2-mashq.
Birinchi ustundagi so‘zlarni ikkinchi ustundagi so‘zlar
bilan bog‘lab, ular asosida gaplar tuzing.
V. Darsni yakunlash.
Bugungi darsimizda nimalar qildik?
Bahorda qanday ishlar qilinar ekan?
-da qo‘shimchasi ishtirokidagi gaplarga misol keltiring.
Bahor fasliga qisqacha ta’rif bering.
VI. Uyga vazifa. Bahor fasli haqida kichik matn yozib keling.
VII. O‘quvchilarni rag’batlantirish.
25-dars. ASSALOM, NAVRO‘Z!
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o‘quvchining «Assalom, Navro‘z!» mavzusidagi ta-
yanch so‘zlar bilan tanishtirish. Mustaqil matn tuzishni o‘rgatish.
- shu mavzuda og‘zaki va yozma nutqiy ko‘nikmalarni shak-
llantirish;
- nutqiy va grammatik mavzuni mustahkamlash;
-dilar; -(i)shdi qo‘shimchalarining qo‘llanishi.
b) tarbiyaviy: o‘quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatla-
rimizni singdirib borish orqali, vatanga muhabbat tuyg‘usini tarbi-
yalab borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |