O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari


yo‟qotishi  ham  mumkin,shuningdek  kо„krak  qafasining  oson  harakatlanishini


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/138
Sana08.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#236054
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   138
Bog'liq
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari

yo‟qotishi  ham  mumkin,shuningdek  kо„krak  qafasining  oson  harakatlanishini 

chegaralaydi

15

QORIN MUSKULLARI 

Qorin muskullari kо‗krak bilan tos orasida joylashgan bо‗lib, tolalari har xil yo‘nalgan. 

Ular qorindagi organlarni turli tashqi tazyiqdan saqlaydi, qorinni tarang qilib turadi. Nafas olish 

va gavdaning turli harakatlarida ishtiroq etadi. Qorin muskullari qorinning oldingi yon tomonida 

joylashgan,  ularning  payi  bir-biri  bilan  tutashib,  qorinning  oldingi  о‗rta  qismida  keng  pay 

aponevrozi hosil qiladi. Qorinning о‗rtasida oq chiziq bо‗lib, u tо‗sh suyagining о‗simtasidan to 

qovuq,  suyaklarining  simfizigacha  davom  etadi.  Bu  qismda  qon  va  nerv  tomirlar  kam  bо‗ladi. 

Qorin muskullari ichki organlarga press sifatida ta‘sir etib, siydik, najas chiqarishni va qusishni 

tezlashtiradi. 



Q o r i n n i n g   t о‘ g‘ r i   m u s  k u l i (m. rectus abdominis) tashqi, ichki muskullar 

aponevrozidan  hosil  bо‗lgan  pishiq  fibroz  g‗ilof  orasida  joylashgan.  U  tо‗sh  suyagining 

о‗simtasidan  V-VII  qovurg‗alarning  tog‗ay  qismidan  boshlanib,  qovuq  suyagining  yuqori 

chetiga birikadi. Qisqarganda gavdani bukadi. Bu muskulning 3-4 joyida pay hosil bо‗ladi. 



Q o  r i n n i n g   t a sh q i   q i ya   m u s k u l i (m. abIiquus abdominis externus) pastki 8 

ta qovurg‗aning tashqi yuzasidan va bel fassiyasidan boshlanib, tolalari oldinga va pastga qarab 

yo‘naladi.  Oldinga  yo‘nalgan  tolalari  aponevroz  hosil  qilib,  qorinning  о‗rtasida  ikkinchi 

tomondagi  shu  muskul  aponevroziga  birikadi.  Pastga  yo‘nalgan  tolalari  yonbosh  suyagining 

tashqi qirrasiga birikadi.  Eng yuzada keng muskul bо‗lib, u pastda chot kanalini hosil qiladi. 

Q o r i n n i n g    i ch k i     q i ya      m u s k u l i  (m. abliquus abdominis inter-nuus) 

tashqi  qiya  muskul  tagida  bо‗lib,  tolalari  pastdan  yuqoriga  va  oldinga  yo‘nalgan.  Yuqoriga 

yo‘nalgan tolalari yonbosh suyagining о‗rta qirrasidan boshlanib, pastki, qovurg‗alarga birikadi. 

Oldinga  yo‘nalgan  tolalari  aponevroz  hosil  qilib,  tо‗g‗ri  muskulning  tagidan  о‗tib,  ikkinchi 

tomondagi shu muskul aponevroziga birikadi. 

Q  o  r  i  n  n  i  n  g        k  о‘  n  d  a  l  a  n  g        m  u  s  k  u  l  i  (m.  transversus  abdominis)  keng 

muskullarning  eng  ichkisi  bо‗lib,  tolalari  kо‗ndalang  yo‘nalgan.  U  bel  umurtqalarining  yon 

о‗simtasidan, yonbosh suyagining ichki qirrasidan, pastki qovurg‗alarning ichki yuzasidan, chot 

kanalidan  boshlanib,  oldinda  aponevrozga  aylanadi  va  qorinning  о‗rta  chizig‗ida  ikkinchi 

tomondagi shu muskul aponevroziga birikadi. Qorinning о‗rtasida muskul paylari oq chiziq hosil 

qiladi.  Qorin  muskullari  chot  kanalini  hosil  qilishda  ishtirok  etadi.  Ba‘zan  qorinda 

piramidasimon rudiment muskul uchraydi. 

B e l n i n g     k v a d r a t   m u s  k u l i (m. quadratus lumborum) yonbosh suyagining 

qirrasidan  boshlanib,  bel  umurtqalarining  yon  о‗simtasiga  va  XII  qovurg‗aga  birikadi.  Bu 

muskul  qisqarganda    qovurg‗ani  pastga  tortadi  (nafas  chiqarishda  ishtiroq  etadi),  umurtqa 

pog‗onasini orqaga va yonga bukadi.  

                                                           

15

 



Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and 

Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 138- bet mazmun va 

moxiyatidan foydalanildi 

 



Oraliq   muskullar   odam     ajdodlaridagi  ayrim dum va qorin muskullarining о‗zgargan 

xili    hisoblanadi.  Ular  qorinning  pastki  tomonidan  ichki  organlarni  tutib  turadi.  Bu  muskullar 

siydik  va najas chiqarish kanalining sfinkteri sifatida bir vaqtda harakatlanadi. 

Odam doim jismoniy mashq bilan shug‗ullanishi natijasida kо‗krak va qorin muskullari 

yaxshi  rivojlanadi.  Qayiqda  suzish,  gimnastika  mashg‗ulotlari,  yugurish  kabi  sport  о‗yinlari  

kо‗krak    qafasi  muskullarining  yaxshi  rivojlanishiga  sabab  bо‗ladi.  Qorin  muskullarining 

presslash funksiyasi ortadi. Buning natijasida nafas olish organlari, yurak-qon tomirlar sistemasi 

yaxshi  rivojlanadi,  ya‘ni  о‗pkalarning  tiriklik  sig‗imi  yuqori  bо‗ladi.  Yurakning  sistolik  hajmi 

ortadi. Bunday odamlarda kо‗krak qafasi aylanasining о‗lchami katta bо‗ladi. 

Chov      kanali  (canalis  ingui-nalis).  Qorin  muskullari  ikkita  tashqi  teri  ostidagi  va  ichki 

muskullarni  koplagan  fassiyaga  bо‗linadi.  Fassiya  tо‗g‗ri  muskul  g‗ilofining  orqa  devori  bilan 

chot  kanalining  orqa  devori  hosil  bulishida  qatnashadi.  Qorin  keng  muskullarining  tolalari  bir-

biri bilan tutashib, aponevroz hosil qiladi va qorinni mustahkamlaydi. 

Qorinning  pastki  tomonida  chov  boylami,  qorin  muskullarining  pastki-chetki  fassiyasi 

ishtirokida  chot  kanali  hosil  bо‗ladi.  Uning  uzunligi  4-5  sm  bо‗lib,  undan  nerv,  qon  tomirlari, 

erkaklarda  urug‗  yo‘li  (urug‗don  chilviri),  ayollarda  bachadonning  doiraviy  payi  о‗tadi.  Qorin 

muskullarining  bо‗sh  joyidan  ichki  organlarning  qorin  bо‗shlig‗idan  tashqariga  -  teri  ostiga 

chiqishi churra tushishi (grija) deyiladi. Qorin muskullari zaiflashsa, odam juda ozib ketsa, og‗ir 

yuk  kо‗tarsa,  qattiq  yo‘talsa,  yosh  bola  qattiq  yig‗lasa,  churrasi  tushishi  mumkin.  Erkaklarda 

kо‗pincha chov grijasi - churra tushishi uchraydi.  




Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling