O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/138
Sana08.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#236054
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   138
Bog'liq
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari

             

            BО„YIN MUSKULLARI 

Bо‗yin muskullari bо‗yinning  oldingi va yon tomonda bо‗lib, kalla bilan gavda о‗rtasida 

joylashgan.  Bо‗yinning  orqa  tomonida  -  ensa  qismida  joylashgan  muskullar  orqa  muskullariga 

mansub,  shuning  uchun  ular  orqa  muskullari  bilan  birga  о‗rganiladi.  Bо‗yin  muskullari  uzun 

bо‗lib,  orqadagi  muskullar bilan chaynash muskullarining antagonisti  hisoblanadi.  Bо‗yin  mus-

kullari  yuza,  bо‗yinning  oldingi  tomonida  joylashgan,  yon  tomonida  joylashgan      va    chuqur   

muskullarga  bо‗linadi.  Bо‗yinning  yuza  muskullariga  teri  osti  va  tо‗sh-о‗mrov    sо‗rg‗ichsimon     

muskullar     kiradi 



Teri      osti        muskuli        (m.  platysma)  teri  ostida  yupqa  bо‗lib  joylashgan.  Odamda  bu 

muskul  rudiment  holda  bо‗ladi.  Bu  muskul  kо‗krak  fassiyasidan,  deltasimon  muskuldan 

boshlanib, xususiy chaynash muskulining fassiyasiga va pastki jag‗ga birikadi. 

Tо‘sh  -  о‘mrov  –  sо‘rg‘ichsimon  muskul  (m.  sternocleido  mastoi-deus)  bо‗yindagi  eng 

kuchli muskul  bо‗lib,  teri  ostida sezilib  turadi.  Bu muskul  tо‗sh suyagining dastasidan,  о‗mrov 

suyagining tо‗sh tomondagi uchidan 2 boshi bilan boshlanib, chakka suyagining sо‗rg‗ichsimon 

о‗simtasiga birikadi.  Bir tomonlama qisqarganda kallani qiyshaytirib, bir tomonga bukadi, ikki 

tomonlama qisqarganda kallani orqaga tortadi. 

Bо‘yinning  oldingi  tomonidagi  muskullar    til  osti  suyagiga  nisbatan  2  gruppaga:  til  osti  suyagi 

ustida  joylashgan  muskullar  va  til  osti  suyagi  tagida  joylashgan  muskullarga  bо‗linadi.  Bu 

muskullar boshlanish va birikish joyiga qarab nomlanadi. Til osti suyagi ustidagi muskullarga: 2 

qorinli muskul, til osti pastki jag‗ muskuli, til osti bigizsimon о‗simtasi orasidagi muskul va til 

osti engak muskullari kiradi. Til osti suyagi tagidagi muskullarga: tо‗sh-til osti muskuli, kurak-til 

osti  muskuli,  tо‗sh-qalqonsimon  muskuli  va  qalqonsimon  til  osti  muskullari  kiradi.  Til  osti 

suyagi ustida va tagida joylashgan muskullar qisqarganda, hiqildoq harakatlanadi, yutish, sо‗rish 

va nutq sо‗zlash funksiyalari bajariladi.  




 

Bо‗yinning  yon  tomonida  narvonsimon  muskul  joylashgan.  Bu  muskul  bо‗yin 

umurtqalarining yon о‗simtalaridan ketma-ket bо‗lib boshlanib, birinchi va ikkinchi  qovurg‗aga 

birikadi,    qisqarsa  bо‗yinni  bukadi  va  nafas  olishda  qatnashadi.  Bu  muskulning  oldingi,  о‗rta, 

keyingi tо‗dalari ajratiladi. 

Bо‗yinning  chuqur  muskullari  bо‗yin  umurtqalari  tanasiga  yopishgan  bо‗lib,  kalla 

asosiga  birikadi.  Bularga  boshning,  bо‗yinning  uzun  muskullari  va  boshning  oldingi,  chetki 

tо‗g‗ri muskullari kiradi. 

BOSH MUSKULLARI 

Bosh  muskullari  joylashishiga  qarab  ikkiga:  miya  qutisining  muskullari  va  yuz 

muskullariga  bо‗linadi.  Miya  qutisining  muskullariga:  peshana,  ensa,  quloq,  muskullari  kiradi, 

ular  odamda  rudiment  holda  bо‗ladi.  Miya  qutisi  pishiq  fibroz  tо‗qimadan  tuzilgan  aponevroz 

pay  bilan  qoplangan.  Yuz  muskullari  funksiyasiga  qarab  ikkiga:  chaynash  muskullari  bilan 

mimika muskullariga bо‗linadi. 

Chaynash muskullari 

Chakka          muskuli  (m.  ternporalis)  Yelpig‗ich  shaklda  bо‗lib,  boshning  yon  tomonida 

joylashgan.  U  chakka  chuqurligidan  boshlanib,  yonoq  yoyi  tagidan  о‗tadi  va  pastki  jag‗ning 

о‗tkir о‗simtasiga birikadi. 

Xususiy     chaynash    muskul i (m. masseter) tо‗rtburchak shaklda bо‗lib, yonoq yoyidan 

boshlanadi va pastki jag‗ suyagining burchagiga tashqi tomondan birikadi. 

Tashqi   qanotsimon  musk u l (m. pterygoideus lateralis) asosiy suyakning  qanotsimon  

tanglay  о‗simtasidan  boshlanib,  pastki  jag‗ning  bо‗g‗im  о‗simtasiga  birikadi.  Bu  muskullar 

qisqarganda, pastki jag‗ni bir oz oldinga chiqarib, yuqoriga kо‗taradi. 

Ichki      qanotsimon      muskul  (m.  pterygoideus  medialis)  asosiy  suyakning  qanotsimon 

о‗simtasidan  boshlanib,  pastki  jag‗  suyagining  burchagiga  ichki  tomondan  birikadi.  U 

qisqarganda pastki jag‗ni bir oz orqaga tortib, yuqoriga kо‗taradi. Bu muskullar bir tomonlama 

qisqarsa, pastki jag‗ni bir tomonga qiyshaytiradi. 

Mimika muskullari 

Mimika muskullari odamda yaxshi rivojlangan bо‗lib, suyakdan boshlanib teriga birikadi. 

Ular  qisqarganda  terini  bir  tomonga  tortib,  kishini  turli  ruhiy  holatlarda  aks  ettiradi.  Mimika 

muskullari asosan yuzda joylashadi. Ular og‗iz, kо‗z teshiklari atrofini о‗rab oladi. Bu muskullar 

sо‗zlash,  chaynash,  nafas  olishda  ham  ishtirok  etadi.  Mimika  muskullariga:  peshana,  qoshni 

chimiruvchi, mag‗rurlik, kо‗z atrofining halqasimon, burun, yonoq, yuqorigi labning kvadrat va 

it  chuqurchasini  tо‗ldiruvchi,  og‗izning  halqasimon,  pastki  labning  kvadrat,  pastki  labning 

uchburchak, iyak, lunj, kulgi muskullari va boshqalar kiradi. 



Kо‘zning  doiraviy  muskuli  kо‗z  kosasi  va  qovoqlar  atrofida  joylashadi.  Ular  qisqarganda 

yuqorigi qovoq pastga tushadi. 



Qoshlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi muskul  qoshni chimiradi, ya‘ni qoshlarni bir-biriga 

yaqinlashtiradi. U bir uchi bilan peshana suyagining burun kismiga, ikkinchi uchi bilan qoshlar 

terisiga birikadi. 

Og‘izning doiraviy muskuli og‘iz atrofida, lablar ichida joylashgan. U qisqarganda og‗izni 

bekitadi  va  lablar  bir  oz  oldinga  chiqadi.  Bu  muskul  odamsimon  maymunlarda  yaxshi 

rivojlangan bо‗ladi. 

Yonoq  muskuli   og‗iz burchagini  yuqoriga va orqaga tortadi.  Lunj  muskuli  yuqori-pastki 

jag‗lardan  boshlanib,  og‗iz  burchagiga  birikadi,  u  qisqarganda  og‗iz  burchagini  opqara  tortadi, 

lunjni tishlarga yopishtiradi. Sо‗rish, chaynashga yordam beradi. 

Yuqorigi labning kvadrat  muskuli uch tutamdan:    yonoq boshi, kо‗z kosasi  osti va ichki 

burchak boshidan iborat bо‗lib, bular pastda og‗iz burchagiga birikadi. 



Pastki  labning  kvadrat  muskuli  kvadrat  shaklda  bо‗lib,  qisqarganda  pastki  labni  pastga 

tushiradi. 



Burun muskuli burun qanotlarida joylashgai. U qisqarganda burun kataklarini toraytiradi. 

Pastki  labning  uchburchak  muskuli  uchburchak  shaklda  bо‗lib,  pastki  lab  burchagini 

pastga tortadi. 




Kulgi  muskulli  og‗iz  burchagi  bilan  quloq  oldi  fassiyasiga  tutashgan  bо‗lib,  qisqarganda 

og‗iz burchagini chetga tortadi,  




Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling