O’simliklarni himоya qilish


Download 120 Kb.
bet3/8
Sana22.04.2023
Hajmi120 Kb.
#1377664
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1483899027 67309

3.Fizik mexaniq usul- Zararkunandalarga qarshi fizik-mexaniq usulda kurashganda ular qo‘lda yoki maxsus narsa yordami bilan, tusiqlar, yoki fizik ta’sir etuvchi kuchlar yordamida qirib tashlanadi.
Hasharotlarni bir joyga to‘plashda ularning taksisi - fitotaksis, xemotaksis xususiyatlaridan foydalaniladi.
Fizik usulda ultra qisqa elektr to‘lqinlar, hasharotlar taksislarini o‘rganish qo‘lda terish, daraxt po‘stloqlarini tozalash, daraxtlarni silkitib hasharot va zararlangan mevalarni tushirish, zararlangan urug‘larni ajratib olish, tutuvchi zovurlar, yelim tutqichlar, ko‘chma devorlar, qopqon, aldagich ovqat, aldoqchi asboblar, termik himoya-bug‘dan foydalanish, olovdan foydalanish, muzlatish, yorug‘likdan foydalanish va boshqalar.
4 Biologik usul- Zararli organizmlarga qarshi biologik usul bilan kurashish ularning tabiiy kushandalari, ya’ni yirtqichlar, tekinxo‘rlar va kasallik qo‘zg‘atuvchilaridan foydalanishdan iborat, bundan tashqari har xil bakteriyali, zamburug‘li va virusli preparatlardan qo‘llaniladi. O‘simliklarni himoyalashning bu usuli kelajagi porloq usullardan biri hisoblanadi, chunki bu usul odamlar, issiqkonli hayvonlar umuman atrof muhit uchun zararsiz hisoblanadi. Tunlamlar, parvonalarni yo‘qotishda trixogrammadan foydalaniladi. O‘zbekistonda biologik usul buyicha katta ishlar qilingan va qilinmokda, jumladan, o‘rgimchakkanaga qarshi fitoseylyus yirtqich kanasini sun’iy urchitish ishlari yulga qo‘yilgan. Un shudring kasalligiga qarshi trixotetsin biologik preparati, Komstok qurtiga qarshi psedofikus entomofagi, shumg‘iyaga qarshi fitomiza pashshasi, qurtlarga qarshi entobakterin, dendrabatsillin preparatlari, o‘simlik bitlariga qarshi oltinko‘z va xonqizi kabi foydali hasharotlardan foydalanilinmokda. Biologik usulda hasharotlarga qarshi yirtqichlari sut emizuvchilar, qushlar, o‘rgimchaksimonlar va hasharotlar kiradi.
Qushlar- sharq bulbuli, buxoro chittagi, turkiston jiblajiboni va boshqalar. Bahor paytida yuzta jiblajibon bir kunda 6000 dona fitonomus lichinkalari yeyishi mumkin (Smirnov), soch qushi (Chugurchiq) chigirtka bilan, oziqlansada, yozning ikkinchi yarmida uzum bilan oziqlanadi. Xonqizi - hasharotlar ularning qurtlari, o‘simlik bitlari bilan oziqlansa, oltinko‘z ham hammaxo‘r foydali hasharot hisoblanadi. Zararkunanda tekinxo‘rlardan: Ko‘kqurt (kuzgi tunlam)ning 71 tur, Fitonomusning 36 tur tekinxo‘r hasharoti aniqlangan.
Ko‘sak qurtiga Simonov yaydoqchisi, (Bracon simonovi) zararkunandani 96% gacha nobud qiladi. Malhamchi qo‘ng‘izlar- chigirtkalar tuxumi, shpanka qo‘ng‘izlar va vizildoq pashshalar ham chigirtkalar tuxumlarida tekinxo‘rlik qiladi. Taxin pashshasi, ko‘kqurt tunlami, yaydoqchi afelinus, psevdafikus, telenomus va boshqalar.
Kasallik tarqatuvchi bakteriya, virus, zamburug‘lar ham katta ahamiyatga ega.

Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling