagidan 

boshlanib, uzun payi bilan katta boldir suyagining medial tomoniga birikadi. 



Yarim  parda  muskul  (m.  semimembranosus)  keng  payi  bilan  о‗tirg‗ich  dо‗ngchasidan, 

son  suyagining  opqa  tomonidan  boshlanib,  katta  boldir  suyagining  orqa  tomoniga  va  tizza 

bо‗g‗imi  xaltachasiga  birikadi.  Bu  muskul  qisqarganda,  tos-son  bо‗g‗imini  yozishda,  tizza 

bо‗g‗imini  bukishda  ishtirok  etadi.  Sonning  ikki  boshli  muskuli  tizza  bukilgan  holatda  oyoqni 

tashqi tomonga, yarim pay va yarim parda muskullar ichki tomonga buradi.  

BOLDIR MUSKULLARI 

Boldir muskullari joylashishiga qarab 3 ga: oldingi, orqa va chetki muskullarga bо‗linadi. 

Boldirning oldingi tomonida yozuvchi, orqa tomonida bukuvchi muskullar joylashgan. 

BOLDIRNING OLDINGI MUSKULLARI 

Katta      boldirning      oldingi  muskuli  (m.  tibialis  anterior)  katta  boldir  suyagidan 

suyaklararo parda va boldir   fassiyasidan  boshlanib,  oyoq  panjasining I kaft suyagi asosiga va 

ponasimon  suyakka  birikadi.  Bu  muskul  qisqarganda  oyoq,  panjasini  yozadi  va  bir  oz 

supinirlaydi, ya‘ni tashqi tomonga qarab buradi. 



Barmoqlarni yozuvchi uzun muskul (m. extensor digitorum longus) katta boldirning chet-

ki  dо‗ngchasidan,  suyaklararo  parda  va  kichik  boldir  suyagidan  boshlanib,  pastda  4  ta  payga 

bо‗linadi va II—V barmoqlarga birikadi. Qisqarganda shu barmoqlarni va oyoq panjasini yozadi. 

Bosh  barmoqni  yozuvchi  uzun  muskul  (m.  extensor  hallucis  longus)  kichik  boldir 

suyagidan,  suyaklararo  pardadan  boshlanib,  bosh  barmoqning  oxirgi  falangasiga  birikadi,  u 

qisqarganda bosh barmoqni va oyoq panjasini supinirlaydi. 

BOLDIRNING  ORQA MUSKULLARI 

Orqada boldirning uch boshli muskuli yaxshi rivojlangan. Chunki  u dumbaning katta va 

sonning tо‗rt boshli muskullari bilan birgalikda gavdani tik tutishda ahamiyatga ega. 



Boldirning  uch  boshli  muskuli  (m.  triceps  surae).  Bu  muskulning  ikki  qorinli  boshi 

(gastrocneraius) sonning 2 ta tо‗pig‗idan boshlanib, kuchli qorinchalar hosil qiladi. Uning tagida 

kambalasimon yassi boshi (soleus) joylashgan. Bu ikki boshi boldir suyagining orqa  tomonidan 

boshlanib,  uchala  boshi pastda baquvvat tovon payiga aylanadi. Bu pay tovon suyagining tovon 

о‗simtasiga birikadi. Muskul qisqarganda tizza va oyoq-panja bо‗g‗imini bukadi. 

Tizza osti muskuli (t. popliteus) tizza bо‗g‗imi ostida joylashgan. 



Katta boldirning orqa muskuli (m. tibialis posterior) suyaklararo pardadan va ikkita bol-

dir  suyagining  orqasidan  boshlanib,  oyoq  panjasi  tagidan  о‗tib,  qayiqsimon  suyakka,  uchta 

ponasimon suyakka, II-IV kaft suyaklari asosiga birikadi. U qisqarganda oyoq panjasini bukadi. 

Bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul (m. flexor hallucis longus) kichik boldir suyagidan 

boshlanib,  oyoq  panjasi  tagidan  о‗tadi  va  bosh  barmoqning  tirnoq  falangasiga  birikadi.  U 

qisqarganda bosh barmoqni va oyoq panjasini bukadi va supinatsiyalaydi. 

Barmoqlarni bukuvchi  uzun muskul (m. fcxor digitorum longus) katta boldir suyagining 

orqa  tomonidan  boshlanib,  pastda  tо‗rtta  payga  bо‗linadi  va  II-IV  barmoqlarning  oxirgi 

falangasiga birikadi. U   qisqarganda barmoqlarni va oyoq panjasini bukadi. 

Boldirning lateral (chet) tomonida, asosan, 2 ta muskul joylashgan. 

Kichik  boldirning    uzun  muskuli  (m.  peroneus  Longus)  kichik  boldir  suyagining 

boshchasidan boshlanadi, u oyoq panjasi  tagidan  о‗tib,  I ponasimon va  I  kaft suyaklari asosiga 

birikadi. U qisqarganda panjani   bukadi,    pronatsiyalaydi,  ya‘ni  uni  ichki  tomonga  qarab  

buradi.                                                    



Kichik      boldirnin    kalta    muskuli  (m.  peroneus  brevis)  kichik  boldir  suyagi  tanasining  

tashqi  yuzasidan,  pastki  qismidan  boshlanib,  pastga  tushib,  chetga  о‗tadi  va  V  kaft  suyagiga 

birikadi.  U  qisqarganda  panjani  bukadi,  pronatsiyalaydi,  ya‘ni  ichki  tomonga  qarab  buradi  va 

tanadan uzoqlashtiradi. 

OYOQ  PANJASINING MUSKULLARI 

Oyoq  panjasida  barmoqlarni  yozuvchi  kalta  muskullar  bо‗lib,  ular,    asosan,      panjalar 

tagida joylashgan. Panjalar ustida   quyidagi 2 ta muskul joylashgan bо‗ladi. 

Barmoqlarni yozuvchi kalta muskul (m. exfensor digitorum brevis) tovon  suyagi oldingi 

qismining  yuqorigi    na  tashqi    yuzasidan  boshlanib,  tо‗rtta  qorinchaga  bо‗linadi  va  II,  III,  IV 

barmoqlar falangasiga birikadi. U qisqarganda barmoqlarni yozadi. 

Bosh  barmoqni  yozuvchi  kalta  muskul  (m.  exfensor  hallucis  brevis)      bosh  barmoqni 

yozadi.    Oyoq        panjasi        tagida        juda  kо‗p        muskullar        bо‗lib,      ular      uch    gruppaga   

bо‗linadi.      Bosh        barmoq  muskullari    gruppasiga      bosh    barmoqni  bukuvchi        kalta, 

uzoqlashtiruvchi      va      yaqinlashtiruvchi  muskullar  kiradi.    V  barmoq  muskullariga 

uzoqlashtiruvchi,   qarama-qarshi   qо‗yuvchi va   bukuvchi  muskullar kiradi.    О‗rta    gruppa:   

barmoqlarni    bukuvchi      kalta        muskul  va  kaft    suyaklari  orasidagi  muskullar      kiradi.    Bu 

muskullar oyoqning Yerga  tayanishida va barmoqlar harakatida ishtirok etadi.  

 


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling