O’simliklarni himоya qilish


Hozirgi zamon pestitsidlariga qo‘yilgan talablar


Download 120 Kb.
bet5/8
Sana22.04.2023
Hajmi120 Kb.
#1377664
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1483899027 67309

Hozirgi zamon pestitsidlariga qo‘yilgan talablar.
Barcha kimyoviy moddalar- pestitsidlarga gigiyenik talablar ishlab chiqilgan, chunki barcha pestitsidlar biologik aktiv moddalar bo‘lib, qo‘llanganda nafaqat zararli organizmlarga balki atrof muhit va insoniyat sog‘ligi uchun ham xavflidir. Pestitsidlarning ta’siri faqat qo‘llanganda emas balki, keyinchalik ham surunkali ta’sir etishi mumkin. Demak, ishlab chiqilgan gigiyenik talablar insonning sog‘lig‘ini saqlash va atrof muhitni ekologik toza holda saqlashga qaratilgan. Birinchidan pestitsidlar reglament asosida qo‘llanilib atrof-muhitni mumkin qadar kam ifloslashi kerak. Ikkinchidan o‘ta kuchli va kuchli ta’sir etuvchi pestitsidlar o‘rniga kam ta’sir etuvchi pestitsidlarga aylantirilishi ko‘zda tutilmokda. Uchinchidan pestitsidlarning formalari va qo‘llash usullari sezilarli darajada o‘zgartirilmokda.
Kimyoviy moddalar- pestitsidlar o‘zining ayrim xususiyatlari bilan bir qancha ustunliklarga ega bo‘lishiga qaramasdan ularning o‘ziga xos kamchiliklari mavjud.
Masalan: Ko‘pchilik pestitsidlar odamlar, issiqqonli hayvonlar, qushlar, baliqlar umuman atrof-muhit uchun zararlidir. Xlororganik birikmalar triazinlar, mochevinalar, juda chidamli, uzoq vaqtlargacha ishlangan yuzada yemirilmasdan, parchalanmasdan saqlanib qolishi, kummulyativ (yig‘ilib qolish) xususiyatlariga ega. Bir turdagi pestitsidlar surunkali qo‘llashda organizmga rezistentlik- chiniqish, chidamlilik hosil qiladi va hokazo.
Pestitsidlar qo‘yidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:
1. Odam va issiqkonli hayvonlarga kam ta’sir etishi;
2. Tez parchalanish;
3. Yuqori biologik, xo‘jalik, iqtisodiy samarali bo‘lishi;
4. Qo‘llanilishi qulay bo‘lishi;
5. Saqlash, tashish oson bo‘lishi;
6. Foydali hasharotlar uchun selektiv (tanlab) ta’sir etishi;
7. Bir-biri bilan oson qushilib ishlatishda oson bo‘lishi;
Shunday qilib o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish usuli boshqa usullardan farq qilib, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari fani tomonidan o‘rganiladi.
Bu fan-pestitsidlar to‘g‘risidagi fan bo‘lib, pestitsidlarning fizik-kimyoviy, toksikologik xossalarini, ularning organizmga ta’sirini o‘rgatuvchi fandir.

Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling