O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/138
Sana08.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#236054
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   138
Bog'liq
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari

Yelka kamari muskullari  

Bu  muskullar  Yelka  kamari,  Yelka  bо‗g‗imi,  tirsak  bо‗g‗imi,  ayniqsa,  qо‗l    panjasi 

harakatlarida  aktiv  ishtirok  etadi.  Yuqorigi  kamar  muskullari  Yelka  kamari,  Yelka  oldi,  panja 

muskullariga bо‗linadi. 



Yelka  kamari  muskullari    Yelka  kamari  suyaklari    yuzasida  bо‗lib,  asosan,  Yelka 

bо‗g‗imidagi harakatlarda ishtirok etadi. 



Deltasimon  muskul  (m.  deltoideus)  eng  kuchli  muskul  bо‗lib,  о‗mrov  suyagining 

akromial  uchidan,  kurakning  akromial  о‗simtasi  va  qirrasidan  boshlanib,  Yelka  suyagining 

tashqi  yuzasidagi    deltasimon  g‗adir-budurlikka  birikadi.  Uning  3  gruppasi  bо‗lib,  birinchi 

gruppasi  qisqarsa,  bir  oz  bukish,  orqa  gruppasi  qisqarsa,  yozish,  umuman,  qisqarsa,  tanadan 

uzoqlashish harakatlari bajariladi. 

Kurak  osti  muskuli  (m.  subscapularis)  kurak  osti  chuqurchasiga  joylashib,  Yelka 

suyagining  kichik  dо‗ngchasiga  birikadi.  U  qisqarganda  uzoqlashgan  qо‗lni  tanaga 

yaqinlashtiradi va Yelkani ichki tomonga buradi. 

О‘siq usti muskuli (m. supraspinatus) kurak suyagining orqa о‗simtasi ustida joylashgan 

bо‗lib,  Yelka  suyagining  katta  dо‗ngchasiga  va  bо‗g‗im  kapsulasiga  birikadi,  u  qisqarganda 

Yelkani tanadan uzoqlashtiradi. 

О‘siq osti muskuli (m. infraspinatus) kurak suyagining orqa  о‗simtasi tagida joylashgan 

bо‗lib,  Yelka  suyagining  katta  dungchasiga  hamda  bо‗g‗im  kapsulasiga  birikadi.  Uning  tagida 

kichik  yumaloq  muskul  (m.  teres  minor)  joylashgan.  Bu  muskul  kurakning  tashqi  burchagidan 

boshlanib,  Yelka  suyagining  katta  dungchasiga  birikadi.  Bu  muskullar  qisqarganda  Yelkani 

tashqi tomonga buradi. 

Katta  yumaloq  muskul  (m.  teres  major)  kurak  suyagining  pastki  burchagidan  boshlanib,  

Yelka  suyagi  kichik  dо‗ngchasining  g‗adir-budurligiga  birikadi.  U  qisqarganda  Yelkani  ichkari 

tomonga buradi va tanaga yaqinlashtiradi.  

YERKIN QО‗L  MUSKULLARI 

 

Qо‗l  muskullari  uch  gruppaga:  Yelka,  Yelka  oldi  va  panja  muskullariga  bо‗lib 



о‗rganiladi. 

Yelka  muskullari  joylashishiga  qarab  oldingi  va  orqa  gruppaga  bо‗linadi.  Oldinda 

Yelkannng ikki boshli, Yelka va tumshuqsimon-Yelka muskullari bor. 

Yelka  ikki  boshli  muskuli  (m.  biceps  brachu)ning  ikkita  boshi  bо‗lib,  uzun  boshi  kurak 

suyagining  bо‗g‗im  yuzasi  ustidan  boshlanadi.  Uning  payi  Yelka  bо‗g‗imining  ichidan  о‗tadi. 

Kalta boshi kurakning tumshuqsimon о‗simtasidan boshlanib, 2 ta boshi oldinda qorincha hosil 

qiladi.  Bu  muskul  tirsak  bо‗g‗imidan  pastga  о‗tib,  bilak  suyagining  dо‗ngchasiga  birikadi.  U 

qisqarganda  Yelkani  bukadi  va  tanaga  yaqinlashtiradi.  Bilak    bо‗g‗imini  bukishda  va 

supinatsiyada ishtirok etadi. 



Tumshuqsimon  о‘simtabilan  Yelka  suyagi  orasidagi  muskul  (m.  corocobrachialis)  kurak 

suyagining  tumshuqsimon  о‗simtasidan  boshlanib,  Yelkaning  yuqorigi  ichki  tomoniga  birikadi. 

U qisqarganda Yelkani bukadi va tanaga yaqinlashtiradi. 

Yelka  muskuli  (m.  brachialis)  Yelkaning  ikki  boshli  muskuli  tagida  joylashadi.  U  Yelka 

suyagining  oldingi  yuzasidan  boshlanib,  tirsak    suyagining      о‗tkir      о‗simtasi  tagidagi  g‗adir-

budurlikka birikadi. U qisqarganda tirsak bо‗g‗imida bukish harakati bajariladi. 

Yelkaning orqa tomonida uch boshli va tirsak muskullari joylashgan. 



Yelkaning  uch  boshli  muskuli  (m.  triceps  brachu).  Bu  muskul  Yelkaning  orqa  tomonini 

butunlay  qoplagan  bо‗ladi.  Uning  3  ta  boshi  bо‗lib,  har  qaysisi  alohida  qorincha  hosil  qiladi. 

Uzun  boshi  kurak  suyagi  bо‗g‗im  yuzasining  pastki  chetidan,  medial  va  lateral  boshlari  Yelka 

suyagining  orqa  tomonidan  boshlanadi  va  uchala  boshi  yaxlit  pay  hosil    qiladi.  Bu  pay  tirsak 

suyagining  tirsak  о‗simtasiga  birikadi.  U  qisqarganda  tirsak  bо‗g‗imini  yozadi,  uzun  boshi 

qisqarganda Yelka bо‗g‗imida yaqinlashtirish harakati bajariladi. 

 



PASTKI  KAMAR MUSKULLARI 

Pastki  kamar  muskullari  asosan  2  gruppaga:  tos  kamari  va  oyoq  muskullariga    bо‗lib 

о‗rganiladi. 

Tos  kamari  muskullaritosni  ichki,  tashqi  tomondan  о‗rab  olgan  bо‗lib,  son  suyagining 

yuqorigi  uchiga  birikadi.  Bu  muskullar  kuchli  bog‗lag‗ichlar  yordamida  umurtqa  pog‗onasiga 

mahkam  birikkan  bо‗lishi  bilan  Yelka  kamari  muskullaridan  farq  qiladi.  Bular  tos-son 

bо‗g‗imini  har  tomondan  о‗rab  olib,  shu  bо‗gim  harakatida  aktiv  ishtiroq  etadi.  Bu  muskullar 

joylashishiga qarab ichki va tashqi gruppaga bо‗linadi. 

Ichki gruppa muskullarga tos ichida joylashgan muskullar kiradi.   

Yonbosh - bel muskuli (m. Iliopsoasi) tos kamarining eng baquvvat muskullaridan bо‗lib, 

ikkita,    ba‘zan  uchta  muskuldan    tashkil  topadi.  Bel  muskuli  (m.psoas)  butun  bel  va  oxirgi 

kо‗krak  umurtqasining  yon  о‗simtasidan  boshlanib,  tolalari  pastga  qarab  yo‘naladi,  pastda 

yonbosh muskuli bilan   birikadi.    Yonbosh   muskuli (m. iliacus) yonbosh suyagi qanotining 

ichki yuzasidan boshlanib, bel muskuli bilan birgalikda sonning kichik dо‗ngchasiga birikadi. U 

qisqarganda sonni yoki gavdani tos son bо‗g‗imida bukadi. 

Noksimon  muskul(m.  piriformis)  dumg‗aza  suyagining  oldingi  2-5  teshiklari  oldidan 

boshlanib, katta о‗tirg‗ich teshigidan о‗tib, son suyagi katta dо‗ngchasining chо‗qqisiga birikadi. 

U qisqarganda sonni tanadan uzoqlashtiradi. 

Yopiluvchi ichki muskul(m. obfuratorius internus) kichik tos bо‗shlig‗i ichida yopiluvchi 

teshik  atrofidan,  yopiluvchi    pardaning  ichki  tomonidan  boshlanib,  kichik  о‗tirg‗ich  teshigidan 

о‗tib, son suyaginiig katta dо‗ngchasi ostiga birikadi. U qisqarganda sonni tashqi tomonga buradi 

va  tanadan  uzoqlashtiradi.  Tosning  tashqi  tomonida  bir  nechta  baquvvat  muskul  qavat-qavat 

bо‗lib joylashgan. 

Dumbaning katta muskuli (m. gluteus maximus) dumg‗azadan, dum suyagidan, yonbosh 

suyagining orqa yuzasidan boshlanib, sonning katta dо‗ngchasiga keng fassiya bilan birikadi. U 

eng baquvvat yozuvchi muskul bо‗lib, tos-son bо‗g‗imida sonni yoki gavdani yozadi. Bu muskul 

tepalikka kо‗tarilish, chopish, sakrash harakatlarida alohida ahamiyatga ega. 

Dumbaning  о‗rta  muskuli  (m.  gluteus  medius)  katta  muskuli  tagida  joylashgan  bо‗lib 

yonbosh  suyagining  tashqi  yuzasidan  boshlanadi  va  sonning  katta  dо‗ngchasiga        birikadi.   

Buning    tagida  dumbaning  kichik  muskuli  (m.  qlu-teus  minimus)  joylashgan.  U  ham  yonbosh 

suyagidan  boshlanib,  sonning  katta  dо‗ngchasiga  birikadi.  Bularning  boshlanish  joyi  keng, 

birikish joyi tor bо‗lgani uchun sonni uzoqlashtirishda, ichki va tashqi tomonga burishda ishtirok 

etadi. 

Sonning  kvadrat  muskuli  (m.  guatratus  femoris)  о‗tirg‗ich  dо‗ngchasi  bilan  sonning  

katta-kichik  dо‗ngchasi  orasidagi  g‗adir-budur  sohaga  joylashgan.  U  qisqarganda  sonni  tashqi 

tomonga buradi. 

Yopiluvchi tashqi  muskul (m. obturatorius externus) yopiluvchi teshik pardasining tashqi 

tomonidan  boshlanib,  sonning  dо‗ngchasi  ostidagi  chuqurchaga  birikadi.  U  qisqarganda  sonni 

tashqi tomonga buradi. 

OYOQ  MUSKULLARI 

Oyoq muskullari: son, boldir, oyoq   panjasi   muskullariga   bо‗linadi. 

Son  muskullari.  Sonning  atrofidagi  muskullar  3  gruppaga:  oldingi,  ichki,  orqa  gruppaga 

bо‗linadi.  Ularning  kо‗pchiligi  boldirga  birikadi.  Ular  qisqarganda  tizza,  qisman  tos-son 

bо‗g‗imidagi  harakatda    ishtirok  etadi.  Sonning  oldingi  tomonida  asosan  2  ta  muskul,  sonning 

tо‗rt boshli muskuli  bilan tikuvchi  muskul bor. 

Sonning  tо‗rt  boshli  muskuli  (m.  quadriceps  femoris)  organizmdagi  eng  yirik  muskul 

bо‗lib,   og‗irligi 2 kg ga Yetadi. Uning 4 ta boshi alohida 4 ta qorincha hosil qiladi va alohida 

muskul  bо‗lib  hisoblanadi.    Bu  muskulning  eng  uzun  tо‗g‗ri  boshi  yonbosh  suyagining  oldingi 

yuqorigi  о‗sig‗idan  boshlanadi.  Chetki,  ichki,  keng,  oraliq  boshi  son  suyagidan  boshlanib, 

boshlarining  hammasi  pastda,  yaxlit  payga  birikadi.  Bu  pay  tizza  qopqog‗ini  о‗rab  turib,  katta 

boldir  suyagining  dо‗ngchasiga  birikadi.  U  qisqarganda  tо‗g‗ri  boshi  tos-son  bо‗g‗imini 

bukishda, umuman, tizza bо‗g‗imini yozishda ishtirok etadi. 




Tikuvchi muskul (m. sarto-rius) organizmdagi eng uzun muskul bо‗lib yonbosh suyagining 

oldingi  ustki  о‗sig‗idan  boshlanib,  sonning  orqasiga  о‗tadi  va  katta  boldir  suyagining  medial 

tomoniga birikadi. Bu muskul ikkita bо‗g‗imdan о‗tib qisqarsa, ikkala bо‗g‗imni bukadi, boldirni 

ichki tomonga buradi. 

Sonning keng fassiyasini tortuvchi muskul (m. tensor fasciae latae) sonning yon tomonida 

joylashgan. U yonbosh suyagining oldingi yuqorigi о‗sig‗idan boshlanib, sonning fassiyasiga bi-

rikadi. Qisqarganda fassiyani tortish bilan sonni bukadi. 

Sonning ichki tomonida yaqinlashtiruvchi muskullar joylashgan. 

Taroqsimon muskul (m. pectineus) qovuq suyagining qirrasidan boshlanib, son suyagiga 

birikadi.  U  qisqarganda  sonni  yaqinlashtiradi  va  uni  bukishda  ishtirok  etadi.  Yaqinlashtiruvchi 

uzun       (m.    adductor  longus),      yaqinlashtiruvchi  kalta  (m.  adductor  brevis),  yaqinlashtiruvchi 

katta (adductor magnus) muskullar qovuq suyagidan va oxirgisi  о‗tirg‗ich suyagidan boshlanib, 

son  suyagi  ichki  tomonining  turli  qismiga  birikadi.  Ular  qisqarganda,  asosan  sonni 

yaqinlashtiradi. Yaqinlashturuvchi katta muskul tos-son bо‗g‗imini   yozishda ham ishtirok etadi. 




Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling