Основы проектирования


O’zgalardan o’zingiz uchun zarur bo’lgan narsani olishning juda samarali usuli mavjud. Buni o’rganishning birdan bir usuli – tinglash, tinglash , tinglash


Download 1.11 Mb.
bet5/5
Sana25.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1721067
1   2   3   4   5
Bog'liq
Diqqat

O’zgalardan o’zingiz uchun zarur bo’lgan narsani olishning juda samarali usuli mavjud. Buni o’rganishning birdan bir usuli – tinglash, tinglash , tinglash
  • (S.Dip)
    • Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat turlari o‘rtasidagi farq yana shundan iboratki, ixtiyorsiz diqqat bilan qilinadigan faoliyat ko'pincha unchalik zo‘r bermay, ancha yengillik bilan va deyarli toliqmasdan amalga oshiriladi. Ixtiyoriy diqqat bilan amalga oshiriladigan har qanday faoliyat esa anchagina zo‘r berishni talab qiladi va birmuncha toliqarli bo’ladi. Yuqorida ko'rsatilgan ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqat o'rtasidagi ayirmalarga ikkita alohida funksiya deb qarash yaramaydi. Ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqatning ham muhim belgilari bir xildir. Bunday belgilar biron faoliyat davomida biz idrok va tasavvur qiladigan hamda uning haqida fikr yuritadigan ma’lum narsaga ongimizning qaratilishi va to'planishidan iboratdir.
    • ODAMLAR TASHQI KO’RINISHINI YAXSHILASH ORQALI TA’SIR QILISH DARAJASI VA MUVAFFAQIYATGA
    • ERISHISH IMKONINI IKKI BAROBARGA
    • OSHIRISHI MUMKIN EDI
    • Bir xil ish jarayonida, shu jumladan, o'qish jarayonida ham, ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga va, aksincha, ixtiyorsiz diqqat ixtiyoriy diqqatga o'tib ketishi mumkin. Masalan, qandaydir o'qish materialini o'zlashtirishning boshlanishi o'quvchilardan ixtiyoriy diqqat talab qiladi. Lekin, ko'pincha, o'zlashtirish jarayonida bu ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga o'tib ketadi. Diqqatning bunday o'zgarishi o'qish materiali mazmunining ba’zi xususiyatlari (masalan, uning ma’nodorligi, qiziqarliligi) tufayli yoki bayon qilishning xususiyatlari ko'rgazmali bo'lishi, jonliligi va shuning bilan birga, o'quvchilaming o'qish materiali mazmuniga qiziqishlari tufayli sodir bo'ladi. Ixtiyoriy diqqatning ixtiyorsiz diqqatga mana shunday o'tib ketishi bilimlarni o'zlashtirish jarayonini ancha yengillashtiradi.
    • MUVAFFAQIYAT KALITI AXBOROTGINA EMAS, BALKI AVVALO INSONLARDIR
    • Faoliyat jarayonida, ko'pincha, diqqatning ixtiyorsiz ravishda asosiy ishdan bo'lak narsalarga ko'chib turishi uchraydi. Bunday hodisani diqqatning chalg'ishi deb ataladi. Diqqatning chalg'ishi ishga yomon ta’sir qiladi. Shu sababli, diqqatni, garchi salgina bo'lsa ham chalg'itmaslik uchun ish jarayonida ora-sira ixtiyoriy diqqatni kuchaytirishga hamda beixtiyor paydo bo'lib, ishga aloqasi bo'lmagan idrok tasavvur va fikrlarni bosmoq uchun zo'r berishga to'g'ri keladi. Ixtiyorsiz diqqat ham, ixtiyoriy diqqat ham o'zining yo'nalishiga ko'ra tashqi va ichki bo'lishi mumkin. Manbai bizning ongimizdan tashqarida bo'lgan diqqatga tashqi d iq q a t deb ataladi.
    • Tashqi diqqat dastavval bizning idrokimiz jarayonida namoyon bo'ladi. Haydovchi, vagon haydovchisi, tikuvchining ishida sodir bo'ladigan diqqat tashqi diqqatga misol bo'la oladi. O'quvchining o'qituvchi bayonini tinglashdagi, kitob o'qishdagi, suratlarni ko'rishdagi va tabiat hodisalarini kuzatishdagi diqqati ham tashqi diqqatdir. Narsa va hodisalarni qaysi sezgi a’zoimiz bilan idrok qilayotganimizga qarab, tashqi diqqatni ko'rish, eshitish va shuning bilan birga, tuyish, hid bilish va ta’m bilish turlariga ajratish mumkin.
    • Tashqi diqqat faqat idrok qilishimiz jarayonidagina namoyon bo'ladi deb hisoblab bo'lmaydi. Tashqi diqqat biz tasavvur qilayotgan va fikr qilayotgan narsalarimizga ham qaratilishi mumkin. Masalan, muhandis o'z xonasida ishlab o'tirib, qurilayotgan binoning ko'rinishini tasavvur qilayotganda va bu binoning qurilishi bilan bog‘liq bo’lgan matematik hisoblarni chiqarayotganda uning diqqati tashqi diqqat tarzida namoyon bo’ladi. Manbayi bizning tasavvurlarimiz, fikrlarimiz, hissiyotlarimiz va mayllarimizdan iborat bo’lgan diqqatga ic h k i d iq q a t deb ataladi.
    • Biz ongimizning o‘zida sodir bo’layotgan jarayonlarni kuzatayotganimizda, ya’ni o‘z hissiyotlarimizni, fikrlarimizni, istaklarimizni va shuning kabilarni kuzatayotganimizda ichki diqqat namoyon bo’ladi. Masalan, biz o‘z fikrlarimizni kuzatayotganimizda, bu fikrlarni tekshirayotganimizda, pushaymon qilish hissini boshimizdan kechirayotganimizda, o'z-o‘zimizni tanqid qilayotganimizda va o'z istaklarimizni mulohaza qilayotganimizda ichki diqqat namoyon bo'ladi.
    • Ta’lim jarayonida o'qituvchi darsning borishini va o'z fikrlarining bayon etilish sistemasini kuzatib borishida ichki diqqat namoyon bo'ladi. O'quvchilarda ichki diqqat aqliy hisoblash ishi bilan shug'ullanayotganlarida va xususan ular qandaydir qiyinchiliklarga duch kelganlarida namoyon bo'ladi. Diqqatning bu turi odamning o'z-o'zini tarbiyalash ishida juda yaqqol ko'rinadi. Ichki diqqat odamning o'z-o'zini tarbiyalashi bilan uzviy bog'liqdir. Ichki diqqat o'z-o'zini tarbiyalashning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ichki diqqat tashqi diqqatdan o'zining ortiq kuchliligi bilan farqlanadi va ko'proq ixtiyoriy bo'ladi.
    • Amaliy mashg’ulot
    • Ikki qo’lingizga ikkita ruchka oling. Bir vaqtning o’zida ikkala qo’lingiz bilan rasm chizishga harakat qiling. Chizishni bir vaqtda boshlang va tamomlang. Bir qo’lda aylana ikkinchisida uchburchak.
    • Endi bir daqiqa davomida maksimal darajada aylana va uchburchaklar chizing.
    • Baholash tizimi
    • 5 tadan kam bo’lsa yomon
    • 5-7 o’rtacha
    • 8-9 yaxshi
    • 10 a’lo darajada
    • Xoxla, ishon, orzu qil.
    • E’tiboringiz uchun rahmat!

    Download 1.11 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling