50
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. «Xotira mashqi». Oltita so‘z
o‘qib beriladi va o‘quvchilar yodda saqlab qolganlarini yozadilar.
Namuna: sabzavot, meva, bozorda, yaxshi ko‘radi,
sotib olyapti, yeyapti.
Interaktiv mashq.
Topishmoq beriladi. Ovoz orqali topishmoqlar o‘qiladi.
O‘quvchilar javoblarini ekrandagi tasvirlangan rasmlardan topishlari
kerak bo‘ladi.
1. Ko‘z
uzolmay quyoshdan
Toblanadi bir lagan.
O‘sha lagan ichida
Mag‘iz, saryog‘ to‘plangan. (Kungaboqar)
2.Yer tagida xo‘p inoq,
Yetildi to‘p-to‘p yong‘oq.
Mazasi yog‘li qaymoq,
Ishonmasang chaqib boq! (Yeryong‘oq)
3
Tukdan parda yuzida,
Pishar o‘lkam kuzida.
Xushbo‘y hidli, tillarang,
Ko‘ngil uchun bir qarang.
Har biri kosadek u.
Mazali, lekin kamsuv.
Pishsa, yorilar zehi,
Buning nomimi….(behi)
4.Tuzilishi danakday,
Teshigi bor elakday.
Mag‘izin
sevar bobom,
Nima ekan bu? (bodom)
5.O‘zi shirin tukligina,
Mazasi ham totligina. (shaftoli)
Do'stlaringiz bilan baham: