O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Astronomik kuzatishlar asosida joyning


Download 1 Mb.
bet10/78
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1584470
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78
Bog'liq
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

Astronomik kuzatishlar asosida joyning
geografik kengligini taxminiy belgilash

Qutb yulduzi (Kichik Ayiq yulduz turkumining eng yorug’ yulduzi-alfasi) Olam qutbidan 1 gradusdan ham kichik yoy masofada joylashgan. Oldin aniqlaganimizdek, ma’lum bir joyning geografik kenglamasi - , o’sha joyda Olam qutbining gorizontdan balandligiga (hp) teng bo’ladi, ya’ni =hp. Binobarin Toshkentda Olam qutbining balandligi 41 ga tengligigidan, Toshkentning geografik kenglamasi 41 ga teng bo’ladi deb hulosa qilish mumkin.


Boshqacha aytganda, Yer sharining ma’lum bir joyida turib, bu joyning geografik kenglamasini aniqlash zarur bo’lsa, shu joyda Olam qutbining gorizontdan balandligini o’lchash kifoya ekan.


Yoritgichlarning kulminatsiyasi va kulminatsiya balandliklari

Yoritgichlarning, sutkalik ko’rinma harakati paytida, osmon meridianini kesib o’tish hodisasi ularning kulminatsiyalari deyiladi. Ihtiyoriy yoritgich bunday harakat tufayli har sutkada osmon meridianini ikki marta kesib o’tadi, binobarin ikki marta kulminasiyada bo’ladi.


Bu ikki kulminasiyadan zenitga yakini (K) –yuqori kulminatsiya deb, ikkinchisi esa (K) –kuyi kulminatsiya deb ataladi.
Kulminatsiya paytida yoritgichning balandligi, kuzatish joyining geografik kengligi () va yoritgichning og’ishiga () bog’liq bo’ladi.
K yoritgichning yuqori kulminasiyasi paytidagi balandligi SK bilan o’lchanib, u hyu = SK =SQ+QK bo’ladi.
SQ – osmon ekvatori tekisligining gorizont tekisligiga og’maligiga teng bo’lib, u SQ=90- ifoda orqali xisoblanadi.
QK – yoy esa, yoritgichning og’ishiga () tengligidan hyu = 90-+ tenglamadan topiladi.
Yoritgichning, quyi kulminasiyasi ham shunday yo’l bilan xisoblanib, u: hyu =  +  -90 ga tengligi oson topiladi. Quyoshning yuqori kulminasiya holati tush payti deyilib, quyi kulminasiya holati – yarim kechaga to’g’ri keladi.
Misol uchun Toshkentda, 22 iyunda, tush paytida Quyosh markazining balandligini topish talab etilgan bo’lsin. Toshkentning geografik kenglamasi t=4120’; 22 iyunda, ya’ni Quyosh yozgi turish nuqtasida bo’lganda, uning og’ishi, ekliptikaning ekvatorga og’ish burchagiga (0= 2326) tengligidan Quyosh markazining balandligi h=90-t+ ifoda topiladi.
t va  ning kiymatlaridan foydalansak: h=90-4120+2326=7206. Demak bu kuni, tush paytida, Quyosh markazining gorizontdan balandligi 7206 ga teng bo’lib, zenitdan atigi 1754 li yoy masofada bo’lar ekan.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling