Ozbek tili metodikasi 4-sinf indd


-mashq. O‘quvchilar savollarga javob beradilar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/195
Sana05.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#203720
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   195
Bog'liq
ozbek tili qollanma 4

1-mashq. O‘quvchilar savollarga javob beradilar.  
 
 
   III. Yangi mavzuning bayoni. X tovushi tilning eng orqa qismidan 
sirg‘alib chiquvchi undosh bo‘lib, nisbatan qattiq talaffuz qilinadi.
H tovushi esa bo‘g‘izdan sirg‘alib chiqadi va yumshoq aytiladi.
Qiyoslang:
shox– shoh, xol –hol, xalta –halqa.
X va h tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qiling! O‘qituvchi o‘quvchilar 
bilan birgalikda so‘zlarni talaffuz qiladi. 
xona hovli
xontaxta dahliz
xizmat hurmat
dasturxon hashamatli
ixcham ishtaha
oshxona mahalla
Darslik bilan ishlash. 2-mashq. O‘quvchilar sinf doskasida ik-
kitadan bo‘lib bajaradilar. Nuqtalar o‘rniga x va h harflaridan mo-
sini qo‘yib so‘zlarni o‘qiydilar va yozadilar. 
Matn bilan ishlash. 3-mashq. O‘quvchilar «Sen yashaydigan uy» 
matnini zanjir usulida o‘qiydilar. Matn ichida kelgan savollarga ja-
vob beradilar. X va h undoshlari ishtirok etgan so‘zlarni daftarlariga 
yozadilar. Matn quyidagi savollar asosida mustahkamlanadi. 
1.  Siz qanday uyda yashaysiz?
2.  Ko‘p qavatli uylardami yoki hovlida?
3.  Uyimiz atrofi, uyimiz ozoda bo‘lishi uchun nimalar qilishi-
miz kerak?
4.  Ozoda so‘ziga yaqin ma’nodosh so‘zlarga misollar keltiring. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling