O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/138
Sana08.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#236054
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   138
Bog'liq
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari

ORQA MUSKULLARI 

Orqa muskullari ensa bilan yonbosh suyagi sohasida qavat-qavat bо‗lib joylashgan. Ular 

asosan  gavdani  tik  tutib  turadi,  gavda  va  Yelka  kamari  harakatida  aktiv  qatnashadi.  Ba‘zilari 

kо‗krak muskullari bilan birgalikda kurakni qovurg‗alarga birlashtiradi. 



ORQANING YUZA  MUSKULLARI 

T  r  a  p  ye  ts  i  ya  s  i  m o  n      m  u  s  k  u  l  (m. trapezius)  ensadan  I  bel  umurtqalarigacha 

bо‗lgan joyni  egallaydigan notо‗g‗ri  tо‗rtburchak shaklli serbar muskul  plastinkadan iborat.  Bu 

muskul  tashqi  ensa  dо‗ngchasi  va  yuqorigi  chiziqdan  gardon  payi  va  kо‗krakning  hamma 

umurtqalari о‗tkir о‗simtalaridan boshlanib, о‗mrov suyagining akromial uchiga, kurak qirrasiga 

va akromial о‗sig‗iga birikadi. Bu muskul tolalari turli tomonga yo‘nalgan bо‗lib, har hil qismi 

turli  vazifa  bajaradi.  Yuqori  qismining  tolalari  bosh  va  bо‗yinni  orqaga  tortadi  yoki  kurakning 

akromial  о‗sig‗ini  yuqoriga  kо‗taradi.  О‗rta  qismining  tolalari  gorizontal  yo‘nalgan  bо‗lib, 

kurakni о‗rta chiziqqa yaqinlashtiradi. Bu bilan u kurak kо‗krak qafasining orqa yuzasi bо‗ylab 

siljishiga  yordam  beradi.  Pastki  qismining  tolalari  kurakni  pastga  tortadi.  Muskulning  hamma 

qismlari bir yo‘la qisqarganda kuraklar bir-biriga yaqinlashadi.  



O r q a n i n g   k ye n g   m u s k u l i (m. latissimus dorsi) pastki 6 ta kо‗krak va barcha 

bel  umurtqalarining  orqa  о‗sig‗idan,  dumg‗azaning  о‗rta  tojidan,  yonbosh  suyagining  tashqi 

qirrasidan aponevroz bilan boshlanadi. Muskul tolalari esa pastki 4 ta qovurg‗a ustidan boshla-

nib, Yelkaning kichik dо‗ngchasiga yassi pay yordamida birikadi, u qisqarganda Yelkani orqaga 

tortadi  va  ichkariga  buradi.  Orqa  yuza  muskullarining  tagida  katta-kichik  rombsimon,  kurakni 

kо‗taruvchi orqadagi yuqorigi va pastki tishli muskullar joylashgan. 



R  o  m  b  s  i  m  o  n      m  u  s  k  u  l  l  a  r    (m.  m.  rhomboideus  major  et  minor)  rombga 

о‗xshaydi, ular trapetsiyasimon muskul tagida joylashgan. Ular pastki 2 ta bо‗yin va yuqorigi 4 

ta  kо‗krak  umurtqalarining  о‗tkir  о‗simtalaridan  boshlanib,  kurakning  medial  chetiga  birikadi. 

Bu  muskullar  kuraklarni  bir-biriga  yaqinlashtiradi,  ularni  biroz  yuqoriga  kо‗taradi.  Ba‘zan  ular 

kichik va katta rombsimon muskulga ajratiladi. 

Kurakni        yuqoriga          kо‘taruvchi        muskul  (m.  levator  scapulae)  bо‗yinning  4  ta 

yuqorigi  umurtqalari  kо‗ndalang  о‗simtalaridan  boshlanib,  pastga  qarab  qiya  yo‘naladi  va 

kurakning  yuqori-ichki  burchagiga  birikadi.  U  qisqarganda  kurakni  yuqoriga  kо‗taradi  va  о‗rta 

chiziqqa yaqinlashtiradi. 



Orqaning     yuqorigi   tishsimon     muskuli (m. serratus posterior superior) yapaloq va 

yupqa  bо‗lib,  rombsimon  muskul  tagida  joylashgan.  U  ikkita  pastki  bо‗yin  va  ikkita  yuqorigi 




kо‗krak  umurtqalarining  о‗tkir  о‗simtasidan  boshlanib,  tolalari  pastga  tomon  qiya  yo‘naladi  va 

tо‗rt  tutam  bо‗lib,  2-5  yuqorigi  qovurg‗aning  orqa  yuzasiga  birikadi.  Bu  muskul  qisqarganda 

qovurg‗alar   yuqoriga   kо‗tariladi. 

Orqaning  pastki  tishsimon  muskuli  (m.  serratus  posterior  inferior)  yuqorigi  tishsimon 

muskul  kabi  yapaloq  va  yupqa  bо‗lib,  orqannng  keng  muskuli  tagida  joylashadi.  Kо‗krakning 

ikkita pastki va belning ikkita yuqorigi umurtqasining о‗tkir о‗simtalaridan boshlanadi. Muskul 

tolalari yuqoriga qarab qiya yo‘nalib, tо‗rtta tishi bilan pastki tо‗rtta qovurg‗aning orqa yuzasiga 

birikadi. Bu muskul nafas chiqarish vaqtida qovurg‗alarni pastga tushiradi. 

Bosh va bо‘yinning tasma muskuli (m. splenius capitiset cervicis) gardondagi uchburchak 

shaklli yapaloq muskul bо‗lib, gardon bog‗lag‗ichi, kо‗krak umurtqalarining yuqorigi 6 ta о‗tkir 

о‗sig‗idan boshlanadi va yuqoriga qarab qiya yo‘naladi, bо‗yin umurtqalarining ikkita yuqorigi 

kо‗ndalang  о‗simtalariga  hamda  chakka  suyagining  sо‗rg‗ichsimon  о‗simtasiga  birikadi.  Bu 

muskul bо‗yinning ikkinchi tomonidagi xuddi shunday muskul bilan bir vaqtda qisqarib, boshni 

orqaga egadi. Bir tomonlama qisqarganda, boshni yon tomonga qaratadi. 



Dumg‘aza-о‘tkir  о‘simta  muskuli  (m.  sacro-spinalie)  yoki  tanani  rostlovchi  muskul 

orqadagi  eng  baquvvat  va  eng  uzun  muskul  bо‗lib,  uzunasiga  yo‘nalgan.  Bu  muskul 

dumg‗azaning  orqa  yuzasidan  va  yonbosh  suyagining  tashqi  qirrasidan  boshlanadi.  Bel 

umurtqalarining о‗tkir о‗simtalaridan boshlangan muskullar ham muskul tutamlariga qо‗shiladi. 

Dumg‗aza-о‗tkir о‗simta muskuli  dumg‗azadan ensagacha davom etadi. Bu muskul tutamlari 3 

gruppaga  bо‗linadi  va  3  xil  muskul  deb  ham  yuritiladi:  1-tashqi  yon  tutam-yonbosh  qovurg‗a 

muskuli;  2  -  о‗rta  tutam  –  orqaning  eng  uzun  muskuli;  3  -  ichki  tutam  – umurtqalarning  о‗tkir 

о‗simtalarini bir-biriga tutashtiradigan  muskul. 

Dumg‗aza  -  о‗tkir  о‗simta  muskuli  gavdani  rostlab  turadi.  Gavdaning  eng  ichkarisida 

umurtqalarining turli о‗simtalari orasida mayda muskullar joylashgan bо‗lib, ular yon о‗simtalar 

orasidagi,  orqa  о‗simtalar  orasidagi  va  yon  о‗simtalar  bilan  orqa  о‗simtalar  orasidagi  kalta 

muskullardir. Bu muskullar umurtqa pog‗onasining har xil harakatida ishtirok etadi. 




Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling